06.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3217
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3217]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. ShADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 14-yanvardagi 106-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (bundan buyon matnda YORT deb yuritiladi) urugʻlantirishning ayrim yoki barcha bosqichlarida ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy texnologiyalar, davolash usullari va muolajalaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. YORT erkak va ayolning (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi YORTni qoʻllash boʻyicha ixtiyoriy rozilik arizasi asosida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. YORT usullari reproduktologiya ixtisosligi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reproduktologiya ixtisosligi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan YORTni qoʻllashda shifokorlik sirini va axborotning maxfiyligini saqlash “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. YORTdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bepushtlik sabablarini aniqlash va YORTdan foydalanish maqsadida bemorlar quyidagi birlamchi tekshiruvlardan (bundan buyon matnda birlamchi tekshiruv deb yuritiladi) oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
endokrin va ovulyator holatini baholash (qon tarkibida prolaktin, gonadotropinlar, steroidli gormonlar va shu kabilar darajasini aniqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik toz aʼzolarini ultratovushli transvaginal tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gisterosalpingografiya, kontrastli exogisterosalpingoskopiya va laparoskopiya usullaridan foydalangan holda bachadon naychalarining oʻtkazuvchanligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
endometriy ahvolini baholash (endometriyni ultratovushli transvaginal tekshirish, gisteroskopiya, endometriy toʻqimalarining biopsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlarni urogenital infeksiyalar mavjudligiga tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor erkak spermasini (eyakulyatini) tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spermatozoidlar agglyutinatsiyasi aniqlangan holda spermatozoidlarning aralash antiglobulin reaksiyasini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandida qayd etilgan tekshiruvlar olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻtkazilgan birlamchi tekshiruv natijasida bepushtlik sababi aniqlangan bemorlarda konservativ va jarrohlik davolash oʻtkazilgandan soʻng 9 — 12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa, mazkur bemorlar YORT yordamida davolanishga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻtkazilgan birlamchi tekshiruv natijasida bepushtlik sababi aniqlangan 35 va undan katta yoshdagi bemor ayollar konservativ va jarrohlik davolash oʻtkazilmasdan, 9 — 12 oy muddatsiz shifokorlar konsiliumining qarori boʻyicha YORT yordamida davolanishga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. YORT yordamida davolanishga yuborilgan bemorlar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq YORT yordamida davolash usullarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalarni aniqlash yuzasidan quyidagi tekshiruvlardan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qon tahlilida rangpar treponemaga antitanachalarni, odam immun tanqisligi virusi (OIV) M, G sinfi antitanachalarini, V, S virusli gepatiti antigeniga 1 va 2-antitanachalarni, qondagi qizilcha virusiga antitanachalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonda 1 va 2-tur oddiy gerpes virusi, tsitomegalovirus (SMV) molekulyar-biologik tahlilini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xlamidiyalar, mikoplazma va ureaplazma mavjudligiga mikrobiologik tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toksoplazmoz, brutsellyoz mavjudligiga tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy yoʻl ajralmalarini (qin ajralmasi, eyakulyat) mikroskopik tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tekshiruvlardan tashqari bemor ayollar quyidagi tekshiruvlardan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonning umumiy (klinik) tahlili, qonning biokimyoviy tahlili, koagulogramma (zarur hollarda gemostaz tizimini batafsil tekshirish va gematolog maslahati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bachadon boʻyinini tsitologik tekshirish (Papanikolau usulida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
peshobning umumiy tahlili, buyraklarni ultratovush tekshiruvidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻpka flyuorografiyasi (bunday tekshiruvdan 12 oydan ortiq vaqt davomida oʻtmaganlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrokardiogramma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonni gormonlar mavjudligiga tekshirish (FSG, LG, prolaktin, estradiol va antimyuller gormoni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlikni davom ettirish imkoniyati yuzasidan shifokor-terapevt koʻrigi (tibbiy koʻrik, maslahat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 yoshgacha boʻlgan bemor ayollarda sut bezlarini ultratovush tekshiruvi, sut bezlarining xastaligi aniqlangan taqdirda esa mammografiya tekshiruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 va undan katta yoshdagi bemor ayollar uchun mammografiya tekshiruvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Anamnezida yoki yaqin qarindoshlarida rivojlanishning tugʻma nuqsonlari va xromosom xastaliklari mavjud boʻlgan, birlamchi amenoreya kasalligiga chalingan, 35 va undan katta yoshdagi, YORTdan foydalanish harakatlari samarasiz kechgan bemor ayollarga shifokor-genetik koʻrigi (maslahati) va xromosom apparati tekshiruvi (kariotiplash) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tekshiruv