27.08.2019 yildagi PF-5789-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining (keyingi oʻrinlarda — rahbar va pedagog kadrlar) kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv jarayoniga oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari, jumladan masofaviy taʼlim, vebinar texnologiyalari, avtomatlashgan monitoring, elektron portfolio axborot tizimlari joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning amaldagi tartibi samarasi past boʻlganligi, koʻp resurs sarflashni talab etayotgani hamda zamonaviy talablarga javob bermayotganligi, ushbu jarayonga innovatsion yondashuvlarni joriy etishni hamda kadrlarning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish mexanizmlarini qoʻllashni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimini yangi bosqichga koʻtarish, ularning kasbiy malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat natijalarini inobatga oladigan tabaqalashtirilgan va muqobil uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga keng joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oʻz tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning 2019-yil 1-sentabrdan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq oliy taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning bevosita va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir-birini toʻldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishini taʼminlash va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib ularning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan uzluksiz malaka oshirishning shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini muntazam oshirish asosida ularning ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot hamda oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha innovatsiyalar, shuningdek oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohalaridagi koʻnikmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori samarali zamonaviy taʼlim va innovatsion texnologiyalar, ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etgan holda rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini doimiy yangilab borish, ularning faoliyatini zarur darajada tashkil etish va samaradorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarda Internet jahon axborot tarmogʻi, multimedia tizimlari va masofadan oʻqitish usullaridan foydalangan holda, ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni oʻquv jarayoniga faol tatbiq etish koʻnikmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarning chet tilini amaliy oʻzlashtirish darajasini oshirish, oʻz kasbiy mahoratini, pedagogik va ilmiy faoliyati samaradorligini muttasil oshirib borish imkoniyatlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil malaka oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita oʻqish shakllarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, rahbar va pedagog kadrlarga ularning kasbiy, oʻquv-metodik va ilmiy-pedagogik faoliyati natijalaridan kelib chiqib, muqobil malaka oshirish yoki taʼlim dasturlari asosida oʻqish shakllarini tanlash imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishdan ajragan holda toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) oʻqish umumiy davomiyligini 144 soat etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida professor-oʻqituvchilarning sonidan kelib chiqib belgilanadigan, kamida 3 ta shtat birligidan iborat taʼlim texnologiyalari kafedralarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida samarali dars berayotgan professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislar faoliyati tahlilidan kelib chiqib, ularga bazaviy lavozim maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilash, shuningdek mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan malakali professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislarni soatbay haq toʻlash miqdorining 20 foizigacha koʻpaytirilgan holda moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoshidagi, uch yoshga toʻlmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi boʻlgan rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqishini masofaviy shaklda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatish asosida ishlab topgan budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ushbu markazlar xodimlari lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra 200 foizgacha ustama haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari tuzilmasiga xalqaro hamkorlik boʻyicha mutaxassis lavozimini kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdori va shartlarini mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonning amalga oshirilishi uchun zarur mablagʻlarni 2019-yilda ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan mablagʻlar doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa Davlat budjetining parametrlarida zarur moliyalashtirishni har yili nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5789-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-bandning birinchi xatboshisidagi “16” raqami “17” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish 2-ilovaga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi oʻquv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soatlik maxsus dasturlarning 144 soat hajmi ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish usullari asosida, 144 soati toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan ajragan holda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Napravleniya perepodgotovki” ustuni “Napravleniya perepodgotovki” soʻzlaridan keyin “i povisheniya kvalifikatsii” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-pozitsiya “Napravleniya perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii” ustunidan “Zootexniya” va “Veterinariya” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 17-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

17.

Samarkandskiy institut veterinarnoy meditsini

Zooinjeneriya,
Veterinarnaya meditsina

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2-ilovaning rus tilidagi matni izohining 1-bandidan “(2 mesyatsa)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 06/19/5789/3659-son)