11.03.2020 yildagi 143-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada badminton sport turini yanada keng rivojlantirish, aholi keng qatlamlarini, xususan, yoshlarni badminton sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, yuqori malakali trener kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, mavjud moddiy-texnika bazadan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badminton sport turi bilan shugʻullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash, ushbu yoʻnalishda davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badminton sport turi boʻyicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan malakali trenerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlari oʻrtasida badminton boʻyicha ommaviy sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni oʻtkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va maqsadli tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda badminton sport turini yanada rivojlantirish maqsadida ushbu sport turi boʻyicha yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasini oʻrganish, zarur hollarda xorijiy trenerlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida badminton sport turining sogʻlom turmush tarziga ijobiy taʼsir etuvchi vosita ekanligini targʻib qilish ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shaxsiy masʼuliyati belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston badminton federatsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda badminton sport turini yanada rivojlantirish, shu jumladan tegishli tuman (shahar)larda badminton boʻyicha klublarni tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi namunasini ishlab chiqsin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Dasturning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston badminton federatsiyasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika hududlari boʻyicha badminton sport turiga biriktirilayotgan sport obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi bilan birgalikda 2-ilova bilan biriktirilayotgan sport obyektlarida badmintonchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy sport asbob-uskunalari, inventarlari bilan taʼminlash, badminton boʻyicha yuqori darajada sport musobaqalarni, oʻquv-mashq yigʻinlarini va boshqa sport tadbirlarini oʻtkazish, badminton klublarini tashkil etish vazifalari yuklansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda samarali sport infratuzilmasini yaratish maqsadida bolalar maydonchalari negizida tasdiqlangan meʼyor va talablar asosida badminton maydonchalarini qurish boʻyicha namunaviy loyiha ishlab chiqilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2020-yildan boshlab badminton sport turi uchun 3 oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash oʻquv kurslari tashkil etsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 2020/2021 oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda badminton sport turi uchun kvotalarini oshirishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida badminton sport turi uchun kafedra tashkil qilsin hamda yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har bir Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida, sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida badminton boʻlimlarini ochish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yangiariq koʻchasida joylashgan Xorazm tennis va badminton markazini Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Xorazm tennis va badminton markazida badmintonchilar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, badminton boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar, sport musobaqalari, oʻquv-mashq yigʻinlari va boshqa sport tadbirlarini oʻtkazishga hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi badmintonchilari ushbu markazdan tekin foydalanishi uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davr bank” XATBning (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqimiy koʻchasi, 7/3-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston badminton federatsiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlgan 0,3 ga yer uchastkasida joylashgan maʼnan eskirgan ikki qavatli binoni bank tomonidan buzgan xolda (liter 0002) bankning mablagʻlari hisobidan zamonaviy koʻp qavatli binolarni (keyingi oʻrinlarda bino deb ataladi) 2023-yil yakuniga kadar bank mulki sifatida qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurib bitkazilgan va belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgandan soʻng binoni bir qismini (1100 kv.m) homiylik koʻrinishida Oʻzbekiston badminton federatsiyasi balansiga begʻaraz asosda badmintonchilar uchun yotoqxona sifatida oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kapital bank” ATB va “Davr bank” XATBni Oʻzbekiston badminton federatsiyasiga bosh homiy sifatida biriktirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Belgilansinki, qarorning 8-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan bino foydalanishga topshirilgandan soʻng, bankka mulk huquqi, u joylashgan yer uchastkasi ijara huquqi asosida rasmiylashtiriladi, binoni bir qismi (1100 kv.m) bundan mustasno.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binoning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi boʻyicha davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga badminton sport turini rivojlantirishni va musobaqalarni ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 143-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Amalga oshirish mexanizmi

I. Badminton sport turi bilan shugʻullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash, ushbu yoʻnalishda davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish

1.

Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport obyektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) xatlovdan oʻtkazish.

Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shugʻullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha manzilli roʻyxat (dastur)ni shakllantirish.

2020-yil

aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qurilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport obyektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) xatlovdan oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib oʻrganish.

3. Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shugʻullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha manzilli roʻyxat (dastur)ni shakllantirish va tasdiqlash hamda shu roʻyxat asosida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish.

2.

Respublika hamda hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdorini oshirish masalasini koʻrib chiqish.

