24.10.2019 yildagi 892-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi oʻrtasida onkologik kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, respublikada birlamchi tekshirishning ajralmas qismi sifatida nuklear (yadroviy) tibbiyotni rivojlantirish orqali onkologik kasalliklarga tashhis qoʻyish hamda ularni davolashning ilgʻor usullarini joriy qilish, onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarida va ixtisoslashtirilgan ravishda davolab boʻlmaydigan, oʻtkazib yuborilgan shakllarida bemorlarga malakali tibbiy va psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Konsepsiyani amalga oshirish doirasida asosiy yoʻnalishlar va vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni yoʻnaltirilgan tarzda rivojlantirish — onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarga tashhis qoʻyish, ularni davolash va holatini nazorat qilishning yuqori texnologik ilgʻor usullarini, shu jumladan radiofarmpreparatlardan foydalangan holda radioterapiya, radioxirrurgiya hamda radiodiagnostikani amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tekshirish bosqichida va kasallikning qaytalanish yoki metastazlanish xavflarini erta aniqlash, davolash samaradorligini baholash uchun monitoring jarayonida xavfli oʻsma paydo boʻlgan bemorlarni tekshirish sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlarga tashhis qoʻyish, ularni davolash va kuzatish usullarini takomillashtirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning nogiron boʻlib qolish va vafot etish koʻrsatkichlarini pasaytirish orqali yangi paydo boʻlgan xavfli oʻsma aniqlangan bemorlar hayotining davomiyligi hamda sifatini oshirishni taʼminlashga qaratilgan kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filiallarining mavjud quvvatlari doirasida 20 tacha oʻringa moʻljallangan palliativ tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarni optimallashtirish davomida tugatiladigan tibbiyot muassasalari yoki boʻlinmalari negizida 50 tadan oʻringa moʻljallangan toʻrtta hududlararo xospis tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi hududlararo xospisni respublikadagi hududlararo xospislarga yordam koʻrsatuvchi uslubiy markaz etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududlararo xospislar onkologik va yuqumli boʻlmagan boshqa kasalliklarning oʻtkazib yuborilgan bosqichini boshidan kechirayotgan bemorlarni statsionar hamda ambulatoriya sharoitida, shuningdek, uyda tibbiy davolash imkoniyati boʻlmaganda, ularga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatadigan mustaqil tibbiyot muassasalari sifatida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) palliativ tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimlarining oʻrinlar fondi tegishli hududdagi tibbiyot tashkilotlarining umumiy budjet oʻrinlar fondi doirasida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hududlararo xospislar va palliativ tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlashtirish-uslubiy ishlarni hamda onkologik kasalliklarning oldini olish va skrining tekshiruvlar oʻtkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar haqida axborot bazasini shakllantirish, epidemiologik vaziyatni monitoring qilish boʻyicha samarali dasturlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlarni tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, fundamental, eksperimental va klinik onkologiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fargʻona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ikki oy muddatda hududlararo xospislar tashkil etilishini, ularning binolari joriy taʼmirlanishini va zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻsma paydo boʻlishidan oldingi va oʻsma bilan bogʻliq kasalliklarni aniqlash maqsadida sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarini ilgʻor tibbiyot uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash orqali ularda sut bezi va bachadon boʻynini skrining tekshirishlarni tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida hamda xususiy klinikalarda onkologik bemorlarga yordam koʻrsatish boʻyicha call-markazlar va bunday bemorlar bilan doimiy aloqani taʼminlash uchun veb-saytlar tashkil etsin, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, sayyohlik tashkilotlari va reklama agentliklari internet-resurslarida axborot joylashtirgan holda, aholini call-markazlar tomonidan mamlakatda va xorijda koʻrsatiladigan xizmatlardan xabardor qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda respublikada davlat-xususiy sheriklik asosida universitet klinikasini tashkil qilish masalasida tibbiyot markazlari hamda taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysin va keyinchalik Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz hamda Fargʻona shaharlarida onkologik klinikalar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda nuklear tibbiyot sohasidagi yuqori texnologik ilgʻor usullardan foydalangan holda, onkologik kasalliklarga tashhis qoʻyish va ularni davolash standartlari qayta koʻrib chiqilishini, ularning keyinchalik mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimidagi klinika amaliyoti va taʼlim jarayoniga joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda hududlararo xospislar toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va ularning tuzilmasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda hududlararo xospislar va palliativ yordam koʻrsatish boʻlimlari xodimlarining namunaviy shtat normativlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2020-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oliy tibbiyot taʼlim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining onkologiya kafedralari bazasida onkolog shifokorlarning malakasi oshirishni hamda magistrlar va klinik ordinatorlar uchun palliativ yordam koʻrsatish oʻquv kurslarini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2020-yil 1-maygacha boʻlgan muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xayriya mablagʻlarini, jumladan, zamonaviy elektron toʻlov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakatni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun har yili zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsadlari va vazifalarini, shuningdek, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Konsepsiyaning amalga oshirilishini yoritish boʻyicha maqolalar hamda mavzuga oid materiallar joylashtirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
892-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-oktabrdagi 892-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbai

Ijrochilar

I. Onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga onkologik xizmat hamda tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish normativ bazasini takomillashtirish

1.

Ushbu sohada halqaro amaliyotdan kelib chiqqan xolda, onkologik kasalliklar bilan ogʻrigan, uning kechki bosqichlarini va oʻtkazib yuborilgan turlarini boshidan kechirayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha klinik bayonnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2019-yilning IV choragi

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov)

2.

Onkologik bemorlarga narkotik va psixotrop vositalarni buyurish tartibini qayta koʻrib chiqish.

Narkotik analgetiklarning noinyeksion shakllarni roʻyxatga olish va amaliyotga tatbiq etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yilning III choragi

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov)

II. Onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatuvchi muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

3.

Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahrida hududlararo xospislar tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Xokimlar qarori va Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi Tashkiliy tadbirlar

2019-yilning IV choragi

-

Mahalliy budjet mablagʻlari

Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari, Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

Onkologik kasalliklarning oʻtkazib yuborilgan turlari bilan ogʻrigan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun xospislarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash.

2019 — 2021-yilninglar

7 300,0 mln soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

4.

Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahridagi 4 ta hududlararo xospis binosini taʼmirlash (qurish).

Tashkiliy tadbirlar

2019-yilning IV choragi

-

Mahalliy budjet mablagʻlari

Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari

5.

Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shaxridagi 4 ta hududlararo xospisni zarur uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yilning IV choragi

2 170,8 mln soʻm

Mahalliy budjet mablagʻlari

Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari

III. Onkologik kasalliklarning oldini olish va ularga erta tashhis qoʻyish chora-tadbirlarini takomillashtirish

6.

Quyidagi yoʻllar orqali sut bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha skrining dasturini tatbiq etish:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini tomosintez funksiyasiga ega mobil (13) va statsionar (13) raqamli mammograflar bilan jihozlash. Tumanlararo mammografik skrining tekshirish xonalarini tashkil qilish maqsadida Toshkent shahri Yakkasaroy, Chilonzor va Yunusobod tumanlari tibbiyot birlashmalarini tomosintez funksiyasiga ega statsionar raqamli mammograflar bilan jihozlash;

Tashkiliy tadbirlar:

2019 — 2025-yillar

loyihaning texnik-iqtisodiy hisobini (TIH) tayyorlash, kelishish va tasdiqlash

2020-yilning IV choragi

13 mln. AQSh dollari

ITB va boshqa XMI mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo �azirligi (Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

qarz kelishuvini imzolash

2021-yilning III choragi

Xalqaro maslahatchini tanlash

2021-yilning IV choragi

tender hujjatlarini tayyorlash va kelishish

2022-yilning II choragi

uskunalarni sotib olish va yetkazish

2023 — 2025-yillar

skrining oʻtkazish uchun tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan taʼminlash;

-

2020 — 2022-yillar

(tasdiqlangan reja-jdvalga asosan)

200 mln soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

mammografik skriningni boshqarishning axborot tizimini yaratish;

-

2022-yil

(tasdiqlangan reja-jadvalga asosan)

100 mln soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

uzluksiz faoliyatni taʼminlash maqsadida sogʻliqni saqlash muassasalarining mavjud shtatlari doirasida yangi shtat birliklarini joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2019-yilning IV choragi

-

-

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va Toshkent shahar Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi bazasida ularni odam papillomasi virusiga tekshiradigan (OPV-tekshirish) zarur uskunalar bilan jihozlagan holda bachadon boʻyni saratonini erta aniqlash boʻyicha skrining dasturini tatbiq etish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2020 — 2024-yillar (tasdiqlangan reja-jadvalga asosan)

2,0 mln. AQSh dollari

Xalqaro donorlar grantlari va boshqa manbalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Onkologik kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish

8.

Onkologik muassasalarni oʻsmaga qarshi sifatli preparatlar, shu jumladan target va koʻmaklashuvchi davo preparatlari bilan tizimli taʼminlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Xar yili 5,5 mln. AQSh dollari ekvivalentida

(44 mlrd soʻm)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

9.

Respublikada davlat-xususiy sheriklik asosida universitet klinikasini va keyinchalik Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Fargʻona shaharlarida onkologik klinikalarni tashkil etish boʻyicha xalqaro hamkorlikni, jumladan, Koreya Respublikasi tibbiy markazlari va oʻquv muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2025-yillar

-

Investorlar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Xoljigitov), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarida hamda xususiy klinikalarda onkologik bemorlarga yordam koʻrsatish boʻyicha call-markazlar va bunday bemorlar bilan doimiy aloqani taʼminlash uchun veb-saytlar tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, sayyohlik tashkilotlari va reklama agentliklari internet-resurslarida axborot joylashtirgan holda, aholini call-markazlar tomonidan mamlakatda va xorijda koʻrsatiladigan xizmatlardan xabardor qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yilning III choragi

-

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Akkulov)

11.

Onkologik bemorlarga yuqori malakali yordam koʻrsatish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, rekonstruktiv va reabilitatsiya jarrohlik boʻlimlarini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yilning I choragi

-

Ijrochilar va investorlarning shaxsiy mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

V. Onkologik xizmatning va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

12.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, Andijon davlat tibbiyot institutida va Samarqand davlat tibbiyot institutida sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida ishlash uchun asosiy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan (davolash va pediatriya ishi) 10 nafar vrach uchun har yili onkologiya boʻyicha maqsadli kurslarni;

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2020-2021-yillar

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)



har yili

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunasida ishlash uchun davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining “Fizika” yoʻnalishi boʻyicha 5 nafar bitiruvchisini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

har yili

13.

Oliy tibbiy taʼlim muassasalarining onkologiya va radiologiya kafedralari qoshida “Onkologiya” yoʻnalishi boʻyicha magistr va klinik ordinatorlar uchun palliativ yordam koʻrsatishni oʻrgatish kurslarini va onkolog-shifokorlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Magistratura va klinik ordinatura oʻquv dasturlariga palliativ tibbiy yordam boʻyicha soatlar kiritish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2020/2021 oʻquv yilidan

-

Oʻzbekiston Res�ublikasi Davlat budjetining har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)

14.

Palliativ tibbiyot va tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish sohasida har yili 5 nafar mutaxassisni yetakchi xorijiy tibbiyot tashkilotlariga yuborish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, grant mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

15.

Palliativ tibbiyot va tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Tashkiliy tadbirlar

muntazam

-

Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, grant va xayriya mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

16.

Hududlararo xospislar va palliativ tibbiy yordam boʻlimlari mutaxassislari uchun yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida palliativ tibbiy va tibbiy-psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulot va seminarlar oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

-

Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, grant va xayriya mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

17.

Yetakchi mahalliy va xorijiy onkolog va radiologlarni jalb qilgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallarida onkologiya kafedralarini joylashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-2020-yillar

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tishqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

18.

