04.02.2020 yildagi PQ-4583-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning qishki sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilma yaratish, mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qishki sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish borasida bir qator qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish zarurati vujudga kelmoqda. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qishki sport turlari boʻyicha musobaqalarning tizimli oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish, terma jamoalar tarkibini sifatli shakllantirish uchun yuqori malakali sportchilar zaxirasi tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishki sport turlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmani yaratish boʻyicha nodavlat sektor bilan oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, Oʻzbekiston sportchilarini xalqaro sport musobaqalari, shu jumladan, Pekin shahri (Xitoy)da 2021-yilda boʻlib oʻtadigan qishki Osiyo oʻyinlari hamda 2022-yilda oʻtkaziladigan XXIV qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash va ushbu musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari, jamgʻarmalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2023-yil 1-yanvarga qadar Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, ularning hududiy boʻlinmalari, qishki sport turlari boʻyicha professional klublari va nodavlat bolalar sport maktablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk soligʻi hamda jalb qilingan xorijiy sportchilar va mutaxassislarning daromadlariga ijtimoiy soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirilgan holda toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishki sport turlari boʻyicha sport obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona boji toʻlashdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandning uchinchi xatboshidagi imtiyoz va shartlar Dastur doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va uning huzuridagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ham tatbiq etiladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 2020/2021 oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun oʻrin ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 2020-yilning yakuniga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Beldirsoy” sport bazasida xalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, dor yoʻlini zamonaviy anjom, asbob-uskunalari va jihozlari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijda taʼlim olish, stajirovkadan oʻtish va malaka oshirish dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida qishki sport turlari boʻyicha professor-oʻqituvchilar va trenerlarning faol ishtirokini taʼminlasin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish hamda ushbu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bagʻishlangan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2021-yillarga moʻljallangan ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, ularning hududiy boʻlinmalari, qishki sport turlari boʻyicha professional klublar va nodavlat bolalar sport maktablariga olti oydan koʻp boʻlgan muddatga tuzilgan shartnomalar asosida jalb qilingan xorijiy sportchilar va mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti deb hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov:
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy sport inshootlarini barpo etish va infratuzilmani rivojlantirish choralarni koʻrsin (shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida), ushbu qarorda belgilangan vazifalarni toʻliq va sifatli amalga oshirish uchun aloqador vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin, sportning mazkur turlari boʻyicha faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlar (federatsiyalar, assotsiatsiyalar va boshqalar) bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻysin, Dasturda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin.
(11-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — hududlarda qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — Dasturda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — qishki sport turlarini ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4583-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Recpublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4583-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish

muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, sohada xususiy sektorni rivojlantirish

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Beldirsoy” sport bazasida xalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, dor yoʻlini zamonaviy anjom, asbob-uskunalari va jihozlari bilan taʼminlash.

2021-yil
1-yanvar

Ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

5.

Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabiga 1 ta maxsus avtotransport (avtobus) vositasini ajratish hamda uni saqlashga limit ajratilishini taʼminlash.

2020-yil
1-sentabr

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjet mablagʻlari

Moliya vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalarini qishki sport turlari boʻyicha ehtiyojdan kelib chiqqan holda sport asbob-uskunalari va anjomlari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2021 — 2023-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar
doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Moliya vazirligi,
qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

7.

Tadbirkorlik subyektlari, idora va tashkilotlarga belgilangan tartibda jismoniy tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish majmualari va sport inshootlarini qurish uchun belgilangan tartibda bino ajratish.

Murojaatga muvofiq

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

8.

Investorlarni jalb qilgan holda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh koʻchasi 41-uyda joylashgan “Oʻzkoʻrgazmasavdo” binosi bazasida qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, koʻrgazmalar hamda forumlar tashkil etishga moʻljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil etish.

2021-yil
1-iyul

Investorlar mablagʻlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

II. Qishki sport turlari boʻyicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, davlat sport taʼlim muassasalarini xorijiy adabiyotlar bilan taʼminlash

9.

2020-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilish.

2020-yil
1-avgust

Universitetga budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

10.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 2020/2021 oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun oʻrin ajratilishini taʼminlash.

2020yil
1-mart

Universitetga budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va bu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bagʻishlangan davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qilish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Ijr?chilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

12.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiya tanlovlarida ishtirok etib gʻolib boʻlganlarini xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarida taʼlim olish, malaka oshirish, stajirovka oʻtashlarini tashkil etish.

