31.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3191
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining buyrugʻi, 31.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3191
Кучга кириш санаси
01.02.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3191]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-apreldagi 278-son “2019-yil agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, davlat inspeksiyalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati samaradorligini va maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq I. ERGASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2019-yil 14-oktabrdagi 8-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son “O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq karantin ostidagi mahsulotlarning tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan, o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini obyekti (karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm) — O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lmagan yoki cheklangan tarzda mavjud bo‘lgan, tarqalishi katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlarga qarshi kurashish obyekti hisoblangan zararli organizm;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining 2025-yil 17-iyundagi 33-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-3, 24.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2025-y., 10/25/3191-3/0542-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulot — o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar, ularning qismlari, ekish materiallari, qayta ishlash mahsuloti, boshqa mahsulot va yuklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari karantin ostidagi mahsulotni olib kirish, olib chiqish, tranzit tarzida olib o‘tish, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va sotish ishlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi hollarda karantin ostidagi mahsulotlar olib qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari va mahsulotlar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulotning tegishli hujjatlari (karantin ruxsatnomasi talab etiladigan o‘simliklar va mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, xorijiy mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi) mavjud bo‘lmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish vaqtida o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda olib qo‘yish dalolatnomasi deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qo‘yish dalolatnomasining bir nusxasi karantin ostidagi mahsulotning egasiga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) beriladi, ikkinchi nusxasi o‘simliklar karantini davlat inspektorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Olib qo‘yish dalolatnomasi tuzilayotgan vaqtning o‘zida mahsulotga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar amalga oshirilgunga qadar, o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan uni saqlab turishga doir choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Olib qo‘yish dalolatnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektoriga yozma ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan olib qo‘yilgan karantin ostidagi mahsulotdan namunalar olinadi va ular laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun tegishli laboratoriyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Karantin ostidagi mahsulotni tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan hollarda, o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan tuzilayotgan olib qo‘yish dalolatnomasida karantin ostidagi mahsulotning egasiga ikki kun muddat ichida tegishli hujjatlarni taqdim etishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Olib qo‘yilgan karantin ostidagi mahsulotni tegishli hujjatlar taqdim qilinganda va/yoki laboratoriya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud bo‘lmagan taqdirda o‘simliklar karantini davlat inspektorining ko‘rsatmasiga asosan yuk egasiga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) zudlik bilan qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Karantin ostidagi mahsulotni qaytarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Laboratoriya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra olib qo‘yilgan karantin ostidagi mahsulotda karantin obyektlari aniqlansa, o‘simliklar karantini davlat inspektorining yozma ko‘rsatmasiga asosan fitosanitar ishlov beriladi va/yoki yuk jo‘natuvchi davlatga qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hollarda karantin ostidagi mahsulot yuk egasiga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) qaytarib yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulot o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari va mahsulotlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostidagi mahsulotning tegishli hujjatlari (karantin ruxsatnomasi talab etiladigan o‘simliklar va mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, xorijiy mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi) mavjud bo‘lmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Karantin ostidagi mahsulotni qaytarib yuborish uchun o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaytarib yuborish to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarib yuborish to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi karantin ostidagi mahsulotning egasiga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) beriladi, ikkinchisi nusxa esa o‘simliklar karantini davlat inspektorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish va yuk jo‘natuvchiga qaytarib yuborishning imkoniyati mavjud bo‘lmasa ular yo‘q qilinishi (maxsus joyda yoqib yuborish yoki chuqur qazib ko‘mib tashlash yo‘li bilan) lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘simliklar karantini obyektlari mavjud bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi hamda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlariga va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hududiy organlarining va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining vakillarini jalb qilgan holda, tarkibida kamida 5 kishidan iborat komissiya tuziladi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya deb yuritiladi).
(15-band O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 43-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-4, 21.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/3191-4/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Karantin ostidagi mahsulot ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan taqdirda, ekspertiza xulosasi tegishli hududiy boshqarmaga kelib tushgan yoki olib qo‘yish dalolatnomasi tuzilgan kundan e’tiboran bir kun ichida o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan dalolatnoma va ekspertiza xulosasi (agarda mavjud bo‘lsa) ilova qilingan holda Komissiyaga yuboriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-1, 02.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3191-1/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Olib qo‘yish dalolatnomasiga va/yoki ekspertiza xulosasiga (agarda mavjud bo‘lsa) asosan Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda, karantin ostidagi mahsulotning atrof-muhit uchun zararli ekanligini hisobga olgan holda yo‘q qilish sanasi, usuli va joyini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘simliklar karantini obyektlari tarqalishi va karantin ostidagi mahsulot o‘g‘irlanishi holatlarining oldini olish maqsadida, ular o‘simliklar karantini davlat inspektorining ko‘rsatmalariga binoan maxsus joylarda plomba bosilgan holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish mahsulot egasi (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchi) ishtirokida Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hududiy boshqarma Komissiya tomonidan yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kuni ichida mahsulot egasiga (qabul qilib oluvchi) karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish sanasi, usuli va joyi haqida xabar beradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-1, 02.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3191-1/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Karantin ostidagi mahsulot yo‘q qilish jarayonidan so‘ng, Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yo‘q qilish to‘g‘risida to‘rt nusxada dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda yo‘q qilish dalolatnomasi deb ataladi) tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma Komissiya a’zolari hamda karantin ostidagi mahsulotlarning egasi (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchi) tomonidan imzolanadi va hududiy boshqarma muhri bilan tasdiqlanadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-1, 02.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3191-1/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar karantin ostidagi mahsulot yo‘q qilish joyiga mahsulot egasi (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchi) belgilangan vaqtda kelmasa, yo‘q qilish jarayoni davom ettiriladi va bu haqda yo‘q qilish dalolatnomasiga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yo‘q qilish jarayoni fotosurat yoki video yozuvga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilishda uning iste’mol xususiyatlari to‘liq yo‘q qilinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiyaning qarorlari va fotosurat (video yozuvlar) nusxalari yo‘q qilish dalolatnomasi nusxalariga ilova qilingan holda mahsulot egasiga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining hududiy organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga yuboriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 43-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-4, 21.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/3191-4/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zararlangan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni fumigatsiya, degazatsiya, refrejeratsiya qilish yoki boshqa usullarda zararsizlantirish (tozalash, qaytarib yuborish yoki boshqa manzilga jo‘natish, yo‘q qilib tashlash), yuklarni, bagajlarni, pochta jo‘natmalarini ochish yoki qadoqlash, ularni zararsizlantirish joylariga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar yukni oluvchilar yoki karantin ostidagi mahsulotni jo‘natuvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar mahsulot egasi ekspertiza xulosasi yoki Komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. QO‘CHQOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi N. ATABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish to‘g‘risida ______ son

