24.05.2019 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalari bir taxlitda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 510-moddasiga muvofiq sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi, qarori ustidan shikoyat berish huquqi sud ishini yuritishda ayblov tomoni (prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakili, fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili) va himoya tomoni (ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib, jinoyat ishi tugatilgan shaxs, mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili) ishtirokchisiga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqi, shuningdek mazkur qarorlar huquqlari yoki qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa shaxslarda ham mavjud. Bunday shaxslar jumlasiga, masalan, garov beruvchi yoki daʼvoni yoxud hukm ijrosini taʼminlash maqsadida mol-mulki xatlangan shaxs kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud hujjatlarining faqat fuqaroviy daʼvoga oid qismi ustidan shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlov sabablari va asoslariga oid qismi ustidan shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda boshqa shaxslarga sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqi berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat tartibidagi shikoyat, protest bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga (bundan buyon matnda Oliy sud deb yuritiladi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida ish yuritish quyidagicha qoʻzgʻatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud sudyasining ajrimi boʻyicha — JPK 515-moddasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi yoki uning oʻrinbosari ajrimi boʻyicha — JPK 5151-moddasi uchinchi qismiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi yoki uning oʻrinbosari protesti boʻyicha — JPK 511-moddasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari protesti boʻyicha — JPK 511-moddasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida ish yuritish faqat apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat tartibidagi shikoyat, protest (bundan buyon matnda shikoyat (protest) deb yuritiladi) quyidagi tartibda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga — apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlari ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Rayosatiga — Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlar ustidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunda shikoyat (protest) berish uchun biron-bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 513-moddasi mazmuniga koʻra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil oʻtgandan soʻng berilgan shikoyat (protest), basharti unda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlarga (masalan, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, mulkiy ziyon miqdorini koʻpaytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi yoki ayblov mazmuni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgarishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek oqlov hukmini yoxud sudning ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan boʻlsa, nazorat instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir yillik muddat birinchi instansiya sudining tegishli hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, nazorat instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qoʻshilgan holda hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyat (protest) bir yillik muddat oʻtgunga qadar berilgan boʻlib, mazkur muddat ish boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar oʻtib ketsa, uni hal etish bosqichidan kelib chiqib, koʻrilmasdan yoki qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda shikoyat (protest) bergan shaxsga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shuni nazarda tutish lozimki, shikoyat (protest) mazmuni JPK 510-moddasi ikkinchi qismi talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u JPK 5021-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat, shuningdek, unga mazkur ish boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan sud qarorlari koʻchirma nusxasi ilova etilmagan holda ham qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng shikoyat (protest) umumiy tartibda qayta berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. JPK 514-moddasiga muvofiq shikoyat nazorat instansiyasi sudi tomonidan u kelib tushgan kundan boshlab bir oy mobaynida, ish chaqirtirilgan va tekshirib chiqilgan hollarda esa — ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. Bu muddatga ishni nazorat instansiyasida koʻrish uchun JPK 483-moddasida belgilangan vaqt qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda nazorat tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, hukm chiqarilgandan soʻng qabul qilingan amnistiya aktini, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, vaqt jihatdan oxirgi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlgan hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda ayblov mazmuni yoki sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligi boʻyicha boshqa masalalar qoʻyilgan boʻlmasa, nazorat instansiyasi sudi tomonidan koʻrilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasi birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. JPK 76-moddasiga muvofiq shikoyat, shuningdek, talab qilib olingan yoki shikoyat (protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishi mazkur ishni koʻrishda muqaddam ishtirok etmagan sudya tomonidan oʻrganib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) yoki