30.12.2019 yildagi PQ-4554-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar (keyingi o‘rinlarda — farmatsevtika mahsulotlari) muomalasi tizimini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mahalliy farmatsevtika tarmog‘i aholi va davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yetarli darajada qanoatlantirmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, farmatsevtika tarmog‘i ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi bo‘yicha iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning shunday tarmog‘idan orqada qolmoqda. Chunonchi, ichki bozorda mahalliy dori vositalarining ulushi qiymatda ifodalaganda 27 foizni va tovar hajmi bo‘yicha ifodalaganda 45 foizni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan narxni shakllantirishning shaffof va samarali mexanizmlari mavjud emasligi ham dori vositalari narxlari chegaradosh mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida asossiz o‘sishiga olib kelyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlarini, ilmiy-texnik va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-apreldan boshlab retsept bilan beriladigan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx shakllantirish tizimi joriy etiladi va unda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
(1-band “a” kichik bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-yanvardagi PF-13-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 06/25/13/0080-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi kamida 10 ta referent mamlakatlarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol moddaga ega dori vositasining ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va O‘zbekiston Respublikasida sotish narxlarini ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi egasi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositasining har bir savdo nomi uchun belgilangan eng yuqori narxini qayd etish. Bunda dori vositasini ushbu qiymatdan yuqori narxlarda O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish (import dori vositalari uchun) va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishi (mahalliy dori vositalari uchun) mumkin emas;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan dori vositalarining referent narxlarini Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qat’i nazar qayd etish.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) quyidagilar uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining savdo nomiga referent narx shakllantirish tizimini, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlari va tashkilotlarini hamda jamoatchilikni jalb qilgan holda monitoring va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining har bir savdo nomi narxlarining undan yuqori narxda O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berilishi (import dori vositalari uchun) va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishiga (mahalliy dori vositalari uchun) yo‘l qo‘yilmaydigan eng yuqori chegarasini qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ro‘yxatdan o‘tgan va sertifikatlangan farmatsevtika mahsulotlari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun cheklangan narxlar va belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda ulgurji va chakana cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020-yil 1-iyuldan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’i nazar respublikaning barcha tibbiyot tashkilotlarida majburiy tartibda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha retsept yozilishi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi har oyning 5-sanasiga qadar Agentlik o‘z veb-saytida har oy e’lon qilib borishi uchun import qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni (import qiluvchi, tovar nomi, hajmi, narxi va boshqalar) Agentlikka taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar ko‘zda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or ilmiy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarining turlarini kengaytirish, shuningdek, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, zamonaviy obyektlarni ishga tushirish hamda mavjud obyektlarning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va korxonalarning farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlar me’yorlariga muvofiqligini ta’minlash orqali mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy farmatsevtika korxonalarining investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik dori vositalari ishlab chiqarish uchun dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida substansiyalar ishlab chiqarishni tashkil etish va mahalliylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, ko‘paytirish va yangi turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish hisobiga, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish orqali farmatsevtika mahsulotlari importini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy korxonalarda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Zarur farmnazorat amaliyoti” (GVP), shuningdek, distribyutorlik faoliyatida sifat va xavfsizlik tizimini boshqarish (GDP), klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlarni o‘tkazishni (GCP) tartibga solishga qaratilgan amaliyotlarni bosqichma bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, farmatsevtika mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq farmatsevtika mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali milliy regulator organ salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xorijiy tajriba asosida respublikaning farmatsevtika tarmog‘i uchun, shu jumladan dori preparatlarining biotexnologiyasi, dori moddalarining kimyoviy texnologiyasi, tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi, farmatsiya iqtisodiyoti va uni boshqarish, farmatsevtik kimyo va mikrobiologiya kabi muhim sohalarda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni chuqur integratsiyalash orqali ishlab chiqarish, sertifikatlash va standartlashtirish, farmatsevtika mahsulotlarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va moslashtirishga qaratilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar samaradorligini tubdan oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
original dori vositalarini, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan original dori vositalari negizida generik dori preparatlarini (generiklarni) ishlab chiqishga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv laboratoriya va ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020-yil 1-iyuldan boshlab “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasida tadbirlarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Agentlik bilan birgalikda amalga oshiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarga tashrif buyurish, telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta yoki mobil ilovalar orqali murojaat qilish, shuningdek, boshqa masofaviy usullar orqali ma’lumot to‘plash va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumot to‘plash va monitoring qilishga tegishli vakolatli organlar xodimlarini ham, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa shaxslarni (“sirli xaridorlar”) ham jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar rahbarlari va (yoki) xodimlarini huquqbuzarliklar sodir etish hamda vakolatlarini suiiste’mol qilishga undovchi usullardan foydalanishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik talablarini birinchi marta buzgan tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar, shuningdek, ularning rahbarlari va (yoki) xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llamasdan, tushuntirish ishlarini olib borish, har tomonlama yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasida o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-martga qadar referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini va referent mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-iyulga qadar Asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar qayd etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020-yil 31-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari davlat reyestriga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat etilgan barcha dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar qayd etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ro‘yxatdan o‘tgan va sertifikatlangan dori vositalari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar hamda belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda cheklangan ulgurji va chakana narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi to‘laqonli ishlashini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borishni, shuningdek, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning bajarilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot kiritib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi loyihasining kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. Bunda mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ushbu talabni buzgan tibbiyot tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasidagi tadbirlarni tashkil etish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining o‘zaro almashinuvi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishda mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning samarali hamkorligini, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish mobaynida aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har yili 31-dekabrga qadar 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moliyaviy mukofotlar yoxud moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishdagi har qanday boshqa rag‘batlar olishiga taqiq qo‘yish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi Agentlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4554-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) aholi kasalliklarining oldini olishni, farmakoterapiyaning samaradorligi va yuqori sifat darajasini ta’minlaydigan, pirovardida inson hayotining davomiyligi va sifatini oshirishga yordam beradigan farmatsevtika sektorining barqaror faoliyatini tashkil etishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmog‘ini isloh qilish mamlakatda dori-darmon xavfsizligini ta’minlash, farmatsevtika sektorini modernizatsiyalash, chuqur ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarishlarni yaratish, farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlarining eksportini o‘stirish, ilg‘or ilmiy va texnologik ishlanmalarni rag‘batlantirish va tashqi bozorlarga bo‘lgan qaramlikni minimallashtirish borasida ko‘maklashishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Farmatsevtika tarmog‘ining joriy holati tahlili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi besh yil ichida mahalliy farmatsevtika bozori yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish hajmlarining ortishida o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, 2014-yilda 520 milliard so‘mdan ortiq farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yilda 1,5 trillion so‘mdan ortiq miqdorda mahsulot ishlab chiqarildi yoki o‘sish o‘rtacha 3 baravarni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o‘rtacha 4-marta o‘sib, tayyor dori vositalari 360 million shartli birlikdan ortiq, tibbiy buyumlar 490 million shartli birlikdan ortiqni tashkil qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 191 ta mahalliy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 95 tasi turli xil dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 23 tasi tibbiy texnika, 62 tasi tibbiy buyumlar, 11 tasi ham dori vositalari, ham tibbiy buyumlar ishlab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 9 736 ta dori vositalari uchun tibbiyot amaliyotida foydalanishga ruxsat berilgan, shu jumladan 2 634 nomdagi mahalliy dori vositalar, 1 759 nomdagi tibbiy buyumlar, ulardan 284 tasi o‘zimizda ishlab chiqariladi, shuningdek, 1 666 nomdagi tibbiy texnika, ulardan 78 tasi o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun yetarli xomashyo bazasi mavjud. Xususan, 4 500 ga yaqin o‘simlik turlari o‘sadi, 51 ta farmatsevtika korxonasi dorivor o‘simliklarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan davr mobaynida ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari tomonidan 10 mingdan ortiq yangi kimyoviy moddalar ajratib olindi va sintez qilindi, 2 mingdan ortiq o‘simlik moddalarining farmakologiya va toksikologiyasi o‘rganildi, 70 ga yaqin dori preparatlari va biologik faol qo‘shimchalarning klinik tadqiqotlari o‘tkazildi, 45 ta dori preparatlari tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tavsiya etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda institutlarning tajriba ishlab chiqarishlarida 30 dan ortiq dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar tayyorlanmoqda. 2016-yildan boshlab OIV 3 va 4-avlodlari, V va C gepatiti, shuningdek, sifilis uchun IFA test tizimlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonning dorivor florasiga chet elda ham talab katta. Respublika har yili 18 million AQSH dollaridan ortiq miqdorda 5 ming tonnadan ortiq o‘simlik xomashyosi va uning asosida ishlab chiqarilgan dori preparatlarini eksport qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, O‘zbekistonning dorivor o‘simliklar yetishtirish salohiyatidan yetarli darajada to‘liq foydalanilmayapti, bu esa, o‘z navbatida, dorivor o‘simlik xomashyosi asosida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini seriyali ishlab chiqarishning yetarli darajada emasligiga olib keldi. Respublika hududida o‘sadigan dorivor o‘simliklarning 577 turidan faqat 112 turi tibbiyot amaliyotida 100 dan ortiq nomdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalanilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda umumiy qiymati 152,1 million AQSH dollariga teng 50 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 2 164 yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shu jumladan tashkil etilgan farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarida ushbu davrda umumiy qiymati 70 million AQSH dollariga teng 11 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi va 850 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ining hozirgi holati tahlili shuni ko‘rsatdiki, mahalliy farmatsevtika tarmog‘i aholi va davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yetarli darajada qanoatlantirmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, farmatsevtika sanoati chiqarilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning shunday sektorlaridan ortda qolmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud quvvatlari aholi va tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlariga bo‘lgan ehtiyojining 27 foizini qoplaydi xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda, AQSH, Germaniya va Fransiya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda mahalliy farmatsevtika sanoatining farmatsevtika bozori umumiy hajmidagi ulushi 75 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, travmatologiya va boshqa sohalarda yuqori texnologik jarrohlik aralashuvlarda ishlatiladigan jarrohlik asbob-uskunalari, bir martalik steril kateterlar, o‘tkazgichlar, tikuv materiallari, dializatorlar, anestetik va nafas olish uskunalari, sarf materiallarining yetishmovchiligi yaqqol sezilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarining ishlab chiqarish shakllari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning umumiy bozordagi ulushi qariyb 45 foizni tashkil qilmoqda (damlamalar 100 foiz, ampulalar 85 foiz, eritmalar 80 foiz, suyuq dori vositalari 60 foiz, konsentratlar 51 foiz, shamchalar 41 foiz, siroplar 40 foiz, malhamlar 38 foiz, kapsulalar 33 foiz, suspenziyalar 29 foiz, tabletkalar 24 foiz, tomchi dorilar 23 foiz, kukun dorilar 20 foiz, gellar 4 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yallig‘lanishga qarshi va diagnostik vositalar, toksikologiya, ginekologiya, akusherlik, immunologiya, gematologiya, onkologiya va stomatologiya sohasidagi dori preparatlari deyarli ishlab chiqarilmaydi (10 foizdan kam).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda, dori vositalari ishlab chiqaruvchi 95 ta mahalliy farmatsevtik korxonalardan 10 tasida “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” — GMP talablari joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro standartlar, shu jumladan farmatsevtik korxonalarda dori vositalari sifati va xavfsizligini tartibga soluvchi “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Zarur farmnazorat amaliyoti” (GVP) va ISO 13485 talablarini joriy etish bo‘yicha yetarli darajada tashkil etilmaganligi, tashqi va ichki bozorda raqobatbardosh samarador va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini cheklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Distribyutorlik amaliyotida sifat va xavfsizlik tizimini boshqarishga qaratilgan (GDP) “Zarur farmatsevtika amaliyoti”ni (GxP), umuman, mahsulotning butun hayotiy davrida uning samaradorligi va xavfsizligini ta’minlovchi klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlar o‘tkazishni (GCP) joriy etish ham muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, dori preparatlarining biotexnologiyasi, dori moddalarining kimyoviy texnologiyasi, tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi, farmatsiya iqtisodiyoti va uni boshqarish, farmatsevtik kimyo va mikrobiologiya kabi muhim yo‘nalishlarda farmatsevtika tarmog‘idagi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari quyidagilarni amalga oshirish orqali uni milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning strategik tarmog‘iga aylantirishga, shuningdek, ushbu Konsepsiyaning ilovasiga muvofiq Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlari sifatini nazorat qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish davlat tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqarish tarmog‘ini “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) talablariga muvofiqlashtirish orqali rivojlanishning innovatsion modeliga o‘tkazish va uning raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida dori substansiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish hamda xomashyoni sintez qilish va dorivor moddalar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or xalqaro tajriba va texnologiyalarni faol jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konsepsiya 2024-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning quyidagi asosiy maqsadlarini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sog‘liqni saqlash muassasalari va respublika aholisining ehtiyojini qanoatlantiradigan, birinchi navbatda, Asosiy dori vositalari ro‘yxatiga (ADVR) kiritilgan xavfsiz, samarador, hammabop va sifatli mahalliy dori vositalar va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilg‘or ilmiy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlari turlarini kengaytirish, shuningdek, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, zamonaviy obyektlarni ishga tushirish hamda mavjud obyektlarning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlar va korxonalarning dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlar me’yorlariga muvofiqligini ta’minlash orqali mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy farmatsevtika korxonalarining investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Keyinchalik dori vositalari ishlab chiqarish uchun dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida substansiyalar ishlab chiqarishni tashkil etish va mahalliylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, ko‘paytirish va yangi turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish hisobiga, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish orqali dori vositalarining importini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy korxonalarda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP), “Zarur farmnazorat amaliyoti” (GVP), shuningdek, distribyutorlik faoliyatida sifat va xavfsizlik tizimini boshqarish (GDP), klinik oldi (GLP) va klinik tadqiqotlarni o‘tkazishni (GCP) tartibga solishga qaratilgan amaliyotlarni bosqichma bosqich joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Narxlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, dori preparatlarini markirovkalash va kuzatish tizimlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish, klinik oldi va klinik tadqiqotlar o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali milliy regulator organ salohiyatini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ilg‘or xalqaro tajriba asosida respublikaning farmatsevtika tarmog‘i uchun, shu jumladan dori preparatlarining biotexnologiyasi, dori moddalarining kimyoviy texnologiyasi, tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi, farmatsiya iqtisodiyoti va uni boshqarish, farmatsevtik kimyo va mikrobiologiya kabi muhim sohalarda mutaxassislarni yuqori sifatli tayyorlashni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Farmatsevtika tarmog‘idagi kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni chuqur integratsiyalash orqali ishlab chiqarish, sertifikatlash va standartlashtirish, farmatsevtik mahsulotlarning klinik oldi va klinik tadqiqotlari bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va moslashtirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar samaradorligini tubdan oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Original dori vositalarini, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan original dori vositalari negizida generik dori preparatlarini (generiklarni) ishlab chiqishga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv laboratoriya va tadqiqot markazlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§1. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish), xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro tajribalarni tatbiq etgan holda, shu jumladan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida dori vositalarini ishlab chiqish, standartlashtirish, ro‘yxatga olish, ishlab chiqarish, ularning sifatini nazorat qilish, klinik oldi va klinik tadqiqotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani GxP “zarur amaliyotlar” talablariga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tayyor dori preparatini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida mahsulotning yuqori sifati va xavfsizligini ta’minlagan holda dorivor substansiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish talablarini soddalashtirish nuqtai nazaridan milliy qonunchilikni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dori vositalarini nooqilona tayinlash hamda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya belgilarining oldini olish maqsadida shifokorlar va farmatsevtlar tomonidan dori vositalarini to‘g‘ri tayinlash va qo‘llash qoidalariga rioya etilishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§2. Farmatsevtika tarmog‘i rivojlanishini rag‘batlantirish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi farmatsevtika mahsulotini yaratish, shuningdek, chet elda farmatsevtika mahsulotini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida uni ilgari surish xarajatlarini qoplash ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ilgari mamlakatda ishlab chiqarilmagan import o‘rnini bosuvchi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga rag‘batlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish va yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklarining moliyaviy mablag‘lari va boshqa budjetdan tashqari manbalarni farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun jalb qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§3. Xalqaro standartlarga muvofiq farmatsevtika mahsulotlari sifatini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. GxP va ISO “zarur amaliyotlar” talablarini joriy etish orqali farmatsevtika mahsulotining butun aylanish davrida sifatni boshqarish tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. GxP “Zarur farmatsevtika amaliyoti” qoidalarini joriy qilish bo‘yicha rasmiy metodik qo‘llanmalar yaratish va nashr etish, ularni tatbiq etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari, konsultatsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro talablarga muvofiq holga keltirish, shu jumladan xorijiy ishlab chiqarishlarni inspeksiya qilish amaliyotini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro va davlatlararo ekspert organlari, xususan, farmatsevtika mahsulotlarini standartlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar ishida faol ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mahalliy sinov laboratoriyalari tomonidan xalqaro akkreditatsiya olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§4. Farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlardan farmatsevtika tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallangan biologik faol moddalar olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eng samarali generik dori vositalari turlarini kengaytirish, yaxshilangan farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarga ega yangi zamonaviy innovatsion dori shakllarini, faol moddaning organizmga maqsadli ta’sir qilish tizimlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki va tashqi bozor talablariga samarali javob berish uchun ilmiy-texnik salohiyatni va chuqur ilm talab qiladigan farmatsevtika ishlab chiqarishlarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tatbiq etish va undan amaliyotda, shu jumladan mamlakatimizda avval ishlab chiqarilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishda keng foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vaksinalar, birinchi navbatda, milliy emlash kalendariga kiritilgan immunodiagnostikumlar, immunotrop preparatlar, xavfli yuqumli kasalliklarning (sil, OITS va boshqalar) qo‘zg‘atuvchilariga qarshi yuqori samarali yangi avlod immunobiologik preparatlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§5. Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnika hamda dori vositalarini, shu jumladan dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlangan dori vositalarini ishlab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bugungi kunda import hajmi ham pul, ham natural shaklda katta ulush egallayotgan generik dori vositalar importi o‘rnini bosuvchi preparatlarning ustuvor ro‘yxatini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘simlik xomashyosidan dori vositalari olish uchun zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etish, eng istiqbolli o‘simliklarni plantatsiyalarda yetishtirish va ularning naslchiligini ustuvor rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dorivor o‘simliklarni yig‘ish va birlamchi qayta ishlashning zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini aniqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarmoqni jadal rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va yetakchi xorijiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni jalb etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mamlakatimizda va xorijda talab yuqori bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§6. Eksport salohiyatini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Farmatsevtika sanoati mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh darajada texnologik qayta jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xorijda ilgari surish bo‘yicha samarali strategiyani ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikada farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va eksport hajmini oshirish uchun yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotlarini ilgari surishda farmatsevtika sohasidagi xalqaro tadbirlarda (ko‘rgazmalar, yarmarkalar, forumlar, reklama va imij tadbirlari) ishtirokini rag‘batlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo bozorlarini kengaytirish maqsadida, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha xorijiy mamlakatlardagi tenderlarda ishtirok etish orqali farmatsevtika mahsulotlari xalqaro savdosi tizimiga qo‘shilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§7. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat farmatsevtikasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’limni amaliyotga yo‘naltirgan holda sohadagi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari negizida ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Farmatsevtika tarmog‘idagi hozirgi tendensiyalar va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim jarayonining ilmiy va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy tarmoq ta’lim muassasalarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini yangilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy farmatsevtika ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik qilish, shu jumladan respublikada ularning filiallari va fakultetlarini ochish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tarmoqlarda o‘zaro hamkorlik va ochiq kurslardan foydalanish orqali xorijiy ta’lim muassasalari resurslaridan foydalanish, shuningdek, milliy elektron ta’lim platformalarini rivojlantirish va elektron ta’lim muhitini shakllantirish hisobiga ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§8. Innovatsion ilmiy-amaliy farmatsevtika klasterini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarni ko‘zda tutuvchi innovatsion ilmiy-amaliy farmatsevtika klasterini tashkil qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘ida ta’lim, fan, amaliyot va ishlab chiqarishni integratsiyalash uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish hamda rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘i ilmiy tadqiqot muhitida qulay shart-sharoitlar yaratish va uni xalqaro ilmiy tadqiqot markazlariga integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika sohasi mutaxassislarini xalqaro talablar va zamonaviy farmatsevtika tarmog‘ida zarur bo‘lgan mutaxassisliklarga mos holda tayyorlash sifatini oshirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘idagi mahalliy korxonalarga yetakchi xorijiy farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, innovatsion ilmiy-amaliy farmatsevtika klasteri negizida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning to‘liq texnologik siklini yaratish orqali ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyidagilar bo‘lishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor dori vositalari, shu jumladan immunobiologik preparatlar nomenklaturasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining dori-darmon xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining ulushini qiymat jihatidan 50 foizgacha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida ishlab chiqariladigan dori vositalarining ishlab chiqarish nomenklaturasini kengaytirish, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar portfelidagi innovatsion dori vositalari ulushini qiymat jihatidan 50 foizgacha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda farmatsevtika tarmog‘iga 100 million AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilga nisbatan farmatsevtika mahsulotlari eksportini 3 baravar o‘stirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash, o‘quv markazlarini jihozlash, akkreditatsiya va standartlashtirishni rivojlantirish, eng yangi uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriyalarni yaratish sohasidagi xalqaro tajribani tatbiq qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar

hozirgi holat

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

1.

Mahalliy dori shakllarini ishlab chiqarish hajmlarining mahsulot ko‘rinishdagi ifodasi (foizlarda).

45

50

55

60

65

70

2.

Mahalliy dori shakllarini ishlab chiqarish hajmlarining pul mablag‘lari ko‘rinishidagi ifodasi (foizlarda).

27

30

35

40

45

50

3.

Ishlab chiqilayotgan mahalliy dori vositalari soni.

23

27

31

35

40

47

4.

O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun ruxsat etilgan mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari soni.

2 918

3 100

3 450

3 800

4 150

4 500

5.

Chet elda ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari soni.

250

280

300

330

345

370

6.

Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish hajmi (mln. AQSH doll.).

28

35

40

55

70

85

7.

Farmatsevtika korxonalari soni.

191

196

203

209

215

220

8.

O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkillashtirgan xorijiy farmatsevtika kompaniyalari soni.

4

6

10

14

18

20

9.

GMP sertifikatiga ega bo‘lgan farmatsevtika korxonalarining soni (foizlarda).

9

40

70

100

100

100

10.

Malaka oshirishdan o‘tgan, shu jumladan xalqaro amaliyot, qoidalar va standartlar bo‘yicha malaka oshirgan farmatsevtika tarmog‘idagi mutaxassislar soni.

200

250

300

400

500

600

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlari dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish), xalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2020-yil 1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ilg‘or xalqaro tajriba va amaliyotni hisobga olgan holda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan dorivor moddalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirish, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilarni inspeksiya qilish amaliyotini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil 1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalariga referent narx shakllantirish tizimini joriy qilish doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov)

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish:

dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish;

tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishdagi moliyaviy mukofotlar yoki har qanday boshqa rag‘batlar olishiga taqiq qo‘yish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2020-yil 1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov)

5.

Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining o‘zaro almashinuv tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi

2020-yil 1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov)

6.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholashninazarda tutuvchi “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-iyul

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev)

7.

Xalqaro tajribalarni tatbiq etgan holda, shu jumladan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida dori vositalarini ishlab chiqish, standartlashtirish, ro‘yxatga olish, ishlab chiqarish, ularning sifatini nazorat qilish, klinik oldi va klinik tadqiqotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani GxP “zarur amaliyotlar” talablariga muvofiqlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov)

8.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari zimmasiga dorixonalar va ularning filiallari sonini hisobga olgan holda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish bo‘yicha vazifalar yuklatilganligi munosabati bilan qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari

9.

Yangi farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqish, shuningdek, chet elda farmatsevtika mahsulotini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida uni ilgari surish xarajatlarini qoplash ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilari

10.

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ilgari mamlakatda ishlab chiqarilmagan import o‘rnini bosuvchi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga rag‘batlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-mart

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish va yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

III. Farmatsevtika mahsulotlari sifatini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlash

12.

Referent narx shakllantirish tizimi doirasida referent mamlakatlar ro‘yxatini va dori vositalari narxlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Quyidagilarni:

Idoraviy hujjat loyihasi

2020-yil 1-mart

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

Asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlar;

2020-yil 1-iyul

dori vositalari davlat reyestriga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan barcha dori vositalarining har bir savdo nomi uchun chegaralangan narxlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlash.

2020-yil 31-dekabr

13.

Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ro‘yxatdan o‘tgan va sertifikatlangan dori vositalari, shuningdek, dori vositasining savdo nomi uchun qayd etilgan cheklangan narxlar hamda belgilangan cheklangan savdo ustamalarini hisobga olgan holda cheklangan ulgurji va chakana narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va yuritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 31-dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonun hujjatlari va litsenziya talablarini takomillashtirish, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlash va tashish talablarini kuchaytirishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil 1-mart

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

GxP “Zarur farmatsevtika amaliyoti” qoidalarini joriy qilish bo‘yicha rasmiy metodik qo‘llanmalar yaratish va nashr etish, ularni tatbiq etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari, konsultatsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprel

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov)

16.

Xalqaro va davlatlararo ekspert organlari, xususan, farmatsevtika mahsulotlarini standartlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar ishida faol ishtirok etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov)

IV. Farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish

17.

Eng samarali generik dori vositalari turlarini kengaytirish, yaxshilangan farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarga ega yangi zamonaviy innovatsion dori shakllarini, faol moddaning organizmga maqsadli ta’sir qilish tizimlarini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-iyun

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

18.

O‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlardan farmatsevtika tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallangan biologik faol moddalar olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

19.

Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish maqsadida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida tanlovlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev)

20.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tatbiq etish va undan amaliyotda, shu jumladan mamlakatimizda avval ishlab chiqarilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishda keng foydalanish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Xoljigitov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Vaksinalar, birinchi navbatda, milliy emlash kalendariga kiritilgan immunodiagnostikumlar, immunotrop preparatlar, xavfli yuqumli kasalliklarning (sil, OITS va boshqalar) qo‘zg‘atuvchilariga qarshi yuqori samarali yangi avlod immunobiologik preparatlarini mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev)

V. Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnika hamda dori vositalarini, shu jumladan dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlangan dori vositalarini ishlab chiqarish

22.

Dorivor o‘simliklarni yig‘ish va birlamchi qayta ishlashning zamonaviy tizimini ishlab chiqish va joriy etish, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini aniqlashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

23.

O‘simlik xomashyosidan dori vositalari olish uchun zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etish, eng istiqbolli o‘simliklarni plantatsiyalarda yetishtirish va ularning naslchiligini ustuvor rivojlantirish.

Tashkiliy chora tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

24.

Mamlakatimizda va xorijda talab yuqori bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish, yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Eksport salohiyatini kengaytirish

25.

Farmatsevtika sanoati mahalliy ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh darajada texnologik qayta jihozlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Shoraxmetov)

26.

Shu jumladan mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotlarini ilgari surishda farmatsevtika sohasidagi xalqaro tadbirlarda (ko‘rgazmalar, yarmarkalar, forumlar, reklama va imij tadbirlari) ishtirokini rag‘batlantirishni nazarda tutgan holda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini chet elda ilgari surish bo‘yicha samarali strategiyani ishlab chiqish.

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xorijda ilgari surish strategiyasi

2020-yil 1-sentabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Shoraxmetov)

27.

Respublikada farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va eksport hajmini oshirish uchun yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

28.

Savdo bozorlarini kengaytirish maqsadida, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha xorijiy mamlakatlardagi tenderlarda ishtirok etish orqali farmatsevtika mahsulotlari xalqaro savdosi tizimiga qo‘shilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

VII. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash

29.

Sanoat farmatsevtikasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’limni amaliyotga yo‘naltirgan holda sohadagi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari negizida ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

30.

Farmatsevtika tarmog‘idagi hozirgi tendensiyalar va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim jarayonining ilmiy va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

31.

Mahalliy tarmoq ta’lim muassasalarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini yangilash.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xo‘jayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Shoraxmetov)

32.

Xorijiy farmatsevtika ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik qilish, shu jumladan respublikada ularning filiallari va fakultetlarini ochish.

Tashkiliy-chora tadbirlar

2020-yil 1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

33.

Tarmoqlarda o‘zaro hamkorlik va ochiq kurslardan foydalanish orqali xorijiy ta’lim muassasalari resurslaridan foydalanish, shuningdek, milliy elektron ta’lim platformalarini rivojlantirish va elektron ta’lim muhitini shakllantirish hisobiga ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish.

Tashkiliy-amaliy choralar

2020-yil 1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sodiqov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy hujjatning turi tartibga solinadigan munosabatlarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3948-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4055-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi blok bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-son qarorining 5-ilovasi “Ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI)” bloki quyidagi mazmundagi 6 — 8-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4554/0014-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.01.2025-y., 06/25/13/0080-son)