natijasida endokrin oʻzgarishlar aniqlangan bemor ayollarga shifokor-endokrinolog maslahati, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezi, buyrak usti bezlarining ultratovush tekshiruvlari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tekshiruvlardan tashqari bemor erkaklarga eyakulyat tahlili hamda 35 va undan katta yoshdagi bemor erkaklarga genetik tekshiruv oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. YORTdan foydalanishda qoʻllaniladigan davolash muolajalari va usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tekshiruv natijalariga koʻra, YORT yordamida davolash usullarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar aniqlanmagan bemorlarga quyidagi davolash usullari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstrakorporal urugʻlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy urugʻlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xetching;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriokonservatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spermatozoidning intratsitaplazmatik inyeksiyasi (bundan buyon matnda IKSI deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tekshiruv natijalariga koʻra bemorlarda YORT yordamida davolash usullarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar aniqlanganda, mazkur bemorlarga YORT qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. YORT usullari qoʻllanilishidan avval bemorlarga bu usullarning afzalliklari va kamchiliklari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot shifokor tomonidan berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. YORT usullaridan birining qoʻllanilishi samara bermaganda, YORTning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ekstrakorporal urugʻlantirish usulini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekstrakorporal urugʻlantirish (bundan buyon matnda EKU deb yuritiladi) usuli bepushtlikka yechim topish maqsadida ona organizmidan tashqarida sunʼiy sharoitlarda tuxumhujayrani urugʻlantirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. EKU usulini qoʻllash mumkin boʻlgan holatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepushtlik sababi aniqlangan bemor ayollarda konservativ va jarrohlik davolash oʻtkazilgandan soʻng 9 — 12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKU usullarisiz homilador boʻlish imkoni boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. EKU usuli quyidagi hollarda cheklovlar bilan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovarial zaxiraning kamayishi (tuxumdonlar ultratovush tekshiruvi xulosalari va qon tahlilidagi antimyuller gormoni darajasi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar jinsi bilan bogʻliq irsiy kasalliklar (gemofiliya, Dyushenn mushaklar distrofiyasi, X-xromosomaga bogʻliq ixtioz, Sharko-Mari nevral amiotrofiyasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. EKU usulini oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan dori vositalari yordamida superovulatsiyani qoʻzgʻatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gonadotropin-rilizing gormonlar, gonadotropinlar, menotropinlar, gonadotropin-rilizing gormon oʻrnini bosuvchi analoglar va antagonistlarni ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ultratovush tekshiruvi nazorati ostida transvaginal yoʻl orqali tuxumhujayralarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuxumdon follikulalari punksiyasini ogʻriqsizlantirish asosida transvaginal yoʻl orqali oʻtkazish (transvaginal yoʻl orqali bajarish imkoni boʻlmagan holatlarda ootsitlar laparoskopik yoʻl orqali olinishi mumkin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokor anesteziolog-reanimatolog tomonidan ogʻriqsizlantirish turini belgilash (bemorlarning ixtiyoriy roziligi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor erkakning maxsus tayyorlangan spermasi bilan ootsitlarni inseminatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
embrionlarni kultivatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan dori vositalari yordamida hayz davrining lyutein fazasini qoʻzgʻatishni ushlab turish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. EKU usuli qoʻllanilgandan soʻng homiladorlikni tashxislash uchun embrionlar koʻchirilgan kunining 12-kunidan boshlab qon yoki peshob tahlillarida xorionik gonadotropin darajasini aniqlash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Embrionlar koʻchirilgan kunining 21-kunidan boshlab homiladorlikning ultratovush tekshiruvi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Sunʼiy urugʻlantirish usulini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sunʼiy urugʻlantirish usuli bepushtlikka yechim topish maqsadida spermani qinga, tservikal kanalga, bachadon boʻshligʻiga yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sunʼiy urugʻlantirish usulini qoʻllash uchun quyidagilar koʻrsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor erkakda spermatogenezning ogʻir buzilishi, eyakulyator-seksual buzilishlar, irsiy kasalliklar rivojlanishining yuqori xavfi kuzatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor ayolda bachadon boʻyini bilan bogʻliq bepushtlik, vaginizm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noaniq etiologiyali bepushtlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sunʼiy urugʻlantirish usulida avvaldan tayyorlangan yoki kriokonservatsiyalangan, nativ spermadan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bemor ayolda bachadonning ikkala naychalarining oʻtkazuvchanligi buzilishi aniqlanganda, sunʼiy urugʻlantirish usulini qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ikki marotaba oʻtkazilgan sunʼiy urugʻlantirish usuli samara bermagan taqdirda, YORTning boshqa usullari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sunʼiy urugʻlantirish usulini qoʻllashdan avval