12.09.2019 yildagi 765-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘lovga qobiliyatsizlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4146-son qaroriga muvofiq hamda to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatining zarur normativ-huquqiy bazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan sud boshqaruvchisi talabgoriga malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati, mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oy o‘tgach amalga kiritiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Ya. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
765-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qaroriga
2-ILOVA

Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisining attestati — sud boshqaruvchilariga qo‘yiladigan malaka va professional talablarga mos kelish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) attestatsiyadan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxslar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — guvohnoma olish uchun o‘quv kursida o‘qiydigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma — tasdiqlangan maxsus o‘quv kursiga muvofiq sud boshqaruvchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qiganlikni tasdiqlovchi va sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun asos bo‘ladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus dastur — talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — sud boshqaruvchisi malaka oshirish kurslarida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Talabgor sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun kamida ikki yillik ish stajiga va oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga (keyingi o‘rinlarda Oliy maktab deb ataladi) ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oliy maktab quyidagi hujjatlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport ma’lumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Talabgor tomonidan mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar Oliy maktabga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali ularning olinganligini tasdiqlovchi xabarnoma bilan birga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy maktab talabgorning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab uch ish kuni davomida o‘qishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga o‘qishga rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, taqdim etilgan hujjatlar tegishli qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechikmasdan rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgorga quyidagi asoslar bo‘yicha o‘qishga ruxsat berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning mazkur Nizomning 3-bandi talablariga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslar bo‘yicha o‘qishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘qitish belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sud boshqaruvchilarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish dasturlariga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy maktab O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) bilan birgalikda tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda, talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus o‘quv dasturi Agentlik bilan kelishiladi, Oliy maktab tomonidan tasdiqlanadi va Oliy maktabning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilarini qisqa muddatli kurslarda tayyorlash (100 va undan ortiq o‘quv soatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilarini qayta tayyorlash (malakasini oshirish) (30 va undan ortiq o‘quv soatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilarining o‘quv dasturiga muvofiq stajirovkalarini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘quv dasturi modul prinsipi asosida amalga oshirilishi va bir nechta modulga (bloklar, qismlarga) bo‘linishi mumkin. O‘qitishning modul tizimi turli modullar mavzularidan iborat alohida sikllar dasturlarini shakllantirish imkoniyatni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va bankrotlik sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisi faoliyatining amaliyotini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining ilg‘or xorijiy amaliyotini;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi asoslarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruvni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yo‘nalishlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oliy maktab Agentlik va Assotsiatsiya bilan kelishgan holda, talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha o‘quv dasturiga tegishli ta’lim muassasalarini jalb etish yo‘li bilan qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish ularning to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni sudda ko‘rib chiqish sohasida bilim olishiga yo‘naltirilgan.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy maktab boshqa mutaxassislarni, fuqarolik, iqtisodiy va boshqa qonunchilik sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan shaxslarni, texnik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish, o‘qitish, moderatsiya uchun maydonchalar taqdim etish, shuningdek, spikerlar hamda boshqa turdosh xizmat ko‘rsatish maqsadida boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, talabgorlarni o‘qitadi va sud boshqaruvchilari malakasini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy maktab talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududlarida sayyor o‘quv kurslarini tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish sohasida seminarlar, konferensiyalar, ilmiy va amaliy tadbirlarni o‘tkazish dasturlari Agentlik bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sud boshqaruvchisi har ikki yilda malakasini oshiradi va unga tegishli sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Talabgorlarning o‘qiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi to‘g‘risida guvohnoma va (yoki) sertifikatni rasmiylashtirish hamda berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgorlarning ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘qiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi guvohnoma va (yoki) sertifikat olishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgorlarning o‘qiganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi haqidagi sertifikat ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda ular O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Guvohnoma va (yoki) sertifikat blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Guvohnoma va (yoki) sertifikat blankalari Oliy maktab buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasida bosma usulda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Guvohnoma va (yoki) sertifikat Oliy maktab tomonidan o‘quv kurslari yakunlangandan so‘ng uch kunlik muddatda rasmiylashtiriladi hamda guvohnoma va (yoki) sertifikat egasiga imzo qo‘yish yoki boshqa shaxsga notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sud boshqaruvchisi malaka oshirganligi to‘g‘risida tegishli sertifikatni olgandan so‘ng besh kun ichida sertifikat nusxasini o‘zining shaxsiy ma’lumotiga tikish uchun Assotsiatsiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabgorlarning o‘qiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va (yoki) sertifikat egasi o‘z familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki pasport ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, Oliy maktabga guvohnoma va (yoki) sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun ularning asl nusxalarini ilova qilgan holda ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Talabgorlarning o‘qiganligi va sud boshqaruvchilari malakasini oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va (yoki) sertifikat yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, guvohnoma va (yoki) sertifikat dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomni qo‘llashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI

‎GUVOHNOMA
(namuna)

№ 000000‎ Seriya AA‎

____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎____________________________________________________________________________________________
(o‘quv kursi muddati va o‘zlashtirilgan soatlar hajmi)

sud boshqaruvchilarini tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qidi.
Direktor ______________________________________________

‎‎(F.I.O, imzo)

M.O‘.

Ro‘yxatga olish raqami ________________
‎‎20 ___ yil “___” _________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI

‎SERTIFIKAT
(namuna)

№ 000000‎ Seriya AA‎

____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)
____________________________________________________________________________________________
(o‘quv kursi muddati va o‘zlashtirilgan soatlar hajmi)

sud boshqaruvchilari malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kursida o‘qidi.
Direktor _______________________________________________

(F.I.O, imzo)

M.O‘. Ro‘yxatga olish raqami _________________
20 ___ yil “___” _________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-martdagi 138-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-yil, 3-son, 33-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 11-son, 58-modda) ilovaning 11-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 6-fevraldagi 30-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 2-son, 9-modda) ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 39-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-martdagi 138-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 8-oktabrdagi 277-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 10-son, 73-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-martdagi 76-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 23-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 02.12.2023-y., 09/23/635/0917-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)