31.10.2019 yildagi PQ-4502-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish, aholi murojaatlarini koʻrib chiqish jarayonlarining shaffofligi va optimallashuvini taʼminlash, faol tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, shuningdek, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan davlat xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot yutuqlarining imkoniyatlari toʻla roʻyobga chiqarilmayotgan qator sohalar saqlanib qolmoqda. Xususan, ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari yetarli darajada faol qoʻllanilmayapti. Hozirga qadar tashkilotlarda kadrlar boʻyicha ish yuritish asosan qogʻoz shaklida amalga oshirilmoqda, bu esa xodimning, ayniqsa, pensiya taʼminoti huquqlarini rasmiylashtirishda mehnat staji aniq hisoblanishini murakkablashtiradi, shuningdek, aholi bandligi haqidagi maʼlumotlarning notoʻgʻri koʻrsatilishiga sharoit yaratadi va maʼmuriy boshqaruv xarajatlarini koʻpaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish va ularning mehnat stajini hisoblash mexanizmini takomillashtirish, ijtimoiy-mehnat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 1-yanvardan quyidagilarni taʼminlovchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillarini elektron roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarning tuzilmasi (shtatlar jadvali), shu jumladan mavjud va yaratiladigan ish oʻrinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning mehnat stajini hisoblash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash koʻrinishidagi daromadlariga hisoblangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasi hisobiga toʻlovlar haqidagi axborotga asoslangan elektron mehnat daftarchasida jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori koʻrsatkichlari holati va dinamikasi toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat maʼlumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar hamda ishchilarning son va sifat tarkibi, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qoʻyiladigan malakaviy va boshqa talablar toʻgʻrisida avtomatik tarzda toʻplanadigan xolis, shaffof va dolzarb maʼlumotlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlarga ular oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishi uchun “YAMMT” IDAKdan zaruriy maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat resurslarining, xususan, mehnat resurslari toifalari, ishga layoqatli, iqtisodiy faol va nofaol aholi qatlamlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlari asosida pensiya yoshidagi ishlayotgan shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida har kuni yangilanadigan balansini shakllantirish;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasi, ishga joylashtirish dasturlari boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek, ish oʻrinlarining attestatsiyasi, Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga tegishli maʼlumotlarning (axborotlarning) toʻliq kiritilishini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish, tashkiliy tartibdagi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi kelishuvga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe tomonidan xorijda ishga joylashtirilgan fuqarolar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish, shuningdek, ishga joylashtirilayotgan mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va yashash-turmush taʼminoti, chet ellik ish beruvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarining huquqiy jihatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida onlayn tartibda maʼlumotlar taqdim etish imkoniyati;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorining, hududlar, jins va yosh omillari, sohalar va mutaxassisliklar kesimida ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifning rivojlanish tendensiyalari prognozini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga pullik xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot resurslari bilan integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi boʻyicha yuklatilgan funksiyalarni toʻla hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish.
(1-bandning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “YAMMT” IDAK uchun real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladigan almashuv maʼlumotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “YAMMT” IDAKda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etiladi. Bunda 2020-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020-yil 1-sentabrdan kechiktirmasdan “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Mehnat shartnomalarini “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab, roʻyxatdan oʻtkaziladigan mehnat shartnomalaridagi maʼlumotlar asosida “YAMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “YAMMT” IDAKning balansda saqlovchisi hisoblanadi;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul hisoblanadi. “YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, kuzatib borish, taʼminlash va takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi) hisobidan amalga oshiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ish beruvchilar “YAMMT” IDAK orqali qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xodimning mehnat staji, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq pensiya tayinlashda xodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan soʻng — “YAMMT” IDAKda mavjud maʼlumotlar asosida (qonun hujjatlarida belgilangan alohida hollardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvarga qadar — “YAMMT” IDAK joriy qilingungacha oʻrnatilgan tartibda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YAMMT” IDAK) joriy qilish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo ishchi guruhi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, joriy qilish, foydalanish va rivojlantirish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini hamda uning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKni rivojlantirish va takomillashtirish, mehnat munosabatlari subyektlarining axborot ehtiyojlarini qondirish maqsadida “YAMMT” IDAK orqali koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni elektron shaklga yanada kengroq oʻtkazish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “YAMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish shartlari vazirlik tomonidan ajratilgan mablagʻlar va boshqa manbalar doirasida Direksiya tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Direksiya zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomalarining oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini monitoring qilish, mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishda ish beruvchilar va