21.11.2019 yildagi 924-son
ONLINE TRANSLATE
Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yo‘llari sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respubikasi Moliya vazirligi va Transport vazirligining yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
924-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) g‘aznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi hamda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma avtomobil yo‘llari sohasida loyihalash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni qo‘llab-quvvatlash, avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, intellektual tizimlar, texnik vositalar va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish, avtomobil yo‘llari sohasiga malakali mutaxassislarni jalb etish hamda Qo‘mita va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va tranzit o‘tishi uchun yig‘imning 25 foizi;
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) og‘ir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yo‘llar bo‘ylab yurishi uchun to‘lovning 100 foizi (qatnov yo‘lini kelishib olish va yurishga ruxsatnomani rasmiylashtirish, transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yo‘l qo‘yiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi, g‘ildirak o‘qi haqiqiy yuklamalarining yo‘l qo‘yiladigan yo‘l konstruksiyalaridan oshib ketganligi hamda transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun to‘lov);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish uchun undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan daromadlar bo‘yicha tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilgandan boshlab 2 yil davomida ular orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun undirilgan jarima summasining 10 foizi va ishga tushirilganidan 2 yil o‘tgandan so‘ng 10 foizi;
(4-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 503-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 5 foizi (maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasining 5 foizi (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasi bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qurish uchun elektron auksionlar yakunlari bo‘yicha huquq taqdim etishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek, tashqi reklamaning o‘rnatilgan obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik to‘lovlarning 60 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yig‘imlarning 60 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l1) yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘imning 90 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l2) tadbirkorlik subyektlariga tegishli o‘lchov-nazorat shoxobchalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun dastlabki 2 yil davomida undirilgan jarimalar summasidan tushgan mablag‘larning 35 foizi, ishga tushirilganidan 2 yil o‘tganidan so‘ng 45 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l3) maxsus ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xulosa ishlab chiqish xizmatlari uchun to‘lovlardan kelib tushgan mablag‘larning 50 foizi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan “l1”, “l2” va “l3” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning “z” va “i” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar Davlat budjetidan kamaytirilgan holda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘arma mablag‘lari Qo‘mita raisi yoki uning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish uchun taqdim etilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va tajriba-konstruktorlik ishlari loyihalari (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb ataladi) Qo‘mitaning tarmoq Ilmiy-texnik kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqilgan texnologiyalarni tajriba-sanoat sinovlaridan o‘tkazish, mahsulotning sinov partiyalarini chiqarishni va seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida buyurtmalar portfelini shakllantirish uchun Qo‘mita markaziy apparati tomonidan loyihalar Kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash loyihalarning ilmiy-texnik ekspertizasini o‘tkazadi va loyihani Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishga qabul qilish yoki loyihani moliyalashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat bo‘lganda, tegishli tarmoqda yetarli darajada bilim va malakaga ega bo‘lgan olimlar yoki mutaxassislar ekspert sifatida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va uning raisi imzolaydigan bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qo‘mita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari, shuningdek, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi hamda “Avtoyo‘linvest” agentligi xodimlariga qo‘shimcha haqlar, ustamalar, mukofot pullari, moddiy yordam, ijtimoiy va boshqa to‘lovlarni to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining mamlakat ichiga va undan tashqariga xizmat safari xarajatlarini to‘lash, yengil avtotransport vositalarini xarid qilish va saqlash, Qo‘mita va unga idoraviy mansub korxonalar rahbariyati uchun mobil aloqa xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek, idoraviy mansub korxonalar xodimlarining mamlakat tashqarisiga xizmat safari xarajatlarini to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofis jihozlari va mebellar, asosiy vositalar, inventarlar va tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokonferensiya tizimini o‘rnatish va saqlash, Qo‘mita va unga idoraviy mansub korxonalarda kompleks axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlarining davolanishi va tibbiy xizmat bo‘yicha xarajatlarini qisman qoplash, shuningdek, sanatoriy, dam olish maskanlari va davolanish-sog‘lomlashtirish muassasalari, pansionatlar va boshqalarga yo‘llanmalarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l xo‘jaligi sohasidagi kam ta’minlangan oilalarni va faxriylarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun konsalting va boshqa tashkilotlardan xorijiy mutaxassislarni o‘rnatilgan tartibda shartnoma asosida jalb qilish hamda mahalliy mutaxassislarni, maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish, shuningdek, Qo‘mita ekspert-tahlil guruhi faoliyatini moliyalashtirish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-qurilish faoliyati sohasidagi Davlat ilmiy dasturlari bajarilishini moliyalashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va yo‘l-qurilish materiallari hamda konstruksiyalarini ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, mehnat samaradorligini oshirish, yo‘l-qurilish faoliyatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan yo‘l-qurilish faoliyati sohasidagi normalar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish, yo‘l-qurilish faoliyati sohasida ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar) tayyorlash hamda chop etish, bu faoliyatni ilmiy-metodik va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlashni tashkil etish, yo‘l-qurilish faoliyati sohasidagi xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, tadbirlar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etish, tarmoq xodimlarining malakasi oshirilishini va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet mamlakatlarga va ta’lim muassasalariga amaliyotlarini tashkil etish, shuningdek, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish;
