ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish va faoliyatini taʼminlash | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. |
1. Texnik topshiriqni tasdiqlash. 2. Loyiha — smeta hujjatlarini ishlab chiqish. |
2020-yil 2020-yil |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
2. |
Situatsion-tahliliy markaz binosini qurish va montaj ishlarini bajarish. |
1. Tanlov/tender savdolarini oʻtkazish va shartnomani imzolash. 2. Qurilish-montaj ishlarini bajarish. |
2020-yil Shartnomaga asosan |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
3. |
Situatsion-tahliliy markazning moddiy-texnik bazasini jihozlash. |
Tovar — moddiy qiymatlarni xarid qilish. |
2020-yil |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
II. Situatsion-tahliliy markazni zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash | ||||
|
4. |
Situatsion-tahliliy markazni zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash boʻyicha Ishchi guruhni shakllantirish. |
Ishchi guruh tarkibini shakllantirish. |
2020-yil |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ |
|
5. |
Situatsion-tahliliy markazga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini ulash maqsadida transport obyektlarini, mavjud axborot va kommunikatsiya infratuzilmasini oʻrganish. |
Transport obyektlari va ularga tutash hududlar roʻyxatini hamda tahliliy maʼlumot va hisobotlarni tayyorlash. |
2020-yil |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
6. |
“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiyalashni hisobga olgan holda Situatsion-tahliliy markaz binosini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash boʻyicha Texnik topshiriqni ishlab chiqish. |
Texnik topshiriqni tasdiqlash. |
2020-yil |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
|
7. |
Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish doirasida qurilmalarni xarid qilish. |
1. Tanlov/tender savdolarini oʻtkazish. 2. Shartnoma tuzish. |
2020-yil iyun — avgust 2020-yil sentyabr |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
8. |
Videokuzatuv qurilmalarini, server qurilmalari va maʼlumotlarni saqlash vositalarini, transport vositalari uchun maxsus monitorlarini oʻrnatish. |
Qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish. |
shartnomaga asosan |
Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
9. |
Situatsion-tahliliy markazni sinov rejimida ishga tushirish. |
Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish. |
shartnomaga asosan |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ |