Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 30.07.2019 yildagi PQ-4407-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, koʻp kvartirali turar joy fondi va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi qoshida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, isteʼmolchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash jarayonining borishini oʻrganish va nazorat qilish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, issiqlik energiyasi va ichimlik suv yetkazib berish boʻyicha respublika shtabi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha bajarilgan ishlar natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida infratuzilma, mahallalar va koʻp kvartirali turar joy fondining joriy holati inobatga olingan holda 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni taʼminlash boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani barqaror ishlashga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika tarmogʻining barqaror faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali turar joy fondini barqaror ishlashga, aholi va isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 37 ta qozon, 40,6 km issiqlik tarmogʻi, 178,7 km suv quvuri, 85,1 km gaz quvuri va 20,1 ming km elektr tarmoqlarini, shuningdek, 6,7 mingta transformator podstansiyalarini kapital taʼmirlashni oʻz ichiga oladigan asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob- uskunalarni 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va kapital taʼmirlash parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 83 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 771 ta qozon, 96,8 km issiqlik tarmogʻi, 426,9 km suv quvuri, 193,7 ming km elektr tarmoqlari, shuningdek, 59,4 mingta transformator podstansiyasini joriy taʼmirlashni oʻz ichiga oladigan asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarni 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va joriy taʼmirlash parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1431 ta maktab, 1098 ta bolalar bogʻchasi, 50 ta bolalar uylari va maxsus maktab-internatlar, 335 ta kasalxona va ambulatoriya-poliklinika muassasalarini kapital va joriy taʼmirlashni oʻz ichiga oladigan ijtimoiy soha obyektlarini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash parametrlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 4812 ta koʻp kvartirali uylarda: 1,9 mln kv.m tomni, 9,4 ming kirish joylarini, shu jumladan 2840 ta uyda ichki muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni taʼmirlash, shuningdek, 1367 ta bolalar maydonchalarini qurish va taʼmirlash, 238 ta liftni almashtirish va taʼmirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash 459,7 ming kv.m yoʻlkalarni betonlashni oʻz ichiga oladigan koʻp kvartirali turar joy fondini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash parametrlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) iqtisodiyot tarmoqlari uchun 6,5 mln tonna hajmida, shu jumladan aholi uchun 911 ming tonna, budjet sohasi tashkilotlari uchun 405 ming tonna koʻmir mahsulotlari gʻamlashni oʻz ichiga oladigan 2019/2020-yillar kuz-qish davriga koʻmir mahsulotlari gʻamlash parametrlari 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) aholiga 245,2 ming tonna hajmida suyultirilgan gaz, issiqlik taʼminoti tashkilotlari uchun 8,4 ming tonna pech yoqilgʻisi, 1,6 ming tonna mazut va 12,2 ming tonna texnik tuz yetkazib berishni oʻz ichiga oladigan 2019/2020-yillar kuz-qish davrida mazut va texnik tuz gʻamlash hamda suyultirilgan gaz yetkazib berish parametrlari 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish asosida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp kvartirali uylar, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida joylardagi ishlarning holati tanqidiy oʻrganib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrganish natijalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari va maslahatchisi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlari, tumanlari (shaharlari) boʻyicha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirishning batafsil tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash parametrlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha hududiy komissiyalarni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar, shaharlar va ayniqsa qishloq tumanlarida ijtimoiy soha obyektlarini, koʻp kvartirali uylarni boʻlajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni, mahalliy avtomobil yoʻllari, koʻchalar va umumiy foydalaniladigan joylar, lift uskunalari, markazlashtirilgan va mahalliy qozonxonalar, issiqlik, suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlarining mahallalar hududlarining sanitariya holati talablariga muvofiq tartibga keltirilishini, shuningdek, koʻmir mahsulotlari gʻamlanishini joylarga chiqib shaxsan oʻzi nazorat qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat natijalari boʻyicha obyektlarni kuz-qish davriga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan barcha tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud muammolarni hal qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Energetika vaziri A.S. Sultanov kuz-qish davrida yoqilgʻi-energetika resurslari, elektr energiyasi yetkazib berish, transformator podstansiyalarini taʼmirlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash bilan bogʻliq muammolarni oʻz vaqtida hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun joylarga chiqib, aholi bilan shaxsan uchrashuvlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekneftgaz” AJ (Sidiqov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “Oʻztransgaz” AJ (Saidov), “Hududgaztaʼminot” AJ (Eshmurodov), “Oʻzbekkoʻmir” AJ (Odilov) rahbarlari asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va koʻmir mahsulotlari barcha toifadagi isteʼmolchilarga oʻz vaqtida yetkazib berilishi boʻyicha tadbirlar soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov joylarga chiqib ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, ularning sanitariya va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J.Vaxabov Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019-yillar qish-bahor davrida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilish asosida aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha 2019/2020-yillar qish-bahor davri uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini gʻamlashning real hajmlarini belgilasin, bunda narxlarning keskin koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kartoshka, piyoz, sabzi, karam, guruch va dukkakli ekinlar mahsulotlarini gʻamlashga alohida eʼtibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻamlanishi kerak boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashning zarur sharoitlarini taʼminlash hamda gʻamlashning toʻliqligi va mahsulotlarning zarur tarzda saqlanishi uchun masʼul shaxslarni belgilash boʻyicha aniq takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekoziqovkatzaxira” uyushmasi raisi Z.O. Fayziyev zimmasiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga gʻamlashning toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda taʼminlanishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov Respublika komissiyasining xulosasiga koʻra oʻtkir zarurat mavjud boʻlgan hududlarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish davriga tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun qoʻshimcha zaxiralarni qidirib topsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tizimli axborot berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror bajarilishining borishi har chorakda Respublika komissiyasi yigʻilishlarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3849-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4407-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 07/19/4407/4205-son)