02.10.2019 yildagi 834-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda respublikada zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
834-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-oktabrdagi 834-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish (keyingi oʻrinlarda monitoring qilish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi Adliya vazirligining “Litsenziya” axborot tizimi orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida tasdiqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik toʻgʻrisida tasdiqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida tasdiqnoma olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi respublika hududiga olib kirilgan va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan zargarlik buyumlari (TIF TN pozitsiyasi 7113-7116), qimmatbaho metall va toshlar (TIF TN pozitsiyasi 7101-7112) toʻgʻrisida;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ birja savdolari orqali qimmatbaho metallarni sotib olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boradi.
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kelib tushgan hamda mavjud boshqa axborotlar asosida Soliq qoʻmitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Monitoring qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq qoʻmitasi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq shakllantirilgan maʼlumotlar tadbirkorlik subyektlarining davlat soliq xizmati organlariga topshirgan hisobotlari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan tashkilotlardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali kameral soliq tekshiruvidan oʻtkaziladiyu.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagilarga ahamiyat qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan soliq hisobotlarida realizatsiya qilingan mahsulotlar miqdori toʻgʻri koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zargarlik buyumlari importi amalga oshirilganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish va (yoki) zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan zargarlik buyumlarining miqdori realizatsiya miqdoriga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarining import va realizatsiya miqdorlarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi koʻrsatkichlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) zargarlik buyumlarini realizatsiya qilish boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun savdo shoxobchasida faoliyat yuritilganda nazorat-kassa texnikasi va toʻlov terminallari bilan belgilangan tartibda jihozlanganligi;
(5-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olingan va realizatsiya qilingan mahsulotlar summasining oʻzaro muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida mahsulot realizatsiyasidan tushumlar miqdorining davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi koʻrsatkichlarga muvofiqligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq olingan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham tahlil qilinishi mumkin.
(5-band “v” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Monitoring natijasi boʻyicha koʻriladigan choralar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasiga koʻra tafovutlar mavjudligi aniqlansa, soliq toʻlovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash lozim deb topilgan hollarda, belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlari tomonidan asillik darajasini belgilash yoki tamgʻalashning belgilangan tartibini buzish, shuningdek, kirim qilinmagan zargarlik buyumlarini sotish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va yigʻimlarni hisoblash va belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvlari natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida Davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan soliq nazorati tadbirlariga belgilangan tartibda mutaxassislar (ekspertlar) jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

Adliya vazirligining “Litsenziya” axborot tizimi orqali qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni, zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho toshlardan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisida tasdiqnoma olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

Respublika hududiga olib kirilgan va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan zargarlik buyumlari (TIF TN pozitsiyasi 7113-7116), qimmatbaho metall va toshlar (TIF TN pozitsiyasi 7101-7112) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ

Birja savdolari orqali qimmatbaho metallarni sotib olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat aksiyadorlik jamiyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

Qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularni realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Dasturiy mahsulot orqali elektron shaklda

3-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Shakllantirilgan maʼlumotlar asosida tadbirkorlik subyektlarining davlat soliq xizmati organlariga topshirgan hisobotlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan tashkilotlardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazish.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda

4-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash lozim deb topilgan hollarda, belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi oʻtkazish.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda

5-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijasiga koʻra tadbirkorlik subyektlari tomonidan asillik darajasini belgilash yoki tamgʻalashning belgilangan tartibini buzish, shuningdek, kirim qilinmagan zargarlik buyumlarini sotish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va boshqa toʻlovlarni hisoblash va oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrish.

Holatlar aniqlanganda

6-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.

Holatlar aniqlanganda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2019-y., 09/19/834/3839-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)