xodimlarga texnik yordam koʻrsatish, shu jumladan tegishli maʼlumotlarni kiritish va olish uchun zarur apparat vositalarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKni qoʻllash, elektron mehnat daftarchasini shakllantirish va joriy qilish, xodimning mehnat staji toʻgʻri hisoblanishini taʼminlash jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha ish beruvchilarga texnik va axborot koʻmagini taqdim qilish, shuningdek, “YAMMT” IDAK foydalanuvchisi hisoblangan fuqarolarga axborot koʻmagini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi axborot tizimlari bilan “YAMMT” IDAK maʼlumotlarini almashish masalalari boʻyicha idoralararo hamkorlikni tashkillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKdan samarali va ishonchli foydalanish, tegishli axborot dasturlarini ishlab chiqish, texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish, shuningdek, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish, ish beruvchilar va xodimlar shaxsiy maʼlumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilayotgan mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibini tushuntirib beruvchi, “YAMMT” IDAKni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari haqida materiallar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida chop etish, teleradiokanallarda maxsus telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasining xarajatlar smetasida “YAMMT” IDAKni taʼminlash, rivojlantirish, takomillashtirish, samarali ishlab turishi va axborot xavfsizligini taʼminlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKning ishlab chiqilayotgan Davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimi bilan integratsiyalashtirishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKni soliq xizmati organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirish orqali xodimlarning mehnat faoliyati toʻgʻrisida “YAMMT” IDAKda aks etuvchi maʼlumotlarning hisoblangan ish haqini shaxsiy hisobga olish markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlari bilan toʻgʻri kelishini talabnoma asosida tekshirishni (verifikatsiyalashni) doimiy asosda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va respublikadagi oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlar, ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasasidan olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida guvohnomalar berilgan jismoniy shaxslarning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va uni “YAMMT” IDAK bilan integratsiyalashtirishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi tayyorlangan, taqsimlangan, buzilgan va berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlar, ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasasidan olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqida guvohnomalar blanklari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligiga muntazam ravishda kiritib boradi, diplom olgan jismoniy shaxsga berilgan blank uning shaxsiy identifikatsiya raqamiga biriktirib qoʻyiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qoʻyilsinki, mehnat shartnomalarini, amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlarni, ularning tugatilishini “YAMMT” IDAKda oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, elektron mehnat daftarchasini shakllantirish uchun masʼuliyat ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining jismoniy shaxslarga ixtiyoriy ravishda oʻtgan davrdagi ishga joylashganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mustaqil tarzda “YAMMT” IDAKga kiritish huquqini berish, bunda jismoniy shaxslar ixtiyoriy ravishda kiritgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi organlari tomonidan majburiy verifikatsiyalanishini (tasdiqlanishini) nazarda tutish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish beruvchilar va jismoniy shaxslarni toʻliq qamrab olgan holda “YAMMT” IDAKni joriy etishni samarali muvofiqlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati Mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boshqarmasi boshqaruv xodimlarining shtatlari soni 16 nafarga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 84 nafardan iborat boʻlgan mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boʻlimlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, yuqorida koʻrsatilgan umumiy soni 100 nafardan iborat boshqaruv xodimlari shtatlari tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridagi kasbiy qayta oʻqitishni tashkil etish shuʼbasi mutaxassislari lavozimini 0,5 stavkaga qisqartirish hisobiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining ishlab chiqilayotgan yangi tahriri loyihasida mazkur qarorda keltirilgan meʼyorlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Direksiyaning taʼsis hujjatlari va tuzilmasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Direksiyani, shu jumladan, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va chet eldagi yetakchi taʼlim muassasalarini tamomlagan respublikamiz fuqarolari orasidan bilim va koʻnikmaga ega professional mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan kelishilgan holda, Direksiya tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish va xodimlarning cheklangan umumiy sonini belgilash, shu jumladan zarur hollarda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya va Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni hamda “Call-markaz” faoliyatini tashkil etishni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida moliyalashtirish;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozoridagi haqiqiy holatni hisobga olgan holda Mehnat organlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga shartnoma asosida tor doiradagi mutaxassislarni Direksiyada ishlash uchun jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda mazkur qaror talablarini hisobga olgan holda “YAMMT” IDAKni joriy qilish va uning keyinchalik samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “YAMMT” IDAK tizimida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazmaganlik va elektron mehnat daftarchasiga maʼlumotlar kiritmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKdan foydalangan holda mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va mehnat stajining hisobini elektron shaklda yuritish tartibi va joriy qilinayotgan mexanizmlarning afzalliklarini aholi va ish beruvchilar oʻrtasida muntazam ravishda va har tomonlama yoritishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4502-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAK uchun real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladigan almashuv maʼlumotlari*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumotlar nomi