Aholining barcha qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida tizimli oʻtkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarni respublika va halqaro sport tadbirlariga yuborish maqsadida kalendar rejada nazarda tutilgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlash.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining respublika kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdorini oshirish masalasini respublika komissiyasida koʻrib chiqishni tashkil etish.

2. Aholining barcha qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida tizimli oʻtkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarning respublika va xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini taʼminlash.

3.

Andijon, Guliston, Termiz va Fargʻona shaharlarida badminton markazlarini tashkil etish uchun sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularni anjom va uskunalar bilan jihozlash.

2020-2021

yillar

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kredit mablagʻlarini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni doirasida)

Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari
hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport azirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Andijon, Guliston, Termiz va Fargʻona shaharlarida sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularda badminton markazlarini tashkil etish.

2. Andijon, Guliston, Termiz va Fargʻona shaharlarida tashkil etiladigan badminton markazlarini jihozlash.

4.

Davlat taʼlim muassasalarining sport obyektlarida badminton sport turi boʻyicha yaroqlilik muddati oʻtgan sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Davlat taʼlim muassasalarining sport obyektlarida badminton sport turi boʻyicha yaroqlilik muddati oʻtgan sport anjomlari roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida bosqichma-bosqich sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash.

5.

Aholining sogʻligʻini mustahkamlash, sport bilan shugʻullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maydonchalarni tashkil etish.

2020-2021

yillar

Investorlarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Aholining madaniy va jismoniy dam olishini yaxshilash, sogʻligʻini mustahkamlash, sport bilan shugʻullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maxsus maydonchalarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash.

2. Mazkur tasdiqlangan roʻyxat asosida madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maxsus maydonchalarni tashkil etish.

6.

Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish.

Bunda:

bolalar maydonchalari mavjud boʻlmagan mahallalar va koʻp qavatli uylar atrofida badminton sport turi boʻyicha maydonlarini qurish;

sport maktablari va xususiy tadbirkorlarning sport maydonchalarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini badminton sport turi bilan shugʻullanishga begʻaraz jalb etish;

bosqichma-bosqich ular orasidan qobiliyatli va isteʼdodli sportchilarni aniqlash, tajribasi va sport mahoratini oshirish, milliy terma jamoa zaxirasini tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratish.

2020 — 2025

yillar

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari, Xususiy tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, homiylik hayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublikasi kengashi

1. Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish boʻyicha ehtiyojni shakllantirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashiga taqdim etish.

2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari boʻyicha maydonlarni qurish roʻyxatini tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan roʻyxat asosida belgilangan muddatlarda qurilish ishlarini olib borish.

7.

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi va hududiy boʻlinmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va sogʻlomlashtirish boʻyicha pullik xizmatlarni (servis) kengaytirish.

Bunda ularning moddiy-texnika bazalarining ahvolini yaxshilash, aholiga yuqori sifatli xizmat koʻrsatish shart-sharoitlarini yaratish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Oʻzbekiston badminton federatsiyasi va hududiy boʻlinmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va sogʻlomlashtirish boʻyicha pullik xizmatlarni (servis) kengaytirish boʻyicha roʻyxatini tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxatga asosan jismoniy tarbiya, sport va sogʻlomlashtirish boʻyicha pullik xizmatlarni tashkil etish.

8.

Barcha taʼlim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish.

2020-2021

yillar

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Taʼlim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

II. Badminton sport turi boʻyicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan malakali trenerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash

9.

Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va trenerlarning bilimini oshirish, shugʻullanuvchilarni sogʻlomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaxshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni chop etish.

2020-yil

II chorakdan boshlab har yili

Homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qoʻllash, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va trenerlarning bilimini oshirish, shugʻullanuvchilarni sogʻlomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaxshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich yaratish va chop etish boʻyicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Yaratilgan ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich chop etish va tasdiqlangan reja boʻyicha joylarga yetkazish.

10.

Badminton sport turini rivojlantirishning omillari boʻyicha respublika va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish.

2020-yil

IV chorakdan boshlab har yili

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi

Badminton sport turini rivojlantirishning omillari boʻyicha respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazish.

11.

Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish uchun istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenerlarni taklif etish.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlar, ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish uchun istiqbolli sportchilar, trenerlar va hakamlarni xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenerlarni taklif etish roʻyxatini tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenerlarni taklif etish.

