15.10.2019 yildagi 869-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyat monitoringining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanishning manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning oʻzaro hamkorlik qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsiziligi davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda 2020 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyishga doir kompleks dastur loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili joylarda Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi kuchlari va vositalarining oʻzaro hamkorlik masalalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari va mavzuga oid maxsus-taktik oʻquv mashqlarini oʻtkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari toʻgʻrisidagi nizomni uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
869-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 869-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining (keyingi oʻrinlarda Yagona davlat tizimi deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalari, tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona davlat tizimi oʻzida aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish vakolatiga ega boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kuchlari va vositalarini birlashtirgan tashkiliy-texnik tizimni ifoda etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yagona davlat tizimi Oʻzbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi hamda Oʻzbekistan Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi tizimi bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona davlat tizimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya — uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan koʻproq nurlanish olishiga yoki atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar — aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish vakolatiga ega boʻlgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfli obyekt — radioaktiv moddalar saqlanadigan, qayta ishlanadigan, foydalaniladigan yoki transportda tashiladigan obyekt boʻlib, unda halokat yuz berganda yoki vayron boʻlganda odamlar, hayvonlar va oʻsimliklar radiatsiyadan ommaviy zararlanishi hamda atrof-muhit radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyat monitoringi — atrof-muhit obyektlarining radionuklidlar bilan ifloslanish holatini uskunalar yordamida diskret yoki uzluksiz ravishda nazorat qilish, undagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, shuningdek, radiatsiyaviy taʼsirning aholi va atrof-muhitga koʻrsatishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini baholash, prognoz qilish va ularning oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona davlat tizimining maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yagona davlat tizimining maqsadi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish va ularning oldini olish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish hamda bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va oʻz vaqtida amalga oshirish orqali aholining hayotini va salomatligini hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar tufayli yuzaga kelgan radiatsiyaviy taʼsirdan himoya qilishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Yagona davlat tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek, ularga olib keladigan tashqi va ichki tahdidlarni prognoz qilish, ularning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish chora-tadbirlarini rejalashtirish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini yaratish va takomillashtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlik masalalari va radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yagona davlat tizimining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yagona davlat tizimi vakolatli tashkilotlarning atom energiyasidan foydalanish obyektlarida, radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, ularga yaqin hududlarda va umuman respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatning doimiy monitoringini olib borish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatning barqarorligiga tahdid soluvchi manbalar va jarayonlarni barvaqt aniqlash, ularni baholash va tahlil qilish asosida (zarur hollarda) ushbu manba va jarayonlarni tezkor ravishda bartaraf etishga qaratilgan kuch va vositalarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining tashkiliy tuzilmasi mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlardan hamda Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy quyi tizimlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatiga radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, ularning oldini olish, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kiradigan vakolatli tashkilotlarning hududiy tuzilmalari kuch va vositalarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksional quyi tizimlar mazkur Nizomning 16 — 25-bandlarida qayd etilgan vakolatli tashkilotlarda, shuningdek, ularning hududiy tuzilmalarida ularga yuklangan funksiyalarni bajarishga moʻljallangan kuch va vositalarining shayligini taʼminlash maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yagona davlat tizimi uchta — respublika, mahalliy va obyekt — darajasiga ega boʻlib, ularning har biri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, oldini olish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kuch va vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va moliyaviy resurslar zahirlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Rahbarlik qiluvchi organlar — vakolatiga aholi va hududlarni radiatsiyaviy tusdagi xavflardan himoya qilish masalalarini hal etish kiradigan organlar. Ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt darajasida — atom energiyasidan foydalanish obyekti yoki radiatsiyaviy xavfli obyekt rahbariyatidir (maʼmuriyatidir).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kundalik boshqaruv organlari — vakolatiga radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kuch va vositalariga bevosita rahbarlikni amalga oshirish kiradigan vakolatli tashkilotlar hamda ularning hududiy boʻlinmalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“Oʻzatom” agentligi), Gidrometeorologiya xizmati markazi (“Oʻzgidromet”), Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Davlat ekologiya qoʻmitasi), Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi (Davlat geologiya qoʻmitasi), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Davlat veterinariya qoʻmitasi);
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzgidromet”ning hududiy boʻlinmalari;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt darajasida — atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning favqulodda vaziyatlar boʻyicha boʻlimlari (mutaxassislari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar taʼsiridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalari Yagona davlat tizimining kuch va vositalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar va tuzilmalar idoraviy va obyektlar boʻlinmalari hamda tuzilmalariga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar taʼsiridan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalari idoraviy boʻlinmalar va tuzilmalarga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutining boʻlinmalari hamda tuzilmalari idoraviy ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar va tuzilmalarning asosini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalari atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda tashkil etiladigan avariya-texnik komandalar (guruhlar), radiatsiyaviy razvedka, maxsus ishlov berish guruhlaridan va boshqa tuzilmalardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda oʻz vaqtida va samarali harakat qilish, ularning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish maqsadida mahalliy va obyekt darajalarida radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir darajadagi radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilish rejalarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi uchun tegishli darajadagi rahbar organlari masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasarrufida atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlar boʻlgan tashkilotlar ularda radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilish ichki rejasining ishlab chiqilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, shuningdek, ularning hududiy tuzilmalari radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari ishlab chiqilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qoʻshilmalari, qismlari va muassasalari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat organlarining Yagona davlat tizimi faoliyatini taʼminlash borasidagi funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimi tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi hamda faoliyati takomillashtirilishiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vakolatli tashkilotlar va ularning hududiy boʻlinmalarining radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish hamda bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha faoliyatini maxsus organ — Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik boʻyicha komissiya orqali muvofiqlashtiradi va ularning samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining kuch va vositalarini moliyaviy va resurslar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni hamda ularni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish va takomillashtirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda radiatsiyaviy, yadroviy va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etadi va amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarni radiatsiyaviy avariyalar xavfi tugʻilganligi yoki sodir boʻlganligi haqida oʻrnatilgan tartibda xabardor qiladi, shuningdek, ushbu holatlarga birinchi boʻlib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar sharoitlarida harakat qilishga oʻrgatishni tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini aniqlash, birlamchi identifikatsiyadan oʻtkazish, zararsizlantirish hamda radiatsiyaviy avariya oʻchogʻi chegaralarini belgilash, shuningdek, shaxsiy tarkib (xodimlar) va joyga maxsus ishlov berish boʻyicha harakat qilishga doimiy tayyor turishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar holatlari uchun zaxiraga qoʻyiladigan moddiy-texnik resurslarning miqdori va tarkibi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya holatida harakat qilish tashqi rejalarining ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar boshqaruv organlari, kuch va vositalarining radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha harakat qilishga tayyorligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning oldini olish, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Oʻzatom” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarga tegishli boʻlgan energetik atom reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni saqlash punktlari, shuningdek, radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktlarini rivojlantirish va xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi oʻlchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda avariya holatida harakat qilish ichki rejasining ishlab chiqilishiga rahbarlik va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub obyektlarda kuch va vositalarni radiatsiyaviy avariya holatlarida harakat qilishga tayyorlash tashkil etilishini, shuningdek, ularning oldini olish boʻyicha tadbirlar bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish, shu jumladan, avariya holatiga tayyorlik va harakat qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyaning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub obyektlardagi yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi, faoliyat yuritish jarayonida hosil boʻlgan radioaktiv chiqindilarning hisob-kitobini, shuningdek, yadroviy materiallar va texnologiyalar, radioaktiv materiallar tarqalmasligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni taʼminlash sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita radiatsiyaviy xavfli obyektlarda hamda ularga yaqin hududlardagi radiatsiyaviy fon koʻrsatkichlarining oʻlchovlarini muntazam ravishda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, suvning (ochiq va yopiq manbalarda) radionuklidlar bilan ifloslanish holatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub boʻlinmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil qiladi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini dozimetrik oʻlchash va birlamchi identifikatsiyalash orqali radiatsiyaviy zararlangan zonaning chegaralarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (keyingi oʻrinlarda INM deb ataladi), radiatsiyaviy xavfli materiallarni (ularni uzoq muddatli saqlashga topshirgunga qadar) vaqtincha saqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarda birinchi boʻlib harakat qiluvchi tuzilmalar xodimlarini himoya qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyaning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jalb qilinadigan xodimlar (shaxsiy tarkib) uchun radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radioaktiv ifloslanish zonalari chegaralarini aniqlash, joyning radiometriyasini oʻtkazish hamda INMni birlamchi identifikatsiyalash boʻyicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratni, shuningdek, radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarishga jalb etilgan xodimlarning (shaxsiy tarkibning) tibbiy himoya qilinishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirgan hamda yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdorlardan ortiqcha nurlangan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, shuningdek, ularga imtiyozlar berilishi va ularni tibbiy-psixologik reabilitatsiya qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar xodimlarini radiatsiyaviy avariyalar yuz bergan sharoitlarda harakat qilishga oʻqitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash va radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallarni respublika hududiga olib kirish, hududidan olib chiqish va hududi orqali tranzit qilish boʻyicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining kundalik boshqaruv organlarini tarkibida belgilangan normalardan ortiq radionuklidlar boʻlgan materiallarni respublika hududiga ruxsatsiz olib kirish/olib chiqishga urinish holatlari aniqlanganligi haqida xabardor qiladi hamda ularning olib kirilishi/ olib chiqilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, ularni joʻnatuvchiga qaytarish tartibotlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishi boʻyicha tashabbus koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan ruxsatsiz INMlarni dastlabki radiometriyasini va identifikatsiyasini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan ruxsatsiz INMlarni birlamchi identifikatsiyadan oʻtkazish va olib chiqish ishlari yakunlanguniga qadar ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub obyektlarda aniqlangan ruxsatsiz INMlarni identifikatsiyadan oʻtkazish va zararsizlantirish tadbirlariga har tomonlama koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning radiatsiyaviy va yadroviy materiallarni noqonuniy aylanmasini hamda u bilan bogʻliq turli radiatsiyaviy avariyalar va insidentlarning oldini olish sohasidagi ilgʻor tajribalarini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlikchilik va chorvachilik mahsulotlari, ozuqa, oʻtloqlar va yaylovlar tuprogʻi va oʻsimliklari radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub boʻlinmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil qiladi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy fon belgilangan normalardan ortiqcha ekanligi aniqlangan taqdirda, qishloq xoʻjaligi yerlari, ekinzorlari va mahsulotlari, nazorat ostidagi obyektlar radionuklidlar bilan ifloslanishining oldini olish hamda radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar va tuzilmalarning nazorat ostidagi obyektlarda radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlashga va ular sodir boʻlganda harakat qilishga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostidagi obyektlar va hududlarning radioaktiv ifloslanish bilan kechadigan radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kegayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishga oid normativ-huquqiy hamda uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, ozuqalarni, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va dalalarni radionuklidlar bilan ruxsat etilgan normalardan oshiq miqdorda ifloslanishining oldini olish, barvaqt aniqlash va bartaraf etish sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostidagi obyektlar tomonidan atrof-muhitni radionuklidlar bilan ifloslanishining oldini olish va kamaytirish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitning antropogen manbalardan radionuklidlar bilan ifloslanishi hamda ushbu manbalar taʼsiriga tushadigan obyektlar holati boʻyicha monitoringni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitning radiatsiyaviy ifloslanishi holati haqidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining davlat axborot-tahlil markazini tashkil etish hamda uning faoliyatini yuritish orqali Yagona davlat tizimining rahbar organlari va kundalik boshqaruv organlarini ushbu maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub boʻlinmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil qiladi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning atrof-muhitga taʼsirini mustaqil baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar va tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar oʻchoqlaridan olingan suv, havo, oʻsimliklar va tuproq namunalarini radionuklidlar mavjudligi boʻyicha tahlil qilish ishlarini amalga oshirishga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanishning atrof-muhitga salbiy taʼsirini oldini olish borasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarida oʻtkaziladigan radioekologik monitoringda, shuningdek, ishlatib boʻlingan uran konlari hududlaridagi suv va tuproqlarda tabiiy radionuklidlar taqsimlanishining monitoringida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtirib, davlat axborot-tahlil markaziga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub boʻlinmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil qiladi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishda boʻlgan joylar va hududlarda radioaktiv moddalar bilan ifloslangan oʻchoqlarni aniqlash va bartaraf etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar va ruxsatsiz INM oʻchogʻi aniqlanganda, vakolatli tashkilotlarni tezkor ravishda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarida va ishlatib boʻlingan uran konlari, shuningdek, chiqindixonalar va balansdan tashqari rudalar hududlarida radioekologik monitoringni amalga oshirish borasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Gidrometeorologiya xizmati markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit obyektlarining radionuklidlar bilan ifloslanishini monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub boʻlinmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil qiladi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududidagi tabiiy gamma-fon monitoringini amalga oshiradi hamda uning natijalari boʻyicha maʼlumotlarni davlat axborot-tahlil markaziga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar va tuzilmalarni tashkil etadi hamda ularning radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga qoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bogʻliq jarayonlarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va bartaraf etishga oid normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosi, tuproq va suv radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlarini prognoz qilish va barvaqt aniqlash sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi oʻlchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining radiatsiyaviy avariya oqibatida yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatni prognoz qilish hamda radiatsiyaviy avariya oqibatlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish qarorlarini qabul qilish boʻyicha faoliyatini ilmiy va ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv va yadroviy materiallarning turi, tarkibi va faolligini yakuniy identifikatsiyadan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMlarni vaqtincha va uzoq muddatga saqlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub yadroviy tadqiqot reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy va radiatsiyaviy materiallarni saqlash punktlari faoliyatining xavfsizligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar sodir boʻlishi tahdidlarini prognoz qilish va barvaqt aniqlashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portal monitoring tizimi talab darajasida faoliyat yuritishini qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy va texnik jihatdan koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarda birinchi boʻlib harakat qiluvchi tuzilmalar shaxsiy tarkibini himoya qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar va tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga qoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda oʻz xodimlarning yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik sohasida vakolatli tashkilotlarini ilmiy va ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlashga oid ilgʻor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajadagi Yagona davlat tizimiga radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik boʻyicha oʻz huzurida tashkil etiladigan hududiy komissiyalar orqali rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub hududlarda barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlash boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar hududiy boʻlinmalarining faoliyatini va oʻzaro hamkorligini, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub hududda tashkil etilgan va (yoki) joylashtirilgan obyektlar ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalarining kuch va vositalarini tayyorlashni hamda ularni doimiy tayyor holatda saqlashni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar sharoitlarida harakat qilishga oʻqitishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub hududdagi radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish uchun moʻljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaxirasini tashkil etadi, ularning oʻz vaqtida toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yagona davlat tizimining faoliyat yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yagona davlat tizimi respublika hududida, shuningdek, joylarda yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatga qarab, quyidagi uch rejimdan birida faoliyat yuritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kundalik rejim barqaror radiatsiyaviy vaziyatda, yaʼni aholining radioaktiv nurlanish va hududlarning radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanish xavfi yuzaga kelishi mavjud boʻlmaganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejimda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimini texnik rivojlantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik va moliyaviy resurslar zaxiralarini toʻldirish va yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning barqaror faoliyat yuritishini oshirish, shuningdek, radiatsiyaviy jihatdan nomaqbul hududlarda ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining barcha elementlari faoliyatini normativ-huquqiy va tashkiliy taʼminlash tadbirlari amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yuqori tayyorgarlik rejimi hududlarni radionuklidlar ifloslantirish bilan birga kechadigan va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib keluvchi turli xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi boʻlgan taqdirda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejimda atom energiyasidan foydalanish obyektlari hamda radiatsiyaviy xavfli obyektlar va hududlarda radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari kuchga kiritiladi. Ularga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarining doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xavfli obyektlar va hududlarda radiatsiyaviy vaziyat yuzasidan monitoring olib borish kuchaytiriladi, ularda radiatsiyaviy fonni oʻlchash soni koʻpaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tuzilmalar va boʻlinmalar harakatlanishga tayyor holatga keltiriladi, moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralari belgilangan maqsadlarda foydalanishga tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning kelib chiqish extimoli yuqori boʻlgan yoki ular yuzaga kelgan hududlarga radiatsiyaviy vaziyat boʻyicha nazoratni kuchaytirish maqsadida mobil radiatsiyaviy nazorat guruhlari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan radiatsiyaviy avariyaning koʻlami va oqibatlari prognozi asosida avariya holatida harakat qilish rejasiga aholini va hududlarni muhofaza qilish usullari hamda uslublariga, shuningdek, ularni taʼminlash tadbirlari boʻyicha zarur oʻzgartirishlar va aniqliklar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) favqulodda vaziyat rejimi ruxsat etilgan meʼyorlardan ortiqcha miqdorda hududlarning radionuklidlar bilan ifloslanishiga va aholining radioaktiv nurlanishiga olib kelgan radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejim undan oldingi yuqori tayyorgarlik rejimini chetlab oʻtgan holda joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyat rejimida avariya holatida harakat qilishning tashqi va ichki rejalari kuchga kiritiladi. Ularga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarining doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun radiatsiyaviy ifloslanish oʻchoqlariga birinchi boʻlib harakat qiluvchi guruhlar yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslar zaxiralari kundalik ehtiyojga oʻtkazilib, maqsadli ravishda foydalanishga toʻliq shay holatga keltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishni kuchaytirish maqsadida yuzaga kelgan radiatsiyaviy ifloslanish oʻchoqlari va ularga tutash boʻlgan hududlarga mobil radiatsiyaviy nazorat guruhlari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelgan radiatsiyaviy avariyaning koʻlamlari va oqibatlaridan kelib chiqqan xolda, uning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, uning zararli taʼsiridan aholini muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tashkil etiladi va amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarini radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish tadbirlarining amalga oshirilishi haqida muntazam ravishda xabardor qilish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy avariyalar xavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganda avariya holatida harakat qilishning tashqi rejalari boʻyicha harakat qilishni rejalashtirish va muvofiqlashtirish borasida tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Radiatsiyaviy vaziyat monitoringi Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringining tarkibiy qismi boʻlib, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni prognoz qilish va oldini olishga, shuningdek, aholiga va hududlarga salbiy radiatsiyaviy taʼsirlarning oldini olish va kamaytirishga qaratilgan zarur choralarni koʻrish uchun vakolatli tashkilotlarga tegishli tezkor maʼlumotlarni muntazam ravishda yetkazib berishga qodir boʻlgan axborot-oʻlchov nazorat tizimi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Quyidagilar radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlari, vakolatli tashkilotlar va aholini radiatsiyaviy vaziyatning haqiqiy va kutilayotgan holati, uning yomonlashuvi, koʻlamlari va oqibatlari haqidagi ishonchli axborot bilan tezkor taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimini radiatsiyaviy vaziyat monitoringiga oid maʼlumotlar bilan taʼminlash, aholini va atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Quyidagilar radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radionuklidlarning atrof-muhitga tarqatuvchi texnogen manbalarini hamda atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlardagi radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit obyektlarining radiatsiyaviy ifloslanish parametrlarini oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatning keskinlashuvini aniqlash va ularning xususiyati va koʻlamini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini oʻlchash boʻyicha vaziyat yomonlashuvi holatini tezkor aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash, birlamchi qayta ishlash va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy uslub va aks ettirish vositalaridan foydalangan holda, respublikada yoki uning ayrim hududlaridagi radiatsiyaviy vaziyatni xolis tahlil qilish va prognoz maʼlumotlarini tezkor taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga qoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish boʻyicha qaror qabul qilish uchun vakolatli tashkilotlar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim ichida hamda hamkorlik qiluvchi davlat va xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashinuvini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi uch darajaga — obyekt darajasi, mahalliy daraja va respublika darajasiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt darajasi atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, ushbu obyektlarning sanitariya- muhofaza zonalarida radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini, shuningdek, atrof-muhit obyektlarini fonli oʻlchashni amalga oshiruvchi obyektlarga tegishli oʻlchov vositalari va tarmoqlarini axborot-tahlil markazlari bilan birgalikda birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu darajada tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarga taalluqli maʼlumotlar qayta ishlanib tahlil qilinadi va Yagona davlat tizimining obyekt darajasidagi rahbar organlari uchun qarorlar qabul qilish boʻyicha prognozlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy daraja Yagona davlat tizimining radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisida ixtisoslashtirilgan axborotni toʻplab, tahlil qilib umumlashtiradigan vakolatli hududiy organlariga idoraviy tegishli boʻlgan oʻlchov vositalari va tarmoqlarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu darajada tegishli hududga taalluqli ixtisoslashtirilgan axborot qayta ishlanib tahlil qilinadi, shuningdek, Yagona davlat tizimining mahalliy darajadagi rahbar organlari uchun qarorlar qabul qilish boʻyicha prognozlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika darajasi Yagona davlat tizimi kundalik boshqaruvining radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisida ixtisoslashtirilgan axborotni toʻplab, tahlil qilib umumlashtiradigan va Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) taqdim etadigan radiatsiyaviy vaziyat monitoringi sohasidagi vakolatli organlariga idoraviy tegishli boʻlgan oʻlchov vositalari va tarmoqlarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi mazkur Nizomga 2-ilova muvofiq sxema asosida ishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Radiatsiyaviy vaziyat monitoringi, shuningdek, uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan belgilangan tartibda beriladi va umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishni amalga oshirishda vakolatli tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatni muntazam ravishda kuzatib boradi va nazorat oʻlchovlari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplaydi, saqlaydi, qayta ishlaydi va Markazga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatning tabiiy va (yoki) antropogen omillar taʼsirida oʻzgarishlarini aniqlash maqsadida radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisidagi axborotni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tegishli hududlarida radiatsiyaviy vaziyatning oʻzgarishlarini prognoz qiladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga radiatsiyaviy vaziyat hamda uning prognoz qilinayotgan va amaldagi oʻzgarishlariga oid maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik hususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qarori talablariga muvofiq Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining rahbar organlariga favqulodda vaziyatning sodir boʻlishi yoki tahdidi mavjudligidan dalolat beruvchi radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisidagi monitoring va prognoz maʼlumotlarni zudlik bilan taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organga atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlardan foydalanish oqibatida radiatsiyaviy vaziyat va uning oʻzgarishidan dalolat beruvchi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar-epidemiologik nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan organlarga respublika hududidagi radiatsiyaviy vaziyat haqidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish yoki bunday maʼlumotlar bilan almashishni nazarda tutuvchi majburiyatlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisidagi maʼluomtlarni toʻplash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va almashish tartibiga boʻlgan talablar Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan “Oʻzatom” agentligi hamda boshqa vakolatli tashkilotlar va davlat organlari bilan kelishilgan xolda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga, boshqa davlat organlari va vakolatli tashkilotlarga radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron hujjat aylanishning yagona himoyalangan tizimi orqali bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisida monitoring tizimidagi mavjud maʼlumotlar boshqa tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga va fuqarolarga Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda, shu jumladan ularni qoʻmitaning Internet tarmogʻidagi rasmiy saytiga joylashtirish orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yagona davlat tizimi tegishli rejimlarda faoliyat koʻrsatganda, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik faoliyat rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, shuningdek, ularga tutash hududlardagi radiatsiyaviy vaziyat monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit obyektlarining radioaktiv ifloslanish darajasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan “Oʻzatom” agentligi bilan kelishilgan holda qoʻyilgan talablarga muvofiq davriyligi oldindan belgilangan radiatsiyaviy vaziyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tayyorgarlik rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, shuningdek, ularga tutash hududlardagi radiatsiyaviy vaziyat monitoringini kuchaytirilgan tartibda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining rahbar organlari va kundalik boshqaruv organlarini yuqori tayyorgarlik rejimiga oʻtilganligi toʻgʻrisida tezkor xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiyatsiyaviy avariya yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish, avariyaning kechishi mumkin boʻlgan jarayonini va koʻlamini modellashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuch va vositalarini radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatning keskinlashuv sabablarini aniqlash hamda uni barqarorlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya sodir boʻlgan hududga jalb qilingan barcha quyi tizimlarning barqaror faoliyat yuritishi va oʻzaro xamkorlik qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyaviy obyektlarda va ularning atrofidagi hududlarda radiatsiyaviy vaziyat boʻyicha uzluksiz monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya sodir boʻlgan hududda yuzaga kelgan radiatsiyaviy vaziyat va uning oʻzgarib borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida yoki avariyaviy reglament asosida toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyaning rivojlanishiga qarab, radiatsiyaviy vaziyatning oʻzgarishlarini prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining salomatligiga va tabiiy muhitga radiatsiyaviy avariya oqibatlarining taʼsirini tezkor ravishda baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni aks ettirishning zamovaniy usullari va vositalaridan foydalangan holda, radiatsiyaviy vaziyat oʻzgarishlarining tahlili va prognozi natijalarini tezkor taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya oqibatlarini bartaraf etish va ularning aholiga va tabiiy muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha qarorlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yagona davlat tizimining faoliyat yuritishiga qoʻyiladigan alohida talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish tabdirlarini taʼminlash uchun moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralari mahalliy xususiyatlar inobatga olingan holda, zarur darajada yetarlilik prinsipi boʻyicha mahalliy hamda obyekt darajasida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mahalliy va obyekt darajalaridagi moddiy resurslar zaxiralarining turlari hamda hajmlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda — obyektlar maʼmuriyati) tomonidan hududiy favqulodda vaziyatlar va sogʻliqni saqlash boshqarmalarining tavsiyalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralarining hisobini yuritish, ularni saqlash va yangilash, shuningdek, hisobdan chiqarish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Radiatsiyaviy avariyalar xavflari va oqibatlarining oldini olish, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish tadbirlari atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarni ishlatadigan tashkilotlarning, tegishli vazirliklar va idoralar, sugʻurta jamgʻarmalari mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy avariya, avariyali radiatsiyaviy vaziyat xavflarini yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun resurslar yetishmagan hollarda, ular belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rahbar organlar

