18.12.2019 yildagi 1011-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion jihatdan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan oʻtkazilgan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasining Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik taʼminlash markazi hamda Yongʻin xavfsizligi institutining Yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish konstruksiyalari, modda va materiallarning yongʻin xavfliligini tadqiq etish, yongʻin-texnik va qutkaruv uchun moʻljallangan mahsulotlarni sinash hamda yongʻinlardan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimlarining muvofiqligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlarni va boshqa favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish hamda yongʻin-texnik ekspertizalarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari shaxsiy tarkibining sogʻligʻi va mehnat muhofazasini taʼminlash sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyati yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda xoriiy mamlakatlarning ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari va tuzilmalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning tasdiqlangan roʻyxatiga muvofiq pullik xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni joriy saqlash uchun har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetlari mablagʻlari;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Institutning bino va inshootlarini qurish uchun Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin qishlogʻi, Quyoshli MFY hududida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga foydalanishga berilgan yer maydonidan 3,5 gektarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida Institutning bino va inshootlarini qurish va jihozlash uchun 2020-yilga kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1011-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1011-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro etish shakli

Ijro etish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Xarajatlar mln soʻm

Nazorat uchun masʼullar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tuzilmasini va ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi, tuzilma, ustav

2020-yil
5-yanvar

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

II. Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish

2.

Institutning yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida, shu jumladan import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni yaratishga va tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan istiqboldagi amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarning roʻyxatini tayyorlash va tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2020-yil

1-may

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Tasdiqlangan istiqboldagi amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikamalga oshiriladigan respublikadagi texnik, taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ishlab chiqarish tashkilotlarni aniqlash va ular bilan bitimlarni imzolash.

Ijrochilar aniqlangan holda bitimlarini tuzish

2020-yil davomida

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini doirasida amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni tanlov asosida tashkillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-2021

yillar davomida

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari

Tanlovlar natijasiga koʻra aniqlanadi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

5.

Xorijiy davlatlardagi (Rossiya, Belorus, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, XXR) ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish va ularning ilgʻor tajribasini oʻrganish boʻyicha tadbirlarni tashkillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020 — 2022

yillar davomida

Har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlarning grantlari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar

1027,42

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

III. Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida sinov oʻtkazish va sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish

6.

Institut negizida yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish organini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil

1-iyul

Har yili budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

16,0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi

7.

“Oʻzstandart” agentligiga qarashli “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasida Institut xodimlarini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.

Muvofiqlikni baholashda ishtirok etayotgan xodimlarni oʻqitish boʻyicha amaliy tadbirlar

2020-yil

I-yarim yillik davomida

17,706

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi

8.

Oʻtkazilayotgan sinovlar vaqtini qisqartirish hamda oʻlchov asbob va uskunalarning zamonaviy turlarini qoʻllash maqsadida yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish.

Xalqaro standartlarni tadbiq etish tarmoq jadvali

2020-yil

1-aprel

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi

9.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga muvofiq, Institut huzurida Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida standartlashtirish texnik qoʻmitasini tashkil etish.

“Oʻzstandart” agentligining buyrugʻi

2020-yil

1-fevral

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi

10.

Majburiy tartibda sertifikatlanadigan yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasiga oid mahsulotlar roʻyxatini qaytadan koʻrib chiqish va Vazirlar Maxkamasiga takliflar kiritish.

Yozma maʼlumot

2020-yil

1-mart

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

“Oʻzstandart” agentligi

IV. Yongʻin va favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish va ularni ekspertizadan oʻtkazish tizimini rivojlantirish

11.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida ekspert boʻlinmalarini va ekspert-malakaviy komissiyalarini tashkil etish hamda yongʻin-texnik ekspertizalarini oʻtkazish va tashkillashtirish boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi

2020-yil

1-iyun

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Adliya vazirligi

V. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish va mustaxkamlash

12.

Institut binolari, sinov va boshqa inshootlarini qurish va jihozlash hamda infratuzilmasini yaratish.

2020-yil va keyingi yillar Investitsiya dasturlari doirasida

2020-yil va keyingi yillar davomida

Favqulodda vaziyatlar vazirligiuchun Investitsiya dasturida har yili koʻzda tutiladigankapital qoʻyilmalarning tegishli limitlari hisobidan

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi

13.

Institut va hududiy yongʻin-texnik markazlarini, shuningdek, sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hukumat qarori

2021-yil

1-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2019-y., 09/19/1011/4171-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)