1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.08.00.00 Qurol va harbiy texnika;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.01.00.00 Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini taʼminlash sohasidagi umumiy qoidalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 138-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini tadqiq etish, sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarini rekonstruksiya qilish va badiiy bezash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini rekonstruksiya qilish — fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa texnik xususiyatlarini oʻzgartirish maqsadida ularga konstruktiv oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash — fuqaroviy va xizmat qurolining hamda oʻqotar qurolning asosiy qismlarining ballistik va boshqa texnik xususiyatlarini tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish — sotib olingan yoki komissiya shartnomalari boʻyicha sotuvga qoʻyilgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari bilan savdo qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi faoliyat litsenziyalanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichoqlarning milliy turlarini (pichoqlar) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat — tigʻining fiksatori boʻlmagan, uzunligi 220 mm gacha va qalinligi 2,5 mm gacha boʻlgan anʼanaviy shaklda bajarilgan, sopi suyak, yogʻoch, ebonit yoki plastik material qadab naqsh solingan xalq hunarmandchiligi buyumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol egalari shaxsiy foydalanishi uchun aslahalash boʻyicha faoliyat — jismoniy shaxslar tomonidan silliq stvolli ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan silliq stvolli ov qurolining patronlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol egalari tomonidan qurolni taʼmirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish faoliyati — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalar asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan fuqaroviy va xizmat qurolini taʼmirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol egalari qurolni hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish faoliyati — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnomalar asosida oʻzlariga qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, faoliyatning ushbu turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Ushbu qoida koʻrsatilgan korxonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirish bilan bogʻliq, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻyiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Litsenziyalar amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) litsenziat tomonidan tegishli litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha qonun hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, yongʻin xavfsizligi, atrof muhitni muhofaza qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) arizada koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini qonun hujjatlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq toʻliq hajmda amalga oshirish uchun litsenziya talabgorida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, texnologiya asbob-uskunalar, seyf va metall javonlar) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziyalanadigan faoliyat turini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda, shuningdek, litsenziyada koʻrsatilgan doirada hamda joy (manzil) boʻyicha amalga oshirish;
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash va ular mavjud boʻlgan joylarga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishini istisno etishga qaratilgan rejim choralarini koʻrish, ularni ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish obyektlarida jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining (keyingi oʻrinlarda Milliy gvardiya organlari deb ataladi) texnik qoʻriqlash markaziga ulangan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlash;
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining chiqarilishiga, taʼmirlanishiga va realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishlab chiqarilgan, taʼmirlangan, olingan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining hisobini yuritish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida seyfda saqlash, oʻz faoliyatini toʻxtatgan yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlari arxiviga topshirish;
(10-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish, xavfli moddalar tarqalishining (oqib ketishining) oldini olish va lokallashtirish uchun zarur boʻlgan yakka tartibdagi va jamoaviy himoyalanish vositalarining, shuningdek, maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi, ularni ishchi holatida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga quyidagi xodimlar jalb etilmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma besh yoshga toʻlmagan;
(10-band “i” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(10-band “i” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) psixiatriya va narkologiya koʻriklaridan oʻtkazish;
(10-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) litsenziyalovchi organga ishlab chiqarilgan, taʼmirlangan va realizatsiya qilingan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarning roʻyxatini taqdim etish;
(10-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun Ichki ishlar vazirligi organlari xodimlarining fuqaroviy va xizmat quroli ishlab chiqariladigan, taʼmirlanadigan, realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan obyektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish;