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ilk bor ilmiy tadqiqotlar natijalari tekshiriladigan (ishlov beriladigan) eksperimental obyektlarni loyihalashtirish va qurishni ilmiy qo‘llab-quvvatlashga sarflanadigan ilmiy tashkilotlar va loyiha tashkilotlarining qo‘shimcha xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, treninglar, ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, ilmiy, normativ, metodik, texnik, texnologik hujjatlar va boshqa ilmiy-texnik axborot manbalarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitaga idoraviy mansub korxonalar tasarrufidagi ma’muriy, ishlab chiqarish va boshqa bino hamda inshootlarni, shu jumladan, ijtimoiy obyektlarni (bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, pansionatlar, dam olish maskanlari va boshqalar) qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, ularni zarur inventar, jihozlar, aloqa, kompyuter va tashkiliy texnika bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitishning ilg‘or shakllari va usullarini, kompyuter hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitaga idoraviy mansub korxonalarni zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter va boshqa asbob-uskunalar hamda texnik vositalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
risolalar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar ishlab chiqish hamda e’lon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik xarajatlarini to‘lash va sovg‘alar xarid qilish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasiga kelgan vaqtida xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini qabul qilish va ularga hamrohlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita va unga idoraviy mansub korxonalarning, shuningdek, Qo‘mitaga idoraviy mansub korxonalar ishtirokida tashkil etiladigan qo‘shma korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning ustav fondlarini, aylanma mablag‘larini shakllantirish va to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita va unga idoraviy mansub korxonalar xodimlariga uy-joy va mahalliy ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun kreditlarni rasmiylashtirishda uy-joy va avtotransport vositalari qiymatining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda dastlabki badalni to‘lash uchun Qo‘mita tomonidan belgilanadigan tartibda foizsiz qarzlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, texnologik ishlarni o‘tkazish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarining texnik iqtisodiy asosi/texnik iqtisodiy hisobini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada zamonaviy landshaft dizayni elementlarini o‘zlashtirish, yo‘lbo‘yi infratuzilma obyektlarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘li o‘qining maydonlarida vazn o‘lchovchi statsionar nazorat postlarini joylashtirish, ularni avtotransport vositalarining gabarit parametrlari va og‘irliklarini o‘lchash uchun uskunalar bilan ta’minlash hamda maxsus avtomobillarda ko‘chma vazn o‘lchov nazorat postini tashkil etish, nazorat postlari xodimlarini saqlash, shuningdek, avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb etish;
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qo‘mita raisi stipendiyasi”ni ta’sis etish va to‘lash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitaning iqtisodiy nochor korxona va tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda qo‘shimcha bajarilgan yo‘l ishlari (moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan) natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzdorliklarini so‘ndirish maqsadida qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam berish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘armaning mablag‘lari Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlangan smetasi doirasida Qo‘mita raisining yoki uning majburiyatlarini bajaruvchi shaxsning qarori asosida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qo‘mita tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari, “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi hamda “Avtoyo‘linvest” agentligi (keyingi o‘rinlarda boshqarmalar deb ataladi) xodimlariga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita tuzilmasidagi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, ko‘priklardan foydalanish unitar korxonalari, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy korxonalari, “Do‘rmonavtoyo‘l” va “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” davlat unitar korxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda tarkibiy korxonalar deb ataladi) xodimlariga (ishlab chiqarish xodimlari bundan mustasno) joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, shuningdek, qo‘shimcha mehnat kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, jamoa shartnomasiga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarining lavozim maoshlari qonun hujjatlariga muvofiq mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning lavozim maoshi belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini Yagona tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qo‘mita va boshqarmalar xodimlari mehnatiga xaq to‘lash, mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish quyidagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjet mablag‘lari hisobiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda ikki oylik ish haqi fondi miqdoridagi mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda bir oylik ish haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan miqdor va tartibda davlat xizmatchilarining lavozim maoshiga mehnatni rag‘batlantirish mablag‘lari (rag‘batlantirish koeffitsiyenti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida shakllantiriladigan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdor va tartibda rag‘batlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning umumiy ish staji davomiyligidan kelib chiqib uzoq muddat xizmati uchun lavozim maoshiga har oylik ustamalar;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayram sanalariga mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarganlik uchun yuqori malakali xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oy va yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar yoki pul mablag‘lari bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularning sog‘ligini tiklash, ovqatlanish va transport xarajatlarini qoplash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarkibiy korxonalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar, shuningdek, mukofotlar va boshqa barcha turdagi to‘lovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita tarkibidagi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, ko‘priklardan foydalanish unitar korxonalari, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy korxonalari, “Do‘rmonavtoyo‘l” va “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari — avtomobil yo‘llarini saqlash va ko‘kalamzorlashtirish xarajatlariga ajratilgan mablag‘lar limiti doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish Direksiyasi” davlat unitar korxonasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hududiy boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari — buyurtmachilik funksiyasini bajargan ish xajmlaridan belgilangan tartibda ajratiladigan ajratmalar hisobidan korxona rahbarlari tomonidan jamoa shartnomalarida, shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilgan boshqa lokal hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni mukofotlash va xodimlarga beriladigan qo‘shimcha va ustamalar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar davlat mukofotlari, faxriy unvonlar bilan taqdirlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda rag‘batlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xodimlarni mukofotlash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalarning xodimlariga uzoq muddat xizmati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga foiz miqdorida har oyda quyidagi miqdorlarda ustamalar to‘lanadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ish staji

