Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi karor qiladi:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan aholi, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun
mas’ullar

I. Oilalarda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish

1.

Jamiyatda milliy tarbiya an’analari, qadriyatlarini tiklash, oila institutini mustahkamlash, rivojlantirish, zamonaviy oila ma’naviyati mezonlarini joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish, o‘tkazish hamda tadqiqot natijalarini hayotga tatbiq etish.

1.Fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar loyihalarini ishlab chiqish.

2.Tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish va amalga oshirish.

3.Tadqiqot natijalari bo‘yicha risolalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, kitoblar chop etish, multimedia mahsulotlarini tayyorlash.

2020 — 2030-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

Oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish, ajralishlarning oldini olishda “Ota-ona farzandini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalash uchun javobgar” prinsipiga asoslangan “Ota-onalik — baxt va burch” targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

1. Targ‘ibot tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2020-yil
3 — 20-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

2. Targ‘ibotchilar guruhini shakllantirish.

20 — 27-fevral

3. Targ‘ibot tadbirlarini manzilli tashkil etish.

2-mart —

1-dekabr

3.

Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish.

1. Oilaviy qadriyatlarga zid bo‘lgan ma’naviy tahdidlarni aniqlash.

2020-yil
8 — 28-fevral

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

2. Ma’naviy tahdidlarning profilaktikasi bo‘yicha reja ishlab chiqish.

1 — 10-mart

3. Maxsus soha vakillaridan iborat ekspertlar guruhini shakllantirish.

2 — 10-aprel

4. Profilaktik tadbirlar tashkil etish.

muntazam

4.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida homilador ayollar, yosh onalar, qaynonalar o‘rtasida ijtimoiy-pedagogik, psixologik turkum suhbatlar, uchrashuvlar, seminarlar dasturlarini tashkil etish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ekspertlar guruhini shakllantirish.

2020-yil

10 — 20-fevral

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Ijtimoiy-pedagogik, psixologik suhbatlar dasturini ishlab chiqish.

1— 27-mart

3. Jadval asosida suhbatlarni o‘tkazish.

muntazam

5.

Ota-onalar tarbiyasida bo‘lgan 3 yoshgacha bolalar uchun mo‘ljallangan alla, ertaklardan to‘plam holida audio va videomateriallar yaratish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

1 — 30-aprel

Ijrochilar mablag‘lari

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

�zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi

2. Bolalar uchun mo‘ljallangan alla, ertaklar to‘plamlarini shakllantirish.

1-may —
3-avgust

3. To‘plamning audio va video materiallarini yaratish.

17-avgust —
2-noyabr

4. Tayyorlangan to‘plamni elektron tarzda tarqatish.

muntazam

6.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi Ma’naviy tarbiya respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish.

1. “Ma’naviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashi nizomini ishlab chiqish.

2020-yil
15-yanvar —
20-aprel

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Kengash a’zolari tarkibi ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

20 — 27-aprel

3. Mamlakatda amalga oshirilayotgan uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonini muntazam o‘rganish, mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur topshiriq hamda vazifalarni amalga oshirish.

muntazam

7.

Mamlakatimizda bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan va xorijdan kirib kelayotgan kiyimlar, o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar, kompyuter o‘yinlari, matbaa va maishiy mahsulotlarning ma’naviy, tarbiyaviy, g‘oyaviy, tibbiy-gigiyeniktahlillarini olib borish va tegishli vazirliklar va idoralarga takliflar kiritib borish.

1. Tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

1 — 8-may

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,

Davlat bojxona qo‘mitasi,

“O‘zstandart” agentligi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Tahlillar natijalari bo‘yichamonitoring va nazoratni tashkil etish.

11-may —
29-iyun

3. Ishchi guruh tomonidan doimiy ravishda tahliliy natijalar asosida tegishli idora va tashkilotlarga takliflar kiritib borish.

muntazam

8.

Oilalarda mehr-oqibat, odamiylik, ota-onalarga hurmatva sadoqat kabi fazilatlarni mustahkamlash, farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan “Oilada farzand tarbiyasiga e’tibor”, “Mening farzandim — Vatanim faxri!” mavzularida teleko‘rsatuv va radioeshittirish turkumini yaratish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

10 — 24-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar ssenariylarini ishlab chiqish.

1-fevral —
1-aprel

3. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni doimiy ravishda efirga uzatib borish.

muntazam

9.

Farzandlarimizni xalqimizga xos yuksak ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida milliy axloqiy fazilatlarni qaror toptirish maqsadida “Bir bolaga yetti qo‘shni — ota-ona” an’anasini tiklash, jamoatchilikning tarbiyaviy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy tarmoqlarda xeshteglar tashkil etish.

