19.07.2019 yildagi 606-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
606-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash (keyingi o‘rinlarda maqsadli doktorantura deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli doktorantura — bir oliy ta’lim yoki ilmiy muassasa uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrlarni boshqa muassasada shartnoma asosida tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tashkilot — oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga ehtiyoji mavjud bo‘lgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi, shuningdek, vazirlik, idora yoki tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo maqsadli doktorantura — O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan boshqa mamlakatning oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi uchun kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idora ichidagi maqsadli doktorantura — oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasa tomonidan o‘zi idoraviy mansub vazirlik yoki idora tasarrufidagi boshqa tashkilot, oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasa uchun kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo maqsadli doktorantura — oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar uchun kadrlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maqsadli doktorantura idora ichida, idoralararo hamda davlatlararo shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doktorantlarni idora ichida va idoralararo maqsadli tayyorlash uchun oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi va buyurtmachi tashkilot hamda doktorant o‘rtasida belgilangan tartibda uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlatlararo maqsadli doktorantura xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idora ichida va idoralararo maqsadli doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilarga tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilar uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda stipendiya to‘lanadi hamda ta’til beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maqsadli doktoranturaga qabul qilingan doktorant dissertatsiya ishini himoya qilib, davlat namunasidagi tegishli diplomni olganda yoxud uning dissertatsiya ishi doktorantura davrida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganda doktorantura muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maqsadli doktorantura mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maqsadli doktorantura faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maqsadli doktoranturaga nomzodlar buyurtmachi tashkilot tomonidan tavsiya etiladi. Bunda, bir o‘ringa yuborilayotgan nomzodlarning soni qoida tariqasida kamida ikki nafar bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi tashkilot tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilari mavjud hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga ma’lum bir ixtisoslik bo‘yicha maqsadli doktoranturaga kvota ajratish yuzasidan xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatga buyurtmachi tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan maqsadli doktoranturaga kirish uchun nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli ixtisoslik bo‘yicha maqsadli doktoranturani amalga oshirishi yoki amalga oshira olmasligi to‘g‘risida buyurtmachi tashkilotga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddatlarda yozma javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1-mayga qadar o‘zlari tizimiga kiradigan vazirlik, idora yoki tashkilotga maqsadli doktoranturaga qabul qilish yuzasidan kvota ajratish bo‘yicha murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tasarrufida oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 15-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, amaldagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorligi, ta’lim olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan, bir nafar ilmiy rahbar hamda bir nafar ilmiy konsultantga biriktiriladigan doktorantlar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab tayanch doktoranturaga, doktorantura va maqsadli doktoranturaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjet mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bo‘yicha qabul kvotasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 1-iyundan kechikmasdan tegishli ravishda tasarrufida oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuboriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tegishli ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotasi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasarrufida bo‘lgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga har yili 15-iyunga qadar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maqsadli doktoranturaga o‘qish uchun talabgorlardan hujjatlar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi qabul komissiyasi tomonidan har yili 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi hamda buyurtmachi tashkilotning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish va hisobot materiallarini so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy rahbar va konsultantlarning doktorantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlarga ilmiy xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi iltimosnomasi asosida ilmiy xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy rejalarini bajarmagan doktorantlarni doktoranturadan chetlatish va bu haqda buyurtmachi tashkilotga xabar berish. Mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli doktoranturaga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lgan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslarni tanlov asosida qabul qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlarning malakaviy imtihonlarini topshirishi, umumnazariy tayyorgarligi va ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorant bilan ilmiy rahbar yoki konsultant o‘rtasida ilmiy izlanishlar bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklar yuz berganda doktorantning ilmiy rahbarini yoki konsultantini almashtirish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish. Bunda mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili doktorantning shaxsiy rejasini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotini tinglash va hisobot natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlash hamda uning bir nusxasini buyurtmachiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish hamda hisobot materiallarini so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dissertatsiya ishini o‘z muddatida himoya qila olmagan doktorantlar bilan mehnat munosabatlarini ular bilan kelishgan holda belgilangan tartibda hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi tashkilot maqsadli doktoranturaga yuborilayotgan nomzodlarning tegishli ixtisoslik bo‘yicha tavsiya etilishini, bunda, bir o‘ringa yuborilayotgan nomzodlarning soni qoida tariqasida kamida ikki nafar bo‘lishini ta’minlash majburiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doktoranturani muvaffaqiyatli yakunlagan shaxs uni o‘qishga yuborgan buyurtmachi tashkilotda kamida uch yil ishlab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ishi himoya qilinmaganda mehnat munosabatlari buyurtmachi tashkilot tomonidan doktorant bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maqsadli doktoranturaga kirish imtihonlarini tashkil etish, nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar, o‘qish muddati, doktoranturadan chetlatish, ilmiy rahbar va konsultantlarni tayinlash, chetlatish, hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobot taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tayanch doktorantura va doktoranturaga qo‘yilgan talablar va muddatlar asosida amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablariga rioya qilmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli doktoranturani amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish muddati

1-bosqich

Buyurtmachi

tashkilot

1. Tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilotga maqsadli doktoranturaga kvota ajratish yuzasidan xat yuborish.

2. Xatga buyurtmachi tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan maqsadli doktoranturaga kirish uchun nomzodlarga berilgan tavsiyanomalarni ilova qilish.

Har yili
10-aprelga qadar

2-bosqich

Manfaatdor ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilot

Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, maqsadli doktoranturani amalga oshirishi yoki amalga oshira olmasligi to‘g‘risida buyurtmachi tashkilotga yozma javob yuborish.

Har yili
25-aprelga qadar

Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilot

Tasarrufiga kiradigan vazirlik, idora yoki tashkilotga maqsadli doktoranturaga qabul qilish yuzasidan kvota ajratish bo‘yicha murojaat qilish.

Har yili
1-mayga
qadar

3-bosqich

Tasarrufida ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilot mavjud bo‘lgan vazirlik, idora
va tashkilotlar

Innovatsion rivojlanish vazirligiga quyidagilar bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qilish:

oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar;

amaldagi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarining samaradorligi;

ta’lim olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari;

bitta ilmiy rahbar hamda bitta ilmiy konsultantga biriktiriladigan doktorantlar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab tayanch doktoranturaga, doktorantura va maqsadli doktoranturaga Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi.

Har yili
15-mayga

qadar

4-bosqich

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Vazirlik, idora
va tashkilotlar

1. Doktorantura qabul kvotasini tasdiqlash hamda tegishli ravishda tasarrufida ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilot bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuborish.

2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotasi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasarrufida bo‘lgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga yetkazish.

Har yili
1-iyunga
qadar

Har yili

15-iyunga

qadar

5-bosqich

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi qabul komissiyasi

Maqsadli doktoranturaga o‘qish uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish.

Har yili
15-sentabrdan 15-oktabrgacha

6-bosqich

Ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilot

Maqsadli doktoranturaga kirish imtihonlarini tashkil etish, nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar, o‘qish muddati, doktoranturadan chetlatish, ilmiy rahbar va konsultantlarni tayinlash, chetlatish,hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobot taqdim etish.

Byelgilangan muddatlarda

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno) oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va/yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarga OTM yoki ITIning kollegial organi xulosasi asosida beshtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 14-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OTM va ITM vazirlik va idora tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj bo‘lgan yo‘nalishlariga izlanuvchining to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin. To‘lov-kontrakt summasi OTM va ITM tegishli bo‘ysunuvidagi vazirlik, idora va tashkilot tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Talabgorlar OTM yoki ITM rahbarining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrgacha e’lon qilinadigan buyrug‘i bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant bo‘lgan taqdirda) belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2019-y., 09/19/606/3457-son; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)