19.07.2019 yildagi PQ-4399-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy tizimni yanada chuqur isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda Loyiha deb yuritiladi) moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 25 yil muddatga 200 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz ajratilishi ma’qullangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida qarz bitimi imzolangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning umumiy qiymati 300,6 mln AQSH dollari ekvivalentini, shundan O‘zbekiston Respublikasining ulushi — 100,6 mln AQSH dollari, shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklidagi ulush — 64 mln AQSH dollari ekvivalentini va Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi — 36,6 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Loyihani o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida kredit mablag‘larini o‘zlashtirish 2019-yil sentabr oyidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosi va uning asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzini so‘ndirish, komissiya va foiz to‘lovlarini amalga oshirish prognoz grafiki 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Markaz direktori, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari zimmasiga 2019 — 2025-yillar davomida Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarzni qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, ularga Markaz va Loyihada ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan kelishilgan holda tegishli o‘zgartishlar kiritish vakolati berilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4399-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/R

Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov birligi

Jami

Shu jumladan:

Xalqaro tiklanish
va taraqqiyot banki mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi ulushi

Benefitsiarlar mablag‘lari

1.

Loyihaning umumiy qiymati *

ming AQSH
doll. ekv.

300 587,6

200 000

63 962,6

36 625

2.

Umumiy kapital qo‘yilmalar miqdori

ming AQSH
doll. ekv.

263 818,51

200 000

27 193,51

36 625

shuningdek:

2.1.

Mahsulot va xizmatlar

ming AQSH
doll. ekv.

18 500

18 500

2.2.

Ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari kredit liniyalari

ming AQSH
doll. ekv.

183 125

146 500

36 625

2.3.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kapitalizatsiyasi

ming AQSH
doll. ekv.

20 000

20 000

2.4.

Ko‘zda tutilmagan xarajatlar

ming AQSH
doll. ekv.

14 500

14 500

2.5.

Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar **

ming AQSH
doll. ekv.

27 693,51

500

27 193,51

3.

Soliq va bojxona imtiyozlari

ming AQSH
doll. ekv.

36 769,09

36 769,09

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yakuniy narx ko‘rsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Davlat budjeti va tijorat banklari mablag‘lari qo‘shib hisoblanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komponentlar nomi

Qarz summasi

Qarzni to‘lash manbai

Summa(ming AQSH doll.)

foiz

1-komponent. Tadbirkorlikni rivojlantirish

1.1-sub-komponent: Murabbiylik va biznes-inkubatsiya. Qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari uchun biznes inkubatsiya markazlari dasturini qo‘llab-quvvatlash

3 000

1,5

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

1.2-sub-komponent: Klasterlar, ishlab chiqarish va sotish zanjirlarini yaratish

2 000

1

1.3-sub-komponent: Bozorda ilgari surish va texnologiyalarni tekshiruvdan o‘tkazish

2 000

1

1.1-sub-komponent: Murabbiylik va biznes-inkubatsiya. Innovatsion startaplarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash

3 000

1,5

1.1-sub-komponent: Murabbiylik va biznes-inkubatsiya. Mintaqaviy innovatsion markazlarni qo‘llab-quvvatlash

5 000

2,5

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari

Jami

15 000

7,5

2-komponent. Moliyalashtirish

2.1-sub-komponent: Mikro-, kichik, o‘rta korxonalarni moliyalashtirish

146 500

73,25

Ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari mablag‘lari

2.2.1-sub-komponent: Mikro-, kichik, o‘rta korxonalar uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar

20 000

10

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2.2.2-sub-komponent: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi xodimlarining malakasini oshirish va texnik ko‘mak ko‘rsatish

500

0,25

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jami

167 000

83,5

3-komponent. Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish

Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish

3 000

1,5

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Ko‘zda tutilmagan xarajatlar

14 500 *

7,25

Ishtirok etuvchi tashkilotlar mablag‘lari

Qarz bo‘yicha bir martalik to‘lov (komissiya)

500

0,25

416 ming AQSH doll. — ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari mablag‘lari

84 ming AQSH doll. — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jami

18 000

9

Hammasi

200 000

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilgan holda qayta taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, komissiya va foiz to‘lovlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ GRAFIKI *
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qarz summasi, ming AQSH doll.

200 000

Qarz muddati, yil

25 yil

Imtiyozli muddat, yil

5 yil

Foiz stavkasi

Boshlang‘ich stavka va belgilangan spred

Bir martalik komissiya **

Qarz summasidan 0,25 foiz

Majburiyat bo‘yicha komissiya

0,25 foiz o‘zlashtirilmagan qarz qismi bo‘yicha

AQSH doll

To‘lov sanasi

Foiz summasi

Majburiyat bo‘yicha komissiya to‘lovlari summasi

Asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar summasi

Jami
to‘lanadigan summa

11.04.2019

15.10.2019

19 430

259 722

279 152

15.04.2020

324 014

252 978

576 993

15.10.2020

406 667

233 916

640 582

15.04.2021

707 778

227 500

935 278

15.10.2021

915 000

209 688

1 124 688

15.04.2022

1 516 667

195 903

1 712 569

15.10.2022

1 728 333

158 854

1 887 188

15.04.2023

2 325 556

145 347

2 470 903

15.10.2023

2 643 333

108 021

2 751 354

15.04.2024

3 421 050

88 958

5 000 000

8 510 008

15.10.2024

3 863 333

40 351

5 000 000

8 903 684

15.04.2025

3 741 111

5 000 000

8 741 111

15.10.2025

3 660 000

5 000 000

8 660 000

15.04.2026

3 538 889

5 000 000

8 538 889

15.10.2026

3 456 667

5 000 000

8 456 667

15.04.2027

3 336 667

5 000 000

8 336 667

15.10.2027

3 253 333

5 000 000

8 253 333

15.04.2028

3 151 667

5 000 000

8 151 667

15.10.2028

3 050 000

5 000 000

8 050 000

15.04.2029

2 932 222

5 000 000

7 932 222

15.10.2029

2 846 667

5 000 000

7 846 667

15.04.2030

2 730 000

5 000 000

7 730 000

15.10.2030

2 643 333

5 000 000

7 643 333

15.04.2031

2 527 778

5 000 000

7 527 778

15.10.2031

2 440 000

5 000 000

7 440 000

15.04.2032

2 338 333

5 000 000

7 338 333

15.10.2032

2 236 667

5 000 000

7 236 667

15.04.2033

2 123 333

5 000 000

7 123 333

15.10.2033

2 033 333

5 000 000

7 033 333

15.04.2034

1 921 111

5 000 000

6 921 111

15.10.2034

1 830 000

5 000 000

6 830 000

15.04.2035

1 718 889

5 000 000

6 718 889

15.10.2035

1 626 667

5 000 000

6 626 667

15.04.2036

1 525 000

5 000 000

6 525 000

15.10.2036

1 423 333

5 000 000

6 423 333

15.04.2037

1 314 444

5 000 000

6 314 444

15.10.2037

1 220 000

5 000 000

6 220 000

15.04.2038

1 112 222

5 000 000

6 112 222

15.10.2038

1 016 667

5 000 000

6 016 667

15.04.2039

910 000

5 000 000

5 910 000

15.10.2039

813 333

5 000 000

5 813 333

15.04.2040

711 667

5 000 000

5 711 667

15.10.2040

610 000

5 000 000

5 610 000

15.04.2041

505 556

5 000 000

5 505 556

15.10.2041

406 667

5 000 000

5 406 667

15.04.2042

303 333

5 000 000

5 303 333

15.10.2042

203 333

5 000 000

5 203 333

15.04.2043

101 111

5 000 000

5 101 111

15.10.2043

5 000 000

5 000 000

Itogo

89 184 494

1 921 238

200 000 000

291 105 732

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* To‘lovlar miqdori qarz mablag‘larini o‘zlashtirish boshlangan sanadagi 6 oylik LIBOR stavkasi va belgilangan spredga nisbatan aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Rejalashtirilgan qarz hajmidan 0,25 foiz miqdorida bir martalik komissiya to‘lovi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hisobidan qoplanadi hamda qarzning umumiy miqdoriga kapitallashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirning nomi

Bajarilish sanasi

Ijro holatini nazorat qilishni tashkil etish

boshlanishi

yakunlanishi

nazoratga
mas’ul

ko‘rib chiqish muddati

1.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

2019-yil iyul

2019-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

2019-yil avgust

2.

Loyiha texnik iqtisodiy asosining parametrlarini to‘liq amalga oshirish, shu jumladan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov)

2019-yil iyul

2019-yil avgust

Investitsiyalar
va tashqi savdo
vazirligi (S. Umurzakov)

2019-yil sentabr

3.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki talablariga muvofiq loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov)

2019-yil iyul

2019-yil avgust

Investitsiyalar
va tashqi savdo
vazirligi (S. Umurzakov)

2019-yil sentabr

4.

Loyiha doirasida tegishli va mas’ul bo‘lgan shaxslar imzolarining namunasini tasdiqlab, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga taqdim etish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2019-yil avgust

2019-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

2019-yil sentabr

5.

Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzdan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari

2019-yil iyul

2019-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

2019-yil sentabr

6.

Jalb qilingan qarzni qayta kreditlash maqsadida salohiyatli tijorat banklarini aniqlash hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan tasdiqlatish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2019-yil iyul

2019-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

2019-yil sentabr

7.

Aniqlangan salohiyatli tijorat banklari bilan Moliya vazirligi va Agentlik tomonidan alohida qayta kreditlash shartnomalarini imzolash.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tijorat banklari

2019-yil avgust

2019-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

2019-yil sentabr

8.

Loyiha doirasida kredit mablag‘lariga ehtiyojmand tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirib borish.

Kredit mablag‘larini taqsimlash hamda tadbirkorlarning loyihalarini tanlab olishAgentlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

Mas’ul: Farg‘ona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), tijorat banklari

2019-yil avgust

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

9.

Tadbirkorlik subyektlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashga, qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirishga, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirishga qisqa va uzoq muddatli imtiyozli mablag‘larni taqdim etish.

Mas’ul: tijorat banklari, Agentlik (Sh. Shoaxmedov)

2019-yil sentabr

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

10.

Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan maqsadli ishlatilishi ta’minlash choralarini ko‘rish.

Mas’ul: tijorat banklari

2019-yil sentabr

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

11.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida biznes inkubatsiya va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga keng imkoniyat yaratish, tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga mablag‘larni yo‘naltirish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Farg‘ona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (U. Ismoilov), Yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev), O‘zbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi (G. Maxmudova)

2019-yil sentabr

2025-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

2025-yil
iyul

11. 1

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga mikro, kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish uchun 20 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (U. Ismoilov)

2019-yil sentabr

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(D. Qo‘chqorov)

Loyihani amalga oshirish davrida

11. 2

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilangan viloyatlarda mintaqaviy innovatsion markazlarni ishga tushirish va yangi biznes startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini moliyalashtirish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Farg‘ona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov)

2019-yil sentabr

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

11. 3

Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 5 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov)

2019-yil sentabr

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(D. Qo‘chqorov)

Loyihani amalga oshirish davrida

11. 4

Murabbiylik, biznes-inkubatsiya markazlarini tashkillashtirish va ularning dasturlarini qo‘llab-quvvatlash; klasterlar, ishlab chiqarish va sotish zanjirlarini yaratish; yangi texnologiyalarni sinash va bozorlarga tatbiq etish; innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini moliyalashtirish.

Mas’ul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Farg‘ona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev), O‘zbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi (G. Maxmudova)

2019-yil sentabr

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

12.

Loyihani o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish.

Mas’ul: Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Farg‘ona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (U. Ismoilov),Yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev), O‘zbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi (G. Maxmudova)

Loyihani amalga oshirish davrida

Loyihani amalga oshirish davrida

Investitsiyalar
va tashqi savdo
vazirligi (S. Umurzakov)

Loyihani amalga oshirish davrida

13.

Loyihani O‘zbekiston Respublikasining navbatdagi Investitsiya dasturiga kiritish.

Mas’ul: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

2019-yil noyabr

2019-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

2019-yil dekabr

14.

Loyihani amalga oshirish mobaynida yillik belgilangan o‘zlashtirish prognozlarining bajarilishi, loyihaning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi, loyihaning budjet parametrlari hamda ko‘rsatkichlari ustidan doimiy nazorat olib borish.