Kundalik boshqaruv organlari

Kuch va vositalar

Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimi

Respublika darajasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik komissiyasi)

FVV, SSV, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, “Oʻzatom” agentligi, Fanlar akademiyasi YAFI, DBQ, “Oʻzgidromet”, Davlat geologiya qoʻmitasi

SSV, FVV, “Oʻzgidromet”, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, DBQ, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi YAFIning idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalari va boʻlinmalari

Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi, FVV, SSV, DBQ, “Oʻzgidromet”, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat veterinariya qoʻmitasining idoraviy mansub axborot-tahlil xizmatlari (tuzilmalari)

Mahalliy daraja

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

FVV, SSV, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, “Oʻzgidromet”, Davlat geologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari

Tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarining ixtisoslashtirilgan idoraviy tuzilmalari, ijtimoiy muhofaza boʻyicha yigʻma mobil otryadlar

Yadroviy qurilmalar va radiatsiyaviy manbalar joylashtirilgan hududlar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar saqlash punktlari hamda alohida hududlarda (sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari), shuningdek, aholi punktlarida va ularga yaqin joylarda tashkil etilgan vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni kuzatuvchi harakatdagi va turgʻun postlari

Obyekt darajasi

Atom energiyasidan foydalanish obyekt, radiatsiyaviy xavfli obyekt maʼmuriyati (rahbariyati)

Atom energiyasidan foydalanish obyektlar, radiatsiyaviy xavfli obyektlarning favqulodda vaziyatlar boʻyicha boʻlimlari (mutaxassislari)

Avariya-texnik komandalar (guruhlar), radiatsiyaviy razvedka va maxsus ishlov berish guruhlari, atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning boshqa tuzilmalari

Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning ekologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik laboratoriyalari (xizmatlari)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Monitoring obyektlari

Monitoring turlari

Natija

Ijrochilar

Atom energiyasidan foydalnish obyektlari

Emissiya nazorati

Emissiyaning meʼyoriy holatini baholash

Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Oʻzatom” agentligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Flora va fauna

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Aholiga va atrof-muhitga taʼsirni nazorat qilish

