30.11.2019 yildagi PQ-4540-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4487-son “Oʻzbekiston Respublikasi bank sektorining moliyaviy barqarorligini oshirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasi faoliyatida zamonaviy umumeʼtirof etilgan korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining unitar korxona shaklidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”ni (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank) “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati shaklida (keyingi oʻrinlarda — “Milliy bank” AJ) qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi davlat nomidan “Milliy bank” AJning taʼsischisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilayotgan “Milliy bank” AJ ustav kapitali keyinchalik qonunda belgilangan tartibda oshirilgan holda 1-ilovaga muvofiq hajmda va ulushlarda shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy bank” AJ qayta tashkil etilayotgan Oʻzmilliybankning huquqlari majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Milliy bank” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kredit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi resurslar, xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sektorlarida yirik investitsion loyihalarni faol ravishda kreditlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar berish va axborot koʻmagini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga chakana bank xizmatlari koʻrsatishni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda milliy valyutadagi uzoq muddatli mablagʻlarni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-eksport moliyalashtirish biznesi mahsulotlarini rivojlantirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ mijozlarga investitsion banking, jumladan ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy bank” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda qayta tashkil etiladigan Oʻzmilliybankning qarzdor va kreditorlari majburiyatlari boʻyicha berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashining asosiy vazifalari va funksiyalarini belgilagan holda uning tarkibini “Milliy bank” AJning aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzmilliybank ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda, jumladan quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzmilliybankni qayta tashkil etishga tayyorlash boʻyicha komissiyani tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli topshirish dalolatnomasini tayyorlab, Oʻzmilliybank aktivlari va majburiyatlarini ularga nisbatan baholash amalga oshirilmagan holda xatlovdan oʻtkazishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mol-mulkning mavjud hujjatlari, litsenziya va ruxsatnomalarini qayta rasmiylashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) MCHJ “NBU INVEST GROUP” investitsiya kompaniyasi negizida moliyaviy bozorlarda, jumladan bankning daromadi chegarasida xoʻjalik subyektlari ustav fondida (100 foizgacha) ishtirok etish orqali investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirokini kengaytirishni nazarda tutgan holda “NBU INVEST GROUP” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy bank” AJning tashkiliy tuzilmasi va Ustavi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 2020 — 2023-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilishi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Milliy bank” AJ Ustavining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzmilliybankning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzmilliybankning xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi aksiyalar va ulushlar shaklidagi ayrim asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlarini 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzmilliybank va “NBU INVEST GROUP” AJning xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi aksiyalar va ulushlar shaklidagi boshqa asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash narxini 10 foizga bosqichma-bosqich kamaytirish mexanizmini qoʻllab, biroq ular bozor narxining 50 foizidan pasaytirmagan holda hamda ikki oy davomida oʻtkazilgan savdolar natijasida investorlar tomonidan qiziqish boʻlmagan taqdirda, ularning nominal qiymatidan pasaytirmagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olish toʻlovlarini birdan yoki boʻlib-boʻlib (aksiyalardan tashqari) 7 yilgacha sotib olish summasining qoldigʻi uchun foiz hisoblamasdan, shuningdek, sotib olish summasi toʻliq toʻlanmagunga qadar obyektni tasarrufdan chiqarish va uchinchi shaxslarga (tijorat banki — sotuvchi bundan mustasno) garovga (ipoteka) berish huquqisiz amalga oshirish orqali sotish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzmilliybank Kengashi ilgari zaxiralari yaratilgan hamda soʻndirish manbalari mavjud boʻlmagan balansdan tashqari aktivlarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi yigʻimlar undirilmasdan “Milliy bank” AJning aksiyalari belgilangan tartibda chiqarilishi va birlamchi chiqarilgan aksiyalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2853-son qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4540-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning ustav kapitalini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANBALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Aksionerlar nomi

Ustav kapitali
(01.11.2019-yil holatiga)

Ustav kapitalini shakllantirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar

Shakllantirilgan ustav kapitali

mlrd soʻm

foizda

mlrd soʻm

mlrd soʻm

foizda

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi*

3 885,8

89,93%

922,1

4 807,9

41,51%

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi**

435,2

10,07%

6 338,1

6 773,3

58,49%

Hammasi:

4 321,0

100%

7 260,2

11 581,2

100%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Moliya vazirligining ulushi 3 885,8 mlrd. soʻm miqdoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ulushining oʻtkazilishi hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
922,1 mlrd soʻm miqdoridagi aksiyalarga obuna boʻlish boʻyicha oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasi va depoziti “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” UK Kengashining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ulushini kapitalizatsiya qilish uchun yoʻnaltiriladi va keyinchalik Moliya vazirligining ulushi sifatida oʻtkaziladi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 2019-yil yakuni boʻyicha sof foydasi belgilangan tartibda bank ustav kapitalida aksionerlar ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ulushini shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4487-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Ulushning yakuniy summasi bitim tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar paketi (ulushlari) Oʻzmilliybankka tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xoʻjalik jamiyatining nomi

Balans narxi

(ekv. mln soʻm)

Ulush miqdori
(foiz)

1.

“Taxiatash-don” AJ

0,3

0,01

2.

“Qurilish lizing” MCHJ

290,6

5,3

3.

“Oʻzinterimpeks” AJ

524,1

4

4.

“Markazsanoateksport” AJ

550

4

5.

“Oʻzprommashimpeks” AJ

1 232,8

3,8

6.

“Oʻzmarkazimpeks” AJ

530,7

4

7.

“Oʻzmed-lizing” AJ

408,9

20

8.

“Chotqol” MCHJ

10

12,5

9.

“Elsis savdo” AJ

14,8

2,2

10.

“Agrotexservis” MCHJ

629

15

11.

“Oʻzavializing” MCHJ

10 214,1

26,5

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2019-y., 07/19/4540/4093-son)