Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 24.08.2019 yildagi 930-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tO‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarorining 1-bandi o‘n ikkinchi hatboshisi va 11-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. ABDUSALOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
930-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 24-avgustdagi 930-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga (bundan buyon matnda mahaliy Kengash deb yuritiladi) saylov o‘tkazishda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkasini tuzish, uchastka saylov komissiyalarini shakllantirish va ovoz berishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasida ushlab turilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoqqa olingan — O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoqda saqlash — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni yoxud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ta og‘ir jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzil-koloniyasi — jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadigan jazoni ijro etish muassasasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ovoz berish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming nafar saylovchidan oshmagan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, ayrim hollarda esa istisno tariqasida, saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan saylov uchastkalari okrug saylov komissiyasi qarori bilan tuziladi. Bu saylov uchastkalari ular joylashgan hududagi saylov okruglariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda, manzil-koloniyasi ma’muriyatining tegishli okrug saylov komissiyasiga bergan taklifiga asosan mazkur muassasalarda saqlanayotgan saylovchilar ko‘chma saylov qutisi orqali saylovchilarning turgan joyida ovoz berishi uchun u joylashgan hududagi saylov uchastkasiga biriktirish to‘g‘risida okrug saylov komissiyasining qarori qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur bo‘lgan hollarda, uchastka saylov komissiyasining son tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar mazkur muassasa xodimlari orasidan okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat tug‘ilganida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan Saylov kodeksining 25-moddasiga muvofiq boshqa shaxslar va jamoatchilik vakillari ham uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkasi saylovga kamida yetti kun qolganda tuzilsa, okrug saylov komissiyasiga saylov uchastkasini tuzish to‘g‘risida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ham tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi tegishli okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi maxsus ajratilgan binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar tayyorlangan bo‘lishi, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari o‘rnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati muassasa ma’muriyati va uchastka saylov komissiyasi zimmasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markazlashgan tartibda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar haqidagi ma’lumotlarni saylovga kamida bir oy qolgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga tuzatishlar kiritish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda mazkur muassasalarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatida o‘zgarishlar amalga oshirilsa, saylovga kamida besh kun qolgunga qadar ushbu ma’lumotlar ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yetkazib berish choralari ko‘riladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Manzil-koloniyalarida saylov uchastkalari tuzilmagan holatlarda, ular biriktirilgan uchastka saylov komissiyalariga muassasadagi saylovchilar haqidagi ma’lumotlar ushbu muassasa rahbari tomonidan saylovga kamida yetti kun qolganda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ushbu muassasalarning ichki tartib qoidalari va rejimini inobatga olgan holda, saylovga uch kun qolganida fuqarolarga saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyati mazkur ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi uchun mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har bir fuqaro saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari va akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini xabardor qilishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Uchastka saylov komissiyasi, o‘z navbatida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyatiga mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, saylovda kim sifatida ishtirok etishi) ushbu muassasaga to‘siqsiz kirib-chiqishlari uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyati ularning kirib chiqishi va xavfsizligini ta’minlash, ichki tartib-qoidalariga rioya etishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov kampaniyasining borishi haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari mazkur muassasalarning ma’muriyati bilan birgalikda saylovchilarni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari, saylov o‘tkazish vaqti va tartibi hamda nomzodlar haqida xabardor qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ma’muriyati tomonidan nomzodlarga, ularning ishonchli vakillariga, siyosiy partiyalarga fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berish ushbu muassasalarning ichki tartib-qoidalari, rejimi va ularning boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Saylov kodeksiga va tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ichki-tartib qoidalari va rejimidan kelib chiqib, saylovchilar ovoz berish binosiga kichik guruhlarga bo‘lingan holda olib kelinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Saylov uchastkasi tuzilmagan manzil-koloniyalarida biriktirilgan uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarga turgan joyida ovoz berish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan uchastka saylov komissiyasi mazkur saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ovoz berish binosiga kelgach saylovchilar ro‘yxatga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Saylov byulleteni saylovchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida saylovchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlarini chiqarilgandan so‘ng, tegishli saylov okruglaridan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.