1. Xeshteg loyihalarini ishlab chiqish.

2020-yil

2 — 25-mart

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

2. Xeshteglarni ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda ommalashtirish.

muntazam

10.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya amaliyotida to‘plangan ijobiy tajribani ommalashtirish maqsadida:

“Yosh ota-ona kitobi” metodik qo‘llanmasini tayyorlash;

“Milliy tarbiya maktabi” rukni ostida multimediali taqdimotlar turkumini yaratish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

6 — 15-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruh tomonidan “Yosh ota-ona kitobi” metodik qo‘llanmasini tayyorlash.

2020-yil
3-fevral —
4-mart

3. “Tarbiya maktabi” rukni ostida multimediali taqdimotlar turkuminiishlab chiqish.

5-mart —
3-avgust

4. Uzluksiz ma’naviy tarbiya amaliyotida to‘plangan ijobiy tajribani ommalashtirish.

muntazam

II. Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish

11.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida 3 — 6 (7) yoshli bolalarni ma’naviy tarbiyalash, ularda shaxsiy fazilatlar, jumladan, o‘z tuyg‘ularini boshqarish, milliy an’analarga qiziqtirish, yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilish kabi ehtiyojlarni shakllantirishga qaratilgan “Baxtli bola ma’naviyati” kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. “Baxtli bola ma’naviyati” kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil
13 — 30-mart

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

2. Reja asosida “Baxtli bola ma’naviyati” kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

reja
asosida

12.

Ota-onalar va tarbiyachilarning bola tarbiyasi borasidagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan hududiy o‘quv-treninglar, seminarlar, forumlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Bola tarbiyasi borasidagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha materiallar to‘plash.

2020-yil
4-mart —
7-aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi,
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Hududiy o‘quv-treninglar, seminarlar, forumlardasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

8-aprel —

7-may

3. Ishlab chiqilgan dastur asosida hududiy o‘quv-treninglar, seminarlar, forumlar tashkil etish.

reja asosida

13.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oilaviy”, “Bolajon”, nodavlat teleradiokanallar, bolalar nashriyotlari va ommaviy axborot vositalarining faoliyatini Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida takomillashtirish.

1. “Oilaviy”, “Bolajon” va nodavlat teleradiokanallar, bolalar nashriyotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2020-yil
12 — 25-mart

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

2. Chora-tadbirlar asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimi, bolalar nashriyotlari va ommaviy axborot vositalarining faoliyatini takomillashtirish.

muntazam

14.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlanadigan spektakllar, kuy-qo‘shiq va raqslar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar ssenariylarini ishlab chiqish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillari tomonidan ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil
14 — 28-fevral

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

2. Spektakllar, kuy-qo‘shiq, raqs va turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar ssenariylarini ishlab chiqish.

2-mart — 4-may

3. Tayyorlangan ssenariylar loyihalarini maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli tartibda yetkazish.

reja asosida

15.

Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar mamlakatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘zbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, qadimiy milliy me’morchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash tartibini va ko‘rgazmali namunalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillari tomonidan ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil

14—27-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

2. O‘zbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, qadimiy milliy me’morchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash tartibini va ko‘rgazmali namunalarini ishlab chiqish.

3-mart—3-may

3. Tayyorlangan ko‘rgazmali namunalarini maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli tartibda yetkazish.

reja asosida

16.

Tashkiliy-huquqiy shakllaridan va ta’lim tilidan qat’i nazar mamlakatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish, bolalarda o‘zbek tiliga nisbatan muhabbat uyg‘otish maqsadida turli tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishga qaratilgan metodik qo‘llanmalar, ssenariy to‘plamlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish.

2020-yil

10 — 20-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Davlat tilini o‘rgatishga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlar metodik qo‘llanmalarini yaratish.

21-fevral —

25-iyun

3. Tarbiyaviy tadbirlarning ssenariy to‘plamlarini ishlab chiqish.

21-fevral —

25-iyun

4. Ishlab chiqilgan tarbiyaviy metodik qo‘llanmalar, ssenariy to‘plamlarini amaliyotga joriy etish.

muntazam

17.

Bolalarda ijobiy xulq motivlarini shakllantirish bo‘yicha “Bola aziz, odobi undan aziz” mavzusida multimedia dasturlari, ertak, matal, afsona, doston, maqollarning audio va videomahsulotlarini tayyorlash.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil
9 — 16-mart

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi

2. “Bola aziz, odobi undan aziz” nomlimultimedia asarlari (ertak, matal, afsona, doston, maqollar)ning audio va video mahsulotlarini yaratish.