DALOLATNOMA

“_____”_________20____ y.

‎‎________________________(rasmiylashtirish joyi)

______________________________________________________________________

(tegishli o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi)

o‘simliklar karantini davlat inspektori _____________________________________________________

(F.I.O.)

Tomonidan ________________________________________________ karantin ostidagi mahsulot olib qo‘yildi.

‎‎(nomi va miqdori)

 - import yukida
 - tovarda
 - pochta jo‘natmasida
 - qo‘l yuki, bagajda
‎‎ - boshqa ____________________________________________________________________________

Jo‘natuvchi/Yuk jo‘natuvchi: ________________________________________________________________

‎‎(F.I.O./nomi, manzili)

Qabul qiluvchi/Yukni qabul qiluvchi: ________________________________________________________

(F.I.O./nomi, manzili)

Transport turi: __________________________ transport vositasining davlat raqami: ______________

Fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi ___________________________________________________

(raqam, berilgan sanasi)

____________________________________________________________________ tomonidan berilgan.

(tashkilot, idora va boshqa muassasa nomi)

Karantin ostidagi mahsulot quyidagi hollarda olib qo‘yiladi:
 - zararlanganda;
 - olib kirish taqiqlanganda;
 - ruxsat etuvchi hujjatlar taqdim etilmaganda: ______________________________________________
Karantin ostidagi mahsulotga quyidagi choralar qo‘llaniladi:
 - yo‘q qilish;
 - qaytarib yuborish;
 - laboratoriya ekspertizasiga yuborish.
O‘simliklar karantini davlat inspekori

_________________________(imzo)

_____________________ (F.I.O.)

Karantin ostidagi mahsulot egasi (vakili)

‎‎_________________________(imzo)

_____________________ (F.I.O.)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-1, 02.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3191-1/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Karantin ostidagi mahsulotni qaytarib yuborish to‘g‘risida _____ son

DALOLATNOMA

‎‎“_____”__________20____ y.

