1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash, oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil boʻlgan uchtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki boʻlimga ajratilib, birinchi boʻlimga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi, ikkinchi boʻlimga abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarning umumiy cheklangan soni 186 nafardan iborat boʻlgan yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
572-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 186 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni davlat boshqaruvchi organlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normativlar asosida aniqlanadi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“abituriyent — belgilangan tartibda oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan va Davlat test markazining ruxsatnomasiga ega boʻlgan, test sinovi qoidalariga qatʼi amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “, maxsus sirtqi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “1-avgustdan 15-avgustgacha boʻlgan muddatda” soʻzlari “iyul — avgust oylarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-bandga quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazishning muddati yakunlanganidan soʻng, ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent uchun ushbu sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat vaqt belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Abituriyentlarning toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, tanlov asosida talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli joylar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa toʻlqinini toʻsuvchi qurilmalar bilan taʼminlanadi hamda vazirlik oʻtkazilgan test sinovlari jarayoni boʻyicha video yozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 18-banddagi “tariqasida,” soʻzidan keyin “bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari,” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“har yili 15-iyundan 15-iyulgacha abituriyentlarni oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtkazish va abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida abituriyentning qayd varaqasi hamda eslatmani berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni shu kunning oʻzida Davlat test markazining maxsus dasturi hamda qayd daftarlariga kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish tili va taʼlim shakli boʻyicha oliy taʼlim muassasasiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari gʻoliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega boʻlgan hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni abitiuriyentlar va ota-onalar eʼtibori uchun har kuni eʼlon qilib borish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Qabul komissiyasi har yili 16-iyul kuni xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari hamda shu kabi test sinovlarisiz oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlgan abituriyentlar haqida qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan imzolangan maʼlumotlarni Davlat test markaziga taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan maʼlumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar boʻyicha oʻtirish oʻrinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidan “taʼlim yoʻnalishlari kesimida” va “mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan 2-shaklga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 29-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“test sinovi boʻlib oʻtadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31. Test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakilini xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino boʻyicha toʻplangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va mazkur Nizomga 11-ilovada namuna sifatida keltirilgan javoblar varaqalarini tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli boʻlimlarini rasmiylashtirish boʻyicha abituriyentlarga koʻrsatma berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi boʻlmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos boʻlgan test topshiriqlari kitobini berishni soʻraydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyish;” soʻzlari “joylarni rasmiylashtirish;” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) 52-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“53. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 13-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) 57-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirma beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqich
Talablar
Masʼullar
Bajarish muddati
I bosqich
Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlari
har yili
15-iyundan
15-iyulgacha
II bosqich
Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari va shu kabi test sinovlarisiz oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotni qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan imzolangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
16-iyulda
III bosqich
Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni test sinovlariga tayyor holatga keltiradi hamda bu haqda Davlat test maʼlumot xabar beradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
16-iyulda
IV bosqich
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalarini maxsus dastur orqali bazaga kiritadi, rasmiylashtiradi va Davlat test markaziga taqdim etadi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
22-iyulda
V bosqich
Murojaat etgan abituriyentlarga ruxsatnomasini chop etib, taqdim etadi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
24-iyuldan
VI bosqich
1. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni abituriyentlarni belgilangan tartibda binoga kiritilishini taʼminlaydi.
2. Test sinovlarini belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Davlat test markazi, Ichki ishlar vazirligi, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
iyul-avgust
VII bosqich
Test sinovlari boʻyicha abituriyentlarning toʻplagan umumiy ballarini DTMning rasmiy dtm.uz saytida eʼlon qiladi.
Davlat test markazi
test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga
VIII bosqich
Tanlov natijalarini eʼlon qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi
test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida
IX bosqich
Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi va uning natijalarini eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi
har yili
21-avgust — 30-sentabr
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ch) Nizomga 11-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Javoblar varaqasi namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son; 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)