Xayriya mablagʻlarini, jumladan, zamonaviy elektron toʻlov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakatni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yilning IV choragi

-

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Adliya vazirligi (Davletov), “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

19.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “2-son Zangiota” maxsus shifoxonasida 20 oʻrinli bolalar xospis boʻlimini 2022-yil 1-avgustdan boshlab tashkil qilish. Bolalar xospis boʻlimi faoliyatini amalga oshirishda “Ezgu Amal” jamoatchilik fondi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2022-yil 1-avgust

-

Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Ezgu Amal” jamoat fondi

Chora-tadbirlar dasturi tadbirlarini amalga oshirish uchun jami xarajatlar:

10 170,8 mln soʻm va 31,5 mln AQSh dollari ekvivalentida

ulardan:

mln soʻmda

mln AQSh dollarida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

10 070,8

16,5

shundan mahalliy budjet mablagʻlari

2 170,8

ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

100,0

XMI, xalqaro donor mamlakatlar kreditlari va grantlari

15,0

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-oktabrdagi 892-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda xavfli oʻsma bilan zararlanish oqibatida kasallanish dunyo miqyosida muttasil koʻpayib bormoqda. Har yili dunyoda xavfli oʻsma kasalliklari bilan kasallangan 13 million nafar bemor roʻyxatga olinmoqda, 8 milliondan ortiq insonlar ushbu kasallikdan vafot etmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining prognozlariga koʻra, 2020-yilga borib xavfli oʻsma kasalliklari bilan kasallangan bemorlar soni 16 millionga yetadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kasallik asosan erta bosqichlarda aniqlanishi va shu tufayli onkologik bemorlarning 5 yillik yashash koʻrsatkichlari barqaror yuqori boʻlishi kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onkologik kasalliklar bilan kurashni tashkil etishning oʻziga xosligi kompleks yondashuvni, muammo koʻlamini tushunishni va uni hal qilishga tayyorlikni talab qiladi. Buni faqat davlat darajasida — xavfli oʻsmaga qarshi kurashish boʻyicha umumilliy dasturlarni amalga oshirish doirasida xorijiy tajribani tatbiq etib, sogʻliqni saqlash tizimining davlat va xususiy tarkibiy qismini, ilmiy va jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining aniq maqsadga qaratilgan muvofiqlashtirilgan harakatlari orqali amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra 96 575 nafar bemor dispanser nazratiga olingan boʻlib, shundan 2018-yilda 23 296 nafar bemorga yangi paydo boʻlgan xavfli oʻsma birinchi marta aniqlangan. Kasallanishning intensiv koʻrsatkichi (100 ming aholiga nisbatan) respublikada 71,0 ni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra onkologik kasalliklar tarkibida — har 100 ming aholiga birinchi oʻrinda sut bezi saratoni 10,2 ta, ikkinchi oʻrinda oshqozon saratoni — 5,7 ta, uchinchi oʻrinda bachadon boʻyni saratoni — 5,0 ta, toʻrtinchi oʻrinda oʻpka saratoni — 4,3 ta va beshinchi oʻrinda xavfli limfomalar turadi — 4,1 tani tashkil etadi. Alohida tashvishli holatlardan sut bezi va bachadon boʻyni, ovqat hazm qilish aʼzolari saratoni va gemablastozlar bilan kasallanish ortib borayotganidir. Onkologik kasalliklar tufayli oʻlim koʻrsatkichi ortib borayotgani ham qayd etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda respublikada onkologik kasalliklardan oʻlim yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan (63,8 foiz) keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi va 9,6 foizni tashkil etadi. Har yili xavfli oʻsmalardan qariyb 12 000 nafar bemor hayotdan koʻz yummoqda, ularning 66,6 foizini mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar tashkil qiladi. 2018-yilda xavfli oʻsmalar oqibatida intensiv oʻlim koʻrsatkichi (100 ming aholiga) 41,1 tani tashkil etdi (2010-yilda — 34,5). Onkologik bemorlar oʻlimining asosiy sabablari sifatida oʻpka, qiziloʻngach, oshqozon, jigar, sut bezi va ayollar jinsiy aʼzolari saratoni qayd etildi. 