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi,

Atmosferaning yerboʻyi qatlamlari

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash

“Oʻzgidromet”, SSV

Yer usti suv oqimlari

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash

“Oʻzgidromet”, Davlat geologiya qoʻmitasi, SSV,

Sobiq uran konlari hududlari, maysazorlar, yaylovlar, balansdan tashqari rudalar uyumlari va chiqindixonalar

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash

Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, “Oʻzdavergeodez-kadastr”

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi hududlari, sanoat maydonchalari

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi hududlari, sanoat maydonchalaridagi ekspozitsion doza quvvatining nazorati

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash, salbiy oqibatlarini bartaraf etish

SSV, Davlat geologiya qoʻmitasi

Meteomaydoncha va meteopostlar

Tabiiy gamma-fon

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash, salbiy oqibatlarini bartaraf etish

“Oʻzgidromet”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 869-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning oʻzaro hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI

1. Mazkur Tartib sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aniqlanganda oʻtkaziladigan tadbirlarning ketma-ketligini va ularni amalga oshiruvchilarni, shuningdek, aholi va atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini taʼminlash sohasida vakolatli tashkilotlar hamda harbiylashgan tuzilmalarning funksiyalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbai — faol harakatlar natijasida topilgan yoki aniqlangan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (keyingi oʻrinlarda INM deb ataladi) milliy reyestriga kiritilmagan radioaktiv modda yoki yadroviy material;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat qilish boʻlinmalari — joyning radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻi hosil boʻlishining oldini olish va (yoki) aniqlash (radiatsiyaviy razvedka), uning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik (belgilash va cheklash)va bartaraf etish (INMni zararsizlantirish, dezaktivatsiya) ishlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va jihozlangan boʻlinmalar va tuzilmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanmasi subyektlari — radioaktiv moddalar va chiqindilar aylanmasi sohasida ularni qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish hamda ularni tashish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona postlari orqali koʻchirish, radioaktiv moddalar hamda radioaktiv chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilik bilan belgilab qoʻyilgan tartibda utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va koʻmish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sanksiyalanmagan (egasiz) INM aniqlanganda tadbirlarni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar (keyingi oʻrinlarda radioaktiv materiallar deb ataladi) aylanmasi subyektlarida radioaktiv materiallarning yoʻqolishi, shuningdek, topilgan yoki hisobga olinmagan radioaktiv materiallar aniqlangan holatlarda, ular bir soat ichida yuqori turuvchi tashkilotlarni (mavjud boʻlsa), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm) hududiy organlarini xabardor qiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topilgan va hisobga olinmagan radioaktiv materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori bilan belgilangan tartibda hisobga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioaktiv materiallar aylanmasi subyektlarining javobgarligi doirasidan tashqari sanksiyalanmagan INMlar topilgan yoki aniqlangan hollarda, oʻzaro xabardor qilish ushbu Tartibga ilovaga muvofiq INM topilganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning oʻzaro hamkorlik qilish sxemasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan taqdirda, oʻtkaziladigan ishlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida hodisa roʻy bergan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va (yoki) Sanepidqoʻmning harakat qilish boʻlinmalarining kuch va vositalari tegishli hududda radiatsiyaviy razvedkani amalga oshiradi. Radiatsiyaviy razvedka yakunlari boʻyicha joyning radiatsiyaviy ifloslanish zonasi (oʻchogʻi) aniqlanadi va belgilanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm hududiy boshqarmasining radiatsiyaviy xavfsizlik boʻlimi mutaxassislari tomonidan radiatsiyaviy rejim belgilangandan keyin harakat qilish boʻlinmalariga radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish ishlariga ruxsat beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmangan INM aniqlangan joyda oʻtkaziladigan barcha tadbirlar ishlar rahbarining (qaror qabul qiluvchi shaxs) vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzimalarning yetib kelgan ekspertlari (mutaxassislari) taqdim etgan takliflar asosida qabul kilingan qaroriga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan joyda ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror Sanepidqoʻm hududiy boshqarmasining radiatsiyaviy xavfsizlik boʻlimi ekspertining (mutaxassisining) taklifisiz qabul kilinishi mumkin emas.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻida ishlash uchun harakat qilish boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi nafas olish organlari va terini himoyalash, shuningdek, alohida va guruhli radiometrik nazorat vositalari (dozimetrlar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalar sodir boʻlgan holatlarda harakat qilish boʻlinmalarining shaxsiy tarkibiga avariya oʻchogʻida ishlashdan avval spetsifik antidot-yodli profilaktika qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻidan chiqishda barcha xodimlar va shaxsiy tarkib yakuniy maxsus va sanitariya ishlovidan oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan hollarda vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalarning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanksiyalanmagan INM aniqlanganligi toʻgʻrisida axborot olingach, vakolatli tashkilotlar va tegishli harbiylashgan tuzimalar oʻzlariga yuklangan funksiyalarga muvofiq tadbirlarni bajarishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan maxsus organ (komissiya) yoki tayinlanadigan vakolatli shaxs orqali sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish boʻyicha tadbirlarga jalb etiladigan vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalar, boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qoʻshilmalari, qismlari va muassasalarini jalb etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqadi va zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INM