Maʼlumot oluvchi idora

Maʼlumot/baza taqdim etuvchi idora

Maʼlumot taqdim etish shartlari

1.

Soliq toʻlovchi jismoniy shaxs haqidagi maʼlumotlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

JSHSHIR** boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

Soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning shaxsiy raqami.

Jismoniy shaxsga ish beruvchi — tashkilot STIR.

Sugʻurta badali, daromad soligʻi toʻlangan va ish haqi yozilgan tashkilot STIR.

Sugʻurta badali, daromad soligʻi toʻlangan va ish haqi yozilgan sana.

2.

Patent raqami.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi

JSHSHIR boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

Patent boʻyicha faoliyat turi.

3.

Yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi

YUSH STIR*** boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

Yuridik shaxsning STIR.

Yuridik shaxsning nomlanishi.

Yuridik shaxs nomlanishining qisqartmasi.

Yuridik shaxs maqomi.

Davlat roʻyxatidan oʻtgan manzili.

Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi.

Yuridik shaxs tugatilgan sana.

Yuridik shaxsning mulkchilik shakli.

Yuridik shaxsning mulkchilik turi.

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli.

Yuridik shaxsning MHOBT kodi.

Yuridik shaxsning KTAK kodi.

Yuridik shaxsning IFUT raqami.

Yuridik shaxs boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi.

Yuridik shaxs boshligʻining STIR.

Yuridik shaxs boshligʻining JSHSHIR.

Yuridik shaxsning haqiqatda joylashgan joy manzili.

4.

Jismoniy shaxs haqida maʼlumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi

JSHSHIR boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali, pasport seriyasi va raqami

Familiyasi, ismi, otasining ismi.

Jinsi.

Tugʻilgan yili.

Tugʻilgan joyi.

Fuqaro pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilgan sana.

Fuqaro pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini bergan organ nomi.

5.

Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badallar toʻlangan tashkilot STIR.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

“Xalq banki” ATB

JSHSHIR va STIR****
boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badallar toʻlangan sanalar.

Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqami.

6.

Shaxsning nogironligi va nogironlik guruhi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

JSHSHIR boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

7.

Xodimning elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

JSHSHIR boʻyicha avtomatlashtirilgan soʻrov orqali

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasiga kirish imkoniyati dasturiy kompleks ishiga va maʼlumotlar bazasi tuzilmasiga aralashish huquqisiz taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** JSHSHIR — jismoniy shaxsning pasporti boʻyicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** YUSH STIR — roʻyxatdan oʻtish joyi boʻyicha soliq xizmati organlari tomonidan yuridik shaxsga beriladigan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** STIR — jismoniy shaxsga yashash joyi boʻyicha soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YAMMT” IDAK) joriy qilish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Idoralararo ishchi guruhi rahbari

2.

M.P. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti rahbarining oʻrinbosari, Idoralararo ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

N.B. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Idoralararo ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

4.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

5.

B.A. Begalov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

6.

E.M. Muhitdinov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

O.M. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

B.Sh. Usmonov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari

9.

U.Sh. Begimqulov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari

10.

A.E. Fayziboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

11.

A.Ya. Haydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

12.

B.B. Ashrafxanov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori

13.

D.S. Maqsudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari

14.

N.S. Toʻraxoʻjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori

15.

A.K. Inakov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori

16.

A.T. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi

17.

X.A. Ketmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

18.

F.I. Salomov

Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

19.

A.A. Elmuradov

“Mehnat.uz” axborot-kompyuter markazi” MCHJ direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Idoralararo ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur hollarda Idoralararo ishchi guruhi ishiga tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari jalb etiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 07/19/4502/3977-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)