ILOVA
Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | ||||
1-bosqich | Davlat boshqaruvi organlari | 1. Huquqiy monitoring o‘tkazish rejasi (keyingi o‘rinlarda — monitoring rejasi) loyihasini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish. 2. Takliflarni birinchi rahbar imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etish. | Har yili 1-fevralga qadar | |||
2-bosqich | Adliya vazirligi | 1. Monitoring rejasi loyihasini ishlab chiqish. 2. Monitoring rejasi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Har yili 20-fevralga qadar | |||
3-bosqich | Vazirlar Mahkamasi | 1. Monitoring rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasida muhokama qilish. 2. Monitoring rejasini tasdiqlash. | Har yili 20-martga qadar | |||
4-bosqich | Davlat boshqaruvi organlari | 1. Huquqiy monitoringni o‘tkazish. | Yil davomida | |||
2. Tahliliy ma’lumotlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritish | Har chorakda | |||||
5-bosqich | Adliya vazirligi | 1. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring o‘tkazilishi ahvolini tahlil qilish. 2. Tahlil natijalari bo‘yicha zarur hollarda, huquqiy monitoringni sifatli va to‘liq o‘tkazish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlariga tegishli maslahatlar berish yoxud huquqiy monitoringini o‘tkazishda qonun buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish. | Har chorakda | |||
6-bosqich | Davlat boshqaruvi organlari | Monitoring rejasiga muvofiq o‘tgan yilda ular tomonidan o‘tkazilgan huquqiy monitoring natijalari to‘g‘risida hisobotni Adliya vazirligiga taqdim etish. | Har yili 1-fevralga qadar | |||
7-bosqich | Adliya vazirligi | Huquqiy monitoring natijalari to‘g‘risidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Har yili 20-fevralga qadar | |||
8-bosqich | Vazirlar Mahkamasi | 1. Huquqiy monitoring natijalari to‘g‘risidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasida muhokama qilish hamda tasdiqlash. | Har yili 20-martga qadar | |||
2. Huquqiy monitoring natijalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash hamda huquqiy monitoring natijalari to‘g‘risidagi hisobotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish choralarini ko‘rish. | Belgilangan muddatlarda |