shifokor tomonidan foydalanishga tayyorlangan eyakulyatning miqdor va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bemorlarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maʼlumotlar asosida bemorlar foydalanishga tayyorlangan eyakulyatni qoʻllanilishiga rozi yoki norozi ekanligini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sunʼiy urugʻlantirish usuli tabiiy siklda va Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan dori vositalari yordamida superovulatsiya stimulatsiyasida amalga oshirilgan hollarda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xetching usulini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xetching implantatsiyadan oldingi tashxislash maqsadida ootsit yoki embrionning yaltiroq qobigʻini yorish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xetching embrionning yorib chiqishini osonlashtirish maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xetching usulini qoʻllash mumkin boʻlgan holatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 va undan katta yoshdagi bemor ayollarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anamnezida yaxshi sifatli embrionlarni koʻchirishda qoʻllanilgan EKU usuli uch va koʻp marotaba natijasiz boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaltiroq qobiq morfologiyasining buzilishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriokonservatsiyalangan embrionlardan foydalanishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xetching embrionlarni bachadon boʻshligʻiga koʻchirishdan oldin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Kriokonservatsiya usulini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kriokonservatsiya chuqur muzlatish (-200 S) jarayoni yordamida reproduktiv hujayralar va gonada toʻqimalarini (embrionlar, sperma va tuxumhujayralar) saqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kriokonservatsiya usulini qoʻllash bemor va reproduktiv salomatlikni saqlash sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kriokonservatsiyalangan reproduktiv hujayralar va gonada toʻqimalari suyuq azotga solingan maxsus markirovkalangan konteynyerlarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kriokonservatsiyalangan reproduktiv hujayralar va gonada toʻqimalarini muzlatish va muzdan chiqarishning optimal usuli shifokor tomonidan har bir holat uchun individual tartibda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kriokonservatsiyalangan reproduktiv hujayralar va gonada toʻqimalari ushbu materiallarning xavfsizligini taʼminlash uchun dezoksiribonuklein kislota (DNK) tahlillari bilan birga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. IKSI usulini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. IKSI ootsit tsitoplazmasiga spermatozoidni inyeksiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. IKSI usulini qoʻllash uchun quyidagilar koʻrsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spermatogenez buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eyakulyator disfunksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilgan EKU usulida ootsitlarning urugʻlanmaganligi yoki 20% kam foizda urugʻlanganishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemor ayolda toʻrttadan kam miqdorda ootsitlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. IKSI usulini qoʻllashda obstruktiv azoospermiya va eyakulyator disfunksiyasi holatlarida spermatozoidlar bemorlarning roziligi asosida jarrohlik yoʻli bilan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Har qanday oʻtkir yuqumli kasalliklar spermatozoidlarni jarrohlik yoʻli bilan olishga qarshi koʻrsatma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spermatozoidlarni olishning optimal usuli shifokor-urolog tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. YORT usullarini qoʻllashda embrionlar reduksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Homiladorlikni tashxislash natijasida koʻp homilalik holatlari (uch va undan ortiq embrionlar mavjud boʻlganda) aniqlanganda, akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish maqsadida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan er va xotinning, er boʻlmagan taqdirda ayolning yoki ota-onasining yoxud u voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillarining mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi rozilik arizasi asosida embrionlar reduksiyasi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Embrionlar reduksiyasi qoʻllanilishiga rozilik berilmagan taqdirda, uni qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Embrionlar reduksiyasi — bu besh haftadan oʻn bir haftagacha homiladorlikda ultratovush tekshiruvi nazoratida tirik embrionlar sonini sunʼiy ravishda kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Reduksiya qilinishi lozim boʻlgan embrionlar ultratovush tekshiruv xulosasiga asosan davolovchi shifokor tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Embrionlar reduksiyasini oʻtkazish natijasi boʻyicha shifokorlar konsiliumi tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Reduksiya qilinishi lozim boʻlgan embrionlarga kirish (transvaginal, transservikal, transabdominal yoʻllari orqali) va ularni rivojlanishdan toʻxtatish davolovchi shifokor tomonidan bemor ayolning holatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Har qanday oʻtkir yalligʻlanish kasalliklari embrionlar reduksiyasini oʻtkazishga qarshi koʻrsatma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Homila tushishi xavfining mavjudligi embrionlar reduksiyasini qoʻllashga nisbiy qarshi koʻrsatma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 12-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha ixtiyoriy rozilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Men (Biz)____________________________________________________________________________________F.I.O., yoshi