12.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi boʻyicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

2020-yilidan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi boʻyicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan reja va roʻyxat asosida badminton sport turi boʻyicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

III. Aholining keng qatlamlari orasida badminton boʻyicha ommaviy sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni oʻtkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va maqsadli tayyorlash

13.

Oʻzbekiston badminton federatsiyasining tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

Bunda, badminton sport turini rivojlantirish, taʼlim muassasalari sport zallaridan samarali foydalanish, qoʻshimcha seksiyalar tashkil qilish orqali yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish boʻyicha hamkorlik memorandumlarini (uch tomonlama shartnoma) tuzish.

2020-2021

yillar

Homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Oʻzbekiston badminton federatsiyasining tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandumlarni (uch tomonlama shartnoma) tuzish.

14.

Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston chempionatlarini quyidagi bosqichlarda oʻtkazishni joriy etish:

I- bosqich — tuman (shahar);

II-bosqich — viloyat;

III-bosqich — respublika (final).

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1. Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi boʻyicha 1, 2 va 3-bosqichda boʻlib oʻtadigan chempionatlar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida 1, 2 va 3-bosqich chempionatlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari oʻrtasida badminton sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning yil davomida muntazam ravishda sport bilan shugʻullanishlarini tashkil etish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublikasi kengashi

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari oʻrtasida badminton sport turi musobaqalarini tashkil etish boʻyicha roʻyxatni tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida musobaqalarni oʻtkazish va yil davomida muntazam ravishda badminton sport turi bilan shugʻullanishini tashkil etish.

IV. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi oʻrtasida badminton sport turining sogʻlom turmush tarziga ijobiy taʼsir etuvchi vosita ekanligini targʻib qilish ishlarini tashkil etish

16.

Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Internet portalini yaratish va respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada xizmat koʻrsatadigan interaktiv xizmatlarni joriy etish.

Bunda veb-saytlarga sportchilar, trenerlar, rahbarlar, sport bazalari boʻyicha toʻliq maʼlumotlar kiritish va ushbu bazani doimiy yangilab borish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1. Oʻzbekiston badminton federatsiyasining Internet portalini yaratish.

2. Yaratilgan portalda Respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada xizmat koʻrsatadigan interaktiv xizmatlarni joriy etish.

17.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali badminton sport turini keng targʻib qilish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Oʻzbekiston badminton federatsiyasining murojaatiga asosan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali badminton sport turini keng targʻib qilish.

(1-ilov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 143-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlari boʻyicha badminton sport turiga biriktirilayotgan sport obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Obyekt nomi

Manzil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus maishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji sport zali

Nukus shahri, A. Utepov koʻchasi, raqamsiz uy

Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi

Nukus shahar A.Utepov koʻchasi

Nukus shahar 2-sonli kasb-hunar maktabi

Nukus shahar A.Utepov koʻchasi

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tennis majmuasi

Andijon shahri, 1-kichik daxa, 21b-uy

Andijon shahri 32-umumtaʼlim maktabi sport zali

Andijon shahri, Saloxiyat koʻchasi, 110-uy

Andijon mashinasozlik akademik litseyi sport zali

Andijon shahar A. Temur koʻchasi 5 uy

3.

Buxoro viloyati

“Xumo” sport majmuasi badminton sport zali

Buxoro shahri, M. Iqbol koʻchasi, 16-uy

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji sport zali

Buxoro shahar “Namozgoh” koʻchasi 103-uy

4.

Jizzax viloyati

Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zali (18x36)

Jizzax shahri, Sayiljoy mahallasi, Istiklol koʻchasi, 12-uy

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali sport zali

Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 259-uy

Jizzax Tibbiyot kollejining sport zali

Jizzax shahar Sh.Rashidov shoh koʻchasi, Toshloq mahallasi 212-uy

Jizzax shahar 19-umumtaʼlim maktabning sport zali

Jizzax shahri, Zargarlik mahallasi

5.

Navoiy viloyati

Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi sport zali

Navoiy shahri, Gʻalaba shox koʻchasi, 44-uy

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi akademik litseyining sport zali

Navoiy shahri, Gʻalabashox koʻchasi 186-uy

6.