‎‎________________________ (rasmiylashtirish joyi)

_____________________________________________________________________

(tegishli o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi)

O‘simliklar karantini davlat inspektori ____________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

Fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi ___________________________________________________

‎‎(raqam, berilgan sana)

____________________________________________________________________________tomonidan

(tashkilot, idora va boshqa muassasa nomi)

berilgan, _______________________________________________________________dan olib kirilgan

(yuboruvchining manzili, tovar-transport yukxatining raqami, transport vositasining davlat raqami)

______________________________________________________________________ manzilga boruvchi

(qabul qiluvchi, yuk qabul qiluvchining nomi)

_______________________________________________________________karantin ostidagi mahsulot

‎‎(nomi va miqdori)

O‘zbekiston Respublikasining O‘simlilkar karantini to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq quyidagi sabablarga ko‘ra yuk jo‘natuvchiga qaytariladi:

 - o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlanganda _______________________________________

‎‎(laboratoriya ekspertiza guvohnomasining sanasi va raqami)

 - olib kirish taqiqlanganda______________________________________________________________
 - ruxsat etuvchi hujjatlar taqdim etilmaganda: ______________________________________________
‎‎O‘simliklar karantini davlat inspekori

‎‎________________________ (imzo)

_____________________ (F.I.O.)

‎‎Karantin ostidagi mahsulot egasi (vakili)

‎‎________________________ (imzo) ‎‎

_____________________ (F.I.O.)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 14-fevraldagi 1-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3191-1, 02.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3191-1/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish komissiyasining

QARORI

‎‎“_____”__________20____ y. ____________________
‎‎Kun tartibidagi masala: yo‘q qilish usulini aniqlash ___________________________________________
Ishtirok etdilar:_______________________________________________________________________

(F.I.O.)

Kun tartibidagi masalani muxokama qilish:
1. Karantin ostidagi mahsulotning egasi haqida ma’lumot.
2. Laboratoriya ekspertizasining xulosasi.
3. Takliflar.
Yo‘q qilish usuli________________________________________________________________________
Yo‘q qilish sanasi va joyi_________________________________________________________________
‎‎Qaror qilindi:_________________________________________________________________________

(yo‘q qilish sanasi, joyi va usuli)

______________________________________________________________________

________________________________
‎(F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎

_______________________ (imzo)

________________________________ ‎(F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎

_______________________ (imzo) ‎‎

________________________________ ‎(F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎ ‎‎

_______________________ (imzo) ‎‎

________________________________ ‎(F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎_______________________ (imzo) ‎‎

________________________________ ‎(F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎ ‎‎

_______________________ (imzo) ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

DALOLATNOMA

Karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish to‘g‘risida ________ con

Mazkur dalolatnoma “____” _____________20_____ yilda quyidagi shaxslarning

ishtirokida ___________________________________________________________________________

(karantin ostidagi mahsulot nomi va miqdori)

karantin ostidagi mahsulot yo‘q qilindi.
Yo‘q qilish usuli________________________________________________________________________
‎‎Yo‘q qilish sanasi va joyi________________________________________________________________
Yo‘q qilishda ishtirok etdilar:

______________________________ (F.I.O. ish joyi, lavozimi)

‎‎______________________ (imzo)

______________________________ (F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎

‎‎______________________ (imzo) ‎‎

______________________________ (F.I.O. ish joyi, lavozimi)

‎‎______________________ (imzo) ‎‎

______________________________ (F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎

‎‎‎‎______________________ (imzo)

______________________________ (F.I.O. ish joyi, lavozimi) ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎‎‎______________________ (imzo)

‎‎___________________________(mahsulotning egasi F.I.O.)

‎‎‎‎‎‎______________________ (imzo)

‎‎* ____________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: mahsulot yo‘q qilish joyiga belgilangan vaqtda mahsulot egasi (yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchi yoki uning vakili) kelmagan taqdirda, yo‘q qilish jarayoni davom ettiriladi va bu haqida karantin ostidagi mahsulotni yo‘q qilish dalolatnomasiga qayd etiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/3191/3985-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 02.03.2022-y., 10/22/3191-1/0177-son; 24.11.2023-y., 10/23/3191-2/0885-son; 25.06.2025-y., 10/25/3191-3/0542-son; 21.01.2026-y., 10/26/3191-4/0065-son)