____________________________________________________________________________________________F.I.O., yoshi

biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari: ________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Menga (bizga) quyida koʻrsatilgan usulda yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllashingizni soʻrayman (soʻraymiz):

ekstrakorporal urugʻlantirish (EKU)
‎tuxumhujayrani ekstrakorporal urugʻlantirish inyeksiya yoʻli bilan unga spermatozoid yuborish (EKU + IKSI)
‎sunʼiy urugʻlantirish (SI)
‎quyidagilardan foydalanilgan holda:
‎kriokonservatsiyalangan/kriokonservatsiya qilinmagan spermasi
‎kriokonservatsiyalangan/kriokonservatsiya qilinmagan ootsitlari
‎kriokonservatsiyalangan/kriokonservatsiya qilinmagan embrionlar bilan

Preimplantatsion genetik tahlil oʻtkazishingizni soʻrayman (soʻraymiz):

embrionlar/ootsitlarni, quyidagilar boʻyicha nuqsonlarni aniqlash maqsadida

___________________________________________________________ xromosomasi boʻyicha

Menga (bizga) EKU/EKU+IKSI/SI usulida davolash tartibi tushuntirildi va quyidagilar maʼlum qilindi:

homilador boʻlishdan oldin davolanish harakatlari bir necha marotaba boʻlishi mumkin;
‎davolanish jarayonida avvalda maʼlum boʻlmagan faktlar aniqlanishi mumkin, shu tufayli davolanish rejasi yoki usulini oʻzgartirish talab etilishi mumkin;
‎davolanish samarasiz boʻlishi mumkin;
‎bepushtlikni yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda bartaraf etilishi homilada tugʻma kasalliklar xavfini oshirmaydi, biroq kamaytirmaydi ham;
‎hozirgi kunda fan va tibbiy amaliyotda reproduktiv hujayralar va gonada toʻqimalarini muzlatish/muzdan eritish tugʻilajak farzandning sogʻligi uchun zararli asoratlar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida qatʼiy xulosa chiqarish uchun yetarli darajada kuzatuvlar mavjud emas.

Menga (bizga) shifokor tomonidan davolanish jarayonida eng yaxshi natijalarga erishish uchun dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, ularning annotatsiyalarida bepushtlik koʻrsatma sifatida yoki homiladorlikka qarshi koʻrsatma sifatida bayon qilmagan dori vositalari qoʻllanilishi mumkinligi tushuntirildi. Men (biz) bu dori vositalaridan foydalanish afzalliklarini va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni tushundim (dik). Men (biz) ushbu preparatlardan foydalanishga:

rozilik beraman (miz) rozilik bermayman (miz).

EKU/EKU+IKSI/SI oʻtkazilgandan keyin qolgan mening (bizning) jinsiy hujayralarimizni/embrionlarimizni soʻrayman(miz):
‎kriokonservatsiyalashni;
‎utilizatsiyalashni.
‎Menga (bizga) maʼlum boʻlgan mening (bizning) sogʻligʻim(miz) ahvoli, oilam(iz)dagi irsiy, tanosil, ruhiy va b�shqa kasalliklar toʻgʻrisida barcha maʼlumotlarni shifokorga maʼlum qilganligim(miz)ni bayon qilaman(miz).

Men (biz) EKU/EKU+IKSI/SI usulida davolash muolajasini bajarish va tuxumdonlar funksiyasiga taʼsir koʻrsatuvchi (tuxumdonlar giperstimulatsiyasi sindromi, tuxumdonning retension kistalari shakllanishi, allergik reaksiyalar va dorilar ishlab chiqaruvchisi tomonidan koʻzda tutilgan boshqa nojoʻya taʼsirlar) dori vositalaridan foydalanish asoratlarga (qon ketishi, yalligʻlanish, yaqin joylashgan aʼzolar yaralanishi) olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildim(dik).
‎Davolanish natijasida sodir boʻlgan homiladorlik bachadondan tashqari, koʻp homilali hamda homiladorlikning toʻxtashi mumkinligi toʻgʻrisida men (biz)ga maʼlum.
‎Men (biz) tibbiyot tashkiloti mutaxassislari tomonidan men (biz)ga taqdim etilgan muolaja, tibbiy yordam koʻrsatish usullari, u bilan bogʻliq asoratlar, davolanishning mavjud variantlari, uning oqibatlari hamda taxminiy natijalar toʻgʻrisida barcha maʼlumotni diqqat bilan oʻqidim(dik) va barchasini tushunganim(miz)ni tasdiqlayman (miz). Men (biz) meni (bizni) qiziqtiradigan yoki menga (bizga) bu sohada tushunarsiz boʻlgan masalalarni muhokama qilish imkoniga ega boʻldim (boʻldik). Barcha bergan savollarga men (biz) qoniqarli javob oldim (oldik). Mening (bizning) qarorim(iz) erkin boʻlib, ushbu muolajani oʻtkazish uchun xabardor holatda oʻz ixtiyorim(iz) bilan rozilik berishim(iz)ni ifodalaydi.

