21.09.2019 yildagi 794-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi o‘n yil davomida boshqaruv usullarining eskirishi oqibatida Buxoro viloyati iqtisodiyotida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayot darajasini oshirish uchun mineral-xom ashyo va mehnat resurslarini, tadbirkorlik qobiliyati, aholining yuqori bilim darajasi va mehnat malakasini, tabiiy-iqlim sharoitlari hamda noyob tarixiy merosni o‘z ichiga olgan mavjud boy resurs salohiyatidan to‘liq foydalanish imkonini bermaydigan barqaror nomutanosibliklar yuzaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tub o‘zgarishlar doirasida Buxoro viloyatida qiymati 1,5 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi hisobidan 235 ta yangi korxona ishga tushirildi. Yiliga 8 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishi yakunlandi, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 22 ta qishloq va 4 ta mahallani obodonlashtirish orqali 90 ming nafardan ziyod aholining uy-joy sharoiti yaxshilandi, 65 ta tibbiyot muassasasi, 80 ta umumta’lim maktabi, 106 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, uzunligi 1 806,3 kilometr ichimlik suv quvurlari va 727 kilometr avtomobil yo‘llari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakat aholisi umumiy sonining 6 foizini Buxoro viloyati aholisi tashkil etishiga qaramasdan, hududning respublika sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi atigi 3,7 foizni tashkil qiladi. Yalpi hududiy mahsulotning atigi besh qismi sanoat ishlab chiqarishi sohasida shakllanadi, undagi xorijiy investitsiyalar ulushi esa 8 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat umumiy eksport hajmida hududiy eksport ulushi bor-yo‘g‘i 2,2 foizni tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha eksport hajmi aholi jon boshiga 433 AQSh dollarini tashkil etsada, viloyatda bu ko‘rsatkich 86 dollarga teng. Viloyat infratuzilmani, birinchi navbatda, aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlashni yaxshilash, kanalizatsiya, elektr energiyasi tarmoqlari va avtomobil yo‘llarini rivojlantirishga keskin ehtiyoj sezmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7,3 ming gektardan ortiq yer qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqarilgan, sug‘oriladigan yerlarning 83 foizidan faqat ikki turdagi mahsulot — fermer xo‘jaliklari uchun zarur darajadagi hosildorlik va rentabellikni ta’minlay olmaydigan paxta va g‘alla yetishtirish uchun foydalanilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, boshqaruv, resurs va investitsiya salohiyatini hududning ustuvor sohalariga yo‘naltirishni nazarda tutuvchi rivojlanishning yangi strategiyasini ishlab chiqish kabi hudud oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sanoat salohiyatini quyidagilar hisobidan rivojlantirish va 2023-yilda uning o‘sishini 3 baravarga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymatlarning o‘zaro bog‘liq zanjirini yaratish orqali barcha turdagi qishloq xo‘jaligi, qurilish va turli mineral xom ashyoni chuqur qayta ishlash, xususan, zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan xorijiy sheriklarning mablag‘lari va texnologiyalaridan foydalangan holda tayyor mahsulot ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymatlar zanjirini rivojlantirishning innovatsion, texnologik va logistik samaradorligini ta’minlaydigan hududiy, tarmoq va tarmoqlararo resurs-sanoat klasterlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning barcha paxtachilik kompleksini yuqori sifatli paxta xom ashyosi yetishtirishdan eksportbop tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan butun jarayonning texnologik bog‘liqligini ta’minlaydigan ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi xom ashyosini, jumladan, qorako‘l teri, mo‘yna, charm, go‘sht va sut, baliq mahsulotlari, meva-sabzavot xom ashyosi va texnik ekinlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yo‘qotilgan ishlab chiqarishlarni qayta tiklash, yangilarini tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari korxonalarini har bir tuman va shaharda, shuningdek, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasida (keyingi o‘rinlarda EIZ deb ataladi) tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida hududiy joylashtirish orqali samarali rivojlantirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash va uni eksportga yetkazib berish, shuningdek, MTO texnologiyasi asosida gaz xom ashyosini chuqur qayta ishlash hamda yakuniy mahsulotlar — polistirol, polietilentereftalat, sintetik kauchuklar, spandeks, poliuretan, akrilonital-butadiyen-stirol va boshqa polimer mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Gazli” yer osti gazni saqlash omborini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agrar sektorni quyidagilar hisobidan jadallashtirish va diversifikatsiya qilish, har bir gektardan olinadigan mahsulotni ayni vaqtdagi 1,2 ming AQSh dollaridan 6 ming AQSh dollarigacha ko‘paytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga 2-3-marta hosil olish, paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni kamida 1,3 baravarga, meva-sabzavotchilikda 1,5 — 2 baravarga, chorvachilikda mahsuldorlikni 1,2-1,3 baravarga oshirishni