03.12.2019 yildagi 967-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni va “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarori ijrosini taʼminlash hamda oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ularga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilishda koʻproq imkoniyatlar yaratish, oliy taʼlimdagi islohotlar samaradorligini va taʼlim sifatini yanada oshirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq 2020-yildan boshlab taʼlim xizmatlari bozorida oliy taʼlim muassasalarining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazishga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy pedagogik salohiyati yuqori, moliyaviy faoliyati barqaror, moddiy-texnika bazasi yetarli darajada, taʼlim xizmatlari bozorida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligini inobatga olib, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalarining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohadagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish, soha boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda sohaning ilmiy muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyatini doimiy oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalana oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan professor-oʻqituvchilarni tanlash maqsadida oliy taʼlim muassasasi hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida bir yillik muddatli shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalari vasiylik kengashlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining moliya yili uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi (unda muassasaning asosiy faoliyati koʻrsatkichlari jumladan, muassasada kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etishning maqsadlari, rejalashtirilayotgan natijalari va tahlili koʻrsatiladi) hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi tomonidan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa asosiy vositalarni xarid qilish va ularni hisobdan chiqarishga (bino va inshootlar bundan mustasno) hamda bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining yillik hamda davriy moliyaviy hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish va moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish, shu jumladan maqsadli kapital jamgʻarmasini (endaument fond) shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, oliy taʼlim muassasasi rektorining asoslangan murojaatiga koʻra, oliy taʼlim muassasasining moliyaviy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida respublika tijorat banklaridan kreditlar olish masalalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab berish, shu jumladan, yangi fakultetlar, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi rektori va oliy taʼlim muassasasi kengashi vakolatini belgilash, shu jumladan, xarajatlar smetasiga hamda shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, asosiy vositalarni xarid qilish va oliy taʼlim muassasi tasarrufidagi mablagʻlar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish boʻyicha vakolatlar doirasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasida samaradorlik mezonlariga asoslangan mehnatga haq toʻlash tizimini joriy etish va tartibini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash qarori bilan oliy taʼlim muassasasining tashkiliy tuzilmasiga qoʻshimcha yangi lavozim, tarkibiy boʻlinmalar va shtat birliklarini joriy etish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalarining boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar 2020-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib oliy taʼlim muassasalarining vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizomni va vasiylik kengashlarining yangilangan tarkibini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalariga quyidagi huquqlar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqtidorli, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) saqlash xarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish hamda xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy taʼminotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar), shu jumladan kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari xarid qilish va chop ettirish uchun mablagʻlarni mustaqil sarflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy taʼlim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari koʻrsatishning alohida turlari, jumladan bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport obyektlaridan foydalanish, ularni tozalash, taʼmirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlar koʻrsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasini oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy taʼminlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar uchun toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari bir talabani bir yillik oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasasida toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarni toʻlash muddatlari tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra shartnoma asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar uchun budjet mablagʻlarini ajratish bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan xarajatlarning normativ miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning yillik cheklangan summasi davlat granti asosida taʼlim olayotgan kontingent soni va har bir davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan xarajatlarning normativ miqdorlari asosida hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun budjet mablagʻlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish bitimi asosida xarajatlar smetasida budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida rejalashtirilgan holda ajratiladi (maqsadli mablagʻlar, shu jumladan stipendiya toʻlovlari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim xarajatlari, kapital qoʻyilmalar xarajatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari (maqsadli mablagʻlar bundan mustasno) oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va hisobot davri oxirida mablagʻlarning qoldigʻi oliy taʼlim muassasasi hisobida qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanish, jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va stipendiya toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish uchun javobgarlik mazkur muassasalar rektor (direktor)lari zimmasiga yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bino va inshootlar hamda oʻquv-ilmiy laboratoriya jihozlari bundan mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarni toʻligʻicha oʻzlarining rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlaydi va sarflaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari rivojlantirish jamgʻarmasiga tushgan barcha mablagʻlardan moddiy-texnika bazani mustahkamlashga, oʻz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishga, faoliyatni samarali tashkil etish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga sarflash ulushini mustaqil belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari oʻquv jarayoniga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilaydi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan miqdorda);
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa — elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin mazkur oliy taʼlim muassasasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet mablagʻlarini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida taʼlim olayotgan talabalarni oʻqitish uchun oliy taʼlim muassasasiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlarini bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib har bir davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan normativ xarajatlarni hisoblash metodologiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish namunaviy bitimi loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish doirasida oliy taʼlim muassasasiga ajratilgan mablagʻlarni sarflash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari kesimida shakllantirilgan moliyaviy hisoboti belgilangan tartibda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalari hisobiga iqtisod qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlarini har moliya yilida flagman oliy taʼlim muassasalari faoliyatini rivojlantirish uchun yoʻnaltirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 2021-yil 1-noyabrga qadar tajriba tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy holati natijalari hamda qolgan oliy taʼlim muassasalarini mazkur tizimga oʻtkazish, tizim uchun ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
967-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilayotgan oliy taʼlim muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Samarqand davlat chet tillar instituti

2.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

3.

Toshkent davlat yuridik universiteti

4.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5.

Toshkent moliya instituti

6.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

7.

Toshkent farmatsevtika instituti

8.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

9.

Urganch davlat universiteti

10.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 09/19/967/4107-son; 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)