____________________________________________________________________________________________

(rozilik beruvchi shaxs(lar)ning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(suhbat oʻtkazgan shifokorning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(toʻldirilgan sanasi va vaqti)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 7-maydagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3217-1, 17.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3217-1/0463-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar yordamida davolash usullarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qarshi koʻrsatmalar nomi

Qarshi koʻrsatmalar shakli, bosqichi, darajasi, fazasi

Izohlar

Ayrim infeksion va parazitar kasalliklar

1.

Sil kasalligi:

Barcha faol shakllari

a) bakteriologik va gistologik yoʻl bilan tasdiqlangan nafas olish aʼzolarining sil kasalligi

b) bakteriologik va gistologik yoʻl bilan tasdiqlanmagan nafas olish organlari sil kasalligi

Oʻpka-yurak yetishmovchiligi aniqlanganda YORT qoʻllanilmaydi.

v) asab tizimi sil kasalligi

g) boshqa aʼzolar va tizimlarning sil kasalligi

d) suyaklar va boʻgʻimlar sil kasalligi

e) siydik yoʻli aʼzolarining sil kasalligi (ayollarda)

j) ichak va qorin boʻshligʻining limfa tugunlarining sil kasalligi

z) sil perikarditi

Konstriktiv perikardit

Yurak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish imkoni boʻlmaganda YORT qoʻllanilmaydi.

2.

Virusli gepatit: Oʻtkir gepatitlar: A, V, S, D, G; Surunkali gepatitlar xuruj fazasida (sariqlik, indikatorli fermentlarning yuqori darajalari)

3.

Odam immun tanqisligi virusi (OIV) bilan orttirilgan kasalligi

Bosqichlari: Inkubatsiya (1 bosqich), birlamchi belgilari (2A, 2B, 2V), ikkilamchi belgilarini jadalanishi (4A, 4B, 4V); terminal (5 bosqich)

Kasallikni 1, 2 A, 2B, 2V bosqichlarida YORTdan foydalanishni kasallik subklinik bosqichiga oʻtgungacha qadar qoldirish. Kasallikni 4A, 4B, 4V bosqichlarda YORTdan foydalanishni kasallik kamida 6 oylik remissiya bosqichiga oʻtguniga qadar qoldirish

4.

Sifilis (zaxm) erkak yoki ayolda

YORTni kasallikdan tuzalgandan soʻng qoʻllash mumkin.

Oʻsma kasalliklar

5.

Har qanday lokalizatsiyali yomon sifatli oʻsma kasalliklari

Barcha faol shakllari

Anamnezda yomon sifatli oʻsma kasalliklar mavjud boʻlganda YORTdan foydalanish masalasi shifokor-onkologning xulosasi asosida hal qilinadi.

6.

Jarrohlik davolashni talab qiladigan bachadon va/yoki tuxumdonlar bezi yaxshi sifatli oʻsma kasalliklar

Barcha faol shakllari

Qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari

7.

Ilk bor aniqlangan oʻtkir leykozlar

Barcha faol shakllari

8.

Miyelodisplastik sindromlar

Barcha faol shakllari

9.

Yuqori xavf guruhidagi limfomalar

Barcha faol shakllari

10.

Limfogranulematoz

Barcha faol shakllari

11.

Surunkali miyeloleykoz: a) tirozinkinaz ingibitorlari bilan davolashni talab qiladigan b) kasallikning terminal bosqichi

Barcha faol shakllari

12.

Surunkali miyeloproliferativ kasalliklar

Blastli kriz

13.

Aplastik kamqonlik kasalligi

Ogʻir turi

14.

Gemolitik kamqonliklar: oʻtkir gemolitik krizlar

Ogʻir qaytalanuvchi kechish

15.

Idiopatik trombotsitopenik purpura

Surunkali doimo qaytalanuvchi kechish, har qanday davolash turlariga refrakterligi

16.

Oʻtkir porfiriya hujumi, oxirgi hujumdan keyin “yorugʻ” davrining davomiyligi ikki yildan kam

Barcha faol shakllari

17.

Gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox purpurasi)

Ogʻir qaytalanuvchi kechish

Buyraklar zararlanashi va buyrak, oʻpka, oshqozon-ichak traktining yetishmovchiligi rivojlanishi

18.

Antifosfolipidli sindrom

Ogʻir kechishi

Anamnezda qayta miyada qon aylanishi buzilishlari, yurak klapani nuqsonlari shakllanishi, buyraklar zararlanishi, arterial gipertenziya va buyrak yetishmovchiligi bilan

Endokrin tizimi kasalliklari, ovqatlanish va moddalar almashinuvi buzilishi

19.

Qandli diabet bilan terminal buyraklar yetishmovchiligi (oʻrnini bosuvchi buyrak davosi va buyrakni transplantatsiya qilish imkoni yoʻqligi)

Ogʻir kechishi

20.

Buyrak transplantatsiyasidan keyingi qandli diabet

Ogʻir kechishi

21.

Qandli diabet va proliferativ retinopatiya rivojlanishi bilan

Barcha faol shakllari

22.

Giperparatireoz

Ogʻir shakli, visseral va suyakli namoyonlari bilan

Ruhiy buzilishlar

23.

Surunkali va davomli ruhiy buzilishlar, ogʻir va barqaror ogʻriq bilan (psixozlar va aqliy zaiflik) yoki homiladorlik va tugʻruq taʼsirida zoʻrayishining katta ehtimoli bilan

24.

Irsiy va degenerativ ruhiy buzilishlar

25.

Yaqqol ifodalangan psixogen buzilishlar

26.

Psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq ruhiy buzilishlar

27.

Kayfiyat buzilishi (affektiv buzilishlar)

Turgʻun suitsidli yoʻnalganlikda va suitsidli harakatlarni amalga oshirish xavfida YORT qoʻllanilmaydi.

Asab tizimi kasalliklari

28.

Asab tizimining turli etiologiyali ogʻir nogironlovchi nokurabelli kasalliklar, yaqqol ifodalangan harakatlanishdagi va ruhiyatdagi buzilishlar bilan kechishi

Qon aylanish tizimi kasalliklari

29.

Yurakning revmatik nuqsonlari:

a) qon aylanishi yetishmovchiligi bilan kechishi

2B, 3 darajasi

b) yuqori oʻpka gipertenziyasi bilan kechishi

v) anamnezda tro�boembolik asoratlar bilan hamda yuraq boʻshliqlarida tromb mavjudligi

30.

Kardiomiopatiyalar:
a) dilatatsion kardiomiopatiya

b) restriktiv kardiomiopatiya

v) gipertrofik kardiomiopatiya, yurakning chap, oʻng yoki ikkala qorinchalari chiqarish traktining ifodalangan obstruksiyasi

g) gipertrofik kardiomiopatiya, chap qorinchaning chiqarish trakti obstruksiyasiz, yurak urish maromi murakkab buzilishi bilan

31.

Aerz (Ayers) kasalligi (sindromi) (oʻpka arteriyalarining ajratilgan sklerozi, oʻpka gipertenziyasi bilan)

32.

Kardioxirurgik aralashuvlardan keyingi holat:

a) tugʻma yurak nuqsonini palliativ (notoʻliq) korreksiyasidan keyin

b) tugʻma yurak nuqsonini jarrohlik korreksiyasidan keyin, oʻpka gipertenziyasining qoldiq belgilari bilan

v) yurakning har qanday nuqsonini jarrohlik korreksiyasidan keyin, qoniqarsiz natija bilan bajarilganda

g) koʻp klapanli protezlash

33.

Tomirlar kasalliklari:

a) aorta va uning tarmoqlari kasalliklari:

har qaysi boʻlimdagi (koʻkrak qafasi, qorin boʻshligʻi) aorta anevrizmasi, shu jumladan rekonstruktiv operatsiyalardan keyin — shuntirlash, protezl�sh

magistral arteriyalar anevrizmalari (miyadagi, buyrakdagi, qovurgʻa bilan qorin orasidagi, taloqdagi va sh.k.), shu jumladan xirurgik davolashdan keyin

b) tromboembolik kasallik va tromboembolik asoratlar (miya, qoʻllar, oyoqlar, buyraklar, mezenterial tomirlar hamda oʻpka arteriyalari tarmoqlari tomirlarining tizimli emboliyalari)

34.

Gipertonik kasalligi

2 V va 3-bosqichlaridadavolash samarasiz boʻlganda

Nafas aʼzolari kasalliklari

Ogʻir nafas yetishmovchiligi rivojlanganligi holatida, birlamchi oʻpka xastaligi ususiyatlari va/yoki oʻpka gipertenziyasidan qatʼi nazar YORT qoʻllanilmaydi.

Ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari

35.

