Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2022 01.07.2019 yildagi 546-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4078-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan barcha yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha foydalanish huquqi uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari asosida 20 kundan oshmagan muddatda berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qaroriga muvofiq daryolar o‘zanlarida noruda foydali qazilmalarni qazib olish tasdiqlangan zaxiralar mavjudligi va suv rejimiga salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga qat’iy ravishda amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-iyundagi 443-son qarori 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
546-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-iyuldagi 546-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalar — sanoatda va qurilishda tabiiy ravishda yoki xomashyo sifatida ishlatiladigan metall bo‘lmagan foydali qazilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari — tarkibida noruda foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan va aniq geometrlangan chegaralarga ega yer qa’ri maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi o‘rinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda auksion deb ataladi) — salohiyatli xaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda Internet tarmog‘idagi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron buyurtma (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb ataladi) — noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni auksionda realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan beriladigan elektron buyurtma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun elektron ariza bergan va unda ishtirok etishga qo‘yilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion raqami — savdoda ishtirok etish uchun elektron ariza mavjud bo‘lganda auksionda ishtirok etish uchun ishtirokchiga beriladigan raqam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion obyekti — auksion natijalari asosida realizatsiya qilishga qo‘yiladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan zakalat (keyingi o‘rinlarda zakalat deb yuritiladi) — elektron savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan to‘lanadigan, boshlang‘ich narxning 5 foizi qiymatidagi pul miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lot — auksionda realizatsiya qilinadigan, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan muayyan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi texnik uzilish — ishtirokchilardan biriga auksionda ishtirok etishga imkon bermaydigan yoki operator xodimiga auksion o‘tkazilishiga xizmat ko‘rsatishning texnik imkoniyatini ta’minlamaydigan elektron savdo maydonchasidagi texnik nosozliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi litsenziya asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Litsenziyalar mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanishning har bir turi uchun alohida-alohida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziyalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida (yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga) noruda foydali qazilmalar konlarini izlash, baholash va qidirishga oid huquqni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobiga geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishiga belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir loyiha-smeta hujjatlari asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni geologik o‘rganish bosqichida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan hamda noruda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish va ularning sifatini baholash uchun yetarli hajmlarda tajriba (sinov) va tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish ishlarini o‘tkazish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya, uning egasiga konni qazib olish, qazib olinayotgan mineral-xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan agar litsenziya shartlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib olish jarayonida olingan mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya noruda foydali qazilmalarning zaxiralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan kon bo‘yicha ularni qazib olish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani konning alohida uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi, agar ushbu holat konni qazib olishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasa va konning qolgan qismlari (uchastkalari)ni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bitta konni bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda konni qazib olish Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) bilan kelishilgan, yer qa’ridan oqilona foydalanishni va atrof muhitni muhofaza qilinishini ta’minlovchi qazib olish tizimida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalarning bir vaqtning o‘zida bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishiga yo‘l qo‘yiladi, shu jumladan o‘zaro yaqin joylashgan noruda foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra ularni faqat birgalikda bir yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olish rentabelli bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir vaqtning o‘zida noruda foydali qazilmalarning turli konlarini, ayrim turdagi qurilish va boshqa materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur komponent sifatidagi mineral-xomashyo qazib olishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasi, unga berilgan kon ajratmasi doirasida qo‘shimcha litsenziyasiz yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni, ularni Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondida hisobiga qo‘yish sharti bilan olib borish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya, o‘z egasining kon qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining tarkibida noruda foydali komponentlari mavjud chiqindilarini qayta ishlash ishlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish va mineral-xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga egalik huquqi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyaga muvofiq litsenziya egasida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati mobaynida saqlab qolinadi. Bunday holda texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash)ga litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Texnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya, yer qa’ridan foydalanuvchi balansida hisobda turmaydigan yoki texnogen mineral hosilalar sotilgan yoki belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga topshirilgan holda, kon qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga yer qa’ridan foydalanish turlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan shartlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Davlat geologiya qo‘mitasi va uni hududiy bo‘linmalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi, shuningdek zarurat bo‘lganda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida geologik o‘rganish uchun quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan beriladigan ijobiy xulosani Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon inshootlari va quduqlarni aholi hayoti va salomatligi, atrof muhit xavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish (rekultivatsiya qilish), shuningdek foydalanishga yaroqsiz kon inshootlari va quduqlarni tugatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasiga topshirish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yer qa’ri uchastkalaridan noruda foydali qazilmalarni qazib olish shartlarida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan beriladigan ijobiy xulosani Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, zaxiralarni qazib olish va kon maydoni (uchastkalar)da qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlarni to‘lash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur malakali mutaxassislarga ega bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylarini tashkil qilish, kerakli malakali mutaxassislarni jalb qilish va xodimlarni kasbga tayyorlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va texnologik imkoniyatlar, shuningdek, belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan texnika va asbob-uskunalar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yil ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning boshlanish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchining investitsiya majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen mineral hosilalardan foydalanish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan beriladigan ijobiy xulosani Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, texnogen mineral hosilalar (konlar) zaxiralarini qazib olish va kon maydoni (uchastkalar)da qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur malakali mutaxassislarga ega bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylarini tashkil qilish, xodimlarni kasb bo‘yicha tayyorlash va zarur malakali mutaxassislarni jalb qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi bilan belgilangan hollarda Davlat geologiya qo‘mitasi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish shartlariga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mineral-xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlari konyunkturasining o‘zgarishi, ya’ni noruda foydali qazilmalarni qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi sababli, shuningdek litsenziya berilgan vaqtdagiga nisbatan keskin farq qiluvchi vaziyat yuzaga kelgan hollarda yer qa’ridan foydalanuvchi so‘roviga muvofiq ham yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya egasi noruda foydali qazilmalarni qazib olishni vaqtincha to‘xtatishi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qo‘mitasiga yozma tarzda ma’lum qilgan holda, belgilangan tartibda kon inshootlarini va yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish muddati litsenziyaning umumiy amal qilish muddatiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ridan foydalanish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Geologik o‘rganish, noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalari quyidagilar uchun belgilangan muddatlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik o‘rganish uchun — besh yilgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun — foydali qazilmalarni yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar bilan belgilangan muddatga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada ko‘rsatiladi va u berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yer qa’ridan foydalanish tugagunga qadar kamida olti oy oldin yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga yo‘llangan buyurtma bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda va yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni yakunlash, shuningdek foydali qazilma konlarini qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalarni tugatish yoki konservatsiyalash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish zarur bo‘lgan hollarda yer qa’ridan foydalanish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ridan foydalanish muddatlarini uzaytirish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qaror Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan buyurtma tushgan kundan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksionlar orqali 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi, mazkur Nizomning 26- va 27-bandlarida keltirilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat geologiya qo‘mitasining investitsiya loyihalari bo‘yicha hamda Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan tuzilgan uch tomonlama kelishuvga muvofiq noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch tomonlama kelishuvlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining investitsiyalar jalb qilinishi maqsadida loyihaning hudud uchun yuqori darajada ahamiyatliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining ishlab chiqarish loyihasi doirasida mo‘ljallanayotgan quvvatlar, texnologik parametrlar va chuqur qayta ishlash darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasining loyihani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari vaqtidagi topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, xorijiy davlatlar bilan kelishuvlar doirasida tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari va bayonnomalarini hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosalarini inobatga olgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch tomonlama kelishuvlar loyihalarini tayyorlash, kelishish va jamlash Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, auksionga qo‘yilgan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar tashabbus qilinganda, u Davlat geologiya qo‘mitasining qaroriga asosan auksiondan chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yer qa’rini geologik o‘rganishga oid ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchilar aniqlangan kon bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida ular tomonidan aniqlangan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqiga litsenziyalar olish uchun mutlaq huquqqa ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida, auksion o‘tkazilmasdan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir (to‘liq yoki qisman, noruda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash va tasdiqlash bilan bog‘liq) ishlarni moliyalashtirgan shaxsning buyurtmasi bo‘yicha beriladi, buyurtmaga moliyalashtirish manbai ko‘rsatilgan holda konni qidirish bo‘yicha ishlarning moliyalashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan olib borgan shaxs u tomonidan qidirilgan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqidan voz kechilgan holda kon mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksionlar orqali boshqa shaxsga berilishi mumkin, bunda voz kechgan shaxsga u tomonidan sarflangan xarajatlar, shu jumladan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar qiymati qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchida ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan mutlaq huquq muddati tugagandan so‘ng, u auksionda qatnashganda o‘zi tomonidan aniqlangan konda foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziya olishda ushbu Nizomning 66-bandida nazarda tutilgan imtiyozli huquqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionni o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Elektron savdo maydonchasida auksion orqali realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxati Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va har yili 1-fevralgacha tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat geologiya qo‘mitasi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini tasdiqlaganidan so‘ng besh kun mobaynida auksionda realizatsiya qilish uchun har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi va bir kun mobaynida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan ro‘yxatga kirmagan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha litsenziya berishga ariza kelib tushgan hollarda Davlat geologiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda o‘rganib chiqadi va o‘n besh kun mobaynida auksion savdolari orqali realizatsiya qilinadigan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatiga kiritish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, “Google xarita” dasturida geolokatsiyasi bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoga qo‘yilayotgan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlang‘ich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish namunaviy shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat geologiya qo‘mitasi 31-bandda keltirilgan tegishli ma’lumotlar tayyorlangandan so‘ng ikki kun mobaynida operatorga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yetarli darajada rasmiylashtirilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilgan holda operator tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani qabul qilish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda operator buyurtmani olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan buyurtmani mavjud kamchiliklarni ko‘rsatilgan holda ularni bartaraf etish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi uch kun mobaynida operator tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va ushbu Nizomning 31-bandi talablariga muvofiq buyurtmani takroran operatorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Operator ilova qilingan hujjatlar bilan takroran taqdim etilgan buyurtmani olgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay auksionni o‘tkazish haqidagi xabarnomani o‘zining veb-portaliga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat geologiya qo‘mitasi talabgorlarni auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni ko‘radi, shu jumladan, olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan veb-portal manzilini ko‘rsatgan holda o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Auksionni tashkil qilish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Auksionni tashkil qilish va o‘tkazishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan berilgan buyurtmalar bo‘yicha operator tomonidan auksionga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomga muvofiq, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator tomonidan operator va Davlat geologiya qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqat savdo maydonchasida elektron shaklida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion arizalarni qabul qilish va ishtirok etishni tashkil etish, shuningdek g‘oliblarni aniqlash jarayonlariga Internet tarmog‘i orqali aralashish imkoniyatini cheklovchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Auksionni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani va lot haqidagi axborot auksion boshlanishidan avval o‘n ish kunidan kechiktirmasdan operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizalarni taqdim etish va zakalat pulini kiritish orqali ishtirok etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Auksion narxlarni oshirib borish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi auksionga buyurtmada ko‘rsatilgan boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda auksion o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, yer qa’ridan foydalanish huquqi auksionga takroran boshlang‘ich narxda qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar uchun operator auksion g‘olibidan shartnomada belgilangan miqdorda haq oladi, bunda olinadigan summa auksion obyekti boshlang‘ich qiymati summasining bir foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion savdolari o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda, auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarga haq olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Auksionni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Operator Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmalari asosida o‘z veb-portalida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) auksion o‘tkaziladigan sana, shu jumladan boshlanish va tugashining aniq vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) lot raqami va nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) auksionda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishning oxirgi sanasi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish joyi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yer qa’ri uchastkalaridan noruda foydali qazilmalarni qazib olishning minimal shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishdan belgilangan maqsad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) auksion obyektining boshlang‘ich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari, “Google xarita” dasturida geolokatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) zakalat pulining boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatorning bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Davlat geologiya qo‘mitasining manzili va telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Operatorning veb-portalida yuridik shaxslarga xabarnomaning batafsil tarkibi va lot bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorning veb-portalida auksionni o‘tkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali va boshqa usullarda tadbirkorlik subyektlarini auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Auksionda ishtirok etish uchun arizalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Talabgorlar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab sakkiz kun mobaynida auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda arizalarni topshiradi hamda elektron arizada qayd etilgan lot raqami va nomi bo‘yicha elektron savdolar ochilgan kuni bir kun mobaynida auksionda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilish auksionni o‘tkazish kunidan ikki kun oldin soat 13-00 da yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalarni qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Auksion ishtirokchilarning arizalarini qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalar ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq elektron ko‘rinishda kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi veb-portaldan ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tadi hamda avtomatik tarzda unga shaxsiy kabinet va shaxsiy hisob varag‘i ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi o‘zi tomonidan tanlangan lotning zakalat pulidan kam bo‘lmagan miqdorda shaxsiy hisob varag‘ini to‘ldiradi va ariza yuboradi. Zakalat puli ishtirokchining shaxsiy hisob varag‘idan avtomatik tarzda yechib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishtirokchining shaxsiy hisob varag‘idagi pul mablag‘i yetarli bo‘lmasa, uning arizasi qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion ishtirokchisi arizasini chaqirib olish imkoniyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli auksion obyekti boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Auksionda ishtirok etish uchun ariza chaqirib olingan hollarda operator to‘langan zakalat pulini ariza chaqirib olingan zahoti avtomatik tarzda auksion ishtirokchisining hisob varag‘iga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda bank hisob raqami noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘lov operatorning bank hisob raqamiga qaytib tushgan holatda operator auksion ishtirokchisini bu haqda ogohlantiradi va aniq bank ma’lumotlari berishni so‘raydi. Bu holatda, zakalat puli auksion ishtirokchisi tomonidan aniq bank ma’lumotlari berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ishtirokchilar arizalari avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion ishtirokchilariga ular auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilgan va yuborilgan, shuningdek zakalat puli shaxsiy hisob raqamidan to‘liq tushgandan keyin avtomatik tarzda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ariza va unga ilova qilingan hujjat belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilmagan va jo‘natilmagan, zakalat puli operatorning bank hisob raqamiga to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan hollarda ariza avtomatik tarzda rad qilinadi va bu haqda ishtirokchining elektron pochtasiga bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Auksion ishtirokchisi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqt yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga arizani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Operator arizalar va unga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek ularning sir tutilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalarni qabul qilish davrida, shuningdek auksionni o‘tkazish davrida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning aks ettirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Auksionda ishtirok etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada ko‘rsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Auksion ikki va undan ortiq ishtirokchi qatnashganda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlangach, veb-portalda auksion boshlangani haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Auksion ish kuni mobaynida 9-00 dan 18-00 gacha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qo‘yishning boshlang‘ich narxi O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 36 barobari miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Auksion bosqichi auksion obyekti boshlang‘ich narxining 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta bosqichga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan bosqichga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agar tasdiqlangan oxirgi taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Agar lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi taklifini auksion o‘tkazish vaqti yakunlanishiga 10 daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi 10 daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif auksion o‘tkazish vaqtini 10 daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda auksion o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21-00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha oxirgi taklifni soat 21-00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan auksion ishtirokchisiga u tomonidan qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga litsenziya olish uchun berilgan mutlaq huquq muddati tugagandan so‘ng, kon auksionga qo‘yiladi va ushbu kondan foydalanish huquqi realizatsiya qilinayotgan auksion jarayonida ushbu auksion ishtirokchisining litsenziya olishga imtiyozli huquqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, auksion ishtirokchisi tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda moliyalashtirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim. Auksion jarayonida u tomonidan taklif etilgan narxga yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirish uchun sarflangan xarajatlar qo‘shib hisoblanadi va auksion g‘olibini aniqlashda e’tiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Savdo maydonchasida auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Auksion yakunlangandan keyin veb-portalda auksion yakunlangani va uning natijalari haqidagi ma’lumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotning boshlang‘ich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi bosqichlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha shakllangan narxlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion g‘olibi va oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisi haqidagi tegishli ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ariza tushmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionda ishtirok etish uchun birorta ham ishtirokchi qatnashmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion ishtirokchilari tomonidan birorta ham taklif tasdiqlanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi qo‘yilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan tartibda aniqlangan auksion g‘olibi va oxirgidan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan auksion obyekti qiymatining 100 foizi belgilangan muddatda to‘liq to‘lanmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorning veb-portalida avtomatik tarzda bu haqda uning sabablari, shuningdek lotning boshlang‘ich narxi haqida ma’lumot aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 43 — 70-bandlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan auksionga avtomatik tarzda qayta qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu Nizomning 69-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra realizatsiya qilinmasa, auksion obyekti boshlang‘ich narxda takroriy auksionlarga qo‘yiladi. Takroriy auksionlar auksion obyekti realizatsiya qilingunga qadar joriy yil davomida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion takroran o‘tkazilmagan deb topilgan taqdirda, operator Davlat geologiya qo‘mitasini bu haqda elektron xat bilan xabardor qiladi hamda auksion obyektini savdodan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Auksion natijalari bo‘yicha hisob-kitob qilish va auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay auksionda sotilgan yer qa’ri uchastkasining qiymatini operatorning hisob raqamiga to‘liq to‘lab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion g‘olibi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining qiymatini shaxsiy hisob varag‘idan to‘lashni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu auksion obyekti bo‘yicha avval to‘langan zakalat puli auksion obyektining 100 foiz qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘olib tomonidan auksion obyektining 100 foiz qiymati to‘liq to‘langandan so‘ng operator bir kun davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar haqini ushlab qolgan holda auksion obyektini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni Davlat geologiya qo‘mitasining buyurtmasida ko‘rsatilgan tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) auksion o‘tkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat geologiya qo‘mitasining noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish uchun bergan buyurtmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) lot raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) auksion obyektining boshlang‘ich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) auksion obyektining sotilgan narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) auksion g‘olibining nomi va rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) auksion obyekti, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami), u joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni amalga oshirishning belgilangan maqsadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Operator bir kun mobaynida o‘tkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga va Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etadi hamda axborotni o‘z veb-portalida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga auksion g‘olibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar (yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjat bo‘yicha to‘liq nomi va STIR raqami, korxona rahbarining pasporti nusxasi), yillik qazib olinadigan noruda foydali qazilmalar miqdori taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi “E-XAT” elektron pochtasi orqali bayonnoma nusxasini noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Agar auksion natijalariga ko‘ra auksion g‘olibi uch kun ichida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishdan bosh tortsa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga u auksion davomida taklif etgan narxda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishini taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi uch kun ichida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini sotib olishga rozilik bildirsa, u ushbu Nizomning 72- va 73-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilishi bilan auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma quyidagilar uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion g‘olibiga tegishli yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasiga — auksion g‘olibiga tegishli litsenziya rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar) hokimligiga — auksion g‘olibiga yer uchastkasini ajratish haqidagi qarorni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Auksion g‘olibi uch kunlik muddatda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, auksion g‘olibi o‘ttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, auksion g‘olibi maqomi bekor qilinadi va yer qa’ri uchastkasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda qaytadan auksionga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Litsenziya, auksion g‘olibi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolagandan boshlab ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Auksion g‘olibi — yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga onlayn-auksion natijalari bo‘yicha litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan 4 oy ichida tegishli yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha quyidagi hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar — litsenziya yer qa’ri uchastkasini geologik o‘rganish uchun berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslar — litsenziya noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologiya ekspertizasining vakolatli organi tomonidan atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasiga berilgan ijobiy xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar hamda texnik-iqtisodiy asoslar loyihalari Davlat geologiya qo‘mitasi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda tasdiqlangan uslubiy qo‘llanmaga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘n kunlik muddatda taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqadi hamda o‘rganish natijasi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan xollarda tegishli yer qa’ridan foydalanuvchilar o‘n ish kunida kamchiliklarni bartaraf etishlari va Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklarni ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etmaslik va Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etmaslik rasmiylashtirilgan litsenziya va yer qa’ri uchastkasini ajratish haqidagi qaror bekor qilinishiga asos bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Litsenziya rasmiylashtirilgan yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan 4 oy ichida ushbu Nizomning 79-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirilmagan holda, rasmiylashtirilgan litsenziya va yer uchastkasini ajratish haqidagi qaror bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ushbu Nizomning 84 va 85-bandlarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, qoidaga ko‘ra, auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganidan so‘ng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab o‘n ikki ish kuni mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionda ishtirok etishga qo‘yilgan yagona ishtirokchiga — xabarnomada ko‘rsatilgan auksion o‘tkazish kunidan boshlab olti ish kuni mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganidan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot bo‘yicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisob raqamida qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Auksion g‘olibiga zakalat puli qaytarilmaydi va u auksion obyektining sotilgan qiymati tarkibida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Auksion obyektining qiymatini mazkur Nizomning 72 va 75-bandlarida belgilangan tartibda to‘liq to‘lamagan auksion ishtiroklariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Operator tomonidan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari va ushlab qolingan zakalat summasi auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun to‘lov summalari chegirilgan holda Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli g‘azna hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar Davlat geologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari o‘rtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida litsenziya olish uchun ariza beruvchilarlarga so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plami so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining ariza beruvchi bilan kelishilgan chegaralarini, u bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yetarli bo‘ladigan hajmdagi kon-texnik, texnologik va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilar buyurtmani ushbu Nizomning 89-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni ilova qilgan holda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya olishga buyurtmalar topshirish elektron tizimida yoki Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga yozma tarzda topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur hollarda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun bevosita Davlat geologiya qo‘mitasiga buyurtma topshirish huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida berish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun buyurtma topshiradi va unga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalarining aloqa va pochta ma’lumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va texnologik imkoniyatlar, shuningdek, belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan texnika va asbob-uskunalar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyani to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida olish uchun asos bo‘ladigan hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar — yer qa’ri geologik o‘rganish uchun berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslar — yer qa’ri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologiya ekspertizasi vakolatli organlari tomonidan atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida ariza loyihasiga berilgan ijobiy xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini amalga oshirish uchun tegishli yer uchastkasi ajratilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurtmasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt barobar miqdoridagi to‘lovning Davlat geologiya qo‘mitasi hisobiga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Mazkur Nizomning 89-bandida keltirilgan hujjatlar to‘plami ariza beruvchi tomonidan to‘liq taqdim etilmagan holda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun buyurtmalarni qabul qilish rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmani boshqa sabablar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari o‘n kunlik muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasini, undan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash uchun tekshirib chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global pozitsion tizim asboblarini qo‘llab burchak koordinatlarini aniqlagan holda yer qa’ri uchastkasining joylashish o‘rnini aniqlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalar ruxsatsiz qazib olinganlik izlarining mavjud bo‘lishi mumkinligini aniqlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining taqdim etilgan hujjatlaridagi texnik va texnologik imkoniyatlarini muvofiqligini hamda zarur malakali mutaxassislarga ega bo‘lishini o‘rganadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilgan ishlar natijalari bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi va buyurtma bilan birga Davlat geologiya qo‘mitasiga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Noruda foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda, Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari ularni oldini olish va aybdor shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Davlat geologiya qo‘mitasi besh kunlik muddatda buyurtmani va Davlat geologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining tegishli ma’lumotlarini o‘rganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Davlat geologiya qo‘mitasi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng bir kunlik muddatda, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Ariza beruvchi uch kunlik muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, ariza beruvchi o‘ttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, Davlat geologiya qo‘mitasi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Litsenziya, ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolagan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslar tegishli yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi o‘z haqida yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bersa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ishlarni samarali bajarish uchun malakali mutaxassislar, zarur moliya va texnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik va boshqa ma’lumotlarni olmasdan turib texnik hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasining chegaralari geologik va boshqa ma’lumotlar to‘plamida ko‘rsatilgan chegaralarga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga doir ish olib borish uslubiyoti geologiya-qidiruv ishlarini olib borish yoki yer qa’ri uchastkalarini oqilona o‘zlashtirishning belgilangan talablariga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olinayotgan xomashyo tannarxi noto‘g‘ri hisoblangan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sabablar bo‘yicha noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishning rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishning rad qilinishiga rozi bo‘lmaslik holatida, ariza beruvchilar rad etilishi yuzasidan qonun bilan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishning rad qilinishi haqida qaror qabul qilinganda, Davlat geologiya qo‘mitasi bir kunlik muddatda ariza beruvchiga va buyurtmani qabul qilgan Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmasiga axborot tizimi orqali yozma va elektron shaklda rad etilish sabablari hamda ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin bo‘lgan muddatlar ko‘rsatilgan xabarnomani yo‘llaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Ariza beruvchi tomonidan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinish sabablari belgilangan muddatlarda bartaraf etilganda, rad qilinish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmagan muddatda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va davlat hisobiga olish va rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Litsenziya Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmasi bo‘yicha ushbu Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklda “Davlat belgisi” DIChB tomonidan bosmaxona usulida tayyorlangan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasi, tartib raqami, himoya qilish darajasiga ega qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasida saqlanadi. Litsenziyaning ajralmas qismi bo‘lgan quyidagi matnli, grafik shakldagi va boshqa qo‘shimchalar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining dastlabki parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi grafik materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan geologik o‘rganish uchun foydalanish huquqiga oid litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchiga kerakli yer uchastkasi ajratilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalarga muvofiq Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyati nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan kon ajratish dalolatnomalari noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanuvchiga zarur yer uchastkasini ajratilishiga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan tegishli yer uchastkalari yer qa’ridan foydalanuvchining murojaatiga ko‘ra o‘n ish kundan oshmagan muddatda belgilangan tartibda ochiq savdolarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyaning amal qilish muddati va yer qa’ri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi bo‘linmalari tomonidan bir vaqtning o‘zida yer qa’ridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatiga olish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatiga olish reyestrga tegishli qaydlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish turi va maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanish va litsenziyaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning qayta rasmiylashtirishga asos va uning sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatish yoki tugatish asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya reyestriga kiritilgan ma’lumotlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tanishib chiqish uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi ma’lumotlari berilganligi uchun yer qa’ridan foydalanadigan bir foydalanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdoridagi to‘lov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya reyestridagi ma’lumotlar mahalliy ijro hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlariga bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Reyestrdan ma’lumotlarni taqdim etilishi uchun to‘lov miqdori Davlat geologiya qo‘mitasining g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Foydalanishga berilgan tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat hisobiga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Foydalanishga berilgan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondi tomonidan, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishiga oid materiallar olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib qo‘yilishi yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan, shu jumladan boshqa davlat nazorati organlarining taqdimnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi yuzaga kelgan xavf-xatarlarni oldini olish yoki yer qa’ridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan talablar va shartlar, ishlarni olib borish me’yorlari va qoidalari bartaraf etilguncha butun uchastkada yoki uning bir qismida ishlarning ma’lum turlarini 3 oydan oshmagan muddatga cheklanishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini to‘xtatilishi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi ishlarni to‘xtatib qo‘yilish sabablari bartaraf etilgunga qadar olti oydan oshmaydigan muddatga amalga oshirish taqiqlanishiga olib keladi, bunda tog‘-kon inshootlari xavfsizligini ta’minlash, qurilishlarni, inshootlar va uskunalarni odamlar va atrof-muhit uchun xavfsiz saqlab turishga oid ishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi holatlarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri foydalanuvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlarini buzilishi, ekologiya talablariga rioya qilish, rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini ta’minlash, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning ta’sir zonasida aholi hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga xavf-xatarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanish uchun to‘lovlarni muntazam to‘lamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunining 33, 36, 37, 40 va 401-moddalarida nazarda tutilgan qoidalariga rioya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar tizimli tavsifga ega bo‘lsa yoki ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga ilgari cheklov va (yoki) to‘xtatilish qo‘llangan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya qo‘mitasi bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda tegishli mahalliy ijro hokimiyati organlarini yozma xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda tegishli yer maydonlari tegishli mahalliy hokimiyati organlari tomonidan zaxiraga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari) haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqib, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining o‘zlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy ijro hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda, ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatdan oldin bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan davlat nazorati organlaridan yozma xabar olingan kundan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi tugaganda foydalanuvchi, yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarni va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik ulardan foydalanishga yaroqli holga keltirish, shuningdek ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tog‘ inshootlari va infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish yoki tugatish ishlarini bajarishga kirishishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Yer qa’ridan foydalanuvchi faoliyatining tugatilishi yoki bekor qilinishi munosabati bilan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bekor qilinganda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa manfaatdor organlar vakillari ishtirokida tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan tog‘ inshootlari va infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish yoki tugatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida qaror qabul qilinishi shart. Bunday holatlarda yer qa’ri uchastkalari Davlat geologiya qo‘mitasi balansiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqaga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun litsenziya egasi Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa yuridik shaxsga berishi mumkin, agar ushbu yuridik shaxs litsenziya bilan belgilangan shartlarni bajarishga doir majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini olgan yuridik shaxs, litsenziyaning oldingi egasiga nisbatan qo‘yilgan talablarga mos kelishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa yuridik shaxsga berishni kelishish litsenziya egasining Davlat geologiya qo‘mitasiga beriladigan buyurtmasi orqali amalga oshiriladi. Buyurtmada noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqaga berilish sabablari, yer qa’ridan foydalanish huquqi qisman berilganda talabgor tomonidan foydali qazilmalarni yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olish, qayta ishlash bilan bog‘liq nazarda tutilgan faoliyat turi keltiriladi. Buyurtmaga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi o‘tayotgan yuridik shaxsning litsenziya egasiga nisbatan qo‘yilgan talablarga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘n besh kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa yuridik shaxsga (to‘liq yoki qisman) berilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror buyurtmachiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda jo‘natiladi. Kelishib olishning rad etilishi asoslangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa yuridik shaxsga berishning Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishib olinganligi tomonlarning huquqini boshqa yuridik shaxsga berish to‘g‘risidagi tegishli shartnomani tuzish va noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi (to‘liq yoki qisman) berilayotgan yuridik shaxsga Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda va nomi o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddati uzaytirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan litsenziya egasining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsni qayta tashkil qilish yoki qayta tuzilishida buyurtma litsenziya egasi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yetti kun muddatda berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi buyurtmaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda tegishli reyestrga o‘zgartirishlar kiritiladi, litsenziya yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda oldin berilgan litsenziya Davlat geologiya qo‘mitasida saqlanadi va unda “Bekor qilingan” degan muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda — yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda va nomi o‘zgarganda, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma kelib tushgan kundan boshlab yigirma ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda — yer qa’ri uchastkalarini foydalanish muddatini uzaytirishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirilishi holatida litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini bajarilishi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumot Davlat geologiya qo‘mitasi va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirishda, lizenziya olishga doir buyurtmani ko‘rib chiqish uchun to‘langan summaning ellik foizi miqdorda yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘im Davlat geologiya qo‘mitasi hisobiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari yuzasidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Yer qa’rini geologik o‘rganish, yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasi va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Ariza beruvchilar, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya olish uchun ular tomonidan tayyorlagan, Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan hujjatlarining ishonchliligi va qonunchilikka mosligi uchun javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion orqali berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich (tayyorgarlik bosqichi)

Davlat geologiya qo‘mitasi

Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Har yili 1-fevralgacha


Davlat geologiya qo‘mitasi

Yer qa’ridan foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun buyurtmanomalarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasiga (operatorga) taqdim etadi.

2 kun


Operator

Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z veb-portalida joylashtiradi.

1 kun


2-bosqich

(auksion o‘tkazish)

Talabgorlar

Auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda ariza topshiradi, unda lot raqami va yer qa’ri uchastkasi nomini ko‘rsatadi.

8 kun


Operator

Lot bo‘yicha elektron auksi�n savdolari o‘tkazadi.

1 kun


Auksion g‘olibi

Auksionda g‘olib deb topilgan summaning 100 foizini to‘laydi.

5 kun


Operator

O‘tkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va auksion g‘olibiga hamda Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etadi.

1 kun


3-bosqich

(litsenziya berish)

Auksion g‘olibi

Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

3 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Auksion g‘olibiga tegishli litsenziya rasmiylashtiriladi.

2 kun

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksion tashkil qilish haqida
‎ELEKTRON BUYuRTMA

‎‎20___ yil “____” _________da O‘zbekiston Respub�ikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, Davlat geologiya qo‘mitasi quyidagi noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

1. Yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami) va joylashgan joyi:

‎‎_______________________________________________________________________________________________________ (geografik koordinatali nuqtalari bilan Google xarita dasturida geolokatsiyasi bilan)
‎______________________________________________________________________________________________________;

2. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishdan maqsad _____________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________;

‎‎3. Yer qa’ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm) ________________________________________________;

‎‎4. Yer qa’ri uchastkasining maydoni (gektarda) ________________________________________________________________;

5. Foydali qazilma konining (uchastkasi) zaxirasi ____________________________________________________________;‎‎

‎‎6. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qo‘yishning boshlang‘ich narxi (so‘mda) _______________________
‎______________________________________________________________________________________________________;

‎‎7. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning namunaviy shartlari __________________________________________________;

‎‎8. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan bank rekvizitlari:

‎______________________________________________________________________________________________________;
‎(bank nomi)
‎______________________________________________________________________________________________________;
‎(bank MFO)
‎______________________________________________________________________________________________________;
‎(bank hisob raqami)
‎______________________________________________________________________________________________________;

‎‎Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi.

‎‎Davlat geologiya qo‘mitasi raisi _____________________________________________________________

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎Elektron raqamli imzosi (ERI)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida Nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun
‎ELEKTRON ARIZA

_______________________________________________________________________________________________________
‎(yuridik yoki jismoniy shaxsning to‘liq nomi, pochta manzili, bank rekvizitlari)

‎‎(keyingi o‘rinlarda ishtirokchi deb ataladi) yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini realizatsiya qilish to‘g‘risida elektron onlayn-auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:

_______________________________________________________________________________________________________
‎(lot raqami)
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎(lot nomi)

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun to‘langan zakalat pulini tasdiqlovchi hujjat: _________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________‎‎

(to‘lov hujjatining rekvizitlari)

Ishtirokchi yer qa’ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb ataladi) bilan tanishdim, 20___ yil “_____” ______ soat _______da veb-portalida o‘tkaziladigan elektron onlayn- auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani topshirdi.

Ishtirokchi elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron onlayn-auksionni o‘tkazish bo‘yicha qoidalarda belgilangan shartlarga rozilik beradi.

Ishtirokchi uning ma’lumotlari noto‘g‘ri bo‘lgan taqdirda, auksion natijalari haqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi haqida ogohlantirildi.

Ishtirokchi elektron onlayn-auksionga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yer qa’ri uchastkalari ro‘yxati asosida realizatsiya qilinayotgani to‘g‘risida xabardor qilindi va ishtirokchi elektron onlayn-auksion g‘olibi deb topilganda unga yuklanadigan talab hamda majburiyatlarga rioya etishni zimmasiga oladi.

Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni operatoridan har qanday bildirishnomani ishtirokchining quyidagi elektron pochta manzilida olishini rasman tasdiqladi _________________________________________________.

(elektron pochta manzili)

Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni operatori ushbu elektron pochta manziliga yuborgan bildirishnomalar jo‘natilgan vaqtda rasman olingan deb hisoblanishini va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni ishtirokchisi ushbu bildirishnomalarni o‘z vaqtida o‘qimagani uchun javob bermasligini tasdiqlaydi.

Zakalat pulini qaytarish uchun ishtirokchining bank rekvizitlari:

_______________________________________________________________________________________________________
‎(bank nomi)
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎(bank MFO)
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎(bankning hisob raqami)
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎(ishtirokchining STIR)

Ilova: Ishtirokchi elektron onlayn-auksion o‘tkazish haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga zakalat pulini o‘tkazganini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga muvofiq to‘liq nomi, rahbar pasporti va mo‘ljallanayotgan yillik qazib olinadigan noruda foydali qazilmalar hajmi haqida ma’lumot elektron (skaner qilingan) nusxalari.

To‘ldirilgan sana: 20___ yil “___” ________________

Ishtirokchining ERI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish va ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida Nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

(litsenziya olgunga qadar)

Ariza beruvchi

1. Davlat geologiya qo‘mitasiga noruda foydali qazilma konlarida qazish ishlarini olib borish uchun buyurtma beradi (yer qa’rini geologik o‘rganishga oid ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchi).

