31.07.2019 yildagi PQ-4410-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, eksportga moʻljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan texnikalar bilan taʼminlash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasida kooperatsiya tizimi yoʻlga qoʻyilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan texnikalarda import qismlari ulushining yuqoriligi, agrar sektorni texnika bilan taʼminlashning barqaror tizimi mavjud emasligi, texnikalarga servis xizmati koʻrsatishning toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligi hamda ilm-fan bilan ishlab chiqarishning uygʻunlashmaganligi ushbu sohaga alohida eʼtibor qaratishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini yanada rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish jarayonini toʻliq yoʻlga qoʻyish, agrar sektorni hududlarning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan zamonaviy va arzon qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlash, shuningdek, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini 2021-yilda 60 foizga yetkazish boʻyicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilishva ushbu loyihalarni 2021-yil yakuniga qadar ishga tushirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlanayotgan investitsiya loyihalari texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga, istisno tariqasida, tender oʻtkazmagan holda saralash tanlovi asosida loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Asaka” ATBning “Metall buyumlarni quyish zamonaviy sexini ishga tushirish” loyihasini amalga oshirishga xorijiy tijorat banklari kredit liniyalarini jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda mazkur loyihaning texnik iqtisodiy asoslari yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning 2020-yil oktabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” ATB bilan birgalikda mazkur loyihaning loyiha hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari oʻrtasida kooperatsiyani amalga oshirish tavsiya etilayotgan mahsulotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni jadallashtirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruhi deb yuritiladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhi (N.S. Otajonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb etgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini 2025-yilga qadar rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mavjud texnika turlarini optimallashtirish va yangi turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarining budjet modelini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun yangi milliy “brend”ni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻdorchilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik yoʻnalishida texnika turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va umumiy ishlab chiqarish hajmini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan eksport ulushini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash va tayyor mahsulot eksportini ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan 2022-yilda 20 foizga, 2025-yilda esa 30 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy korporativ boshqarish usullarini, xususan “YERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish, “GMS” ishlab chiqarishni boshqarish va “BIQ” sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi uchun kichik mexanizatsiya texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor parklarining mavjud texnikalari va boʻsh turgan yer maydonlarini optimallashtirish hamda ularni asosan taʼmirlash va servis xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2023-y., 07/23/103/0180-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridlarini kreditlash va ularni lizingga berish tizimini takomillashtirish maqsadida milliy valyutada tijorat banklariga 50 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻlarni joylashtirsin va samarali oʻzlashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2019-yil uchun 60 milliard soʻm, keyingi yillarda esa talabga muvofiq zarur mablagʻlarni yoʻnaltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda imtiyozli kredit liniyalari hisobidan ekvivalenti 60 million AQSH dollari miqdoridagi milliy valyutaning tijorat banklari orasida ularning buyurtmanomalari asosida mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilishni moliyalashtirish uchun ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga zarur texnikalarni lizing orqali yetkazib berish tizimini takomillashtirish yuzasidan past foizli xorijiy kredit resurslarini jalb qilgan holda aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqilishini taʼminlasin. Bunda barcha lizing korxonalari uchun teng raqobat muhiti yaratilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Asaka” ATB va “Agrobank” ATBning mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini lizing va kreditga olishni moliyalashtirish uchun 60 million AQSH dollari miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga biriktiriladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur kasb-hunar kollejlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlari ish beruvchilarning buyurtmalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan tashkil etiladi. Bunda xodim aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilingan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari bilan birgalikda tegishli kasb-hunar kollejlariga metodik yordam koʻrsatilishini hamda kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida kelgusi faoliyatini davom ettirish yuzasidan kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan manfaatdor ish beruvchilar bilan birgalikda har yili 1-martga qadar qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash orqali shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining sohaga oid tegishli kafedralari filiallarini “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga sirtqi va kechki taʼlim shakllariga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarining rahbarlik lavozimlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tavsiya etiladigan xorijiy oliy taʼlim muassasasini tugatgan yoki ilmiy darajaga ega nomzodlar orasidan tanlov yoʻli bilan lavozimga tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tavsiyasiga muvofiq “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizimi korxonalarida lavozimga tayinlangan professor-oʻqituvchilarning oliy taʼlim muassasasidagi ish joyi va oʻrtacha oylik ish haqini 2 yil davomida saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ oʻzining tarkibiga kiruvchi korxonalarda talabalar dars mashgʻulotlari hamda amaliyot oʻtkazish uchun auditoriyalarning tashkil etilishi va ularning darsdan boʻsh vaqtlarida ishlashiga sharoit yaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasidakadrlar buyurtmachilari takliflari va ilgʻor xorijiy tajriba asosida oʻquv reja va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ikki tomonlama diplom beriladigan qoʻshma dasturlar asosida qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2019-yil 1-sentabrdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiqqishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistr, doktorant, professor-oʻqituvchi, ilmiy xodim va soha muhandis texnik xodimlari yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqish va malaka oshirish uchun yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama diplom beriladigan qoʻshma dastur asosida tahsil olayotgan iqtidorli bakalavr talabalarning xorijiy oliy taʼlim muassasasidagi oʻqishtoʻlov kontrakti toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilansinki, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning ijro etuvchi apparati tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soniga aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda import qilinadigan va yangi ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun oʻrnatilgan texnik talablarni respublikaning tuproq-iqlim sharoiti va xalqaro standartlar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-martga qadar ichki va tashqi bozorlarda dilerlik tarmogʻini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalariga xizmat koʻrsatuvchi zarur texnikalar bilan jihozlangan va koʻchma xizmat koʻrsatuvchi beshta mintaqaviy servis markazlarini 2019-yil oxirigacha, qolgan hududlarda 2021-yil 1-yanvarga qadar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etgan holda “AgroMashExpo” qishloq xoʻjaligi texnikalari xalqaro koʻrgazma-savdosini har yili ikki marotaba oʻtkazish amaliyotini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat koʻrsatkichlarini taʼminlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4410-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha nomi