jinoyat ishi mazkur ishni koʻrishda muqaddam ishtirok etgan sudyaga tayinlangan holda, u JPK 80-moddasiga muvofiq oʻzini oʻzi rad etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni nazorat instansiyasida koʻrishda ishtirok etgan sudya, basharti nazorat instansiyasida uning ishtirokida chiqarilgan ajrim bekor qilinmagan boʻlsa, shu ishni boshqa mahkumga (oqlangan shaxsga) nisbatan koʻrishda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nazorat instansiyasiga kelib tushgan dastlabki shikoyat Oliy sud sudyasi tomonidan shikoyatga ilova etilgan materiallar, zarurat boʻlganda esa, jinoyat ishini talab qilib olgan holda oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud sudyasi shikoyatni oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyat bergan shaxsga uch kunlik muddat ichida xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shikoyatni oʻrganib chiqishda sudlar shundan kelib chiqishlari lozimki, shikoyatda bayon etilgan vajlar sud hukmi, ajrimi yoki qarorining qonuniyligi va asosliligi yuzasidan shubha uygʻotgan yoki bunday shubha bevosita sud qarorlari mazmunidan kelib chiqqan har bir holda ish chaqirtirilishi shart. Ish, jumladan, quyidagi holatlar yuzasidan shubha tugʻilganda talab qilib olinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tergovining toʻliqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat yoki jinoyat-protsessual qonuni normalariga rioya etilganligi va toʻgʻri qoʻllanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlangan jazoning adolatliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy sud sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimida shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berish rad etilganligi sabablari va asoslari shikoyat vajlarini rad etuvchi hamda hukm yoki boshqa sud qarori qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi aniq dalillar va xulosalar bayon etilgan holda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud sudyasining sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimi shikoyat bergan shaxsga yuboriladi va u ajrim ustidan Oliy sud raisi yoki uning oʻrinbosariga shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. JPK 518-moddasiga koʻra nazorat instansiyasi sudida ishni koʻrish boshlangunga qadar protest bildirgan shaxs oʻz protestini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori esa, oʻzining oʻrinbosari bildirgan protestni qaytarib olishga yoki oʻzgartirishga (shu jumladan toʻldirishga) haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra, mahkum oʻzining shikoyatini, shuningdek himoyachisining shikoyatini shunday tartibda qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa shaxsning shikoyati yoki protesti boʻlmasa, nazorat tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bu haqda ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest)ning qaytarib olinishi uning yangidan umumiy tartibda berilishiga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahkum (oqlangan shaxs)ning nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtiroki uning huquqi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, jinoyat ishi kelib tushganidan soʻng sud mahkum (oqlangan shaxs)ni nazorat instansiyasi sudida ish koʻriladigan vaqt haqida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtayotgan mahkumning nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtiroki zarurati, shuningdek uni olib kelish masalasi sud tomonidan hal etiladi (JPK 479-moddasi toʻrtinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. JPK 480-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra nazorat instansiyasi sudi mazkur instansiya sudida qatnashish vakolatiga ega boʻlgan prokurorni har bir ish boʻyicha oldindan xabardor etish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishga huquqi bor shaxslar doirasi qonunda belgilangan (JPK 479-moddasi toʻrtinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning koʻrilish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi uni koʻrish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda, qonunga koʻra nazorat instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart boʻlib, bunday holda, JPK 25-moddasi birinchi qismi, 51-moddasi birinchi qismi 6, 9-bandlari va ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham taʼminlanishi shart (JPK 52-moddasida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nazorat instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudida ishning muhokamasi JPK 520-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nazorat tartibida ish yuritishning apellatsiya, kassatsiya tartibidan farqli xususiyati shundan iboratki, nazorat instansiyasi sudi faqat qisman sud tergovi oʻtkazishi, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishi va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlar natijasiga koʻra huquqiy baho berishi mumkin (JPK 490-moddasi toʻrtinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni soʻroq qilish, ekspertizalar oʻtkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida) ular birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qoʻshimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 481-moddasiga koʻra, qoʻshimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriq berish yoʻli bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda nazorat instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan koʻrsatuvlari ularning birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudida aslida bergan koʻrsatuvlariga mos emasligi toʻgʻrisida shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlar bu shaxslarni soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazorat instansiyasi sudi birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalari sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik toʻgʻri aniqlanganligini, moddiy va protsessual qonun normalari qanchalik toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini faqat shaxs sudlangan yoki oqlangan ayblov doirasida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 494-moddasiga muvofiq ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash yoki jazoni kuchaytirishga zarurat boʻlganda, nazorat instansiyasi sudi apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi ajrimini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga faqat shu asoslar boʻyicha jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan holda haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. JPK 482-moddasiga muvofiq nazorat instansiyasi sudi shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻla hajmda (taftish tartibida) tekshirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) oʻtgan boʻlib, ulardan ayrimlariga nisbatan shikoyat (protest) berilgan hollarda nazorat instansiyasi sudida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan tekshiriladi. Agar shikoyat bermagan yoki (protest) bildirilmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini ularning ahvolini yengillashtiruvchi tomonga bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asoslar borligi aniqlansa, sud tegishli qaror qabul qiladi. Bunday asoslar mavjud boʻlmagan holda, sud ajrimi (qarori)da ishning ularga doir qismi tekshirilganligi va ularga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari kuchida qoldirilganligi koʻrsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nazorat instansiyasi sudi, Oliy sud Rayosati bundan mustasno, aynan bir hukm, ajrim, qaror ustidan aynan bir mahkum (oqlangan shaxs)ga nisbatan berilgan shikoyat (protest) boʻyicha ishni, garchi u boshqa asoslar boʻyicha berilgan boʻlsa ham, takroran koʻrib chiqishga haqli emas. Ayni paytda nazorat instansiyasi sudi ilgari nazorat tartibida qaror qabul qilinmagan mahkumga (oqlangan shaxsga) nisbatan ishni takroran koʻrib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nazorat instansiyasi sudi, agar chiqarilgan sud qarori moddiy va protsessual qonun talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorini oʻzgarishsiz qoldirganda nazorat instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 533-moddasi birinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda — hukmning ijrosini kechiktirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya aktini qoʻllashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. JPK 484-moddasida sud qarorlari bekor qilinishi va oʻzgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan boʻlib, nazorat instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, ularni u yoki bu tarzda qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlari quyidagi hollarda, oʻzgartirilishi shart, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud tergovi toʻliq boʻlmasa yoki bir yoqlama olib borilgan boʻlib, biroq yoʻl qoʻyilgan kam-koʻstlar toʻldirilganidan soʻng nazorat instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasi oʻzgartirilishi zarurligi haqida xulosaga kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmda, ajrimda, qarorda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq boʻlmay, biroq nazorat instansiyasi sudi mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmay turib, ularga tegishli baho bera olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boʻyicha jinoyat-protsessual qonuni normalari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlib, ularning nazorat instansiyasida bartaraf etilishi sud qarorlari oʻzgartirilishiga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) normalari notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlib, biroq nazorat instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmay turib tuzatishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat instansiyasi sudi tayinlangan jazoni yengillatish zarur deb hisoblasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudida kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qonun buzilishini bartaraf etish imkoniyati boʻlmasa, sud qarorlari barcha hollarda bekor qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nazorat instansiyasi sudi hukmni, ajrimni, qarorni oʻzgartirish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga, agar bu mahkumga birinchi instansiya sudi hukmida, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida bayon qilinganidan jiddiy farq qiladigan ayblov qoʻyilishiga yoki unga ogʻirroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni notoʻgʻri baholash tufayli ortiqcha eʼlon qilingan JK moddasini chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 70 — 72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda — mahkumni jazodan ozod qilishga yoki shartli hukm qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yoki JK 57-moddasini qoʻllagan holda jazo miqdorini kamaytirishga yoki boshqa yengilroq jazo (asosiy va qoʻshimcha) tayinlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek ushbu masala sud tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan tomonga oʻzgartirish zaruratini keltirib chiqarmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan qattiqroq turini belgilashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, mahkumga nisbatan jazoni yengillatishga yoki uni jazoni oʻtashdan ozod qilishga asos sifatida faqat ish boʻyicha aniqlangan va mahkumga nomutanosib ogʻir jazo tayinlanganligidan dalolat beruvchi holatlar olinishi mumkin. Hukm chiqarilgandan soʻng kelib chiqqan holatlar, shuningdek mahkumning jazoni oʻtash vaqtidagi xulq-atvori esa, oʻz oʻzidan sud qarorlarining oʻzgartirilishiga olib kelmasligi lozim va faqat ishning nazorat tartibida koʻrib chiqilishi uchun boshqa asoslar mavjud boʻlganda inobatga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nazorat instansiyasi sudi mahkumga nisbatan jazoni yengillatish masalasini hal qila turib, uni nafaqat kamaytirishi, balki yengilroq jazo turiga ham oʻtishi mumkin. Bunda yengilroq jazo muddati qonunda belgilangan doirada yengillashtirilayotgan jazo muddatidan oshishi mumkin (JK 61-moddasida nazarda tutilgan hisoblash qoidalari inobatga olingan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga nisbatan qoʻllanilgan shartli hukm oʻrniga sud jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari yoki xizmat boʻyicha cheklash jazosi tayinlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan JK 57-moddasi qoʻllanilganda ham nazorat instansiyasi sudi qoʻshimcha jazoni oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. JPK 494-moddasi birinchi qismi talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishi JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilinganda, nazorat instansiyasi sudi sud qarorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda uzil-kesil tayinlangan yangi jazo turi va miqdori hukm boʻyicha tayinlangan jazodan ogʻirroq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart boʻlgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan boʻlsa, nazorat instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni yengilroq jinoyat toʻgʻrisidagi moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, uning sanksiyasi doirasida mazkur modda boʻyicha tayinlangan jazodan ogʻirroq, biroq uzil-kesil tayinlangan jazo miqdoridan koʻp boʻlmagan jazo belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nazorat instansiyasi sudi hukm va keyingi sud qarorlari oʻzgartirilib, bir yoki bir necha jinoyat uchun jazo yengillashtirilganda, jinoyatlar majmui boʻyicha hukmda qoʻllanilgan qoplash qoidasi oʻrniga jazoni qoʻshish qoidasini qoʻllashga haqli. Biroq, bunda JK 59-moddasiga muvofiq tayinlangan jazo hukmda belgilangan jazo miqdoridan (keyingi sud instansiyalari tomonidan kiritilgan oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda) oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud tomonidan bir necha hukm boʻyicha jazo belgilashda bir jazoni boshqasi bilan qoplash qoidasi qonunga xilof tarzda qoʻllanilgan boʻlsa yoki oʻtalmagan jazo muddatini qoʻshish imkoniyati boʻlmasa, nazorat instansiyasi sudi oxirgi hukm boʻyicha jazoni yengillashtirganda oldingi hukm boʻyicha oʻtalmagan jazoni qisman yoki toʻliq qoʻshishga haqli. Bunda uzil-kesil jazo hukmda belgilangan jazo miqdoridan (keyingi sud instansiyalari tomonidan kiritilgan oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda) oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nazorat instansiyasi sudi hukmni, ajrimni, qarorni bekor qilganda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 83, 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ishni toʻliq hajmda yoki mustaqil kvalifikatsiya qilingan ayblov qismi boʻyicha tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 484-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek keyingi sud qarorlarini (agar ular chiqarilgan boʻlsa), bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yangidan koʻrib chiqishga yuborishi mumkin. Bunda ish boʻyicha qoʻllanilgan ehtiyot choralarini oʻzgarishsiz qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish masalasi hal etilishi shart hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda nazorat instansiyasi sudi aybdor jinoiy jazo qoʻllamasdan ham axloqan tuzatilishi mumkin, degan xulosaga kelsa, u sud qarorlarini bekor qilib, ishni tugatishga yoki voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod etib, unga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralaridan birini (JK 87-moddasi) qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm bekor qilinishiga sabab boʻladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 487-moddasida ifodalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm bekor qilinishiga sabab boʻladigan darajada jiddiy buzilishi aniqlanganda, nazorat instansiyasi sudi ish kimning shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganidan qatʼiy nazar, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan sud qarorlarini bekor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday talabga nafaqat JPK 487-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan qonun buzilishlari aniqlanganda, balki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, yaʼni jinoyat-protsessual qonuni normalarining boshqacha tarzda buzilishi ayblanuvchi, sudlanuvchi va protsess boshqa ishtirokchilarini qonunda belgilangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki cheklagan, sudga ish holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona aniqlashga xalal bergan hamda qonuniy va asosli hukm chiqarishga boshqacha tarzda taʼsir etgan yoki taʼsir etishi mumkin boʻlgan holda ham (ayb eʼlon qilinmaganligi, sudlanuvchiga ayblov xulosasi nusxasining berilmaganligi, qonunga koʻra oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmaganligi, sudlanuvchiga oxirgi soʻz berilmaganligi va boshqalar) rioya etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi nazorat instansiyasi sudini