Ustamalar miqdorlari

(lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida)

3 yildan 5 yilgacha

100

5 yildan 10 yilgacha

150

10 yildan 15 yilgacha

200

15 yildan 25 yilgacha

250

25 yildan ortiq

300

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddat xizmat qilganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan tartib yoki jamoa shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga bayram sanalarida — Yangi yil bayrami, Xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, diniy bayramlarda (“Ro‘za hayit” (Iyd al-Fitr) va “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha) hamda kasb bayramida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan oylik lavozim maoshining rag‘batlantirish koeffitsentini hisobga olgan holda uch barobari miqdorida mukofot beriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalarning xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan yuqori malakali va tashabbuskor xodimlariga har oy yakuni bo‘yicha lavozim maoshining rag‘batlantirish koeffitsentini hisobga olgan holda 250 foizgacha ustamalar to‘lanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustamaning aniq miqdori tegishliligi bo‘yicha belgilangan tartibda Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar rahbari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga ish ko‘rsatkichlarining bajarilishiga qarab, lavozim oylik maoshining rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda har oy yakuni bo‘yicha 300 foizgacha va yil yakuni bo‘yicha besh barobari miqdorida mukofotlar beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarigacha;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt barobarigacha;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz barobarigacha bo‘lgan miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga va (yoki) ularning oila a’zolariga quyidagi holatlarda bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam beriladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim vafot etganda — bunda moddiy yordam xotiniga (eriga) to‘lab beriladi, agar xodimning xotini (eri) bo‘lmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga to‘lab beriladi, shuningdek, xodim turmush qurmagan bo‘lsa, moddiy yordam ota-onasi yoki boqimandalar o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50, 55, 60 (yubiley) yoshi munosabati bilan, pensiyaga chiqqanda, xodimning o‘zi, shuningdek uning farzandlari turmush qurganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshi vafot etganda, vafoti to‘g‘risida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida zaruratga ko‘ra (baxtsiz hodisa, falokat, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va boshqa holatlarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar xodimlariga davolanish muassasalariga, dam olish, sanatoriylar, pansionatlar, turizm bazalari va bolalarni sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida bir yilda bir martalik kompensatsiya to‘lovi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ta’minlash yuzasidan mas’uliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qo‘mita, boshqarmalar va tarkibiy korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatini normalash va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarining to‘g‘ri belgilanganligi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan qo‘shimchalar, ustamalar va mukofotlar to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi, mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanganligi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qo‘mita, xududiy boshqarmalar va tarkibiy korxonalarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritishda xolis yondashuv ta’minlanadi va ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablag‘larning 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisob raqamiga, qolgan 80 foizi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisob raqamiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy mamlakatlarning og‘ir yuk ko‘taruvchi va katta hajmli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishidan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyuldagi 584-son qarori 7-bandining “v” kichik bandi hamda 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/924/4055-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 10.01.2025-y., 09/25/901/0019-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)