17-mart —

18-avgust

3. Tayyorlangan audio va video mahsulotlarini tegishli tartibda joylarga yetkazish.

reja asosida

18.

Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida “O‘zbekiston — mening Vatanim!” tuyg‘usini shakllantirish, ularda davlat ramzlariga hurmat hissini tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

7 — 14-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. “O‘zbekiston — mening Vatanim!” nomli targ‘ibot tadbirlari ssenariysini ishlab chiqish.

18-fevral —

19-may

3. Ssenariy asosida joylarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejasini tayyorlash.

19 — 29-may

4. Reja asosida joylarda “O‘zbekiston — mening Vatanim!” nomli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

muntazam

19.

O‘g‘il bolalarda mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakl-lantirishga qaratilgan seriallar, milliy qo‘g‘irchoq va multi-plikatsion filmlar yaratish, ularni telekanallarda praym-taym vaqtlarida namoyish etishni ta’minlash.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ijodiy guruh tuzish.

2020-yil

7 — 16-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi,

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Bolalar uchun seriallar, milliy qo‘g‘irchoq va multiplikatsion filmlar ssenariylarini yaratish.

17-yanvar —
18-iyun

3. Ishlab chiqilgan seriallar, qo‘g‘irchoq va multiplikatsion filmlarni telekanallardagi praym-taym vaqtlarida namoyish etish.

muntazam

20.

Bolalarda atrof muhit ozodaligi, shaxsiy gigiyena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiyamazmunidagi “Ona tabiatni asraylik!” ruknida tarbiyaviy roliklar yaratish.

1. Roliklar ssenariylarini ishlab chiqish.

2020-yil

10-fevral —

13-aprel

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Moliya vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Ishlab chiqilgan tarbiyaviy roliklarni ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish.

muntazam

21.

Bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik, ichki qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan aqliy va harakatli o‘yinlar, konstruktorlik o‘yinlari va o‘yinchoqlarning “Bolalar dunyosi” variativ o‘yinlar majmuasini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

6 — 19-mart

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi

2. “Bolalar dunyosi” variativ o‘yinlar dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

1-aprel

2021-yil

13-avgust

3. Ishlab chiqilgan variativ dasturni tegishli tartibda joylarga yetkazish.

muntazam

22.

Maktabgacha ta’lim muassasalari hududida bolalarni mardlik, shijoat, qat’iyat, zukkolik, jasorat, go‘zallik, olijanoblik, mehr-shafqat namunalarini o‘zida aks ettirgan milliy siymolar, milliy ertaklar
va multfilm qahramonlari ko‘rinishlari va lavhalari aks etgan haykalchalar majmualarini o‘rnatish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

8 — 18-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

2. Milliy siymolar, milliy ertaklar va multfilm qahramonlari obrazlari asosida haykalchalar majmuasini ishlab chiqish.

20-fevral —

22-avgust

3. Tayyorlangan mahsulotlarni maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarida o‘rnatilishini tashkil etish.

muntazam

III. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiyani amalga oshirish

23.

“Uzluksiz ma’naviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va o‘smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish.

Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kompetensiyalarni shakllantirish.

I — XI sinflar uchun “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy qilish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

6 — 15-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

2. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” ruknida darsliklar, adabiyotlar, media mahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish.

2019-yil dekabr —

2020-yil dekabr

3. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” rukni ostida tayyorlangan materiallarasosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalariga yangiliklar kiritib borish.

muntazam

4. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi asosida I — XI sinflar uchun “Tarbiya” fani darsligini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

reja asosida

24.

“Besh muhim tashabbus” doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan to‘garaklar faoliyatini ma’naviy tarbiyaning samarali va ta’sirchan mashg‘ulot va tadbirlari bilan boyitish.

1. “Besh muhim tashabbus” asosida to‘garaklarning namunaviy dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

12-fevral —

14-aprel

Xalq ta’limi vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
5 ta tashabbusi loyiha ofisi” NNT

2. Ishlab chiqilgan dasturni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatiga joriy etish.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab muntazam

25.

Umumta’lim maktablarida milliy g‘oya tamoyillarini tarbiya jarayoniga chuqur singdirish, o‘quvchilarga milliy tarbiya asoslarini to‘laqonli tushuntirish, ajdodlarimizning tarbiyaga oid ta’limotlarini yoshlarga yetkazishga qaratilgan “Tarbiya” fanini joriy etish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1 — 11-sinflari uchun “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhini shakllantirish.

2020-yil
15-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,
Moliya vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflari uchun “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fanini joriy qilish bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-metodik ishlar kompleksini amalga oshirish.

mart

3. Umumta’lim muassasalari 1 — 9-sinflari va 10-11-sinflariga mo‘ljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish.

iyul

26.

Umumta’lim muassasalarining “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

14 — 30-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tegishli vazirliklar
va idoralar

2. “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

5-fevral —
6-may

3. “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlari va jadvalini ishlab chiqish.

8-may — 19-may

4. “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini doimiy tashkillashtirish.

reja asosida

27.

O‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla mutaxassislari uchun ma’n�viy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash metodlari bilan boyitilgan “Fazilatli avlod” va boshqa metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish.

2020-yil

6 — 10-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Xalq ta’limi vazirligi,
tegishli vazirliklar
va idoralar

2. “Fazilatli avlod” va boshqa metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

2020-yil

6-yanvar — 6-iyul

3. O‘qituvchilar va ota-onalarning farzand tarbiyasidagibilimlarini yanada boyitish maqsadida “Fazilatli avlod” qo‘llanmasi taqdimotini o‘tkazish.

reja asosida

28.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida buyuk ma’rifatparvar siymolar merosini targ‘ib etishga qaratilgan “O‘n ikki oy — o‘n ikki alloma” kitobxonlik oyliklarini o‘tkazish.

1. “O‘n ikki oy — o‘n ikki alloma” kitobxonlik oyligi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

6-yanvar —
7-may

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Kitobxonlik oyligi doirasida tavsiya etilayotgan allomalar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan aksiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijtimoiy tarmoqlarda xeshteglar o‘tkazish.

2020-2021 o‘quv yildan boshlab reja asosida

3. “O‘n ikki oy — o‘n ikki alloma” kitobxonlik oyliklarini o‘tkazish va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

muntazam

29.

Aholi, pedagoglar, jamoatchilik, bolalar orasida uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini o‘rganish, baholash va takomillashtirishga qaratilgan bir yilda ikki marta ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish.

1. Ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.

2020-yil

12 — 17-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Xalq ta’limi vazirligi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Ijtimoiy so‘rovnomalar namunalari hamda ijtimoiy tadqiqot dasturini ishlab chiqish.

19-fevral —

10-aprel

3. Belgilangan hududlarda ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish va natijalarni umum�ashtirish.

15-aprel —
29-may

4. Tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va shu asosda mutasaddi idoralarga takliflar kiritish.

muntazam

30.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashgaqaratilgan yangi va ta’sirchan shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil

7 — 12-iyun

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Xalq ta’li�i vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Yangi va ta’sirchan shakllarssenariylarini ishlab chiqish.

14-iyun —
14-avgust

3. Barcha ta’lim muassasalarida belgilangan ssenariylarga asosan tegishli vazifalarni joriy etish.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab

31.

O‘g‘il bolalarda mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Treninglar dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil

13-aprel —
17-iyul

Ijrochilar mablag‘lari

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Soha vakillaridan iborat trenyerlar guruhini shakllantirish.

20-27-iyul

3. Tarqatma materiallar, metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish.

1 — 20-avgust

4. Belgilangan reja asosida trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

10-sentabr —

20-dekabr

32.

Qiz bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat,mehnatsevarlik, jonkuyarlik, oilaparvarlik, ibo, hayo, nafosat, did-farosat, qanoat, vafodorlik, mehribonlik, rahmdillik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondo‘stlik, bolajonlik, murosalilik, orastalik, saranjomlik, xushmuomalalik, pazandalik kabi malakalarni shakllanti�ishgaqaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Treninglar dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil

13-aprel —
17-iyul

Ijrochilar mablag‘lari

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Soha vakillaridan iborat trenyerlar guruhini shakllantirish.

20 27-iyul

3. Trening uchun zarur bo‘lgan tarqatma materiallar, metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish.

1 — 20-avgust

4. Belgilangan reja asosida trening mashg‘ulotlarini o‘tkazib borish.

10-sentabr —

20-dekabr

33.

Bolalar va o‘smirlarni ma’naviy tarbiyalashda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning milliy tarbiya borasidagi ilg‘or yutuqlarini o‘rganish, xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy-metodik adabiyotlar, risolalar chop etish.

1. Etakchi xalqaro ta’lim markazlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash.

2. Milliy tarbiya borasidagi ilg‘or yutuq va xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini amalga oshirish.

3. “Milliy ma’naviy tarbiya” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

4. Ilmiy-metodik adabiyotlar, risolalar chop etish.

2020-2021-yillarda

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

34.

Respublikadagi malakali dizayner va modelyerlarni keng jalb etgan holda bolalar, o‘smirlar, yoshlar uchun milliy asosdagi zamonaviy kiyimlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan har faslda “Yangi mavsum liboslari” respublika ko‘rik-tanlovi va ko‘rgazmasini tashkiletish.

1. Idora va tashkilot vakillaridan iborat ijodiy guruh tuzish.

2020-yil

5 — 10-mart

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. “Yangi mavsum liboslari” respublika ko‘rik-tanlovi nizomini ishlab chiqish.

13-mart —
20-aprel

3. Ta’lim muassasalarida “Yangi mavsum liboslari” respublika ko‘rgazmasini tashkiletish.

har chorakda reja asosida

4. Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish, eng yaxshi namunalarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etish.

muntazam

35.

Bolalarda milliy mumtoz ijroga muhabbat uyg‘otish, ularga mos yangi ashula va raqslar yaratishni rag‘batlantirish uchun “Mumtoz sadolar”, “Kuyla yoshligim”, “Beg‘ubor bolalik”, “Dilxiroj”kabi respublika tanlovlarini tashkil etish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ijodiy guruh tuzish.

2020-yil

10 — 22-iyun

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Mumtoz sadolar”, “Kuyla yoshligim”, “Beg‘ubor bolalik”, “Dilxiroj” respublika tanlovini zomini ishlab chiqish.

24-iyun —
22-avgust

3. Belgilangan reja asosida ta’lim muassasalarida “Mumtoz sadolar”, “Kuyla yoshligim”, “Beg‘ubor bolalik”, “Dilxiroj” respublika tanlovlarini tashkil etish va ommaviy axborot vositalariva ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etish.

6-sentabr —

28-dekabr

36.

Hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari orqali ommaviy axborot vositalari, mamlakatimizdagi mavjud tashqi tasviriy targ‘ibot va reklama vositalarida milliy ma’naviy tarbiya mavzusida namunali lavhalar, roliklar, ma’lumotlar berib borilishini muntazam yo‘lga qo‘yish.

1. Mamlakatimizdagi mavjud tashqi tasviriy targ‘ibot va reklama vositalarida milliy ma’naviy tarbiya mavzusida namunali lavhalar, roliklar, ma’lumotlar berib borish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil

12-mart —
14-may

Ijrochilar mablag‘lari

Hududiy ma’naviyat va ma’rifat Kengashlari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

2. Namunali lavhalar, roliklar va ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish.

15-may —
19-iyul

3. Tayyorlangan materiallar asosida tashqi tasviriy targ‘ibot va reklama vositalariga ma’lumotlar joylab borish.

muntazam

37.

Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari, jumladan, ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda davlat tiliga hurmat, milliy ma’naviy meros va qadriyatlargaqiziqishni rag‘batlantirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Davlat tiliga hurmat, milliy ma’naviy meros va qadriyatlarga qiziqishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

12-iyun —
15-avgust

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Xalq ta’limi vazirligi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Dastur asosida barcha ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borish.

reja asosida muntazam

38.

Ta’lim muassasalaridagi “Kamalak” bolalar tashkiloti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini Konsepsiya mazmunidan kelib chiqib takomillashtirish, o‘quvchilarning ma’naviy faolligi va tashabbuskorligini rivojlantirish.

1. “Kamalak” bolalar tashkilotinirivojlantirish yuzasidan hamkorlik chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil

15-iyun —
29-iyul

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. O‘quvchilar tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘rik-tanlovlar tashkil etib borilishini yo‘lga qo‘yish.

reja asosida muntazam

39.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, “Barkamol avlod” markazlari tarkibidagi to‘garaklar faoliyati mazmunini Konsepsiya talablari asosida qayta tashkil etish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhni tuzish.

2020-yil

9-aprel —
18-iyul

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Xalq ta’limi vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. “Barkamol avlod” markazlari tarkibidagi to‘garaklar mazmuniga Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi mazmuni talablari yuzasidan takliflar kiritish.

22-iyul —

21-avgust

40.

O‘quvchi yoshlarni milliy hunarmandchilik, zamonaviy kasb-hunar sirlarini o‘rganishga rag‘batlantirish, “Ustoz — shogird” an’analarini tiklash harakatini amalga oshirish.

1. Tegishli idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

12 — 19-may

Xalq ta’limi vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar, va idoralar

2. “Ustoz-shogird” an’anasining yangi loyihasini ishlab chiqish.

22-may —
23-aprel

3. Barcha ta’lim muassasalarida “Ustoz — shogird” an’analarini amalga oshirish.

muntazam

41.