Zarur
bo‘lganda


2. Davlat geologiya qo‘mitasining investitsiya loyihalari doirasida tuzilgan shartnomalar asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga Davlat geologiya qo‘mitasiga buyurtma beradi.

Investitsiya loyihalariga asosan


3. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga uch tomonlama kelishuvni tayyorlash uchun buyurtma beradi.

Kelishuvga asosan


Davlat geologiya qo‘mitasi

Buyurtmalarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari vaqtidagi topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, xorijiy davlatlar bilan kelishuvlar doirasida tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”, Hukumat qarorlari va bayonnomalarini hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi (Tadbirning 3-qismiga binoan).

10 kun


“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

Buyurtmalarni ko‘rib chiqadi va ishlab chiqarish loyihasi doirasida mo‘ljallanayotgan quvvatlar, texnologik parametrlar va chuqur qayta ishlash darajasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi (Tadbirning 3-qismiga binoan).

10 kun


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Buyurtmalarni ko‘rib chiqadi va investitsiyalar jalb qilinishi maqsadida loyihaning hudud uchun yuqori darajada ahamiyatliligi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi (Tadbirning 3-qismiga binoan).

10 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Buyurtmalarni ko‘rib chiqish va uch tomonlama kelishuvni tasdiqlash natijalari bo‘yicha tegishli xulosalarni mavjudligi hisobga olgan holda, noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida litsenziya olish uchun buyurtma beruvchilarga so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik yoki boshqa ma’lumotlar to‘plamini taqdim etadi.

20 kun


2-bosqich

(litsenziya olishga buyurtma topshirish va uni ko‘rib chiqish)

Ariza beruvchi

Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati bilan Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga buyurtma beradi.

Zarur
bo‘lganda


Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari*

Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda foydalanish imkoniyatini aniqlash uchun so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasini tekshiradilar;

Global pozitsion tizim asboblaridan foydalangan holda burchak nuqtalarini tushirish yo‘li bilan yer qa’ri uchastkasining joylashish o‘rnini aniqlashtiradilar;

Foydali qazilmalar ruxsatsiz qazib olingan bo‘lishi mumkinligi izlarini aniqlashtiradilar;

taqdim etgan hujjatlari bo‘yicha buyurtma beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlarini o‘rganadilar;

texnik-iqtisodiy asoslarda keltirilgan, xomashyoni qazib olish tannarxi to‘g‘ri hisoblanganligini tekshiradilar;

olib borilgan ishlar natijalari bo‘yicha tegishli axborotni tayyorlaydilar va buyurtma bilan birga Davlat geologiya qo‘mitasiga yo‘llaydilar.

10 kun


3-bosqich

(litsenziya berish)

Davlat geologiya qo‘m�tasi

Buyurtmani va hududiy bo‘linmalarning tegishli axborotlarini o‘rganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish yoki uni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

5 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Ariza beruvchi:

litsenziya berish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolash zarurligi;

litsenziya berilishini rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror bo‘yicha xabardor etish.

1 kun


Ariza beruvchi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

3 kun


Davlat geologiya qo‘mitasi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va topshiradi.

1 kun

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari haqidagi ma’lumot Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish hamda ushbu uchastkalardan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish to‘g‘risida Nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI

Noruda foydali qazilmalarni o’z ichiga olgan
‎yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun
‎LITSENZIYA

SERIYASI

TARTIB RAQAMI

LITSENZIYA TURI

Litsenziya ______________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ ga berildi.

(ushbu litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs)

Litsenziya ______________________________________________________________________________________________
‎uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Yer qa’ri uchastkasi _______________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________ da joylashgan.

(Qoraqalpog’iston Respublikasi yoki viloyat tumani, aholi punkti nomi)

Yer qa’ri uchastkasi chegaralarining tavsifi, burchak nuqtalari koordinatalari, topografiya plani, kesimlar nusxalari va boshqalar ilovada keltiriladi _______________________________________________________________________________________________

(tegishli hujjatning turi, nomi, tartib raqami va qabul qilingan sanasi)

___________________________________________________________________________________________________-son

(davlat organi nomi, hujjatning turi, sana, tartib raqami)

qarori asosida yer qa’ridan foydalanish bilan bog’liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish kafotlangan.

Litsenziyaning amal qilish muddati _____________________________________________________________________________

(kun, oy, yil)

Quyidagilar litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanadi:

Yer qa’ridan foydalanish shartlari ______________________________________________________________________________

‎‎(ilovaning tartib raqamlari, varaqalar soni)

Matnli ilovalar ____________________________________________________________________________________________

(ilovalar nomi, varaqlar soni)

Chizma ilovalar ___________________________________________________________________________________________

(ilovalar ro’yxati, varaqlar soni)

Litsenziya berilgan sana ________ y. “____” ______________

Litsenziya olgan shaxs yoki
‎uning vakolatli vakili


M.O’. ______________ ____________________

O’zbekiston Respublikasi
‎Davlat geologiya va mineral
‎resurslar qo’mitasi Raisi


‎‎M.O’. ______________ ____________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.SN.)‎‎

(imzo)

(F.I.SN.)

20 ____ y. “____” _______________

20 ____ y. “____” _______________

��

(Litsenziya uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan zarur ilovalar mavjud bo’lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi).

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 09/19/546/3380-son)