15.07.2019 yildagi 585-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanishni davom ettirish va ilmiy ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy qilish, Xorazm viloyatining mavjud ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, hududda oliy taʼlim muassasalarini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparkini (keyingi oʻrinlarda “Xorazm” texnoparki deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Xorazm” texnoparkining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda raqobatbardosh, innovatsion mahsulotlar hamda xizmatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kelgusida realizatsiya qilish uchun talabalar va yosh olimlarga qulay sharoitlar yaratish orqali ilmiy hamda ilmiy-texnik faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyalar sohasida tadqiqotlar oʻtkazish va ilmiy-texnik hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududning innovatsion salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihalarni joriy etish va hududning dolzarb muammolarini hal qilish uchun olimlar, oliy taʼlim muassasalari kafedralarining ilmiy xodimlari, oʻqituvchilari va talabalarini ilmiy hamda laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish jarayoniga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududni sifatli yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish intergatsiyasini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda yuqori texnologiyali infratuzilma, xususan, zamonaviy laboratoriyalar va ishlab chiqarish maydonlarini tashkil qilish, shuningdek, venchur moliyalashtirish mexanizmidan foydalanish imkoniyatlarini nazarda tutgan holda, texnopark rezidentlariga ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi kompaniyalar vakillari, yuqori malakali mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida mahorat darslari, treninglar va kurslar tashkil etish, shuningdek, yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish hamda ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm” texnoparkining faoliyatini operativ boshqarish vazifasini amalga oshirish va uning rezidentlari tomonidan ilmiy-texnik hamda innovatsion loyihalarning bajarilishini nazorat qilish uchun Urganch davlat universiteti muassisligida davlat korxonasi shaklidagi “Xorazm” innovatsion texnoparki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm” texnoparkining eksterritorialligi Xorazm viloyati doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, uning rezidentlari Xorazm viloyatining barcha hududlarida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm” texnoparkining rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xoʻjalik subyektlariga beriladi va keyinchalik ular Direksiya tomonidan roʻyxatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm” texnoparkining rezidenti maqomi tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Direksiya faoliyati quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm” texnoparki rezidentlarining Direksiya tomonidan belgilangan stavkalar boʻyicha va sof daromadning uch foizidan oshmaydigan har choraklik ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va muassasalarining grantlari hamda kreditlari doirasida tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek, Direksiyaga biriktirilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(4-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) innovatsion va startap-loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan asbob-uskunalar, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarni sotib olish, tajriba namunalari, sanoat buyumlari namunalarini ishlab chiqarish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2 mln AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida qayd etilgan mablagʻlardan “Xorazm” texnoparki va Direksiya faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining Xorazm viloyati, Urganch tumani, Mustaqillik koʻchasi, 6-uyda joylashgan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Urganch davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish va keyinchalik ularda Direksiyani joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining ushbu bino hamda inshootlardan ilmiy-taʼlim va tadqiqot maqsadlarida foydalanish huquqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Direksiyani joylashtirish uchun beriladigan bino va inshootlar bazasida “Xorazm” texnoparki faoliyat koʻrsatishi uchun, xususan, zarur uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar va ishlab chiqarish sexlari, shuningdek, konferens-zal, kovorking-markaz, shou-rum va boshqalarni oʻz ichiga olgan zamonaviy infratuzilma tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Direksiyani joylashtirish uchun beriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, uning hududida “Xorazm” texnoparki infratuzilmasi yangi obyektlarining qurilishi mahalliy budjet mablagʻlari, shu jumladan mahalliy budjetning yil boshidagi boʻsh qoldiq mablagʻlari va daromad qismining ortigʻi bilan bajarilishi, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Xorazm” texnoparkining ilmiy laboratoriyalari va ishlab chiqarish sexlarini, infratuzilmasining boshqa obyektlarini jihozlash, sarflash materiallari va ularning reaktivlarini xarid qilish Direksiyaga quyidagi manbalardan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 4-bandi “a” va “b” kichik bandlarida qayd etilgan manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlari, shuningdek, xayriya mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Urganch sanoat kasb-hunar kollejining oʻquvchilari 2019/2020 oʻquv yili oxiriga qadar oʻqishni Xorazm viloyati, Urganch tumani, Mustaqillik koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarda davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy mamlakatlarning texnoparklari, innovatsion markazlari va boshqa shunday tuzilmalari bilan, jumladan, “Xorazm” texnoparki xodimlari va rezidentlarining tajriba almashishi, taʼlim olishi va malaka oshirishini tashkil qilish masalalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Xorazm” texnoparki infratuzilmasining hamda texnopark hududida amalga oshiriladigan ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar obyektlarini zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari va grantlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan biznes-rejalar va taʼsis hujjatlarini tayyorlash, sugʻurta, buxgalteriyan yuritish, hisobot topshirish, biznes sheriklarni topish, mini-texnologiyalar va uskunalarni xarid qilish bilan bogʻliq tashkiliy-amaliy masalalarni hal etishda “Xorazm” texnoparki rezidentlarini qoʻllab-quvvatlash uchun biznes inkubatorlar tashkil etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda “Xorazm” texnoparkining faoliyat koʻrsatishini ilgʻor xalqaro tajriba asosida uslubiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmonining 10-bandida nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari “Xorazm” texnoparki rezidentlari va Direksiyasiga ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki va “Xorazm” texnoparki rezidentlari uchun nazarda tutilgan soliq hamda bojxona imtiyozlari faqat Toshkent shahri va Xorazm viloyati hududi doirasida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) faoliyatida qoʻllanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Xorazm” texnoparki taʼsischilari bilan birgalikda ikki oy muddatda Direksiya tuzilmasida “Xorazm” texnoparki rezidentlari va norezidentlariga ixtirolar hamda boshqa intellektual mulk obyektlari uchun buyurtmanomalar tayyorlashda maslahat yordami koʻrsatish markazini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorazm viloyati hokimligi 2020-yilning 1-yanvariga qadar Direksiyaga biriktiriladigan binolar va inshootlar rekonstruksiya qilinishi, 2020-yil 1-oktabrgacha viloyat hududida “Xorazm” texnoparkining yangi infratuzilma obyektlari qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimligiga Direksiyani joylashtirish uchun beriladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, shuningdek, viloyat hududida “Xorazm” texnoparkining yangi infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajarish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda rezidentlarni roʻyxatga olish, istiqbolli startap-loyihalarni tanlash va moliyalashtirish tartibi, Direksiyaning tuzilmasi va shtatlar jadvali nazarda tutilgan holda, ikki oy muddatda “Xorazm” texnoparki faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda “Xorazm” texnoparkining faoliyatini tashkil etish va toʻliq faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
585-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/585/3434-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)