Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzneftgazinspeksiya” deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini taʼminlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni isteʼmol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash tadbirlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiya tejashga yoʻnaltirilgan konsepsiyalar va dasturlarni ishlab chiqilishi, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy aktlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
neft, neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilarini energetik tekshirish va ekspertizadan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha isteʼmolchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash;
yoqilgʻi-energetika sohasi boʻyicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida axborotni tayyorlash va tarqatish, energiyani tejaydigan innovatsion texnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya” deb ataladi)ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, koʻmirdan foydalanish xavfsizligini taʼminlash sohasida oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy aktlar va normativ hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini taʼminlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni taʼminlash doirasida ishlar amalga oshirilishiga koʻmaklashish.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarning:
“Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlarining cheklangan umumiy soni 207 nafar, shu jumladan, markaziy apparati xodimlari soni — 37 nafar etib;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
“Oʻzenergoinspeksiya” xodimlarining cheklangan umumiy soni 201 nafar, shu jumladan, markaziy apparati xodimlari soni — 37 nafar etib belgilansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
4. Belgilansinki:
a) “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya”ning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
b) “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi markaziy apparati xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi;
v) Oʻzneftgazinspeksiya va Oʻzenergoinspeksiya xamda ularning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash:
Davlat budjeti mablagʻlari hamda boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi hisobiga hosil boʻladigan mablagʻlar hisobiga;
manbalaridan biri sifatida “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolardan energetika sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda toʻliq hajmda undiriladigan jarimalari hisobiga shakllantiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirligining budjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
g) “Oʻzenergoinspeksiya”, uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirishga “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan, isteʼmolchilar tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ushlab turilmaganligi natijasida yagona elektr energetikasi tizimida hosil boʻlgan elektr energiyasining yoʻqotilishining tasdiqlangan holatlari boʻyicha hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlariga tushgan mablagʻlarning 50 foizi yoʻnaltiriladi.
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boʻlinmalarini joylashtirish uchun maʼmuriy binolarni ajratilishida amaliy yordam koʻrsatsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya”ni zarur telefon aloqasi, shu jumladan, Hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-ilovaga muvofiq ayrim aktlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8-ilovaga muvofiq ayrim aktlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyun,
520-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzneftgazinspeksiya” deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, “Oʻzneftgazinspeksiya” rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. “Oʻzneftgazinspeksiya” neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan (keyingi oʻrinlarda neft, neft mahsulotlari va gaz deb ataladi) foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Energetika vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.
“Oʻzneftgazinspeksiya” qabul qilingan vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
3. “Oʻzneftgazinspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Energetika vazirligining qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. “Oʻzneftgazinspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomi yozilgan blankalarga egadir.
“Oʻzneftgazinspeksiya”ning hududiy boʻlinmalari yuridik shaxs maqomiga ega emas.
6. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
qisqartirilgan nomi — “Oʻzneftgazinspeksiya”;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Inspeksiya po kontrolyu za ispolzovaniyem nefteproduktov i gaza pri Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzneftegazinspeksiya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The inspection for oil products and gas usage control under the Ministry of Energy of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzoilgasinspection.
7. “Oʻzneftgazinspeksiya” joylashgan joy: (pochta manzili) Toshkent shahri, Muqimiy koʻchasi, 98-uy.
2-bob. “Oʻzneftegazinspeksiya”ning tashkiliy tuzilmasi
8. “Oʻzneftgazinspeksiya” tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Toshkent hududiy boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari;
Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi.
Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi, Toshkent hududiy boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini “Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda bevosita “Oʻzneftgazinspeksiya” rahbariyatiga boʻysunadi.
3-bob. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar “Oʻzneftgazinspeksiya”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini taʼminlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni isteʼmol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash tadbirlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiyani tejaydigan dasturlar va konsepsiyalari ishlab chiqilishi shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy aktlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
neft, neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilari tomonidan energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazilishi ishlarini muvofiqlashtirish;
neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha isteʼmolchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash;
yoqilgʻi-energetika sohasi boʻyicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida axborotni tayyorlash va tarqatish, innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish;
10. “Oʻzneftgazinspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini taʼminlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ishlatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi uchun aholi hayoti va sogʻligʻiga real xavf tugʻilishi bilan bogʻliq qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlanganda tashkilotlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyadi;
neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish va qayta ishlash jarayonlarini tahlil qilish asosida neft va gaz sanoati tashkilotlari bilan birgalikda neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanish strategiyasi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
har yillik asosida suyultirilgan va siqilgan gazni ishlab chiqarish hamda gaz bilan toʻldirish, avtomobillarga gaz quyish va avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarida, gaz ballonlarini yetkazib berish punktlarida va servis punktlarida suyultirilgan va siqilgan gazni sotish, shuningdek, yoqilgʻi-energetika tarmogʻi tashkilotlari yuzasidan — Energetika vazirligi bilan kelishish boʻyicha, boshqa tashkilotlar yuzasidan — manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda neft mahsulotlarini avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarida sotish ustidan nazorat qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish, taqsimlash, sotish va ulardan foydalanish sohasida monitoring olib boradi;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, ular miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini taʼminlash sohasida mahsulotlar taqsimoti qatnashchilari tomonidan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
neft, neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilari va yetkazib beruvchilar tomonidan:
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar;
neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash obyektlaridan (uskunalaridan) texnologik ekspluatatsiya qilish;
neft, neft mahsulotlari va gaz miqdor jihatidan va sifatli saqlanishi;
neft, neft mahsulotlari va gaz sarfi meʼyorlari;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash loyihalarini neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning rahbarlari, muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, energetika xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarida ishtirok etadi;
statsionar va koʻchma laboratoriyalarda neft, neft mahsulotlari va gazning sifatini tahlil qiladi va tegishli xulosalar beradi;
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va taʼmirlash sohasida belgilangan tartibda tegishli taʼsir choralarini qoʻllagan holda ruxsat berish tusidagi tartibotlarni va texnik tartibga solishni amalga oshiradi;
qoʻllaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi toʻgʻrisida, shuningdek, bir yilda 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan foydalanuvchi yoqilgʻi isteʼmol qiluvchi tashkilotlarga yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida va asbob-uskunalarni kompleks sinovdan oʻtkazish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazni muhit sifatida qoʻllashda gaz quvurlarini tozalash ishlari uchun texnologik neft-gaz obyektlariga (qurilmalarga) xulosalar beradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari boʻyicha yoqilgʻi isteʼmol qiladigan uskunalar va qurilmalarning normativ-texnik talablarga muvofiqligini koʻzdan kechiradi va oʻrganadi;
gazdan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha gaz sotish va gaz-transport tashkilotlari ishi ustidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar gaz isteʼmolchilarining gazdan foydalanuvchi qurilmalarga ruxsat berilmagan ulanishini aniqlash ustidan nazorat qiladi;
neft, neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilari tomonidan energetika sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini oʻrganish davomida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
energetika sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha elektr energetika obyektlariga va neft, neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilari tashkilotlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
b) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni isteʼmol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
neft, neft mahsulotlari va gazni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi loyihasini ishlab chiqishda qatnashadi;
neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi;
neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi bajarilishi holati toʻgʻrisida tahliliy materiallarni tayyorlaydi va muammoli masalalarni hal etish yuzasidan Energetika vazirligiga takliflar kiritadi.
v) iqtisodiyot tarmoqlarida davlat, tarmoq va hududiy energiyani tejaydigan dasturlar va konsepsiyalari ishlab chiqilishi shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati va ularning qayta ishlash mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va foydalanish jarayonlarini samarali tashkillashtirish masalalarida ishtirok etish sohasida:
energiya sarfini pasaytirish va neft, neft mahsulotlari hamda gazdan samarali foydalanishning jahon tendensiyalarini tizimli asosda oʻrganadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda energetik jihatdan samaradorlikni oshirish va iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini pasaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda raqobatbardoshli sanoat mahsulotlari va maishiy foydalanish tovarlari ishlab chiqarish uchun energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilaydi, shuningdek, respublikada ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va milliy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida energiya sarfini pasaytirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash, texnologik uskunalar va texnologiyalarni modernizatsiyalash, yangilash boʻyicha davlat dasturlari, shuningdek, neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, tashish, foydalanish sohasida loyihalar va tadbirlar amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;
qurilishi tugallangan neft-gaz obyektlarini texnologik talablarga rioya qilishi yuzasidan texnik koʻrikdan oʻtkazadi va foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida tarmoq, mintaqaviy, maqsadli dasturlar va loyihalarni ishlab chiqishda, shuningdek, neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha energiya sarfini pasaytirishga doir tadbirlar rejalarini tuzishda metodologik yordam beradi;
g) neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish sohasida:
neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanish sohasida xalqaro tartibga solish tajribasini hisobga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni huquqiy qoʻllash amaliyotini oʻrganadi;
neft, neft mahsulotlari va gazni qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish va taqsimlash, shuningdek, ulardan oqilona va samarali foydalanishni takomillashtirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
d) neft, neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilari tomonidan energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazilishi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:
neft, neft mahsulotlari va gaz isteʼmolchilarini majburiy energetik tekshirish va ekspertizadan oʻtkazish ustidan nazorat qiladi;
energetik tekshirish va ekspertizalar oʻtkazish dasturlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, oʻtkazilgan energetik tekshirishlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni hamda ishlab chiqarishlar, tashkilotlarning energetik pasportlarini tahlil qiladi;
oʻtkazilgan energetik tekshirishlar natijalarini umumlashtiradi va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Energetika vazirligiga kiritadi;
e) neft, gaz, gaz kondensati hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha isteʼmolchilar tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energetik samaradorligini baholash sohasida:
neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda bajariladigan tadbirlarning energetik jihatdan samaradorligi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek, energiya sarfini pasaytirish boʻyicha oldini oluvchi chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda energetik jihatdan samaradorlikni oshirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish masalalari boʻyicha seminarlar, brifinglar tashkil etadi;
j) yoqilgʻi-energetika sohasi boʻyicha, shuningdek, energiyani tejash va energetik samaradorlikni oshirish sohasida axborotni tayyorlash va tarqatish, innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tajribasini yoyish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslari samaradorligi monitoringini olib boradi;
davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
davlat organlari va tashkilotlarda zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan texnologiyalar joriy etilishi ustidan nazorat qiladi;
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va energiya resurslariga xarajatlarni qisqartirish hisobiga davlat organlari va tashkilotlarning xarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini pasaytirish, mablagʻlarni tejash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
isteʼmol qilinadigan energiya resurslari hajmini kamaytirishga yoʻnaltirilgan texnik, texnologik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
energiyani tejash va energetik jihatdan samaradorlikni oshirish sohasida axborot tayyorlash va tarqatishda ishtirok etadi;
innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganadi;
innovatsion energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etadi;
“Oʻzneftgazinspeksiya” va davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida maʼlumotlar ayirboshlash boʻyicha kompleks axborot tizimlari tashkil etilishiga, koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirishga, jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlikning zamonaviy shakllari va mexanizmlaridan foydalanishga koʻmaklashadi;
tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini bosqichma-bosqich kengaytiradi.
“Oʻzneftgazinspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek, hududiy boʻlinmalar orqali belgilangan tartibda hal etadi.
4-bob. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning huquqlari va javobgarligi
11. “Oʻzneftgazinspeksiya” unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
“Oʻzneftgazinspeksiya” vakolatlariga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
“Oʻzneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha isteʼmolchilarning faoliyati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
tekshirishlarga mustaqil ekspertlarni va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mutaxassislarini jalb qilish;
mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ular tomonidan obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va foydalanish, neft, gaz, gaz kondensatini isteʼmol qilish, qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi yuzasidan belgilangan tartibda tekshirish;
tekshirishlar dalolatnomalarini tuzish va tekshirishlar davomida aniqlangan qoida buzilishlari va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsir etish choralarini qoʻllash;
obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ularni ishlatish, neft, gaz, gaz kondensati isteʼmoli, ularni qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilmaganligi uchun masʼul manfaatdor shaxslardan aniqlangan qoida buzilishlariga nisbatan yozma tushuntirish berishni talab qilish;
oldin berilgan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar talablari ijro etilmaganligi uchun respublika yoqilgʻi-energetika tarmogʻining xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy taʼsirni qoʻllash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga takliflar kiritish;
obyektlarni (qurilmalarni) montaj qilish va ishlatish, neft, gaz, gaz kondensati isteʼmoli, ularni qazib olish, qayta ishlash, sotish, tashish, saqlash sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha Energetika vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakolatlari doirasida vakolatli organlarga takliflar kiritish;
neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berish, hisobga olish qoidalarining qoʻpol buzilishi aniqlanganda, shuningdek, neft ombori uskunalarining texnik hamda metrologik holati qoniqarsiz boʻlganda neft mahsulotlarini sotish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyish;
qoʻllaniladigan texnologiyalar va uskunalarning energiya samaradorligi koʻrsatkichlariga muvofiqligi toʻgʻrisida, shuningdek, yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida “Oʻzneftgazinspeksiya”ning tegishli xulosasisiz tabiiy gaz berish aniqlangan hollarda qoida buzilishlarini bartaraf etish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻrish toʻgʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yuborish;
tekshiriladigan obyektlarda aniqlangan neft, neft mahsulotlari va gazni ishlatish, ulardan foydalanish samaradorligi yuzasidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan apparatlar, uskunalar, materiallar va buyumlarni, shuningdek, texnologiyalarni qoʻllashning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida tegishli vakolatli organlarga takliflar kiritish;
agar oʻzgarishlar obyektlardan foydalanishning ishonchliligini pasaytirishga olib kelmasa, texnologik neft-gaz obyektlarini loyihalashtirish, ularni ishlatishning amaldagi normalari va qoidalarining asoslangan oʻzgarishlarini (chetga chiqishlarni) kelishish;
quyidagi hollarda:
qoʻllaniladigan texnologiyalar va uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, bir yilda 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan foydalanuvchi yoqilgʻi isteʼmol qiluvchi tashkilotlarning yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanishi toʻgʻrisida va asbob-uskunalarni kompleks sinovdan oʻtkazish, rejim-sozlash ishlari va tabiiy gazdan muhit sifatida qoʻllanilganda gaz quvurini tozalash ishlari uchun texnologik neft-gaz obyektlariga (qurilmaga) “Oʻzneftgazinspeksiya”ning xulosasisiz gaz berilgan;
gazdan foydalanish qurilmalari gaz sarfini hisoblash asboblarisiz ishlatilgan, gazdan foydalanuvchi qurilmalar loyihalarida nazarda tutilgan gaz yonishi jarayonlarini avtomatik tartibga solish vositalari yoki issiqlik-texnik nazorat asboblari, gazdan samarali foydalanishni taʼminlaydigan issiqlikni utizilatsiya qilish uskunasi mavjud boʻlmagan (nosoz boʻlgan) hollarda gaz taʼminoti, gaz-transport tashkilotlariga gazdan foydalanuvchi qurilmalarga gaz berishni toʻxtatish va ularni gaz tarmoqlaridan uzish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
sifat boʻyicha standartlar talablariga muvofiq boʻlmaganda neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni yetkazib berish va isteʼmolchilarga sotishni ularning sifati tiklanguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;sifat boʻyicha standartlar talablariga muvofiq boʻlmaganda neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni yetkazib berish va isteʼmolchilarga sotishni ularning sifati tiklanguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
yuridik va jismoniy shaxslarning (aholidan tashqari) tashkilotlariga (obyektlarni montaj qilish va ularni ishlatishda — qurilmalariga) ular tomonidan amaldagi neft, neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish uchun toʻsiqsiz kirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari boʻyicha pulli asosda:
neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida korxonalarning hamda neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolchilarining rahbarlari va xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gazning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari laboratoriya tahlillarini amalga oshirish.
“Oