19.09.2019 yildagi 937-son
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan qonunchilik normalarini to‘g‘ri, bir xilda va aniq qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi uchinchi qismiga asosan ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (bundan viloyat, tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi uchinchi qismida ko‘zda tutilgan ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga rahbarlik, tashkiliy, boshqaruv, nazorat funksiyalari yoki moddiy qimmatliklar harakati bilan bog‘liq majburiyatlar yuklangan hokimiyat ijroiya organlarining devonlari xodimlari kiradi. Bunday toifadagi shaxslarga Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatish va texnik xodimlari lavozimlari nomenklaturasida (Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-dekabrda 1288-son bilan ro‘yxatga olingan) belgilangan ma’muriy-boshqaruv xodimlari va boshqaruv xodimlari mutaxassislari kiradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq IIV xodimlari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq Mudofaa vazirligi xodimlari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.