O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga muvofiq hamda donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chikaruvchilarni qo‘llab-quvatlash va narx-navoning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
a) 2020-yil 1-iyulgacha:
donni qayta ishlash korxonalari tomonidan un ishlab chiqarishda mahalliy don qiymatini chiqarib tashlagan holda, tushumlar hajmidan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanmani aniqlash tartibi saqlab qolinadi;
faqat mahaliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish qo‘shilgan qiymati solig‘idan ozod qilinadi;
b) 2019-yil 1-oktabrdan boshlab import qilinganda qo‘shilgan qiymati solig‘iga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari qo‘shilgan qiymati solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanmani O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
829-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomning 16-bandidagi “Jamg‘arma daromadlari” so‘zlaridan keyin “(Tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘lardan to‘lov manbaida soliqqa tortiladigan foizlardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “MAN” og‘ir yukli avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-martdagi 66-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 12- son, 136-modda) rus tili matnidagi 7-bandi ko‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Osvobodit ot tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i sborov za tamojennoye oformleniye) tovari, ne proizvodimie v Respublike Uzbekistan i vvozimie SP OOO “JV MAN Auto-Uzbekistan” i DP “ToshIESkurilish” AO “Uzbekgidroenergokurilish” dlya realizatsii proyekta po osvoyeniyu proizvodstva kabin dlya bolshegruznix avtotransportnix sredstv “MAN” po perechnyam, utverjdayemim v ustanovlennom poryadke”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorining 6-bandida:
a) beshinchi xatboshi “(qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) qo‘yidagi tahrirdagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilariga 2018-yil 1-oktabrdan keyin fermer xo‘jaliklariga berilgan mol-mulkni tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan o‘tkazishni amalga oshirish huquqi berilsin”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 138-son qarori 9-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:
“o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, xom ashyolar, materiallar, shu jumladan qurilish materiallari, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari uchun bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymati solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilish. Bunda respublikaga olib kelinadigan maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-martdagi 230-son qarorining 3 bandida:
a) “(qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) qo‘yidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga 2018-yil 1-oktabrdan keyin fermer xo‘jaliklariga berilgan mol-mulkni tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan o‘tkazishni amalga oshirish huquqi berilsin”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida “manbalaridan” so‘zidan keyin “(To‘lov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 114-f-son farmoyishining rus tilidagi matni 4-bandidagi “za isklyucheniyem” so‘zlaridan keyin “naloga na dobavlennuyu stoimost i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1065-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018., 52-son, 999-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi 56-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi, QHT, 2019-y., 4-son, 63-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 16-iyuldagi 591-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)