va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifatini hamda narxlari raqobatbardoshligini ta’minlaydigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritishning ilg‘or usullarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarni rivojlantirish, limonlar, yong‘oqning turli navlarini yetishtirish, ipakchilik va baliqchilik, mo‘ynali hayvonlarni ko‘paytirish kabi yangi tarmoqlar hamda kichik tarmoqlarni tashkil qilgan holda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval foydalanishdan chiqarilgan 7,3 ming gektar yerni qishloq xo‘jaligi oborotiga bosqichma-bosqich kiritish va 17,3 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish, shuningdek, 50 ming gektar yerda tuproqni qayta ishlash va sug‘orish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini optimal joylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan ko‘maklashishning yangi mexanizmlarini joriy qilish orqali fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarish infratuzilmasini, jumladan, xizmat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etilguniga qadar shakllantiriladigan suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr energiya ta’minoti va avtomobil yo‘llari tizimlarini quyidagilar hisobidan jadal rivojlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalarida, “G‘ijduvon” EIZ va “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasida (keyingi o‘rinlarda “Buxoro agro” EIZ deb ataladi), infratuzilmani tashkil etish xarajatlarni kamaytiradigan sanoat va industrial-agrar ishlab chiqarishlarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mablag‘lari bilan bir qatorda xalqaro moliya institutlari (keyingi o‘rinlarda XMI deb ataladi) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda XHMT deb ataladi) arzon uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslarini jalb qilish, davlat-xususiy sheriklikni keng rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turizmdan viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili sifatida foydalanish, hududni quyidagilar hisobidan respublika turistik markaziga aylantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi mehmonxonalarni jadal rivojlantirish 2023-yilda yiliga 1 million turistlarning hududga qulay tashrif buyurishini, ularning sonini 3 — 3,5 baravarga oshirish, bir nafar turistdan olinadigan o‘rtacha foydani hozirgi 200 AQSh dollaridan 400 AQSh dollargacha ko‘paytirish, Buxoro shahri iqtisodiyotida turizm ulushini 50 foizga yetkazishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy aviakompaniyalarga janubi-sharqiy Osiyo shaharlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar berish, respublikaning yirik shaharlari o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish hamda ko‘paytirish orqali Buxoro xalqaro aeroportining transport logistikasini jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chuqur o‘ylangan ziyorat turizmi va viloyatdagi 7 ta muqaddas qadamjolarni bog‘lovchi logistik transport yo‘nalishlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sifatli umumiy ovqatlanish tizimini, jumladan, “halol” standarti bo‘yicha joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Buxoro viloyatida quyidagilar hisobidan urbanizatsiya jarayonini jadallashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2030-yillarda Kogon shahri, G‘ijduvon, Peshku, Qorako‘l tumanlarini va viloyat ahamiyatidagi shahar bo‘lgan Gazli shaharchasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon shahrini — Kogon (Kogon shahri va Kogon tumani) hududida yuqori texnologiyali va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar, innovatsion startap-g‘oyalarni amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni rag‘batlantirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘ijduvon tumanini — “G‘ijduvon” EIZ hududlarini kengaytirish, ziyorat turizmi hamda savdo-tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshku tumanini — qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun mavjud mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, shuningdek, grafitni chuqur qayta ishlash bo‘yicha sanoat-qurilish klasterini tashkil etish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorako‘l tumanini — ta’lim va turizmni rivojlantirish, go‘sht, sut, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha xom ashyoni qayta ishlaydigan chorvachilik klasterini tashkil etish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazli shaharchasini — tabiiy gazni saqlash va chuqur qayta ishlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) viloyat aholisining bilimi va kasbiy salohiyatini talab etilgan kadrlarni tayyorlash uchun rivojlanishning barcha sohalari hamda tarmoqlarida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan bog‘liq bo‘lgan maktabgacha, maktab, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh darajagacha oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash doirasida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatini, shuningdek, uning tumanlari va shaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1, 1a, 1b, 1s, 1d va 1d-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyati iqtisodiy rivojlantirishning asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda keyinchalik Buxoro viloyatida amalga oshirish uchun ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3a-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda Buxoro viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga xarid qiymatida sotiladigan, shuningdek, davlat organlariga keyinchalik samarali foydalanish uchun beriladigan Buxoro viloyatidagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarining ro‘yxati 5-ilovaga* muvofiq;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan ijtimoiy soha loyihalarining ro‘yxati 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida, jumladan, XMI va XHMT qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining ro‘yxati 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari tomonidan Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘maklashish ishlari 9-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyati shahar va tumanlarining eksport salohiyatini rivojlantirish prognozlari 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Buxoro viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi — Peshku tumanida qurilish sanoati klasterini va chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi — Qoraqo‘l tumanida chorvachilik klasterini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlari negizida 11-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi tashkil etiladigan KSZlar hududidagi, shuningdek, ularning ishtirokchilari ishlab chiqarish maydonlariga tashqi yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari kafolatli o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakolatli organlar bilan birgalikda Buxoro shahrining bosh rejasini 2019-yil oxirigacha va Kogon shahri, G‘ijduvon, Qorako‘l, Peshku tumanlari markazlari hamda Gazli shaharchasining bosh rejalarini 2020-yil oxirigacha Buxoro viloyatida urbanizatsiya strategiyasi bilan bog‘lagan holda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun qarz mablag‘larini jalb etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda mazkur qarorga 7-ilovada* nazarda tutilgan investitsiya loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini (keyingi o‘rinlarda TIA deb ataladi) ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish doirasida XMI va XHMTning zarur moliyaviy mablag‘lari jalb qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorga 7-ilovada* nazarda tutilgan infratuzilma investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha guruhlarni bir oy muddatda tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, loyihalar TIA va ishchi hujjatlarini ishlab chiqish uchun mablag‘lar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI va XHMT mablag‘lari ishtirokida amalga oshiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2019 va 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturlari doirasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash uchun nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash bo‘yicha Buxoro viloyatining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI va XHMT mablag‘lari ishtirokida amalga oshiriladigan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2019 va 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda ta’mirlanadigan umumiy foydalanishdagi avtombil yo‘llari, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining uchastkalarini bir oy muddatda belgilangan tartibda aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda ta’mirlanadigan uchastkalar ro‘yxatiga haqiqiy holati foydalanish shartlariga mos keladigan, shuningdek, qayd etilgan maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining avval tasdiqlangan qarorlariga binoan barpo etilayotgan va qurilishi tugallangan avtombil yo‘llarini kiritish qat’iyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda viloyatning shahar hamda tumanlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizmni kompleks rivojlantirishni ta’minlaydigan 2020 — 2024-yillarda Buxoro viloyatida muhandislik va suv infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturi loyihasini 2019-yilning 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tarmoq xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda 12-ilovada* ko‘rsatilgan davlatga hamda xo‘jalik birlashmalariga tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan obyektlar, shuningdek, yer maydonlari xo‘jalik faoliyatiga jalb qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buxoro viloyati hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli davlat organlari bilan birgalikda KSZlarni tashkil etishning barcha tashkiliy tartibotlarini ikki oylik muddatda yakuniga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ va EIZlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishning samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda boshqa yo‘nalishlar qatorida quyidagilar nazarda tutilgan 2019 — 2023-yillarda Buxoro viloyatida innovatsiyalarni joriy etish, agrar sektorni jadallashtirish va diversifikatsiya qilish dasturi loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqni lazer yordamida rejalashtirishga to‘liq o‘tish, 50 ming gektardan kam bo‘lmagan maydonda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosildorligi yuqori bo‘lgan sifatli urug‘liklar, nihollar va ko‘chatlarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalari hamda hayvonlar kasalliklariga qarshi samarali kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7,3 ming gektar yerni qishloq xo‘jaligida foydalanishga qaytarish, shuningdek, yangi 17,3 ming gektar yerni o‘zlashtirish hamda qaytarilayotgan va yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarni istiqbolli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tanlov asosida ijaraga ajratish, gektaridan kamida 4 — 7 ming AQSh dollari ekvivalentida daromad olish majburiyati bilan joylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil belgilash huquqini, shuningdek, eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ustuvor huquqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Buxoro viloyatining barcha hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarni tashkil etishning klaster shaklini bosqichma-bosqich joriy qilish va paxta-to‘qimachilik sektorida ishlab-chiqarish zanjirini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi takliflarni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va boshqa vakolatli vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar yerlaridan samarali foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Qorovulbozor tumanida joriy qilingan tajribani 2019-2020-yillarda viloyatning barcha tumanlarida joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun yer uchastkalarini o‘z vaqtida ajratish bo‘yicha barcha zarur tadbirlar belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Birlashgan Arab Amirliklarining ilg‘or tajribalari asosida 2020-2021-yillarda Buxoro shahrida Prezident maktabini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Buxoro viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Prezident maktabi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab faoliyat ko‘rsatishni boshlashi uchun barcha zarur tashkiliy-moliyaviy tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasidan 2 km radiusda tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalari ajratilganda, infratuzilma tarmoqlarini qurish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi mablag‘lar hisobidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EIZ uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (suv va kanalizatsiya uchun) va mahalliy budjet mablag‘lari teng ulushlarda (50:50);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ uchun — tegishli tuman (shahar) budjeti mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 kilometrgacha masofadagi muhandislik tarmoqlarini qurish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, EIZdan tashqari, loyiha tashabbuskori — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda quyidagilarning mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — jadal ijtimoiy, ishlab chiqarish, yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmani tashkil etish loyihalarining samarali hamda o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi — MTO loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi va nazarda tutilgan muddatlarda “Gazli” yer osti gazni saqlash omborining quvvati oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi — yo‘l-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil qilish loyihalarining nazarda tutilgan muddatlarda samarali hamda o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — Kogon hududida “G‘ijduvon” EIZ quvvatlarini 2023-yilgacha to‘liq ish bilan ta’minlash maqsadida yuqori texnologiyali va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali uning faoliyati samarali etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi — “Buxoro agro” EIZ hududida 3,0 ming gektar yer o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va ularda 2023-yilgacha issiqxona xo‘jaliklari hamda intensiv bog‘lar optimal joylashtirilishi, Buxoro viloyatida meva-sabzavot eksporti 280 mln AQSh dollarigacha yetkazilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi — 2020-yildan boshlab paxta tolasini va 2023-yildan boshlab ip-kalavani qayta ishlashni to‘liq o‘zlashtirish maqsadida loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda Buxoro viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 260 mln AQSh dollarigacha yetkazilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi — Peshku tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha xom ashyo resurslari o‘zlashtirilishi va qurilish sanoati klasteri faoliyatining samarali tashkil etilishi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi — charm-poyabzal va go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning tugallangan jarayonlari (chorvachilik klasterlari) tashkil etilishi uchun;
(15-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 2023-yilda xorijiy turistlar oqimini 1 million kishiga yetkazilishiga erishish va har bir turistdan olinadigan daromadni 400 AQSh dollarigacha yetkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari E.M. Ganiyev hamda Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
794-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/794/3791-son; 23.04.2021-y., 09/21/234/0366-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)