Jigar yetishmovchiligi, jigarning birlamchi kasalligidan qatʼi nazar

36.

Jigar tsirrozi, qiziloʻngach tomirlaridan qon ketishi xavfi bilan portal gipertenziyasi bilan, buyrak yetishmovchiligi

37.

Jigarning oʻtkir yogʻli distrofiyasi

38.

Kron kasalligi, stenoz, oqma, shimish buzilishi va qon ketish asorati bilan

39.

Nospetsifik yarali kolit, yoʻgʻon ichakning toksik dilatatsiyasi, profuzli ich ketishi, ichakdan koʻp miqdorda qon ketish asorati bilan

40.

Seliakiya, ingichka ichakda shimish buzilishi bilan

Tashxis ingichka (oʻn ikki barmoqli) ichakni gistologik tekshiruv tahlili va immunologik testlarda gliadin va toʻqima transglutamazaga antitanachalarni aniqlash orqali tasdiqlanishi lozim.

41.

Qorin devori churasi

Katta oʻlchamli, qorin devori ayirilishi va jarroxlik korreksiyasi imkonsiz boʻlganda.

42.

Ichakning yopishib qolish kasalligi, ichak tutilishi xurujlari bilan

43.

Ichak oqmalari

Jarrohlik davolashning imkonsiz boʻlganda.

Siydik yoʻli tizimi kasalliklari

44.

Oʻtkir glomerulonefrit

45.

Surunkali glomerulonefritning har qanday shakli

Zoʻrayish bosqichi

46.

Har qanday etiologiyadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi

Har qanday tashxisda homiladorlikkacha qon zardobdagi kreatinin miqdori 200 mkmol/l (1,8 mg/dl) dan ortiq boʻlmasligi shart.

Homiladorlik, tugʻruq va tugʻruqdan keyingi davr

47.

El boʻgʻoz, shu jumladan avvalda oʻtkazilgan (kamida ikki yil)

48.

Xorionepitelioma

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqimalar kasalliklari

49.

Revmatoidli artrit, boshqa aʼzo va tizimlarni jalb qilgan holda

Tez rivojlanayotgan kechishi nazoratlanmangan yuqori faolligi bilan

50.

Tugunchali poliarteriit

Ogʻir kechishi

Poliorganli zararlanish va yomon sifatli gipertenziya holatlarida

51.

Oʻpkani zararlantiruvchi poliarteriit (Cherdj-Stross)

Ogʻir kechishi

Oʻpka zararlanishi, qon qusish va nafas olish yetishmovchiligi holatlarida

52.

Vegener granulematozi

Ogʻir kechishi

Oʻpka va buyrak zararlanishi va ularning yetishmovchiligi holatlarida

53.

Aorta yoyi sindromi (Takayasu) (nospetsifik aortoarteriit)

Ogʻir kechishi

Yurakning aortal klapanlari shikastlanishi qon aylanishi yetishmovchiligi holatlarida

54.

Tizimli qizil boʻricha

Kasallikni oʻtkir va surunkali kechishi tez-tez qaytarilishi bilan

Buyraklarni (nefrit nefrotik sindrom bilan), markaziy asab tizimini (qaytalanuvchi episindrom) yurakni klapanlar nuqsonlari shakllanishi bilan, oʻpkalarni shikastlanishlari va ushbu aʼzolar faoliyatining buzilish belgilari bilan

55.

Dermato (poli) miozit

Ogʻir kechishi, glyukokortiko-idlarning yuqori dozalari yordamida uzoq muddatli davolashni talab qilgan

Yurak zararlanishi, yurak urishi va yurak urishining buzilishi va qon aylanishi yetishmovchiligi belgilari bilan

56.

Rivojlanayotgan tizimli skleroz (tizimli sklerodermiya)

Oʻtkir va surunkali kechishi, jarayonning yuqori faolligi bilan

Buyrak, oʻpka, yurak zararlanishi, ularning faoliyatining buzilishi bilan

57.

Quruq sindrom (Shegren)

Ogʻir kechishi

Oʻpka va buyrak zararlanishi, ularning faoliyatining yetishmovchilik belgilari bilan

Rivojlanishning tugʻma nuqsonlari

58.

Bachadonning tugʻma anomaliyalari (nuqsonlari), bu holatda embrionlarni implantatsiyasi yoki homiladorlikdan saqlanishning imkoni boʻlmaganda

YORTdan foydalanish imkoniyati va uning turlari toʻgʻrisidagi masalasi shifokorlar konsiliumi tomonidan hal qilinadi.

59.