shikoyatda (protestda) keltirilgan boshqa vajlar (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning toʻgʻriligi, jazoning adolatliligi toʻgʻrisida va h.k.)ni ham mazmunan koʻrib chiqish va ular boʻyicha ajrimda (qarorda) tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan jinoyat-protsessual qonunining buzilishi hollari nazorat instansiyasi sudi tomonidan sud qarorlari bekor qilinib, ishning JPK 83, 84-moddalariga muvofiq tugatilishiga toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) boʻyicha ish holatlari toʻliq tekshirilmagan deb topilganda, agar ularni sud qarorlaridan chiqarish uchun yetarli asoslar yoki yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish uchun imkoniyat boʻlmasa, nazorat instansiyasi sud qarorlarini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan toʻliq hajmda koʻrish uchun yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkum JK turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan boʻlib, ulardan har birini alohida koʻrish imkoniyati boʻlsa, nazorat instansiyasi sudi sud qarorlarining bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini bekor qilib, ishning shu qismini apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga, ayni paytda, oʻsha mahkumga nisbatan sud qarorlarining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat instansiyasi sudi sud qarorlarining mahkumlardan biriga doir qismini bekor qilib, ishning shu qismini apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborish toʻgʻrisida fikrga kelsa va ishning shu qismini JPK 332, 416, 417-moddalari mazmunidan kelib chiqib ajratishning imkoni boʻlmasa, sud qarorlari toʻla hajmda bekor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgandan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hollarda, sud qarorlari, garchi ularda mahkum jazodan ozod qilingan boʻlsa ham, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat instansiyasi mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qoʻllanilishini istisno etuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, nazorat instansiyasi birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilishi shart boʻlgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda boʻyicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi hamda uchinchi qismi 2 va 5-bandlariga muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim boʻlgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agar amnistiya akti sud tomonidan qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan qoʻllanilgan boʻlsa, nazorat instansiyasi sudi jabrlanuvchining shikoyati yoki protest boʻlgan taqdirda, sud qarorlarining jazo tayinlash qismini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, agar nazorat instansiyasi amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukm (ajrim, qaror)da tayinlangan jazo amnistiya akti qoʻllanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yubormasdan, hukm (ajrim, qaror)ni oʻzgartirishga — undan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, amnistiya akti qoʻllanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. JPK 494-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, hukm (ajrim, qaror) nazorat instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga faqat shikoyatda (protestda) koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin. Masalan, agar shikoyatda (protestda) faqat mahkumning harakatlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sud qarori jazoning yengilligi sababli bekor qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum yoki uning himoyachisining boshqa mahkumlarga nisbatan ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyati hukm (ajrim, qaror)ni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgartirish uchun sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat instansiyasi sudi ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrishga yuborish paytida ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, ayrim dalillarning boshqa dalillardan ustunligi, jinoyatning kvalifikatsiyasi va jazo toʻgʻrisidagi sud xulosalarini oldindan hal qilib qoʻyadigan koʻrsatmalar berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi, hukm (ajrim, qaror)ni bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborayotganda, oʻz qarori (ajrimi)da qanday holatlar hukm (ajrim, qaror)ning bekor qilinishiga asos boʻlganligini va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi qanday bartaraf etilishi kerakligini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sud qarorlari bekor qilinib, ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborilganda yoki yangi hukm chiqarilganda nazorat instansiyasi sudi JPK 490-moddasiga koʻra birinchi, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining barcha qarorlarini bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi faqat bu haqda oqlangan shaxs shikoyati yoki prokuror protesti berilgan holda oʻzgartirilishi mumkin (JPK 494-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi nazorat instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxs asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi yoki uning vakili shikoyati yoxud prokuror protesti boʻlgan holda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan protest berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar ish nazorat tartibida koʻrilganda sud qarorlari bekor qilinib, ish mahkumning jinoyat sodir etilishiga daxldor emasligi tufayli tugatilib, biroq bu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanmay qolsa, sud ishni JPK 464-moddasi talablaridan kelib chiqib, ayblanuvchi