(10-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish chogʻida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini hamda ulardan foydalanilishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklangan xodimlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishda qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllaniladigan inshootlar va texnika qurilmalarining diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi oʻtkazilishini, shuningdek, sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tizimini joriy etish (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni, ularning oʻq-dorilarini hamda oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar yoki standartlarning talablariga muvofiq ishlab chiqilgan ishlab chiqariladigan mahsulotning har bir turi boʻyicha texnologik va foydalanishga doir hujjatlarni (chizmalar, texnik shartlar, texnologik reglamentlar, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar) yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini taʼminlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo va komponentlar kirimi va chiqimi hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini sertifikatlashtirish tartibiga amal qilish, ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi markirovkani, keyinchalik tamgʻalash yoki unga muvofiqlik belgisini qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish obyekti hududida, ishlab chiqarish, laboratoriya va ombor inshootlari hamda xonalarida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining tunu kun qurolli qoʻriqlovini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pnevmatik (ogʻiz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri toʻqqiz millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolidan tashqari) va signal beruvchi ov qurolini, pnevmatik va signal beruvchi sport qurolini, signal beruvchi qurolning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda Milliy gvardiya organlarining yoki xizmat quroli bilan qurollangan idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoxud idoraviy qorovullik xizmatining tunu kun qurolli qoʻriqlovini taʼminlash;
(11-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatda litsenziyalanadigan faoliyat turiga (uning qismiga) muvofiq keladigan texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, oʻzga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maxsus maʼlumotga hamda malakaga ega boʻlgan boʻlgan mutaxassislarning, shuningdek, rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimi mavjudligi (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta savdo zalida qurol va boshqa turdagi tovarlar realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, bundan sport, ov va baliq ovlash ashyolari, qurolning ehtiyot qismlari va pirotexnika buyumlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo obyektining tashqi perimetri va ichki hududini, qurolxonani, kuzatilmaydigan joylarni istisno etgan holda, zamonaviy videokuzatuv tizimlari bilan taʼminlash, shuningdek, tashqi perimetr boʻylab doʻkonga va qurolxonaga kirish eshiklarining hamda savdo zaliga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimlarining tasvirini Milliy gvardiyaning texnik qoʻriqlash markaziga ulash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning oʻzida sotuvda mavjud boʻlgan oʻqotar ov qurolining har bir rusumidan ikki donadan koʻp miqdordagi oʻqotar ov quroli hamda besh ming donadan ortiq miqdordagi uning patronlari saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, koʻrsatilgan miqdorlardan koʻp miqdorlardagi oʻqotar ov quroli va uning patronlari shartnomaviy tartibda ichki ishlar organlarining qurolxonalarida saqlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo obyektlari va qurolxonalarning kirish eshiklarini qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalari bilan taʼminlash va ularni Milliy gvardiyaning texnik qoʻriqlash markaziga ulash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo obyektida, shu jumladan, ularning tashqi qismidagi qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi tizimining bogʻlovchi elektr oʻtkazgichlari yopiq tarzda oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvga qoʻyilgan va sotilgan qurolning elektron hisobini yuritish (qurolning rusumi, seriya raqami, ishlab chiqarilgan yili, ichki ishlar organlarining qurolni realizatsiya qilishga doir ruxsatnomasi raqami va sanasi, sotib olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili);
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat quroli, uning oʻq-dorilari, initsiatsiyalanadigan va olovlanadigan modda va materiallar (porox va pistonlar) shuningdek, soyli stvolli ov qurolining zatvor mexanizmlarini qurolxonada bir-biridan ajratilgan xolda (alohida seyf va metall javonlarda) saqlanishini taʼminlash;
(11-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilinayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining har bir turi boʻyicha ularning xavfsizligi va isteʼmol xossalarini taʼminlash uchun axborotning toʻliq berilishini taʼminlaydigan guvohnomalar, sertifikatlar va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini Ichki ishlar vazirligi organlarining, unda koʻrsatilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi asosida realizatsiya qilish, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq Ichki ishlar vazirligi organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat quroli bundan mustasno;
(11-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilarini yuridik shaxslarga Ichki ishlar vazirligi organlarining qurolni olishga doir, unda koʻrsatilgan oʻq-dorilarni olish huquqini beruvchi ruxsatnomasi asosida, jismoniy shaxslarga esa — Ichki ishlar vazirligi organlarining olinayotgan oʻq-dorilarga muvofiq boʻlgan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi taqdim etilganda, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq Ichki ishlar vazirligi organlarining ruxsatnomalarisiz olinadigan fuqaroviy va xizmat qurolining oʻq-dorilari bundan mustasno;