Mas’ul: Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Loyihani amalga oshirish davrida

Loyihani amalga oshirish davrida

Vazirlar Mahkamasi

(E. Ganiyev)

Loyihani amalga oshirish davrida

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4399-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

AMALIY CHORA-TADBIRLAR REJASI

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qarorning bandlari, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Vazirlik
va idoralardan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. Quyidagilar:

2019-yil 21-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha deb yuritiladi) moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 25 yil muddatga 200 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz ajratilishi ma’qullanganligi;

2019-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida qarz bitimi imzolanganligi;

Loyihaning umumiy qiymati 300,6 mln AQSH dollari ekvivalentini, shundan O‘zbekiston Respublikasining ulushi — 100,6 mln AQSH dollari, shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklidagi ulush — 64 mln AQSH dollari ekvivalentini va Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi — 36,6 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

1. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash.

2. Loyiha texnik-iqtisodiy asosining parametrlarini to‘liq amalga oshirish, shu jumladan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki talablariga muvofiq loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish.













2019-yil
avgust

2019-yil
avgust

Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Farg‘ona viloyati hokimligi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimligi

(X. Bozarov), Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmonov)

J. Qo‘chqorov, E. Ganiyev,

G. Saidova, A. Vaxabov

2.

2. Belgilansinki:

“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Loyihani o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi.

1. Jalb qilingan qarzni qayta kreditlash maqsadida salohiyatli tijorat banklarini aniqlash hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan tasdiqlatish.

2. Aniqlangan salohiyatli tijorat banklari bilan Moliya vazirligiva Agentlik tomonidan alohida qayta kreditlash shartnomalarini imzolash.

3. Jalb qilingan kreditni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

4. Tadbirkorlik subyektlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashga, qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirishga, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirishga qisqa va uzoq muddatli imtiyozli mablag‘larni taqdim etish.

Kredit mablag‘larini taqsimlash hamda tadbirkorlarning loyihalarini tanlab olish Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan maqsadli ishlatilishini ta’minlash choralarini ko‘rish.

6. Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida biznes inkubatsiya va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga keng imkoniyat yaratish, tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga mablag‘lar yo‘naltirish.









2019-yil sentabr


2019-yil sentabr


2019 — 2025-yillar davomida

tasdiqlangan

rejaga asosan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Farg‘ona viloyati hokimligi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimligi

(X. Bozarov), Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmonov)

J. Qo‘chqorov, E. Ganiyev,

G. Saidova, A. Vaxabov

3.

4. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzdan foydalanish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.

1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzdan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari;

subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlari.

2. Ishlab chiqilgan nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash.





2019-yil avgust




2019-yil sentabr

Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

J. Qo‘chqorov, E. Ganiyev,

G. Saidova, A. Vaxabov

4.

5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, Agentlik bosh direktori, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

1. Mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish hamda ma’lumotlarni Agentlikka taqdim etib borish.

2. Mas’ul vazirlik va idoralarning loyihani amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotlari har chorakda Agentlik tomonidan umumlashtirilgan holda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga hamda belgilangan talablar va tartib-taomillarga muvofiq tegishli vazirlik hamda idoralarga taqdim etish.

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.






2019 — 2025-yillar

davomida

tasdiqlangan

rejaga asosan


Har chorakda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Farg‘ona viloyati hokimligi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimligi

(X. Bozarov), Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmonov)

J. Qo‘chqorov, G. Saidova

5.

6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.

Loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga kiritish.

2019-yil
dekabr

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzakov), Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi

(B. Xadjayev)

J. Qo‘chqorov, E. Ganiyev,

G. Saidova, A. Vaxabov

6.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri

J. A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

1. Loyihani amalga oshirish mobaynida yillik belgilangan o‘zlashtirish prognozlarining bajarilishi, loyihaning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi, loyihaning budjet parametrlari hamda ko‘rsatkichlari ustidan doimiy nazorat olib borish.

2. Mazkur qarorning ijrosini majlislarda ko‘rib chiqish.

Har chorakda

Moliya vazirligi

(J. Qo‘chqorov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), tijorat banklari

J. Qo‘chqorov

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 07/19/4399/3451-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)