01.07.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3171
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 01.07.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3171
Кучга кириш санаси
01.07.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat havfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3171]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 1-iyuldagi 52QQ, 86-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan (bundan buyon matnda halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb yuritiladi) deb topish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarish vaqtida (“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasi) halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan boʻlsa, biroq ularning halok boʻlishi yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolishi terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmasa, mazkur Nizom talablari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar organlari xodimlarini halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish boʻyicha maxsus komissiya (bundan buyon matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) oʻzlariga tegishli hududdagi halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlar va ularning oila aʼzolari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari) haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritadi va undagi maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus komissiyani tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan 7 kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, Tashkiliy departament boshligʻi, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshligʻi, Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari — Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi, Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi va Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi Maxsus komissiya raisi hisoblanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining masʼul xodimi Maxsus komissiya kotibi hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya faoliyatini va uning ish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaning navbatdagi yigʻilishi oʻtkaziladigan kun va vaqtni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya majlislarini oʻtkazadi va ularga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus komissiya raisi komissiya ishini tashkil qilish va uning oʻz vaqtida, toʻgʻri va haqqoniy oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlar yigʻma jildini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) oʻzlariga tegishli hududda sodir boʻlgan voqeada (hodisada) ichki ishlar organi xodimining halok boʻlishi yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolishi holatlari kuzatilganda halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodim va uning oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga (bundan buyon matnda hududiy ichki ishlar organi deb yuritiladi) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy ichki ishlar organi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda koʻrsatilgan, shuningdek hududiy ichki ishlar organida mavjud maʼlumotlar asosida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlarning har biri uchun alohida yigʻma jild shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma jild quyidagi hujjatlardan yoki ularning nusxalaridan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir boʻlgan voqea (hodisa) yuzasidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir boʻlgan voqea (hodisa) boʻyicha tuzilgan dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir boʻlgan voqea (hodisa) oqibatida jarohat olgan xodimning ushbu vaqtdagi sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-tibbiy ekspertiza xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir boʻlgan voqea (hodisa) yuz bergan vaqtda xodimning xizmat vazifasi yoki majburiyatini bajarish bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir boʻlgan voqea (hodisa) yuzasidan tergov organi yoki sudning qarori (agar mavjud boʻlsa);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlaridan xizmatdan boʻshatilganligi toʻgʻrisidagi buyruq koʻchirmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma jildga sodir boʻlgan voqea (hodisa) bilan bogʻliq holatlarni ifodalovchi boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodim boʻyicha shakllantirilgan yigʻma jilddagi hujjatlar yoki ularning nusxalari toʻgʻri va toʻliq shakllantirilganligi boʻyicha masʼuliyat mazkur yigʻma jildni shakllantirgan hududiy ichki ishlar organiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy ichki ishlar organi halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodim boʻyicha shakllantirilgan yigʻma jildlarni hududiy ichki ishlar organi boshligʻi, u boʻlmaganda uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolangan xat bilan Maxsus komissiyaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus komissiya ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiya kotibi halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlarning kelib tushgan yigʻma jildlarini qabul qilib oladi va shu kunning oʻzida yigʻma jildlarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritish orqali qayd qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma jildlarni roʻyxatga olish kitobi ip oʻtkazilib tikilgan, Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining devonxonasi muhri bilan tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus komissiya kotibi kelib tushgan yigʻma jildlardagi hujjatlarning toʻliqligini hamda undagi maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilganligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus komissiya kotibi kelib tushgan yigʻma jildlardagi hujjatlar toʻliq boʻlmagan yoki undagi maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganligini aniqlagan hollarda yigʻma jildni yuborgan hududiy ichki ishlar organidan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilishini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya kotibi tomonidan talab qilingan maʼlumotlar 10 kun ichida taqdim etilmagan taqdirda yigʻma jild tegishli hududiy ichki ishlar organiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kelib tushgan yigʻma jildlardagi hujjatlar toʻliq va undagi maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda Maxsus komissiya kotibi ushbu yigʻma jildlarni Maxsus komissiyaning navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqilishi uchun har bir yigʻma jild boʻyicha alohida Maxsus komissiyaning barcha aʼzolari soniga mutanosib ravishda qisqacha maʼlumotnoma tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlarning yigʻma