Quvvati va yaratiladigan ish oʻrni

Loyiha qiymati

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Metall buyumlarni quyish zamonaviy sexini ishga tushirish” loyihasi

quvvati ― 30 ming tonna

ish oʻrni ― 250 ta

42,0 mln.
AQSH doll.

1. Loyihaning biznes-rejasini (TIA) ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2019-yil

sentabr

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ
(Otajonov),

“Asaka” ATB (Saydullayev)

2. Bosh pudratchi va loyiha tashkilotini belgilash, ular bilan shartnoma tuzish, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2019-yil sentabr

3. Loyihani moliyalashtirish uchun Germaniyaning “AKA bank”idan kredit liniyasini jalb qilish.

2019-yil

oktabr

4. Moliyalashtirishni ochish vaqurilish ishlarini boshlash.

2019-yil

noyabr

5. Obyektni foydalanishga topshirish:

­1-bosqich (7 ming tonna);

2020-yil oktabr

2-bosqich (23 ming tonna).

2021-yil dekabr

2.

“Plastik qismlarini ishlab
chiqarishni oʻzlashtirish” loyihasi

quvvati ― 12 ming dona mashinokomplekt

ish oʻrni ― 110 ta

6,65 mln. AQSH doll.

1. Moliyalashtirish manbasini aniqlash, loyihaning biznes-rejasini (TIA) ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2019-yil

sentabr

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ
(Otajonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Umurzakov)

2. Bosh pudratchi va loyiha tashkilotini belgilash, ular bilan shartnoma tuzish, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2019-yil

oktabr

3. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash

2020-yil
yanvar

4. Obyektni foydalanishga topshirish.

2020-yil dekabr

3.

“Transmissiya vallari va shesternyalarini oʻzlashtirish” loyihasi

quvvati ― 12 ming dona mashinokomplekt

ish oʻrni ― 85 ta

19,0 mln.
AQSH doll.

1. Moliyalashtirish manbasini aniqlash, loyihaning biznes-rejasini (TIA) ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2019-yil

dekabr

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

(Otajonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Umurzakov)

2. Bosh pudratchi va loyiha tashkilotini belgilash, ular bilan shartnoma tuzish, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2020-yil

fevral

3. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.

2020-yil
aprel

4. Obyektni foydalanishga topshirish.

2021-yil
aprel

4.

“Oʻzi yurar qishloq xoʻjaligi texnikalariga kabinalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi

quvvati ― 12 ming dona mashinokomplekt

ish oʻrni ― 60 ta

3,9 mln.
AQSH doll.

1. Moliyalashtirish manbasini aniqlash, loyihaning biznes-rejasini (TIA) ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2019-yil

dekabr

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ
(Otajonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Umurzakov)

2. Bosh pudratchi va loyiha tashkilotini belgilash, ular bilan shartnoma tuzish, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2020-yil

yanvar

3. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.

2020-yil
mart

4. Obyektni foydalanishga topshirish.

2020-yil dekabr

5.

“Gʻildirak disklarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish” loyihasi

quvvati ― 100 ming dona

ish oʻrni ― 42 ta

3,35 mln.
AQSH doll.

1. Moliyalashtirish manbasini aniqlash, loyihaning biznes-rejasini (TIA) ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2019-yil

dekabr

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

(Otajonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Umurzakov)

2. Bosh pudratchi va loyiha tashkilotini belgilash, ular bilan shartnoma tuzish, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2020-yil

yanvar

3. Moliyalashtirishni ochish va qurilish ishlarini boshlash.

2020-yil
mart

4. Obyektni foydalanishga topshirish.

2020-yil dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Loyihalar roʻyxati va ularni amalga oshirish muddatlariga ishlab chiqiladigan dastur, investorlar muzokaralar natijalari boʻyicha hamda parametrlariga loyihalar DTIA/TIAsi ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari oʻrtasida kooperatsiyani amalga oshirish tavsiya etilayotgan mahsulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tarmoq nomi

Butlovchi va ehtiyot qismlar nomi

I. Metallprokat va quyma detallar

1.

“Oʻzmetkombinat” AJ,

“Toshkent truba zavodi” QK,

“Quyuv-mexanika zavodi” SHK

Poʻlat tunika prokati

Profil prokati

Doira prokati

Katanka

Alyumin quyilmasi

II. Plastmassa detallari

2.

“Oʻzavtosanoat” AJ

Qoliplangan detallar

Quyma detallar

III. Rezinotexnika mahsulotlari

3.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

Shinalar

Pol toʻshamalari va boshqalar

IV. Oyna va tashqi yoritish chiroqlari

4.

“Oʻzavtosanoat” AJ

Toblangan oyna

Koʻzgular

Tashqi yoritgichlar

Ogohlantiruvchi chiroqlar

V. Gidravlika va sovutish tizimi

5.

“Oʻzavtosanoat” AJ

Gidroyuritgichlar

Yuqori bosim rukavalari

Gidrotsilindrlar

Gidrotaqsimlagichlar

Radiatorlar

VI. Elektrtexnika qismlari

6.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,

“Oʻzavtosanoat” AJ

Elektrkonnektorlari

Elektr jihozlar

Elektrjgutlar

VII. Yoqilgʻi tizimi va filtrlar

7.

“Oʻzavtosanoat” AJ

Nasoslar

Patrubkalar

Quvurlar

Yoqilgʻi baki

Ovoz pasaytirgich

Filtrlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Muddati

Bajarilishi ustidan nazorat

boshlanishi

yakunlanishi

nazorat uchun masʼul

koʻrib chiqish muddati

I. Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish faoliyatini yanada rivojlantirish

1.

Yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holdaqishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini 2025-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Masʼullar: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

har oy

2.

Texnika turlarini optimallashtirish va ichki bozor uchun respublikaning tabiiy-iqlim sharoitiga mos budjetbop chopiq, haydov va universal texnika turlarni yaratish uchun xorijiy injiniring kompaniyasini jalb etish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

har oyning
15 sanasi

3.

Bogʻdorchilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik uchun zarur qishloq xoʻjaligi texnikalariga boʻlgan ichki va tashqi bozordagi ehtiyojni oʻrganib, talab yuqori boʻlgan modellarni ishlab chiqish boʻyicha investitsiya loyihalarini tayyorlash.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi

(N. Otajonov, E. Ganiyev)

2019-yil
1-oktabr,
1-dekabr,
2020-yil

1-fevral

4.

Qishloq xoʻjaligi uchunrespublikada ishlab chiqarilmaydigan kichik mexanizatsiya texnikalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xoʻjayev)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

har chorak

5.

Yangi oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan 1,1 million gektar yer maydonlari uchun talab etiladigan texnika turlari va hajmlarini aniq belgilagan holda qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi

(N. Otajonov)

2019-yil
1-noyabr,
2020-yil

1-yanvar

II. Qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirish darajasini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish va mahsulot tannarxini arzonlashtirish

6.

Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish darajasini 2021-yilda 60 foizga yetkazish boʻyicha salohiyatli investorlarni jalb qilish choralarini koʻrish.

Masʼullar: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(E. Ganiyev)

har oy

7.

Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik qayta jihozlash boʻyicha 5 ta investitsiya loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarni jalb qilgan holda ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(E. Ganiyev)

2019-yil
1-noyabr

8.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning 7 ta qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar va 3 ta oromgohlardagi ulushini realizatsiya qilishni jadallashtirish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

2020-yil
1-yanvar

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi PQ-4268-son qarori bilan “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning sotilishi belgilangan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardagi ulushini “E-IJRO auksion” platformasi orqali auksion savdolariga jamiyatlarning faoliyatini saqlab qolish sharti bilan sotuvga qoʻyish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

2019-yil
1-sentabr

10.

“Oʻzagrosanoatxolding” AJ korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning “rebrending”ini oʻtkazish va yangi milliy “brend”ni yaratish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xoʻjayev)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-dekabr

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

2019-yil
1-dekabr

11.

Tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi texnikalariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganib, eksport salohiyatini oshirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

2019-yil
1-noyabr

12.

Respublika tuproq-iqlim sharoiti va xalqaro standartlar talablarini inobatga olgan holda import qilinadigan va yangi ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun oʻrnatilgan amaldagi texnik talablarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Masʼullar: Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

2019-yil
1-sentabr

13.

Qishloq xoʻjalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va laboratoriya uskunalarini yangilash choralarini koʻrish.

Masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi
(J. Qoʻchqorov)

2019-yil
1-oktabr

14.

Import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari turlari va miqdorlarini chuqur tahlil qilgan holda bojxona tariflarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Moliya vazirligi
(D. Sultanov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov)

2019-yil
1-sentabr

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev)

2019-yil

1-dekabr

15.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish maqsadida xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(J. Qoʻchqorov)

2019-yil
1-noyabr

16.

Elektrotexnika sanoati, avtosanoat korxonalari va sanoatning boshqa tarmoqlari bilan birgalikda tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish choralarini koʻrish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Sh. Umurzoqov), “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov, A. Sultonov)

har chorak

17.

Hududlarda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizimi korxonalarining servis markazlarini tashkil etish, shuningdek, mashina traktor parklarini zamonaviy koʻchma avtoustaxona bilan taʼminlash yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), “Oʻzagroservis” AJ (R. Xaitov)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi
(N. Otajonov)

har chorak

III. Qishloq xoʻjaligi texnikalari sohasini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish

18.

Qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridlarini lizingga berish tizimini takomillashtirish maqsadida 50 million AQSH dollarini oʻzlashtirish chora-tadbirlarini koʻrish.

Masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

2019-yil
1-sentabr

19.

Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga berish tizimini tanqidiy koʻrib chiqib, fermerlarni qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlashning barqaror moliyaviy mexanizmlarini, mavjud va yangi tashkil etiladigan lizing kompaniyalari orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

Masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) “Oʻzagrolizing” AJ
(M. Yusupov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

2019-yil
1-oktabr

20.

“VTB bank”ning (Rossiya) 30 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit liniyasini mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini lizing va kreditga berishni moliyalashtirish uchun jalb qilish.

Masʼul: Asakabank (N. Saydullayev)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

har oy

21.

Xorijiy tijorat banklarining 30 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit liniyasini jalb qilib, lizing tashkilotlari va qishloq xoʻjaligi korxonalariga mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing va kreditga olish uchun ajratish.

Masʼul: Agrobank (R. Mamatqulov)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

har oy

22.

Mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga 2019-2020-yillarda jalb qilinadigan imtiyozli kredit liniyalaridan 60 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdordagi uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini banklarga ajratish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Agrosanoat loyihalarini amalga oshirish agentligi (Sh. Shoaxmedov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

har oy

23.

Lokalizatsiya darajasi 20 foizdan kam boʻlmagan qishloq xoʻjaligi texnikasi xaridi uchun 15 foiz subsidiya berish tizimini joriy etish maqsadida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 60 milliard soʻm ajratish.

Masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

2019-yil
1-sentabr

24.

Qishloq xoʻjaligi texnikalari va ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar eksportida transport xarajatlarining 80 foizini kompensatsiya qilish tizimini joriy etish.

Masʼullar: Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi
(J. Qoʻchqorov)

2019-yil
1-sentabr

IV. Qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish va ularga sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni rivojlantirish

25.

Oliy taʼlim muassasalarining “qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish” yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli bakalavr (magistr) talabalarning 20 nafarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqish (malaka oshirish) uchun yuborish.

Masʼullar: “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-dekabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduxakimov)

har chorak

26.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizimi korxonalarida mavjud boʻsh rahbarlik lavozimlariga xorijiy oliy taʼlim muassasasini tugatgan yoki ilmiy darajaga ega mutaxassislar orasidan koʻrik tanlov oʻtkazish yoʻli bilan nomzodlarni tavsiya etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ
(U. Salimov)

2019-yil
1-sentabr

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduxakimov)

2019-yil
1-noyabr

27.

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatidan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan samarali foydalanish uchun ularga bittadan tumanni biriktirib, texnikalardan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy tumanlarga aylantirish choralarini qoʻrish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(J. Xodjayev), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduxakimov, A. Vahobov)

2019-yil
1-noyabr

28.

“Texnolog” AJda Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining “Transport vositalari”, “Yoʻl qurilish mashinalari” kafedralari filiallarini tashkil etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ
(U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduxakimov)

2019-yil
1-oktabr

29.

“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikalari zavodi” AJda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xoʻjalik mashinalari”, “Traktorlar va avtomobillar”, “Gidromelorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedralari filiallarini, Toshkent davlat texnika universitetining “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Quymakorlik texnologiyalari”, “Yer usti transport tizimlari”, “Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi” kafedralari filiallarini, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining “Ekologiya va ichki yonuv dvigatellari” kafedrasi filialini tashkil etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ
(U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduxakimov)

2019-yil
1-oktabr

30.

“Agregat zavodi” AJda Toshkent davlat texnika universitetining “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Metallarga bosim bilan ishlov berish” kafedralari filiallarini, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi, “Mexatronika va avtomatika” oʻquv markazi filiallarini tashkil etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ
(U. Salimov)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduxakimov)

2019-yil
1-oktabr

31.

Har bir viloyatda bittadan kasb-hunar kolleji negizida qishloq xoʻjaligi texnikalariga xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan oʻquv markazini tashkil etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Sh. Kudbiyev)

2019-yil
1-avgust

2019-yil
1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Abduxakimov)

2019-yil
1-oktabr

V. Qishloq xoʻjaligi texnikalari sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va keng yoritib borish

32.

Sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-dekabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Aripov)

har oyda
ikki marta

33.

Sohada yaratilayotgan imtiyozlar, amalga oshirilayotgan ishlar va yuz berayotgan yangiliklarni ommaviy axborot vositalari orqali tizimli ravishda keng yoritib borish.