Namangan viloyati

Namangan viloyati yuridik kolleji sport zali

Namangan shahri, Islom Karimov koʻchasi, 2-uy

Namangan shahar 1-son Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali

Namangan shahri, 5A-kichik tuman tennis korti

Namangan muxandislik-qurilish instituti qoshidagi “Doʻstlik” akademik litseyining sport zali

Namangan shahri, I.Karimov koʻchasi

7.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati sportning uyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali

Samarqand shahri, Rudaki koʻchasi, 243-uy.

Payariq tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali

Payariq tumani, Qumchiq mahallasi, Oʻyingoh koʻchasi 19-uy

8.

Sirdaryo viloyati

“Alpomish” sport majmuasi

Guliston shahri, Guliston koʻchasi

Madaniyat saroyi sport zali

Guliston tumani, Turkiston koʻchasi, 16-uy

Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sport zali

Xovos tuman, Xovos shaxarchasi, “Bunyodkor” mahallasi, Katta Oʻzbek Trakti M-34, Samarqand koʻchasi

Guliston shahar 8-sonli umumtaʼlim maktabining sport zali

Guliston shahri, 3-mavze “Obod yurt” mahallasi

Guliston shahar Qurilish texnikumining sport zali

Guliston shahri, “Bogʻi shamol” mahallasi

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi sport zali

Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi, 699-uy

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti filialining sport zali

Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 288 b-uy

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining sport zali

Termiz shahri, I.Karimov koʻchasi 63-uy

10.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi qoʻp tarmoqli sport majmuasi sport zali

Fargʻona shahri, Oxunboboyev koʻchasi

Qoʻqon shahar 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali

Qoʻqon shahri, Istiqlol koʻchasi 77-uy

Beshariq tumani 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining filiali

Beshariq tumani, Rapqon qishlogʻi 22A- uy

11.

Xorazm viloyati

Xorazm tennis va badminton markazi

Urganch shahri, Yangiariq koʻchasi

Koʻshkoʻpir tu?ani 2-sonli umumtaʼlim maktabining sport zali

Koʻshkoʻpir tumani, Madaniyat mahallasi, Mustaqillik koʻchasi 29-uy

Bogʻot tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli filialning sport zali

Bogʻot tumani, Oltin-Qum shaharchasi, Buyuk maqsad 1-tor koʻcha

12.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali

Qarshi shahri, A. Navoiy koʻchasi, 64-uy

Shaxrisabz shahar 14-umumtaʼlim maktabi sport zali

Shaxrisabz shahri, S. Ayniy koʻchasi, 56-uy

Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport oʻyinlari zali — asosiy badminton sport bazasi

Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasi, 13-uy

Toshkent shahri

13.

Bektemir tumani

Bektemir tumani I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi akademik litseyi sport zali

Bektemir tumani, Suvsoz qoʻchasi, 89-uy

14.

Mirobod tumani

Mirobod tumani 175-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Mirobod tumani, Sarakulskaya koʻchasi, 24-uy

15.

Mirzo Ulugʻbek tumani

Mirzo Ulugʻbek tumani 211-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Mirzo Ulugʻbek tumani, Gulsanam koʻchasi, 1-uy

M.Ulugʻbek tumani 279-umumtaʼlim maktabining sport zali

A.Yugnakiy mavzesi

16.

Olmazor tumani

Olmazor tumani 196-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/1 mavzesi, 5a-uy

Olmazor tumani 1-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabining sport zali

Namuna koʻchasi 54-uy

17.

Sergeli tumani

Sergeli tumani 300-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Sergeli tumani, 7 mavzesi, Jahonaro koʻchasi

Sergeli tumani 68-umumtaʼlim maktabining sport zali

Sergeli-3 mavzesi

18.

Uchtepa tumani

Toshkent Soliq texnikumi sport zali

Uchtepa tumani, kichik xalqa yoʻli, 3-uy

Uchtepa tumani 238-umumtaʼlim maktabining sport zali

Uchtepa tumani 21-mavze

Toshk?nt shahar Sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi filiali — asosiy badminton sport bazasi

Uchtepa tumani, Jurjoniy mahallasi, Y.Sakkokiy koʻch. 4b

19.

Yashnobod tumani

Yashnobod tumanidagi Mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji sport zali

Yashnabod tumani, Tarakiyot kuchasi 2 proyezd 1-uy

20.

Chilonzor tumani

Chilonzor Tibbiyot kolleji sport zali

Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 16-uy

Chilonzor tumani 181-umumtaʼlim maktabining sport zali

Chilonzor 10-mavze

21.