Yurakning tugʻma nuqsonlari

a) patologik qon otilishi mavjudligida (qorinchalar oldiaro toʻsiqning nuqsoni, qorinchalararo toʻsiqning nuqsoni, ochiq arterial oqim):

qon aylanishi yetishmovchiligi (QE) kechishi bilan

QE 2B, 3 daraja

oʻpka gipertenziyasi kechishi bilan

2 — 4 darajali oʻpka gipertenziyasi (Xit-Edvards boʻyicha tasnifi)

bakterial endokardit bilan asoratlangan

b) chap qorinchadan (aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi) yoki oʻng qorinchadan (oʻpka arteriyasi stenozi) qon chiqishi qiyinlashgan yurak nuqsonlari:

QE kechishi bilan — poststenotik kengayish mavjud boʻlganda (aorta yoki oʻpka arteriyasi anevrizmasi)

QE 2A va undan yuqori daraja

v) 3-4 darajali regurgitatsiya va yurak urishi ritmining murakkab buzilishlarkechishi bilan atrioventrikulyar klapanlarning tugʻma nuqsonlari

g) Fallo tetradasi

Nokorrigirlangan palliativ jarrohlik amaliyotlardan keyin

d) Fallo pentadasi

Nokorrigirlangan palliativ jarrohlik amaliyotlardan keyin

e) Ebshteyn anomaliyasi

Nokorrigirlangan

j) yurakning murakkab tugʻma nuqsonlari (magistral tomirlarini transpozitsiyasi, atrioventrikulyar kommunikatsiyaning toʻliq shakli, umumiy arterial stvol, yurakning yagona qorinchasi, atrioventrikulyar yoki yarim oy klapanlar atreziyasi)

z) Eyzenmenger sindromi

i) Lyutembashe sindromi

60.

Yagona buyrak (tugʻma yoki nefrekt�miyadan soʻng), azotemiyada, arterial gipertenziyada, sil kasalida, piyelonefritda, gidronefrozda

61.

Siydik qopi ekstrofiyasi

62.

Tugʻma koʻpsonli artrogripoz

63.

Suyaklar va umurtqaning distrofik displaziyasi

64.

Suyaklarning tugʻma moʻrtligi (yakunlanmagan osteogenez)

65.

Qoʻl yoki oyoqlarning tugʻma yoʻqligi

66.

Kraniosinostoz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Embrion(lar) reduksiyasini amalga oshirish uchun ixtiyoriy rozilik
‎ARIZASI

Men___________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

yoshim _______________________________________________________________________________________

biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlarim ‎________________________________________

_________________________________________________________________________________________ da

(F.I.O.)

mavjud boʻlgan koʻp homilalik tufayli homila tushish xavfi boʻlganligi sababli __________________ embrion(lar) reduksiyasini bajarishingizni soʻrayman.

Embrionlar reduksiyasini oʻtkazish tartibi tushuntirildi.
‎Embrionlar reduksiyasi homiladorlikni toʻxtatishga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
‎Shifokorlar hamda tibbiyot xodimlariga bogʻliq boʻlmagan holda bachadon ichi jarrohlik amaliyoti natijasida yuz bergan quyidagi asoratlar boʻlishi maʼlum qilindi:
‎qon ketish;
‎infeksion-septik kasalliklar;
‎qoʻllanilgan dori-vositalariga allergik reaksiyalar;
‎tromboem�olik asoratlar;
‎rivojlanishi mumkinligida intensiv davolash va/yoki rejada boʻlmagan jarrohlik amaliyotlarini (bachadon va uning qismlarini olib tashlash kabigacha) talab qilinishi.

Shifokorga

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ da

(F.I.O.)

sogʻligʻi(m), irsiy, venerik, psixik va oila(m)dagi boshqa kasalliklar haqida barcha maʼlumotlarni berganligimni maʼlum qilaman.

Men tibbiyot tashkiloti mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan muolaja, tibbiy yordam koʻrsatish maqsadi, usullari, ular bilan bogʻlik boʻlgan xavflar, boʻlishi mumkin boʻlgan jarrohlik amaliyotlar, ularning asoratlari, shuningdek kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqiganligimni, shifokor bilan bu sohada meni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha suhbat oʻtkazilganligini tasdiqlayman. Bergan savollarimga qoniqarli javob oldim. Mening qarorim erkin boʻlib, ushbu muolajaning qoʻllanilishiga roziman.

____________________________________________________________________________________________

(rozilik beruvchi shaxs(lar)ning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(davolovchi shifokorning F.I.O., imzosi)

____________________________________________________________________________________________

(toʻldirilgan sanasi va vaqti)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 7-maydagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3217-1, 17.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3217-1/0463-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/3217/0136-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3217-1/0463-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)