2018-yilda respublikada onkologik kasalliklar tufayli oʻlim holatlarining yillik koʻrsatkichi 20,9 foizni tashkil qildi (2010-yilda — 19,6 %).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada Saratonni oʻrganish xalqaro agentligi tomonidan tavsiya etilgan davolash taktikasining barcha 5 ta yoʻnalishi joriy etilgan. Oʻzbekistonda 2018-yilda 20 000 dan ortiq onkojarrohlik operatsiyalari, 100 000 dan ortiq kimyoterapiya kurlari va 16 000 nafar bemorda radioterapiyaga real ehtiyoj mavjud boʻlgan holda atigi 6 000 taga yaqin nur terapiyasi oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi 2 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish dasturi amalga oshirilishi natijasida kasallikning I-II bosqichlarida erta aniqlanishi biroz koʻpaygani kuzatilmoqda. 2018-yilda bemorlarni I-II bosqichlarda erta aniqlash 45 foizdan ortiqni tashkil etdi (2010-yilda — 42,1 foiz). Biroq hali ham kasallikning kech III-IV bosqichlaridagi bemorlar soni koʻpchilikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2018-yilda 39,4 foizni tashkil etdi (2010-yilda — 43,4 foiz) va 5 yillik yashash koʻrsatkichlarida aks etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan onkologik yordam koʻrsatish tizimi faoliyati natijalarining tahlili zudlik bilan hal etishni talab qiladigan qator muammolar mavjudligini koʻrsatdi. Yuqori texnologik onkologik yordamga, xavfli oʻsmalarga erta tashhis qoʻyishning zamonaviy usullarini tatbiq etishga, saratonga qarshi kurashishning ilmiy asoslangan innovatsion usullarini ishlab chiqishga talab yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, onkologiya sohasida baʼzi yuqori texnologik davolash usullariga boʻlgan ehtiyojning qondirilishi hozirgi kunda taxminan 30 foizni tashkil etadi, tegishli ixtisoslashgan uskunaning yoki tayyorgarlik koʻrgan mutaxassislarning yoʻqligi sababli tashhis qoʻyish va davolashning eng ayrim murakkab usullari respublikada oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada onkologik jarayonlarda tashhis qoʻyish va davolashning radiologik usullari hanuzgacha yetarli darajada keng qoʻllanilmaydi. Shuning uchun bemorlar yuqori texnologik uskunadan, shu jumladan radioterapiya, radioxirurgiya va radiodiagnostikadan foydalaniladigan yuqori malakali tibbiy yordam olish maqsadida xorijiy davlatlarga chiqishga majbur boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konsepsiyaning asosiy maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirishning dastlabki bosqichida asosiy maqsad onkologik bemorlarga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik, radiologik yordam koʻrsatuvchi Oʻzbekiston nuklear tibbiyot va nur terapiya markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) barpo etish va faoliyatini tashkil etishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiofarmpreparatlar va radioterapiyaning zamonaviy usullarini qoʻllagan holda, onkologik bemorlarga tashhis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy ilmiy asoslangan yuqori texnologik usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi oʻsma oʻchogʻini, tananing turli qismida metastazlarni aniqlash, xavfli va boshqa patologik jarayonlarga differensial tashhis qoʻyish orqali xavfli oʻsmalarga tashhis qoʻyish va ularni davolash samaradorligini oshirish hamda natijalarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologik bemorlarni davolash taktikasini maqbul ravishda aniqlab olish va kompleks kombinatsiyalangan terapiya natijalarini prognozlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bu 39 — 60 foiz holatda tashhisni va kasallik bosqichini qayta koʻrib chiqish olib keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erta aniqlashni koʻpaytirish, onkologik kasalliklaridan nogironlik va oʻlim holatlarini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fuqarolarining xorijiy klinika va markazlarga murojaatlari sonini kamaytirish, shuningdek, nuklear tibbiyot va radioterapiya boʻyicha ixtisoslashgan tibbiy yordam olish uchun tibbiy turizm yoʻnalishi boʻyicha norezidentlarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Konsepsiyaning amalda roʻyobga chiqarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etiladi. Markaz siklotron, zaryadlangan zarrachali