Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 26.03.2020 yildagi PQ-4649-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash hamda bemorlar salomatligini tiklashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishi asoratlarini kamaytirish, bemorlarga samarali tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida davlat tibbiyot muassasalarida 5 mingdan ortiq oʻrin-joylar zaxirasi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar koʻrilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020-yil 1-sentabrga qadar tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) oʻtkazmasdan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan muddat Maxsus komissiya tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻrnatilsinki, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat yuzaga kelganda Maxsus komissiya qaroriga asosan koronavirus infeksiyasini aniqlashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishilgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot tashkilotlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni tezkorlik bilan tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot tashkilotlari tibbiyot xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda uni davolashning zamonaviy va samarali usullarini qoʻllash yuzasidan amaliy koʻnikmalarni oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlarining laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalanish boʻyicha Maxsus komissiyaga taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlarni nodavlat tibbiyot tashkilotlariga joylashtirish va davolash natijalarining qatʼiy hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot tashkilotlarining xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini shaxsiy gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat tibbiyot tashkilotlari bino-inshootlarining dezinfeksiya vositalari bilan tizimli ravishda ishlov berilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dezinfeksiya tadbirlarini toʻliq amalga oshirish uchun yetarli miqdorda dezinfeksiya vositalari zaxirasini yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4649-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 07/20/4649/0363-son)