Shayxontohur tumani

Shayxontohur tumani 254-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Shayxontoxur tumani, Nuvza MFY, Ok tepa daxasi, 12-uy

Shayhontoxur tumani 299-umumtaʼlim maktabining sport zali

Jarariq mavzesi

22.

Yunusobod tumani

Yunusobod tumani 271-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Yunusobod tumani, Chimkent yoʻli koʻchasi

Yunusobod tumani 21-umumtaʼlim maktabining sport zali

Yunusobod 6-mavze

23.

Yakkasaroy tumani

Yakkasaroy tumanidagi toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali

Yakkasaroy tumani, Shoxjahon koʻchasi 5/4

24.

Yangi hayot tumani

Yangi hayot tumani 231-umumtaʼlim maktabining sport zali

9-qurilish hududi

Toshkent viloyati

24.

Angren shahri

Angren shahri Transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali

Angren shahri, Istiqbol MFY, Bunyodkor koʻchasi, 5/1a-uy

25.

Bekobod tumani

Bekobod tumani 7-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Zafar shahri, Guliston MFY

26.

Bekobod shahri

Bekobod shahri 12-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Bekobod shahri, “Qosim ota Farmonov” MFY

Oʻzbekiston metal zavodining tennis korti

Oʻzbekisto? koʻchasi

27.

Boʻka tumani

Boʻka tumani Boʻka Agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji sport zali

Boʻka tumani, A. Ikromov koʻchasi, 39-uy

28.

Boʻstonliq tumani

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Abay” BSM sport zali

Boʻstonliq tumani, Qoramanas qishlogʻi, Boyterak MFY, Ipak-yoʻli koʻchasi

29.

Zangiota tumani

Zangiota tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali

Eshonguzar qoʻrgʻoni, X. Noʻmon koʻchasi

30.

Qibray tumani

Qibray tumani 8-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Qibray tumani, Qadirlik koʻchasi

31.

Nurafshon shahri

Nurafshon shahri 1-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Obod turmush MFY, Shon shuxrat koʻchasi, 1-uy

32.

Oqqurgon tumani

Oqqurgon tumani 6-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Okkurgon tumani, Birlik MFY

33.

Olmaliq shahri

Olmaliq shahri Bolalar oʻsmirlar sport maktabi sport zali

Olmaliq shahri, Ulugʻbek koʻchasi, 59a-uy

34.

Ohangaront umani

Ohangaron tumani 12-sonli umumtalim maktabi sport zali

Ohangaron tumani, Qoroxtoy MFY

35.

Parkent tumani

Parkent tumani 45-sonli umumtalim maktabi sport zali

Parkent tumani, Surxi MFY

36.

Pskent tumani

Pskent tumani 8-sonli umumtalim maktabi sport zali

Pskent tumani, Gulshan koʻchasi, raqamsiz uy

37.

Toshkent tumani

Toshkent tumani Bolalar oʻsmirlar sport maktabi

Keles shahar, M.Qashqariy koʻchasi, 1-uy

Universal sport majmuasi

Keles yoʻli koʻchasi

38.

Oʻrta Chirchiq tumani

Oʻrta Chirchiq Pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji sport zali

Oʻrta Chirchiq tumani, Koʻtarma-2 MFY

39.

Chinoz shahri

Chinoz shaxri 40-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Chinoz shaxri, Beshkapa MFY

40.

Chirchiq shahri

Chirchiq shahri 16-sonli umumtaʼlim maktabi sport zali

Chirchiq shahri, 8-kichik noxiya

41.

Yuqori Chirchiq tumani

Yuqori Chirchiq tumani 37-sonli umumtaʼlim maktabi zali sport zali

Yuqori Chirchiq tumani

42.

Yangiyoʻl tumani

Yangiyoʻl tumani Gulbaxor sanoat kasb-hunar kolleji sport zali

Yangiyoʻl tumani, Sharof Rashidov koʻchasi, 6-uy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Har bir hududda badminton sport turiga biriktirilayotgan sport obyektlaridan bittasi asosiy sport baza sifatida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi tomonidan tanlab olinadi hamda badmintonga ixtisoslashtirilgan sport obyekti sifatida faoliyat yuritadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 19/20/143/0288-son; 20.11.2020-y., 09/20/735/1580-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son; 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)