Masʼullar: “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (U. Salimov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

2019-yil
1-avgust

2020-yil
1-dekabr

Vazirlar Mahkamasi
(A. Aripov)

har oy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni jadallashtirish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

N.S. Otajonov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari

2.

U.D. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri

4.

A.S. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari

5.

B.Q. Roʻziboyev

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

D.Sh. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

7.

Sh.A. Vafoyev

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

8.

A.I. Sulaymonov

“Oʻzagrolizing” AJ boshqaruvi raisi

9.

Sh.B. Umurzakov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

10.

M.T. Toshboltayev

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari

11.

Oʻ.P. Umurzoqov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori

12.

S.M. Turobjonov

Toshkent davlat texnika universiteti rektori

13.

Oʻ.R. Salomov

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori

14.

M.R. Boyquvatov

“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ direktori

15.

B.T. Kadirov

“Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ direktori

16.

Sh.Sh. Nurmatov

“Agregat zavodi” AJ direktori

17.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga biriktiriladigan kasb-hunar kollejlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oliy taʼlim muassasasi nomi

Tuman nomi

Biriktirilgan kasb-hunar kolleji

Oʻquvchi oʻrni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali

Nukus tumani

Qutankoʻl agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji

600

Andijon viloyati

2.

Andijon mashinasozlik instituti

Shahrixon tumani

Shahrixon qishloq va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

900

Buxoro viloyati

3.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Gʻijduvon tumani

Gʻijduvon qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

720

Jizzax viloyati

4.

Jizzax politexnika instituti

Gʻallaorol tumani

Gʻallaorol tuman Guliston qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

720

Qashqadaryo viloyati

5.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Qarshi tumani

Beshkent qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

750

Navoiy viloyati

6.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Xatirchi tumani

Xatirchi qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

585

Namangan viloyati

7.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toʻraqoʻrgʻon qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

1050

Samarqand viloyati

8.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Jomboy tumani

Jomboy qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

900

Sirdaryo viloyati

9.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

Sirdaryo tumani

Malik agrosanoat kasb-hunar kolleji

720

Surxondaryo viloyati

10.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti

Qumqoʻrgʻon tumani

Qumqoʻrgʻon qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

782

Toshkent viloyati

11.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

Zangiota tumani

Zangiota tuman agrosanoat kasb-hunar kolleji

615

Xorazm viloyati

12.

Toshkent davlat agrar universiteti
Nukus filiali

Urganch tumani

Urganch tuman “Gʻoybu” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

675

Fargʻona viloyati

13.

Fargʻona politexnika instituti

Quva tumani

Quva qishloq xoʻjaligi va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

1112

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
batafsil amaliy tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qaror bandlari

Bajarish muddati

Nazorat uchun masʼullar

Ishchi guruhdan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini 2021-yilda 60 foizga yetkazish boʻyicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiuch oy muddatda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish va ushbu loyihalarni 2021-yil yakuniga qadar ishga tushirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlanayotgan investitsiya loyihalari texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga, istisno tariqasida, tender oʻtkazmagan holda saralash tanlovi asosida loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilishga ruxsat berilsin.

Tarmoq jadvallarini tasdiqlash ― 2019-yil 15-avgustga qadar


Loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlarini aniqlash ― 2019-yil 10-sentabrga qadar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga
har chorakda maʼlumot kiritish

U. Karimov,

Sh. Vafayev

R. Gulyamov,

N. Otajonov

2.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Asaka” ATBning “Metall buyumlarni quyish zamonaviy sexini ishga tushirish” loyihasini amalga oshirishga xorijiy tijorat banklari kredit liniyalarini jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:

ikki oy muddatda mazkur loyihaning texnik iqtisodiy asoslari yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilishini;

loyihaning 2020-yil oktabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishini;

“Asaka” ATB bilan birgalikda mazkur loyihaning loyiha hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.

Loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlarini aniqlash ― 2019-yil 1-oktabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
har oyda maʼlumot kiritish

U. Karimov

R. Gulyamov,

N. Otajonov

3.

3. Quyidagilar:

2019-2020-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;

Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni jadallashtirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruhi deb yuritiladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (N.S. Otajonov):

mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

mazkur qaror ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har chorakda maʼlumot kiritish

N. Otajonov,

U. Karimov,

J. Xodjayev

A. Aripov

4.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb etgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini 2025-yilga qadar rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin:

ishlab chiqarilayotgan mavjud texnika turlarini optimallashtirish va yangi turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalarining budjet modelini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun yangi milliy “brend”ni yaratish;

bogʻdorchilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik yoʻnalishida texnika turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va umumiy ishlab chiqarish hajmini oshirish;

oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan eksport ulushini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash va tayyor mahsulot eksportini ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan 2022-yilda 20 foizga, 2025-yilda esa 30 foizga yetkazish;

zamonaviy korporativ boshqarish usullarini, xususan “YERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish, “GMS” ishlab chiqarishni boshqarish va “BIQ” sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish;

qishloq xoʻjaligi uchun kichik mexanizatsiya texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

mashina-traktor parklarining mavjud texnikalari va boʻsh turgan yer maydonlarini optimallashtirish hamda ularni asosan taʼmirlash va servis xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashtirish.

2019-yil 1-noyabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

N. Otajonov,

U. Karimov,

J. Xodjayev,

Sh. Vafoyev,

A. Nazarov

A. Aripov

5.

5. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:

2019 ― 2021-yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam boʻlmagan holda respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikalari xarid qilinganida texnika narxining 15 foizi miqdorida subsidiya berish;

kombaynlarni xorijda xizmat koʻrsatish (xizmatlar eksporti) uchun tashish transport xarajatlarining 80 foizini kompensatsiyaqilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

D. Sultonov,

U. Karimov

A. Aripov,
J. Qoʻchqorov

6.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil 1-sentabrga qadar

U. Karimov

N. Otajonov

7.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:

mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridlarini kreditlash va ularni lizingga berish tizimini takomillashtirish maqsadida milliy valyutada tijorat banklariga 50 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻlarni joylashtirsin va samarali oʻzlashtirish choralarini koʻrsin;

mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2019-yil uchun 60 milliard soʻm, keyingi yillarda esa talabga muvofiq zarur mablagʻlarni yoʻnaltirsin.

2019-yil 1-sentabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga
har oyda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

D. Sultonov,
J. Xodjayev,
A. Sulaymanov

A. Aripov,
J. Qoʻchqorov

8.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi:

2019-2020-yillarda imtiyozli kredit liniyalari hisobidan ekvivalenti 60 million AQSH dollari miqdoridagi milliy valyutaning tijorat banklari orasida ularning buyurtmanomalari asosida mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilishni moliyalashtirish uchun ajratilishini;

ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga zarur texnikalarni lizing orqali yetkazib berish tizimini takomillashtirish yuzasidan past foizli xorijiy kredit resurslarini jalb qilgan holda aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqilishini taʼminlasin. Bunda barcha lizing korxonalari uchun teng raqobat muhiti yaratilishi taʼminlansin.

2019-yil 1-oktabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

Sh. Vafayev,

D. Sultonov

E. Ganiyev

9.

9. “Asaka” ATB va “Agrobank” ATBning mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini lizing va kreditga olishni moliyalashtirish uchun 60 million AQSH dollari miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2019-yil 25-sentabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga
har chorakda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

D. Sultanov

R. Gulyamov,

J. Qoʻchqorov

10.

10. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga biriktiriladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, mazkur kasb-hunar kollejlarida:

qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar malakasin? o?irish va qayta tayyorlash markazlari ish beruvchilarning buyurtmalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan tashkil etiladi. Bunda xodim aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilingan boʻlishi lozim;

kadrlar tayyorlash kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi;

mazkur qaror bilan kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari bilan hamkorlikda tegishli kasb-hunar kollejlariga metodik yordam koʻrsatilishini hamda kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida kelgusi faoliyatini davom ettirish yuzasidan kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadi;

kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan manfaatdor ish beruvchilar bilan birgalikda har yili 1-martga qadar qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash orqali shakllantiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga
har oyda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

N. Otajonov,
Oʻ. Umurzoqov,
S. Turobjonov

A. Abduvaxitov,
A. Abduxakimov

11.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining sohaga oid tegishli kafedralari filiallarini “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarida tashkil etish;

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga sirtqi va kechki taʼlim shakllariga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish;

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarining rahbarlik lavozimlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tavsiya etiladigan xorijiy oliy taʼlim muassasasini tugatgan yoki ilmiy darajaga ega nomzodlar orasidan tanlov yoʻli bilan lavozimga tayinlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tavsiyasiga muvofiq “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarida lavozimga tayinlangan professor-oʻqituvchilarning oliy taʼlim muassasasidagi ish joyi va oʻrtacha oylik ish haqini 2 yil davomida saqlab qolish.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ oʻzining tarkibiga kiruvchi korxonalarda talabalar dars mashgʻulotlari hamda amaliyot oʻtkazish uchun auditoriyalarning tashkil etilishi va ularning darsdan boʻsh vaqtlarida ishlashiga sharoit yaratilishini taʼminlasin.

2019-yil 25-avgustga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

N. Otajonov,
Oʻ. Umurzoqov,
S. Turobjonov,

Oʻ. Salomov

A. Abduxakimov,

A. Abduvaxitov

12.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:

bir oy muddatda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasida kadrlar buyurtmachilari takliflari va ilgʻor xorijiy tajriba asosida oʻquv reja va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqsin hamda tasdiqlasin;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ikki tomonlama diplom beriladigan qoʻshma dasturlar asosida qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin.

2019-yil 1-sentabrga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

N. Otajonov,
Oʻ. Umurzoqov,
S. Turobjonov,

Oʻ. Salomov

A. Abduxakimov,

A. Abduvaxitov

13.

13. 2019-yil 1-sentabrdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan:

har yili magistr, doktorant, professor-oʻqituvchi, ilmiy xodim va soha muhandis texnik xodimlari yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqish va malaka oshirish uchun yuboriladi;

ikki tomonlama diplom beriladigan qoʻshma dastur asosida tahsil olayotgan iqtidorli bakalavr talabalarning xorijiy oliy taʼlim muassasasidagi oʻqish toʻlov kontrakti toʻlab beriladi.

2020-yil 1-yanvarga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda batafsil amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha maʼlumot kiritish

U. Karimov,
D. Sultonov

E. Ganiyev,
N. Otajonov

14.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda import qilinadigan va yangi ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun oʻrnatilgan texnik talablarni respublikaning tuproq-iqlim sharoiti va xalqaro standartlar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil 1-sentabrga qadar

J. Xodjayev,
U. Karimov

N. Otajonov

15.

15. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:

a) tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda:

2020-yil 1-martga qadar ichki va tashqi bozorlarda dilerlik tarmogʻini kengaytirish;

mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalariga xizmat koʻrsatuvchi zarur texnikalar bilan jihozlangan va koʻchma xizmat koʻrsatuvchi beshta mintaqaviy servis markazlarini 2019-yil oxirigacha, qolgan hududlarda 2021-yil 1-yanvarga qadar tashkil etsin;

b) 2020-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etgan holda “AgroMashExpo” qishloq xoʻjaligi texnikalari xalqaro koʻrgazma-savdosini har yili ikki marotaba oʻtkazish amaliyotini joriy etsin;

v) “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat koʻrsatkichlarini taʼminlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;

g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


2020-yil 1-martga qadar


2019-yil 25-dekabrga qadar



2020-yil 15-martga qadar



2020-yil 1-martga qadar



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

va Vazirlar Mahkamasiga har oyda amaliy tadbirlar rejasi boʻyicha batafsil maʼlumot kiritish

N. Otajonov,
U. Karimov

A. Aripov,
R. Gulyamov

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2019-y., 07/19/4410/3502-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son, 03.12.2021-y., 07/21/30/1125-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 30.03.2023-y., 07/23/103/0180-son)