tezlatgich, gamma-tigʻ, zamonaviy pozitron-emission tomograf (keyingi oʻrinlarda PET deb ataladi), bir fotonli emission kompyuter tomograf (keyingi oʻrinlarda BFEKT deb ataladi), braxiterapiya, magnit rezonans tomografiya uskunalari (keyingi oʻrinlarda MRT deb ataladi), turli laboratoriyalar, statsionar davolash uchun radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan klinikaga ega boʻlishi nazarda tutilmoqda. Yuqori unum bilan ishlaydigan zamonaviy siklotronda Markaz va respublikaning boshqa tibbiyot muassasalari ehtiyojlarini qondirish uchun diagnostik va terapevtik radiofarmpreparatlar ishlab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BFEKT va PET-diagnostikada qoʻllaniladigan barcha radiofarmpreparatlar ionlashtiruvchi nurlanishning ochiq manbalariga kiradi. Ulardan foydalanish shartlari sanitariya-gigiyena normalari va radiatsion xavfsizlik qoidalariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioterapevtik uskunalarda ionlashtiruvchi nurlanishning yopiq manbalari qoʻllaniladi, bu esa ulardan foydalanishda radiatsion xavfsizlik normalari va qoidalariga amal qilishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiofarmpreparatlar, radioterapevtik uskunalar ishlab chiqarish va ularni qoʻllash obyektini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash loyiha hujjatlari qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bemorlarni yuqori texnologik uskunada tekshirish va davolash uchun yuqori malakali kadrlarni — tibbiyot xodimlari va texnik xodimlarni tayyorlashni tashkil etish bu yoʻnalishdagi harakatlarning keyingi bosqichi va amalga oshiriladigan ishlarning muhim boʻgʻini hisoblanadi. Bunda Markazda oʻrnatilgan yuqori texnologik uskunaga dastlabki ikki yil davomida kafolatlangan xizmat koʻrsatishni taʼminlash boʻyicha aniq choralarni nazarda tutish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlangan mutaxassislar Markazda innovatsion texnologiyalarni mustaqil ishlab chiqish, yetakchi xalqaro muassasalar darajasida sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni rivojlantirish samaradorligining indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar respublikada nuklear tibbiyotni amalda rivojlantirish, jumladan, Markazni tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish samaradorligining toʻgʻridan toʻgʻri indikatorlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli oʻsmalarni erta bosqichlarda aniqlash salmogʻini 50 foizga oshirish (2010-yilda — 42,3 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli oʻsma bilan kasallangan bemorlarning 5 yil yashash koʻrsatkichini 48 foizgacha oshirish (2014-yilda — 40,9 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida nuklear tibbiyotni rivojlantirishga konseptual, davlat darajasida yondashish va Markazning ushbu Konsepsiyani amalga oshirish doirasida tashkil etilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH hududida proton va nur terapiyasining zamonaviy uskunalari va ilgʻor texnologiyalariga ega boʻlgan yagona ushbu Markazni tashkil etish hisobidan onkologik bemorlarni davolash sifatini sezilarli darajada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologik kasalliklar oqibatida oʻlim koʻrsatkichini 100 ming aholiga nisbatan 40,0 taga kamaytirish, onkologik bemorlarni erta aniqlash samaradorligini 50 foizgacha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radionuklid tashhis qoʻyish va terapiyadan foydalanish tufayli masalan, qalqonsimon bez va prostata bezi saratonini davolash samaradorligini oshirish va 5 yillik yashash koʻrsatkichini 80 foizgacha oshirish. Bundan tashqari, radionuklid terapiya suyaklar va ichki aʼzolarda metastatik jarayonlarni boshidan oʻtkazayotgan bemorlarni samarali davolashga yordam berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fuqarolarining xorijiy klinika va markazlarga murojatlari sonini kamaytirish, shuningdek, nuklear tibbiyot va radioterapiya boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish uchun tibbiy turizm yoʻnalishi boʻyicha norezidentlarni jalb qilish maqsadida xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 09/19/892/3986-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son)