aniqlanganligi haqida vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy razvedkani tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy ifloslanish oʻchogʻining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni tayyorlash va qabul qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori va oʻzaro hamkorlik qiluvchi boshqaruv organlarini sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish ishlari natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) joyga yetib borishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy razvedkani tashkil etish va materialni birlamchi identifikatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni (xavfni) baholaydi va radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya oʻchogʻining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish boʻyicha qaror qabul qilish uchun takliflar ishlab chiqilishi va taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish va koʻmish ishlarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya oʻchogʻining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish ishlariga jalb etiladigan xodimlar va shaxsiy tarkibning yakka tartibda dozimetrik nazoratdan oʻtishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya oʻchogʻida dezaktivatsiya ishlarining, shuningdek, shaxsiy tarkibni va texnikani maxsus ishlov berish punktlarida maxsus ishlovdan oʻtkazish ishlarining sifati nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash natijalarini hujjatlashtiradi (ekspert xuslosasini tayyorlaydi), shuningdek, yuqori turuvchi va oʻzaro hamkorik qiluvchi boshqaruv organlarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy-tezkor guruhning hodisa (aniqlangan) joyiga yetib borishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini oʻrab olish va qoʻriqlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning kelib chiqishini aniqlash maqsadida tezkor-tergov harakatlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli zona hududidan odamlarni va begona avtotransportni evakuatsiya qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) sanksiyalanmagan INMni olib chiqib ketish yoʻnalishi boʻyicha kuzatib borishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni oʻtkazilgan maxsus ishlarning natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy guruhning hodisa (aniqlangan) joyiga yetib borishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini oʻrab olish va qoʻriqlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya oʻchogʻidan odamlarni va xodimlarni evakuatsiya qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni oʻtkazilgan maxsus ishlarning natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallarni respublika hududi orqali olib kirish/ olib chiqish/tranziti boʻyicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish davomida sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) holatlarda vakolatli tashkitlotlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni dastlabki radiometriyadan oʻtkazish va identifikatsiyalashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni va aholini INMning zararli taʼsiridan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning olib kirilishi yoki tranzitiga (joʻnatuvchiga qaytarilishiga), shuningdek, noqonuniy olib chiqilishiga yoʻl qoʻymaslik tartibotini belgilangan tartibda oʻtkazishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning identifikatsiyalash va olib ketish tadbirlari yakunlanguniga qadar daxlsizligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish tadbirlarining oʻtkazilishiga har tomonlama koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizligi xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-tergov harakatlar natijasida saniksiyalanmagan INM aniqlangan holatlarda harakat qilishni taʼminlaydi va bu haqida oʻzaro hamkorlik va nazorat qiluvchi vazirlik va idoralarning boshqaruv organlarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalar, jalb etiladigan boshqa vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorlik qiluvchi boʻlinmalarining ishlari natijalari toʻgʻrisida axborot almashish tartibi va doiralari kelishuvini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan sanksiyalanmagan INM kelib chiqishini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tezkor tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar tomonidan alohida olingan ionlashtiruvchi nurlanish dozasini hisobga olishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi:
(6-bandning qirq beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punkti uchun aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni uzoq muddat saqlash boʻyicha tadbirlar kompleksini tashkil etish va oʻtkazishga doir tegishli xulosa berish va ruxsatnoma tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning hisobga olinishini/ hisobdan chiqarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish va koʻmish ishlarining natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) joyga maxsus avtotransport yetib kelishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan sanksiyalanmagan INMni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktiga belgilangan tartibda topshirish masalasi hal etilganiga qadar uni tashish va vaqtincha saqlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasidan aniqlangan sanksiyalanmagan INMni vaqtincha saqlashga ruxsatnoma olishga koʻmaklashadi;
(6-bandning ellik ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash boʻyicha issiq kamerada ishlar amalga oshirilishini va aniqlangan sanksiyalanmagan INMga ekspert xulosasi berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni koʻmish punkti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INM vaqtincha saqlanayotgan joyga maxsus avtotransport yetib kelishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INM yuklash va vaqtincha saqlash joyiga belgilangan tartibda yetkazishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni uzoq muddatli saqlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning oʻzaro hamkorlik qilish tartibiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmagan INMlar aniqlanganda vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalarning hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 869-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 51-son, 579-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 18-avgustdagi 644-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 180-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 64-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 21-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/869/3935-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)