Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.11.2021 13.08.2019 yildagi O‘RQ-552-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.11.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-728-sonli “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini (bundan buyon matnda yer uchastkasi deb yuritiladi) xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk bo‘lgan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan va ommaviy mulk bo‘lgan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni o‘tkazish usuli bo‘lib, bunda yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmog‘idagi ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida undan potensial xaridorlarning teng ravishda foydalanishi asosida realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq tarzda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ixtiyoriylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan huquqlarini o‘z xohish-irodasi bilan va o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishga majburlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Haq to‘lash prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining birligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqi faqat ushbu obyektlarning mulkdorlariga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish bilan birga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni ochiq va shaffof bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi axborotdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan usullar orqali erkin foydalanilishini ta’minlashi shart.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Xususiylashtirish obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash bo‘lgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur o‘lchamlardagi yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga (bundan buyon matnda Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi deb yuritiladi) berilgan yer uchastkalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan va e’lon qilingan rejalashtirish sxemalari bo‘lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati qonunchilikka muvofiq belgilanadigan, xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlari bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida davlat boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari va hududlarni rejalashtirish hamda rivojlantirishga doir shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishi va e’lon qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun haq miqdorlarini, shuningdek uni to‘lash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglamentni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining bozor qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish maqsadida bo‘sh turgan yer uchastkalarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga beriladigan yer uchastkalarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining inventarizatsiyasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining xaritalarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining maydoni va chegaralarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan bo‘sh turgan yer uchastkalari yuzasidan materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatiga olinishini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirishning ochiq va shaffof mexanizmini savdolar tashkilotchisi orqali ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmog‘ida ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi va elektron onlayn-auksionlar o‘tkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni jamlab, keyinchalik ulardan urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun maqsadli ravishda foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga berilgan yer uchastkalarini infratuzilmaviy rivojlanishga doir ishlar yakunlanganidan so‘ng elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Davlat organlarining hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari ma’lumotlar bazalarining yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga taalluqli qismi bo‘yicha axborot almashish orqali hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ushbu shaxs tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalariga, shuningdek ularga tutash bo‘lgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur o‘lchamlardagi yer uchastkalariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan o‘ziga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalariga nisbatan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi jismoniy shaxsga o‘tganda mazkur yer uchastkasini xususiylashtirishga bo‘lgan huquq ham o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyekti ulushli yoki birgalikdagi mulk bo‘lsa yoxud ko‘p kvartirali turar joy bo‘lsa, ariza barcha ishtirokchilarning (mulkdorlarning) fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining maydoni va chegaralarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga bo‘lgan mulk huquqini yoki ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan yer uchastkalarining maydoni va chegaralari doirasida amalga oshiriladi. Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarga, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlariga tutash bo‘lgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur yer uchastkalari xususiylashtirilayotganda ularning maydoni va chegaralari xususida sud tartibida nizolashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Arizani berish va ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yer uchastkasi joylashgan yerdagi tuman (shahar) hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza yer uchastkalarini xususiylashtirish masalasini Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya ariza olingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi va Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglamentga muvofiq o‘z ijobiy yoki salbiy xulosasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning xulosasi tuman (shahar) hokimining yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi yoki ularni xususiylashtirishni rad etish haqidagi tegishli qarorini qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalariga nisbatan tugallanmagan sud muhokamalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari tasdiqlangan bosh rejalarining, shuningdek ariza berilguniga qadar qabul qilingan hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita to‘sqinlik qilayotgan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, infratuzilma obyektlarini qurish to‘g‘risida vakolatli davlat organlari hujjatlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun to‘lovning ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun to‘lov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun to‘lov Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning ijobiy xulosasi to‘g‘risida yozma yoki elektron bildirishnoma olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida jismoniy va yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkasini xususiylashtirish uchun to‘lovning miqdori yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan hamda xususiylashtiriladigan kunda tegishli yerlar uchun belgilangan yer solig‘i stavkasining karrali miqdorlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun to‘lov miqdorini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yer uchastkalarining, yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalariga, shu jumladan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalariga nisbatan tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlarni belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi yoki xususiylashtirishni rad etish haqidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qaror xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qaror suddan tashqari tartibda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish haqidagi qaror Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning salbiy xulosasi tuzilgan kunda qabul qilinadi va ushbu qaror ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bo‘sh turgan yer uchastkalarini, shuningdek Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga berilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘sh turgan yer uchastkalari aholi punktlarining va hududlarning bosh rejalariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘sh turgan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi bilan kelishilgan holda elektron onlayn-auksion orqali yuridik va jismoniy shaxslarga mulk qilib sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlari bilan sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun buyurtma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun buyurtma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Xususiylashtiriladigan bo‘sh turgan yer uchastkasi uchun to‘lov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtiriladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining qiymati o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi ularning elektron onlayn-auksionga qo‘yish paytidagi bozor qiymatiga teng qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zakalat miqdori va qadam narxi boshlang‘ich narx foizlarida va pulda ifodalangan tarzda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionni tashkil etish xizmatlari uchun to‘lov savdolar tashkilotchisi va elektron onlayn-auksion tashabbuskori o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga berilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga berilgan yer uchastkalari bo‘sh turgan yer uchastkalari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reyestriga elektron tarzda tegishli yozuv kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va u “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlari yo‘lida erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishi bartaraf etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy va boshqa imoratlar hamda inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yer uchastkalarining mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan tartibda qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini olish chog‘ida o‘z zimmasiga yuklatilgan investitsiya majburiyatlarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi vujudga kelishining alohida hollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida va xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega bo‘lmagan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga o‘tkazish maqsadida tuzilgan hujjatlar, bitimlar va amalga oshirilgan boshqa harakatlar haqiqiy emasdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar bankrot bo‘lganligi, merosni qabul qilib olganligi, yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi yoki tugatilganligi oqibatida va boshqa holatlarda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega bo‘lmagan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga o‘tgan taqdirda, olingan yer uchastkalari bunday holat yuzaga kelgan paytdan e’tiboran olti oy ichida o‘zga shaxsga o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini mulkdordan olib qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini mulkdordan olib qo‘yishga faqat mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu yer uchastkasiga qaratilganda, shuningdek natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Undiruv qaratilgan, olib qo‘yilayotgan xususiylashtirilgan yer uchastkasining qiymatini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv qaratilgan, olib qo‘yilayotgan xususiylashtirilgan yer uchastkasining qiymati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qo‘yilayotgan xususiylashtirilgan yer uchastkasining baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan qiymati yuzasidan sudda nizolashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini natsionalizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya yuridik va jismoniy shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini to‘lov asosida davlat tasarrufiga o‘tkazishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini natsionalizatsiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat davlat va jamoat ehtiyojlari uchun hamda yer uchastkasi mulkdorining roziligi olinganida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining mulkdori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan davlat organi o‘rtasida teng shartlar asosida tuziladigan yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasining shartnoma qiymatini va boshqa zararlarning o‘rnini davlat tomonidan oldindan qoplash sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun natsionalizatsiya qilishga faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini va aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellarni, energetika tizimlari obyektlarini va elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari bosh rejalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlarni qurishga taalluqli qismini ijro etish maqsadlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini tijorat maqsadida natsionalizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasini tuzishni davlat organi tomonidan tashabbus qilish yer uchastkalari natsionalizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek ko‘riladigan naf va chiqimlar baholanganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasi shartnoma qiymatining va boshqa zararlarning o‘rnini qoplash natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlatga o‘tkaziladigan paytga qadar to‘liq hajmda amalga oshiriladi yoki yer uchastkasi mulkdorining xohishiga ko‘ra boshqa teng qiymatdagi yer uchastkasi mulk qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasi shartnoma qiymatining o‘rnini qoplash to‘lovi bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi natsionalizatsiyani amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi va xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdori o‘rtasida yer uchastkasi oldi-sotdi shartnomasini tuzish bo‘yicha kelishmovchiliklar ustidan sud tartibida nizolashish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natsionalizatsiya qilingan yer uchastkasining amalda davlatga o‘tishi qaysi mulkdorning va boshqa shaxslarning natsionalizatsiya qilinayotgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari natsionalizatsiya qilish chog‘ida tugatilayotgan yoki cheklanayotgan bo‘lsa, faqat o‘sha mulkdor va boshqa shaxslar tomonidan teng qiymatdagi to‘lov olinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, sobiq mulkdorlar uni xususiylashtirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini rekvizitsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar hollarida va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarda uning mulkdoridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq olib qo‘yilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin, bunda xususiylashtirilgan yer uchastkasining mulkdoriga yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanib, unga rekvizitsiya to‘g‘risida hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasini rekvizitsiya qilish faqat fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini favqulodda holatlar munosabati bilan yuzaga keladigan tahdidlardan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekvizitsiya amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarning amal qilishi tugagach, rekvizitsiya qilingan yer uchastkasining sobiq mulkdori saqlanib qolgan mol-mulkini o‘ziga qaytarishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekvizitsiya qilingan yer uchastkasini uning mulkdoriga qaytarib berishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu yer uchastkasi bozor qiymatining o‘rni qoplanadi yoki uning xohishiga ko‘ra teng qiymatdagi boshqa yer uchastkasi mulk qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yer uchastkasini rekvizitsiya qilish zarurati mavjud bo‘lmaganda yer uchastkasi ushbu holatlarning amal qilish muddati davrida vaqtincha foydalanish uchun egallanishi mumkin va yer uchastkasining mulkdoriga uning huquqlari vaqtincha cheklanishi tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining mulkdoriga rekvizitsiya qilingan yer uchastkasining bozor qiymati qaysi baholashga muvofiq qoplansa, o‘sha baholash, rekvizitsiya qilish yoki yer uchastkasi mulkdorining huquqlarini vaqtincha cheklash munosabati bilan yetkazilgan zararlar yuzasidan xususiylashtirilgan yer uchastkasining mulkdori tomonidan sud tartibida nizolashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasini musodara qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi jinoyat-protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mulkdordan sud qarori asosida olib qo‘yilishi (musodara qilinishi) mumkin.
(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(40-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(43-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 2020-yil 1-martdan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-552-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 03/19/552/3541-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)