30.07.2019 yildagi 633-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy intizomni mustahkamlash va yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarining muvozanatli rivojlanishini taʼminlash, shuningdek, energiya resurslari va neft mahsulotlari uchun oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-yil 15-avgustdan boshlab Ai-91 markali avtomobil benzini birja savdolari orqali sotiladigan tartib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/475/0708-son — 2023-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va ularning hududiy korxonalari, filiallari, shuningdek, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida avtomobil benzini, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalarida tabiiy (siqilgan) gazni sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi avtomobil benzini, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalaridagi tabiiy gaz va gaz toʻldirish punktlari va shoxobchalaridagi suyultirilgan gaz qoldiqlarini 2019-yil 15-avgustdagi holatiga koʻra qayta baholasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 745-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/475/0708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, ushbu qaror kuchga kirgunga qadar elektr energiyasi (shu jumladan, aktiv, reaktiv energiya uchun) va tabiiy gaz hajmlari uchun toʻlov avans bilan toʻlangan taqdirda, maishiy isteʼmolchilar (aholi) toʻlov toʻlangan kundan boshlab keyingi 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatda tarif oʻzgarganda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har bir tumanda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborlarini, energiyani tejaydigan texnologiyalarni sotadigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan doʻkonlar tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda koʻmir ishlab chiqarish va taqsimlash balansi soʻzsiz bajarilishini, shuningdek, koʻmir mahsulotlari isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va barqaror yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2020/2021-yillar kuz-qish davridan boshlab koʻmir mahsulotlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari aholini, ayniqsa, borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yashaydigan aholini, shuningdek, budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan, shu jumladan, uni import qilish hisobiga taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2019-yil 15-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz tarmogʻining qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalari tomonidan mahsulotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha (tabiiy gaz, neft, gaz kondensati, suyultirilgan gaz) yangi ichki tarmoq narxlari, vositachilik shartnomasiga muvofiq respublika isteʼmolchilariga tabiiy gaz va neft mahsulotlari yetkazib berish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning vositachilik taqdirlash puli, shuningdek, ishlab chiqarishning rentabelligiga erishish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishga tariflar hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish tariflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolchilaridan va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda — “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan va isteʼmolchilarga sotiladigan koʻmirning aholi va budjet tashkilotlari uchun amaldagi chakana narxlar 10 foizga koʻpaytirilgan holda yangi narxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — koʻrsatilayotgan xizmatlar rentabelligi taʼminlanishi hisobga olingan holda issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlariga tariflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — shahar yoʻlovchilar tashish transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar bundan mustasno) yoʻlovchilar tashish xizmatlariga yangi tariflar belgilanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
633-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xoʻjalik shartnomalari, shu jumladan, neft mahsulotlari sotishga vositachilik shartnomalari tuzadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 1, 2 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-martdagi 243-son qaroriga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 1 va 2-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-martdagi 243-son qaroriga ilovaning 2-bandi 2019-yil 15-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son; 16.09.2023-y., 09/23/475/0708-son; 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)