2020-yil
1-sentabrdan boshlab
har yili

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

13.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash.

2021-yil
1-dekabr

Innovatsion rivojlantirish
va novatorlik gʻoyalarini
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

III. Yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni oʻquv-mashgʻulot jarayonlariga keng jalb qilishorqali sportchi va trenerlarkasbiy tajribasini orttirish

14.

Qishki sportturlarini rivojlantirish, oʻquv-mashgʻulot jarayonida ilmiy-uslubiy texnologiyalarni takomillashtirish, terma jamoalarni tayyorlashda yuqori natijalarga erishgan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish (Rossiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, AQSH, Kanada davlatlari misolida).

2020-yil
1-dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjet mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

15.

Oʻquv-mashgʻulot jarayonining oʻquv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun olimlar, oʻqituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetolog va yetakchi sport mutaxassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarini tuzish.

2020-yil
1-aprel

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

16.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga qishki sport turlari boʻyicha nufuzli xorijiy sport-taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali oʻquv darslarini oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

17.

Qishki sport turlari boʻyicha turli darajadagi xalqaro sport musobaqalarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash.

Musobaqa oʻtadigan davrlarda

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

18..

Pekin shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan IX qishki Osiyo oʻyinlariva XXIV qishki Olimpiya oʻyinlaridaOʻzbekiston sport delegatsiyasiningmuvaffaqiyatli ishtirokinitaʼminlash.

2022-yil
1-mart

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

IV. Qishki sport turlari boʻyicha saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish uchun bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni qishki sportturlari bilan muntazam shugʻullanish, aholining sogʻlom turmush tarziga jalb etishga yoʻnaltirilgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport va tarbiyaviy ishlarni olib borishni tashkil etish

19.

Mavjud sport infratuzilmasini inobatga olgan holda davlat sport taʼlimi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, xokkey turlari boʻyicha boʻlimlarni tashkil etish.

2023-yil
1-avgust

Muassasalarning budjet
va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

20.

Koʻrgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa oʻsmir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga boʻlgan qiziqishini orttirish.

2020-yil
1-oktabr

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

21.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari boʻyicha saralash, seleksiya ishlarini tashkil etish uchun bolalar va oʻsmirlar yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlarini tashkil etish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

22.

Qishki sport turlari boʻyicha respublika miqyosidagi musobaqalarni oʻtkazish, gʻolib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

2-bosqich — hududlar miqyosida;

3-bosqich — respublika miqyosida (final).

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

23.

Davlat sport taʼlimi muassasalari sportchilari oʻrtasida qishki sport turlari boʻyicha hududiy, respublika va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab
har yili

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

24.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan sport maktablari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida turli davra suhbatlari, shoular, “onlayn” muloqotlar, mahorat saboqlari hamda umumtaʼlim maktablarida davra suhbatlarini oʻtkazish.

2021-yil
1-mart

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Qishki sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Milliy Olimpiya qoʻmitasi

26.

2021-yil Xitoyda boʻlib oʻtadigan qishki Osiyo oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimini hamda Oʻzbekiston sport vakillarining ishtirokidagi namoyishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali orqali yoritish huquqi olinishini tashkil etish.

Musobaqa oʻtadigan davrlarda

Tashkilotchilar,
ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriya

Milliy Olimpiya qoʻmitasi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

27.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkillashtiriladigan qishki sport turlari boʻyicha sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab har yili

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

28.

Rivojlantirilayotgan qishki sport turlarini keng targʻib qilishmaqsadida respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma va Internet nashrlari orqali turkum koʻrsatuv
va eshittirishlarni efirga uzatish hamda maqolalar chop etish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab har yili

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari

29.

Mamlakatda tashkil etiladigan qishki sport turlari boʻyicha reytingli va nufuzli xalqaro musobaqalariishtirokchi sovrindorlaritoʻgʻrisidaturkum koʻrsatuvlar tayyorlash va onlayn tarzda aholiga yetkazish.

2020-yil
1-apreldan boshlab
doimiy

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

30.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlarini targʻib qiluvchi ijtimoiy roliklar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, maqolalar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish, aholi yashaydigan joylarda targʻibot bannerlarini joylashtirish.

2020-yil
15-fevraldan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari
va homiylik xayriya

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 07/20/4583/0122-son; 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 02.07.2022-y., 07/22/303/0588-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)