tariqasida jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash yuzasidan chora koʻrish uchun prokurorga yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agar mahkum shikoyat (protest) bildirilgandan soʻng, biroq ish nazorat instansiyasida koʻrilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar boʻlgan taqdirda nazorat instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 83-moddasiga muvofiq tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq ularning tegishliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida koʻrilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini oʻziga olgan shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha fuqarolik ish yurituv tartibida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nazorat instansiyasi sudi hukmning fuqaroviy daʼvoga oid qismi notoʻgʻriligini aniqlasa, unga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi, jumladan, undiruv miqdorini koʻpaytirishi mumkin, basharti ish boʻyicha dalillar toʻplash yoki ularni qoʻshimcha tekshirish zarurati boʻlmasa va ish holatlari birinchi, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan toʻla va toʻgʻri aniqlanib, biroq moddiy qonun normalarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaroviy daʼvo boʻyicha undiruv miqdorini koʻpaytirish jinoyat kvalifikatsiyasini yoki ayblov mazmunini mahkumning holatini ogʻirlashtirish tomoniga oʻzgartirishni taqozo etsa, sud qarorlari faqat jabrlanuvchi yoki uning vakili shikoyati yoxud prokuror protesti mavjud boʻlganda, JPK 513-moddasi talablariga rioya etilgan holda bekor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ish nazorat tartibida koʻrib chiqilayotganda shikoyat (protest) bilan birga taqdim etilgan qoʻshimcha materiallardan, basharti ular sud majlisida tekshirilgan holatlarga daxldor boʻlsa va yangi ochilgan holatlar mavjudligidan dalolat bermasa, foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha materiallar ishda mavjud dalillar bilan qoʻshilgan holda baholanadi va ular bilan birga, faqat sud qarorlarini bekor qilib, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborish lozimligi toʻgʻrisidagi qaror asosiga qoʻyilishi mumkin. Ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborish lozimligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sud ish holatlari toʻla va har tomonlama tekshirilishi va ayblanuvchining himoya huquqi taʼminlanishi zaruratidan kelib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlari bekor qilinib, ish tugatilganda nazorat instansiyasi sudi oʻz ajrimi (qarori)da faqat birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan va mahkumning javobgarligini istisno etuvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarga tayanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha materiallar asosida hukm va keyingi sud qarorlari oʻzgartirilishi yoki bekor qilinib, ish tugatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday materiallar bilan aniqlanadigan faktlar haqqoniyligi birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi talab etilmaydigan hollar bundan mustasno (mahkum jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan yoshga yetmaganligi toʻgʻrisidagi, muqaddam sudlanmaganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar va h.k).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga faqat ish materiallaridan kelib chiqadigan asoslar mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi. Agar sud qarorining qonuniyligi va asosliligi xususidagi shubhalar sudga maʼlum boʻlmagan va tegishli hukm, ajrim yoki qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng aniqlangan holatlar bilan bogʻliq boʻlsa, bunday sud qarorini qayta koʻrib chiqish masalasi faqat yangi ochilgan holatlar boʻyicha ish yuritish tartibida hal etilishi mumkin. Agar bunday hollarda nazorat tartibida protest bildirilgan boʻlsa, nazorat instansiyasi sudi uni koʻrmasdan qoldiradi va ishni barcha materiallar bilan birga prokurorga yangi ochilgan holat boʻyicha ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun yuboradi (JPK 522-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nazorat instansiyasining ajrimi (qarori) aniq, batafsil, yuridik jihatdan asoslantirilgan boʻlishi va unda birinchi, apellatsiya (kassatsiya), nazorat instansiyalarining ayb hajmi va isbotlanganligi, jinoyat kvalifikatsiyasi, hukm boʻyicha tayinlangan jazoning adolatliligi xususidagi qarorlari toʻgʻriligi yoki xatoligiga doir xulosalar bayon etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 496-moddasiga muvofiq ajrim (qaror)da hukmning qaror qismi mazmuni bilan bir qatorda protest mohiyati, prokuror fikrining va ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlarining qisqacha bayoni, nazorat instansiyasi sudining shikoyat (protest) vajlari asosliligi toʻgʻrisidagi xulosasi, qabul qilingan qarorning sabablari moddiy yoki protsessual qonunga havola etilgan tarzda koʻrsatilishi lozim. Sud qarorlari bekor qilinib, ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborilganda, ajrim (qaror)da qaysi holatlar qoʻshimcha tarzda aniqlanishi lozimligini sud aniq koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) u eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijroga qaratilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, nazorat instansiyasi sudi xususiy ajrim (qaror) chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, nazorat instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning apellatsiya, kassatsiya instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 12-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son