(11-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqami va ishlab chiqaruvchining tamgʻasi mavjud boʻlmagan qurolni, ishlab chiqaruvchining axborot markirovkasi mavjud boʻlmagan oʻq-dorilarni, shuningdek, zavodda ishlab chiqarilmagan (qoʻlbola) yoki qayta ishlangan qurol realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga realizatsiya qilinayotgan tigʻli sovuq va signal beruvchi ov qurolining, oʻqotar ov qurolining oʻq-dorilarini ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasida, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini esa — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaxsning hisobga olish hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkazish;
(11-band “b” kichik bandining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning manfaatlari va huquqlarini taʼminlash, ularga fuqaroviy va xizmat quroliga hamda uning oʻq-dorilariga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish shartlarini mijozlarga yetkazish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Litsenziyani olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisobvaragʻi, telefon raqamlari, elektron pochta va mavjud boʻlsa veb-sayt manzili, ishlab chiqarilishi, taʼmirlanishi va (yoki) realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining turlari koʻrsatilgan holda amalga oshirilishi moʻljallanayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) amalga oshiriladigan joy (manzil) koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan moddiy-texnik baza toʻgʻrisida maʼlumotlar (maxsus jihozlangan binolarni, inshootlarni, xonalarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi yoki ularni ijara olish shartnomasi, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalarini oʻrnatish, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish dalolatnomalari, ularni Milliy gvardiya organlarining texnik qoʻriqlash markazi qoʻriqloviga olish shartnomasi);
(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziyalanadigan faoliyat turini (uning qismini) amalga oshirishda yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki oʻzga favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha litsenziya talabgori maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuridik shaxsning rahbarlari va litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlarining, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yuridik shaxs shtatida ruhiy holati buzilganligi, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan xodimlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi tegishli tibbiyot muassasalari maʼlumotnomalari;
(13-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlarining, binolar va inshootlarning, qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va foydalanishga doir boshqa hujjatlarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi sanoat xavfsizligi ekspertizasining xulosasi (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat nazoratini taʼminlash imkonini beradigan sinov laboratoriyasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat yoki bunday laboratoriya bilan sinovlarni oʻtkazishga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya organlarining yoki idoraviy (idoradan tashqari) harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoxud idoraviy qorovullik xizmatining qoʻriqlovini taʼminlash shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarning malakasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar (texnika, kon-texnika, fizika, kimyoviy, oʻzga tegishli (asosiy) oliy va (yoki) oʻrta maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlarning, malaka toifasi berilganligi, malakani oshirish kurslarini yoki maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi haqidagi sertifikatlar va oʻzga hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan maʼlumotlar (fuqaroviy va xizmat oʻqotar, pnevmatik va signal beruvchi qurolni hamda ularning oʻq-dorilarini, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinib, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga darhol yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning ikkinchi nusxasi ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya talabgori qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziyani berish yoki litsenziyani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori bergan arizasidan voz kechganda yoki litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga litsenziya berilishi rad etilgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan oshmagan muddatda litsenziyalovchi organ litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, litsenziya talabgori koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga qabul qilib olingan kuni litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ taqdim etilgan hujjatlarni litsenziya talabgorining arizasini qabul qilgan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobiga yuqorida qayd etilgan muddat doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarini joyiga chiqib baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni va ekspertlarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Litsenziyalovchi organ ariza va ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etish masalasini oʻrganib chiqish yuzasidan soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga ariza va ushbu Nizom 13-bandining “g” kichik bandida nazarda tutilgan roʻyxatning nusxalari ilova etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati soʻrovnomani olgan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmagan muddatda litsenziyalovchi organga tegishli xulosani yuboradi.
(211 va 212-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish haqida qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida litsenziya talabgorini yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani berish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga bank hisobvaragʻi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziyalar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik litsenziyalovchi organ rahbariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlangandan keyin uch kun mobaynida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziya berilganligi uchun davlat bojini toʻlamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziyani berishni rad etish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan quyidagi asoslar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyani berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran taqdim etilgan hujjatlar qabul qilib olingan kunning oʻzida koʻrib chiqish uchun litsenziyalovchi organga kiritiladi. Litsenziya talabgorining arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ oʻn kun muddatda litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining arizasini takroran koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada aynan bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshilgan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan soʻng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayd etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim qilingan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dublikatni berishda litsenziyalovchi organ tomonidan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan yangi litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishlicha 32, 33 va 34-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda litsenziyalovchi organning qarori boʻyicha amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sud litsenziyalovchi organning qarorini asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirishlar chogʻida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha zarur axborotlarni talab qilish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari hamda shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qilish yoxud ushbu qarorlarni chiqarish yuzasidan sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari hamda shartlarining buzilishi fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini keltirib chiqargan hollarda ularni olib qoʻyish, ularni Ichki ishlar vazirligi organlariga zudlik bilan olib borishni hamda vaqtinchalik saqlash uchun joylashtirishni talab qilish.
(38-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvni oʻtkazish davomida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimi ikki nusxada dalolatnoma tuzadi, ularning biri litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Litsenziyalarning reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan berilgan litsenziyalarning reyestri (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, faksi va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berilgan sana, uning seriyasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilishi, taʼmirlanishi yoki realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilari turlari koʻrsatilgan holda litsenziyalanadigan faoliyat turi (turlari) haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalanadigan faoliyat turi (turlari) amalga oshiriladigan manzil (manzillar), telefoni, faksi va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish va qayta tiklash asoslari hamda sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish asoslari va sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dublikatni berish asoslari va sanalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Litsenziya berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga yuridik shaxsga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular litsenziyalovchi organ masʼul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qogʻoz manbadagi reyestr litsenziyalovchi organ tomonidan reyestr jurnali shaklida yagona nusxada yuritiladi. Reyestr jurnali ip oʻtkazib tikiladi, tartib raqami qoʻyiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatiladi hamda litsenziyalovchi organ rahbarining imzosi qoʻyiladi va muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan reyestr maʼlumotlari ushbu maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar toʻgʻri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Reyestrdagi maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar bilan arizani tayyorlaydi.
2. Hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda kiritadi.
Litsenziya talabgori xohishiga koʻra
2-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, arizaning nusxasini hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda litsenziya talabgoriga yuboradi.
1. Hujjatlar qabul qilingan kunda
2. Litsenziya talabgorining rahbarlari va xodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etish masalasini oʻrganib chiqish yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatiga soʻrovnoma yuboradi.
2. Ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida
3-bosqich
Davlat xavfsizlik xizmati
1. Litsenziya talabgorining rahbarlari va xodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliq ishlarga jalb etish masalasini oʻrganib chiqish tadbirlarini amalga oshiradi.
2. Oʻrganish tadbirlari natijalari yuzasidan litsenziyalovchi organga tegishli xulosani yuboradi.
Soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmagan muddatda
4-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi
1. Ariza olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmagan muddatda
2. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
2. Tegishli qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida
5-bosqich
Litsenziya talabgori
Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etadi, hujjatlarni qayta taqdim etadi.
Xabarnomada koʻrsatilgan muddatda
6-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganda litsenziya blankasini rasmiylashtiradi.
2. Litsenziatga litsenziyani beradi.
3. Tegishli yozuvni reyestrga kiritadi.
Davlat boji toʻlangandan soʻng uch kun ichida
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
LITSENZIYA
Reyestr boʻyicha tartib raqami: QR-__________
20__ yil “___” ________________
(fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini,
ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha
faoliyat turi (uning qismi)
amalga oshirish uchun.
(litsenziatning toʻliq nomi)
berildi.
Litsenziatning rekvizitlari
Litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan joy (manzil)
Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Vakolatli shaxs:
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(imzo)
M.Oʻ.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 09/20/138/0284-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son)