Mamlakatimizda tashkil etilgan “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari”, “Temurbeklar maktablari” kabi turli yo‘nalishlardagi ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqa ta’lim muassasalaridagi iqtidorli bolalar va o‘smirlarning erishayotgan yutuq va natijalarini keng targ‘ib etish orqali o‘quvchilar orasida ilmga bo‘lgan intilishni kuchaytirish.

1. “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari”, “Temurbeklar maktablari” hamda boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar yoshlari erishgan yutuqlarni ommalashtirishga oid teleko‘rsatuv
va radioeshittirishlar tayyorlash.

2020-yil

14-sentabr —

16-noyabr

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

2. Mazkur maktablardagi yoshlar faoliyati bo‘yicha “Mening erishgan yutuqlarim” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab reja asosida muntazam

42.

Mamlakatimizdagi tashkiliy-huquqiy shakllari va ta’lim tilidan qat’i nazar barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston — mening baxtim, mening kelajagim!” debnomlangan 6 — 11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazish, eng yaxshi insho namunalarini chop etish va mualliflarini rag‘batlantirish.

1. Tegishli idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

9 — 14-noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Xalq ta’limi vazirligi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. “O‘zbekiston mening baxtim, mening kelajagim!” umummilliy insholar tanlovi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

15-noyabr —

19-dekabr

3. Reja asosida tanlovning tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini o‘tkazish.

2020-2021 o‘quv yili davomida

4. Tanlovdagi eng yaxshi insho namunalarini chop etish hamda mualliflarini rag‘batlantirish.

muntazam

5. Tanlovdagi eng yaxshi insho namunalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, davriy nashrlar va jurnallarda chop etish.

muntazam

43.

O‘quvchilar uchun ma’naviy ibrat timsoli bo‘lib xizmat qiladigan tarixiy va zamonaviy qahramonlar obrazlari aks etgan teatr va kino asarlari, badiiy adabiyot namunalarini yaratish.

1. Tegishli idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

12 — 20-mart

Ijrochilar mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Moliya vazirligi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Madaniyat vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Tarixiy va zamonaviy qahramonlar obrazlari aks etgan teatr va kino asarlari, badiiy adabiyot namunalarini yaratish.

24-mart —
23-iyul

3. Ishlab chiqilgan teatr va kino asarlari, badiiy adabiyot namunalarini belgilangan tartibda joylarga yetkazish.

reja asosida

44.

Umumta’lim maktablarida milliy o‘yinlar, sport musobaqalari mazmunini milliy tarbiya ruhi bilan boyitish, uning milliy g‘urur, oriyat, halollik, mardlik, iroda kabi fazilatlar asosida o‘quvchilarni birlashtirish shakllarini ishlab chiqish, milliy va jamoaviy sport o‘yinlari spartakiadalarini tashkil etish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

6 — 12-yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Milliy o‘yinlar, sport musobaqalari mazmunini milliy tarbiya ruhi bilan boyitish asosida o‘quvchilarni birlashtirish shakllarining yangi tartibini ishlab chiqish.

15-yanvar —

27-fevral

3. Umumta’lim maktablari o‘rtasida milliy va jamoaviy sport o‘yinlari spartakiadalarini o‘tkazish.

3-mart —
27-noyabr

45.

Ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini axloqiy fazilatlar majmui bo‘lgan milliy tarbiya an’analari, vositalari, shakllarini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish.

To‘plangan tarbiyaviy meros asosida kitob va qo‘llanmalar, ko‘pjildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish, undan amaliy maqsadlarda foydalanish uchun multimedia mahsulotlarini tayyorlash va mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat olimlar guruhini tuzish.

2020-yil

19 — 24-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan etnopedagogik ekspeditsiyaning faoliyat dasturini ishlab chiqish.

26-fevral —

27-mart

3. Etnopedagogik ekspeditsiya manzillarini aniqlash.

reja asosida

4. Ekspeditsiya natijalari bo‘yicha ko‘p jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish va chop etish.

reja asosida

5. Ekspeditsiyada to‘plangan manbalardan foydalanib multimedia mahsulotlari va mobil ilovalar yaratish bo‘yicha grant loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

reja asosida

46.

“Milliy tarbiya va zamon” mavzusida har yili bir marta respublika ilmiy-metodik konferensiyasini o‘tkazish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

8 — 12-aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Moliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi

2. “Milliy tarbiya va zamon” mavzusidagi konferensiya dasturini ishlab chiqish.

13 — 20-aprel

3. Belgilangan tartibda konferensiyani o‘tkazish va unda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha to‘plam va risolalar chop etish.

sentyabr reja asosida

47.

Teleradiokanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, ko‘rsatuv va eshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlarda “Tarbiya maktabi”,“So‘rang! Javob beramiz, o‘rgatamiz” ruknida pedagogik chellenjlar tashkil etish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

14-22-may

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiyatsiyasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. “So‘rang! Javob beramiz, o‘rgatamiz” ruknidagi pedagogik chellenjlar dasturini ishlab chiqish.

22-may —
7-iyun

3. Chellenjlarni doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

muntazam

IV. O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar o‘rtasida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish

48.

Yoshlarning kelajakka ishonchi, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishni shaxsning ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan treninglar dasturini ishlab chiqish hamda mahallalar va ta’lim muassasalarida joriy qilish.

1. Soha vakillaridan iborat trenyerlar guruhini shakllantirish.

2020-yil
7-aprel —
6-may

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

2. Treninglar dasturlari, tarqatma materiallar, metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish.

11-may —

11-iyun

3. Belgilangan reja asosida trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

reja asosida

49.

Jamiyatda vijdonan mehnat qilish, tadbirkorlik, kasbiy-ma’naviy ko‘nikmalarni o‘rganish, innovatsion tafakkur, tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlariga ega bo‘lish, halol mehnat yoshlarning mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishishining muhim omili ekanligini ko‘rsatuvchi tizimli targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

1. Targ‘ibotchilar guruhini shakllantirish.

2020-yil
3 — 20-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

2. Targ‘ibot ishlari rejasini ishlab chiqish.

20 — 27-fevral

3. Targ‘ibot ishlarini manzilli amalga oshirish.

2-mart —

1-dekabr

50.

Yoshlarda oilaviy burch, oilada o‘zaro ishonch, sadoqat, mehr-muhabbat va hamjihatlikni mustahkamlash malakalarini shakllantirish, ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh ota-onalarda farzand tarbiyasi uchun mas’ullik, oilani boshqarish, moddiy farovonlikka erishish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish.

1. Qo‘shma dastur �ayyorlash bo‘yicha hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida Ishchi guruh shakllantirish.

2020-yil

13 — 31-yanvar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

2. Qo‘shma dastur va unda belgilangan vazifalar samaradorligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli loyihalar namunalarini tayyorlash.

3-fevral —

6-mart

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
tegishli vazirliklar
va idoralar

3. Qo‘shma dastur va loyihalarni hamkor tashkilotlar bilan kelishish va tasdiqlash.

9 — 27-mart

4. Qo‘shma dastur va loyihalarni ijroga yo‘naltirish va nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish.

doimiy

51.

Ma’naviy uyg‘unlikka erishgan, farzand tarbiyasida ibrat bo‘la oladigan, ota-onalar roziligiga erishayotgan va keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgan yosh ota-onalar, namunali oilalarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan tanlovlar, teleradiodasturlar tashkil qilish.

1. Tanlovlar va teleradio dasturlarni tashkil qilish bo‘yicha hamkor tashkilotlarning birgalikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil

9 — 27-mart

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

2. Tanlovlar nizomi va teleradiodasturlar ssenariylarini tayyorlash.

1 — 30-aprel

3. Tanlovlar o‘tkazish va teleradiodasturlarni efirga uzatish.

4-may-

30-noyabr

4. Tanlovlarni ommaviy axborot vositalari va internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

doimiy

5. Tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish.

tanlov natijalariga ko‘ra

52.

Yosh oilalarning hayotda munosib o‘rin egallashlari, ularning mahallada integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga erishishiga ko‘maklashish maqsadida “Mahalla oqshomlari” madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish.

1. “Mahalla oqshomlari” madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi va uni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy ssenariylarini ishlab chiqish.

2020-yil

3-fevral —
3-aprel

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Namunaviy ssenariylar asosida barcha mahallalarda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib borish.

reja asosida muntazam

53.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalar, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar turkumlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

1. Mas’ul idoralar va tashkilotlar vakillari, olimlardan iborat ijodiy guruh tuzish.

2020-yil

10 — 20-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar turkumini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Muntazam

54.

Yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar, vatanparvarlik, davlat ramzlariga hurmat, zamonaviy bilimlarga intilish, media madaniyatni rivojlantirish, tarbiya borasidagi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish maqsadida xorijiy davlatlarga ilmiy safarlar uyushtirish.

1. Xorijiy davlatlarga xizmat safarlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan kelishish.

2020-yil

2 — 26-mart

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi,

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

2. Tajriba o‘rganish va ilmiy tahlillar olib boruvchi tadqiqotchilar guruhini shakllantirish.

1 — 30-aprel

3. Xizmat safarlarni tashkil etish.

kelishuv natijalariga ko‘ra

4. Tahlillar yakuni bo‘yicha risolalar nashr etishga taqdim etish.

55.

Jamiyatda har bir yigit-qizning kamida uchta zamonaviy kasb-hunar sirlarini egallashiga undovchi yoshlar harakatini yo‘lga qo‘yish, bunda band bo‘lmagan yoshlarning kasb va hunar egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratish.

1. Mas’ul idora va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil

3 — 24-fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Hamkor tashkilotlarning qo‘shma qarorini ishlab chiqish
va tasdiqlash, shu asosda yoshlar harakatini yo‘lga qo‘yish.

4-mart —

6-aprel

3. Yoshlar harakati haqida ommaviy axborot vositalari
va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish.

doimiy

56.

Yoshlar ongi va qalbida ilmiy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy, sog‘lom diniy e’tiqodni uyg‘un shakllantirishga qaratilgan ma’lumotlar bilan internet tarmog‘ining milliy kontentini boyitib borish.

1. Mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy kontentni boyitish bo‘yicha hamkorlik rejasini ishlab chiqish.

2020-yil
13-yanvar —

13-fevral

Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Ilmiy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy va sog‘lom diniy mazmundagi maqolalar, ijtimoiy roliklar, ibratli hikoyalar, audio va ko‘rgazmali materiallar yaratish va internet tarmog‘iga joylashtirib borish.

muntazam

57.

O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, madaniyat markazlari, sport majmualari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladigan to‘garaklar faoliyatini “Besh muhim tashabbus” asosida yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. “Besh muhim tashabbus” asosida to‘garaklarning namunaviy dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

12-fevral —

14-aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
5 ta tashabbusi loyiha ofisi” NNT

2. Ishlab chiqilgan dasturni o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, madaniyat markazlari, sport majmualari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatiga joriy etish.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab muntazam

58.

“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni samarali amalga oshirish maqsadida, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari murabbiylari, professor-o‘qituvchilari, mahalla mas’ullari, vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalaridagi yoshlar yetakchilari malakasini oshirishni tashkil qilish.

1. Malaka oshirish kurslarining yillik o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil

3 — 28-fevral

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Ma’naviyat va ma’rifat hududiy kengashlari, tegishli vazirliklar

va idoralar

2. Malaka oshirish kurslariga malakali trenyerlarni jalb etish.

3 — 28-fevral

3. Malaka oshirish kurslarini o‘tkazish.

belgilangan grafik jadval asosida

59.

O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari uchun ma’naviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash usullarini ishlab chiqish, uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini o‘rganish, baholash va takomillashtirish maqsadida har yili ikki marta sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish va natijalarni pedagogik kengashlarda muhokama qilib borish.

1. O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhni tashkil etish.

2020-yil

3 — 17

fevral

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

2. Ma’naviy tarbiya indikatorlari asosida so‘rovnoma namunalarini ishlab chiqish.

18-fevral —

17-aprel

3. So‘rovlarni o‘tkazish sotsiologik so‘rov natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish va aniqlangan holat bo‘yicha ma’lumot tayyorlash.

4. Tahliliy ma’lumotlarni pedagogik kengashlar muhokamasiga kiritib borish.

alohida jadval asosida

60.

Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlarda uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini baholashning ilmiy-metodik texnologiyasini yaratish, har yili ikki marta o‘lchash va “Ma’naviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashida muhokama qilib borish.

1. Uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini o‘lchash va baholashning ilmiy metodik texnologiyasini yaratish.

2020-yil

15-aprel —

17-iyul

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tegishli vazirliklar
va idoralar

2. Belgilangan mezonlar asosida uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini doimiy baholash tartibini joriy etish.

2020-2021 o‘quv yilidan muntazam

3. “Ma’naviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashiga tahliliy ma’lumotlar kiritish.

muntazam

61.

Teleradiokanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, ko‘rsatuv va eshittirishlar o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyaviy mavzularda virtual muloqot maydonlarini tashkil etish.

1. Hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ijodiy guruh shakllantirish.

2020-yil fevral

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

tegishli vazirliklar
va idoralar

2. MTRK bilan hamkorlikda turkum tok-shoular, ko‘rsatuv va eshittirishlarni tayyorlash bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.

mart

3. Tok-shoular, ko‘rsatuv va eshittirishlarni muntazam efirga berib borish.

reja asosida

4. Ushbu ko‘rsatuvlarda ko‘tarilgan dolzarb mavzularni ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar o‘tkazish.

doimiy

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi