Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2015 14.08.1996 yildagi 286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOVAR BOZORLARI KON’YuNKTURASINI O‘RGANISh MARKAZINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI TOVAR BOZORLARI KON’YuNKTURASINI O‘RGANISh RESPUBLIKA MARKAZIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-maydagi 113-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish Respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish markazi tomonidan xalq iste’mol mollari va oziq-ovqatlarni, korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo, materiallar va mahsulotlarni import bo‘yicha xarid qilishda maqbul variantlarni tanlashga oid konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq vazifalarni hal etish, shuningdek ular bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish respublika markaziga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish respublika markazi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika markazining tuzilmasi va 21 nafardan iborat shtatdagi xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), shu jumladan 6 nafar xodim qo‘shimcha ravishda ajratiladi, 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tashkil etilayotgan bo‘linmalar xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Respublika markazi 1998-yil 1-yanvardan boshlab o‘z moliyaviy ta’minoti va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarning 50 foizini xo‘jalik hisobi mablag‘lari hisobidan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bir oy muddatda Respublika markazining yangi tashkil etilgan bo‘limlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 317-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi huzurida Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 23-yanvardagi 35-son qarorining 1-bandi, 3-bandining birinchi xatboshi va 6-bandining ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘. Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
14-avgustdagi 286-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish respublika markazi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish respublika markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tovar bozorlarini muntazam o‘rganish, iste’mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish, uni to‘ldirish chora-tadbirlarini belgilash, xalq iste’mol tovarlarini va oziq-ovqatlarni hamda ishlab chiqarish maqsadlaridagi xom ashyo, materiallar va mahsulotlarni import bo‘yicha xarid qilishda maqbul variantni tanlashga oid konsalting xizmatlari ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va valyuta schyotlariga, dumaloq muhrga, o‘z nomi yozilgan ish qog‘ozlari va shtampga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining qarorlari va buyruqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida — Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish respublika markazi (qisqartirilgan holda — TBKO‘M);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida — Respublikanskiy sentr po izucheniyu kon’yunkturi tovarnix rinkov (qisqartirilgan holda — SIKTR) deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz o‘z faoliyatini “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining topshiriqlari va buyurtmalari, korxonalar va tashkilotlarning iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importini ekspertiza qilish yuzasidan tavsiyanomalarga bergan buyurtmalari, shuningdek ilmiy maqsadlardagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) foydalanuvchilari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MARKAZNING VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuman respublika va hududlar bo‘yicha iste’mol bozori kon’yunkturasini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol tovarlarining ayrim turlari bozorlari kon’yunkturasini va nomenklaturasini o‘rganishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuman va tovarlarning asosiy guruhlari bo‘yicha iste’mol bozorining ahvoli to‘g‘risidagi oylik tahliliy ma’lumotnomalar va choraklik kon’yunktura sharhlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozorini aholining talabi yuqori bo‘lgan tovarlar bilan to‘ldirishga doir tavsiyalar va takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalarining va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalarning, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida marketing kon’yunktura tadqiqotlarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktlar tuzilayotganda, korxonalar, tashkilotlar va firmalar uchun xalq iste’mol mollari va oziq-ovqat, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xom ashyo, materiallar va mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, tashkilotlar va firmalarning buyurtmalari bo‘yicha iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining, xarid qilish-sotishning maqbul variantini tanlash bo‘yicha marketing va maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradi, shuningdek tarmoq va xalqaro loyihalarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shma seminarlar, simpoziumlar tashkil etadi va o‘tkazadi, shuningdek xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va alohida xorijiy fondlar va firmalar bilan birgalikda marketing va kon’yunktura sohasida tadqiqot dasturlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing va kon’yunktura tadqiqotlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, aholi bilan bozor kon’yunkturasini, talab va taklifni o‘rganish masalalari bo‘yicha savol-javob o‘tkazishni va boshqa sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Bosh hisoblash markazi va uning hududiy organlari xodimlarini, shuningdek, intervyu beruvchilar va respondentlarni shartnoma asosida jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, respublika ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun prognoz hujjatlarni, kompleks va maqsadli milliy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish sohasidagi xorijiy tajribani o‘rganadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlarini to‘ldirishni ta’minlashning muhim muammolarini hal etish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish muammolari bo‘yicha kengashlar, kurslar va maslahatlashuvlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, chet tashkilotlar va firmalarning buyurtmalari bo‘yicha tahliliy sharhlarni, shuningdek tovar bozorlari kon’yunkturasiga oid ma’lumotnomalarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllanayotgan kon’yunkturadan kelib chiqqan holda tovarlarning aniq turlarini respublikaga keltirishning maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan tahliliy ishlarni amalga oshiradi va tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘limining 2-bandi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaz vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi hamda korxonalar va tashkilotlar rahbarlari o‘rtasida tekshiruvlar va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ishi sohasi bo‘yicha zarur bo‘lgan noshirlik faoliyatini amalga oshirish, ma’lumotnomalar, kon’yunkturaviy sharhlar va boshqa zarur axborot materiallarini chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyati xususiyatidan kelib chiquvchi maslahat, axborot xizmati va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozoriga va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar bozoriga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, firmalar va tashkilotlarning investitsiya loyihalarini va biznes-rejalarini ishlab chiqish va ekspertizaga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz filiallarini, kichik va qo‘shma korxonalar, vaqtinchalik va joriy qiluvchi jamoalarni hamda Markaz faoliyatini yaxshilashga yordam beruvchi boshqa bo‘linmalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning asosiy faoliyati bilan bog‘liq muammolarni yanada chuqurroq tahlil etish uchun, asosiy vazifalarga zarar yetkazmagan holda, konkurs grantlari, chet, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar, fondlar va firmalar buyurtmalari tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozorini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar bozorini to‘ldirishga yordam beruvchi kontraktlar tuzishga shartnoma asosida ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning faoliyat sohasi bo‘yicha, shu jumladan Markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy tadqiqot markazlari va eksport qiluvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘rialoqalar bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublika korxonalari va tashkilotlaridan statistika, ilmiy va boshqa axborotlarni hamda hujjatlarni to‘sqinliksiz olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning asosiy vazifalarini bajarish bo‘yicha normal faoliyati uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar, asbob-uskunalar, nou-xau va boshqa mahsulotlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatanimizning buyurtmachilari va xorijiy sheriklar va buyurtmachilar bilan marketing va kon’yunktura tadqiqotlari o‘tkazish uchun shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va berish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ish sohasi bo‘yicha reklama faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar va konferensiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qilish, Markaz sohasi bo‘yicha o‘zaro uzviy reja va dasturlar bo‘yicha ular bilan birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon’yunktura sharhlari va ilmiy-uslubiy adabiyotlar ayirboshlash hamda boshqa o‘xshash soha tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlar tayyorlashni va stajirovkalar, shuningdek mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga jo‘natish orqali ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya jamg‘armalari va boshqa tashkilotlarning homiylik yordamini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozorining ahvoli to‘g‘risidagi kon’yunktura sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalar o‘z vaqtida tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi uchun, ham chet tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan tahliliy ishlanmalarning sifati va ilmiy darajasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha iste’mol tovarlarining aniq turlarini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbulligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiyalarning o‘z vaqtida tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozori kon’yunkturasi qisqa muddatli prognozlarining iqtisodiy asoslanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining maqbul variantlarini tanlash yuzasidan buyurtmachilar oldidagi majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MARKAZ DIREKTORINING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaz direktori “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz direktori amaldagi qonunchilikka, mazkur Nizomga, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining buyruqlari hamda qo‘mita hay’ati karorlariga asosan rahbarlikni amalga oshiradi va Markazning faoliyati uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlanmalarning yuksak ilmiy-uslubiy darajasi va sifatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozori kon’yunkturasini tahlil etish va prognoz qilish uchun Markaz mutaxassislari malaka darajasining doimiy o‘sib borishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz mutaxassislariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini, ularning vakolatlari va funksional vazifalari belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy rivojlanish, xodimlarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari hal etilishini ta’minlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz direktori quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini o‘zi ishlab chiqqan va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi hay’ati tomonidan tasdiqlangan joriy va istiqbol rejalari hamda dasturlar asosida shtatdagi va shtatda bo‘lmagan mutaxassislar kuchi bilan mustaqil ravishda belgilash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining lavozim maoshiga 70 foizgacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilash va shaxsiy ustamalarni olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz sohasiga mos bo‘lgan tashabbus va qidiruv tariqasidagi tadqiqotlar mavzuini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizdagi va xorijdagi muassasalar va tashkilotlarda Markaz manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz mulki va mablag‘larini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini ta’minlash uchun boshqa xo‘jalik masalalarini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor o‘rinbosarining va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MARKAZNING MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh MANBALARI, MOL-MULKI VA FOYDADAN FOYDALANISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaz faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari, shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun xo‘jalik hisobi faoliyatidan olingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz mulki asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek, qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, mahsulotlar sotishdan va shartnoma asosida bajariladigan ishlardan olingan daromadlar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shartnoma asosida bajarilgan ishlar uchun Markaz tomonidan olingan foyda va iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar importi bo‘yicha kontraktlar ekspertizasini amalga oshirganlik uchun olingan mablag‘lar Markaz mablag‘larini tashkil etadi. Ular asosiy fondlarni sotib olishga va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, shuningdek ijtimoiy rivojlantirishga va moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va davlat hisobotini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
14-avgustdagi 286-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish respublika markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Markaz direktori‎ — 1‎
2.‎ Direktor o‘rinbosari‎ — 1‎
3.‎

Aholining to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va kon’yunktura obzorlarini tayyorlash bo‘limi‎

— 4‎
4.‎

Oziq-ovqat tovarlari bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish va ularni import qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash bo‘limi‎

— 5‎
5.‎ Nooziq-ovqat tovarlari bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish va ularni import qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash bo‘limi‎ — 6‎
6.‎ Eksport qiluvchi mamlakatlar bozorlaridagi narxlar bo‘yicha axborot bilan ta’minlash bo‘limi‎ — 4‎
Jami‎ — 21‎
(xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari)‎