jildlari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentida saqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus komissiya kotibi hududiy ichki ishlar organlaridan yuborilgan yigʻma jildlarni qabul qilib olgan kunning oʻzida bu haqda Maxsus komissiya raisini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus komissiya raisi sobiq xodimning halok boʻlishi yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolishi terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliqligini koʻrib chiqish maqsadida Maxsus komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadigan kun va vaqtni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yigʻma jildlar bir yoki bir nechta boʻlishidan qatʼi nazar, ular Maxsus komissiyaga kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus komissiya kotibi komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin Maxsus komissiyaning barcha aʼzolarini komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan kun va vaqt haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus komissiya yigʻilishini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maxsus komissiya yigʻilishida komissiya raisi, kotibi va uning aʼzolaridan boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Maxsus komissiya raisining ruxsati bilan komissiya yigʻilishida koʻrilayotgan masala yuzasidan tegishli soha mutaxassislarini jalb etish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maxsus komissiya kotibi yigʻilishda koʻrib chiqish uchun kun tartibiga qoʻyilgan sobiq xodimlarning yigʻma jildlari asosida tayyorlangan qisqacha maʼlumotnomani komissiyaning barcha aʼzolariga bir nusxadan tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus komissiya kotibi har bir yigʻma jild boʻyicha barcha maʼlumotlarni komissiya aʼzolariga alohida oʻqib eshittiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maxsus komissiya har bir yigʻma jild orqali taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrgangan holda ularning har biri boʻyicha alohida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yigʻma jildi taqdim etilgan sobiq xodimni Maxsus komissiya tomonidan halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq xodim terrorizmga qarshi kurashish bilan bogʻliq tadbirlar yoxud terroristik aktlar natijasida bevosita, shuningdek faol harakatlari oqibatida halok boʻlganligi yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolganligi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq xodim jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bogʻliq tadbirlar yoxud fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi harakatlar, shuningdek sodir etilgan jinoiy harakat natijasida bevosita, shuningdek faol harakatlari oqibatida halok boʻlganligi yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolganligi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq xodim jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq tadbirlar, amaliyotlar yoxud jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi tajovuzlarni bartaraf etish natijasida bevosita, shuningdek faol harakatlari oqibatida halok boʻlganligi yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolganligi holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maxsus komissiya yigʻilishida koʻrib chiqilayotgan yigʻma jild materiallari mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq boʻlmagan hollarda sobiq xodimni terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus komissiya tomonidan tegishliligi boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq xodim terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) chogʻida halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) deb topish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq xodim terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) deb topish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maxsus komissiya qarori komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maxsus komissiya yigʻilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda komissiya majlisi bayonnomalarini rasmiylashtirish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maxsus komissiya yigʻilishi bayonnomasi komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maxsus komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nusxasini komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtgan kundan boshlab 7 kun ichida yigʻma jildni yuborgan tegishli hududiy ichki ishlar organiga yetkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hududiy ichki ishlar organi Maxsus komissiya tomonidan yuborilgan barcha bayonnoma nusxalari asosida terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) chogʻida halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) deb topilgan sobiq xodimlar roʻyxatini yuritadi va ushbu roʻyxatni doimiy ravishda yangilab boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Hududiy ichki ishlar organi Maxsus komissiya qaroriga asosan terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) chogʻida halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) deb topilgan sobiq xodimning oila aʼzolarini Maxsus komissiya qarori hamda ular uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar bilan yozma ravishda tanishtiradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Hududiy ichki ishlar organlari har chorak yakuni boʻyicha chorakdan keyingi oyning 3 sanasidan kechiktirmay oʻzlariga tegishli hududdagi halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq xodimlar (ularning oila aʼzolari) haqidagi maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazadi va xatlov natijasida aniqlangan maʼlumotlarni Maxsus komissiyaga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) chogʻida halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) xodimlar farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlim muassasasidan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish (jamoat xavfsizligini taʼminlash) chogʻida halok boʻlgan (olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan) deb topilgan xodimlar farzandlarining roʻyxati Maxsus komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taqdim etib boriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 18-QQ-son hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 3-martdagi 01-05/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 3171-1, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Manfaatdor shaxslar soʻroviga koʻra Maxsus komissiya qarorining tegishli qismidan koʻchirma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Maxsus komissiya qaroridan norozi boʻlgan shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/3171/3384-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.03.2026-y., 10/26/3171-1/0229-son)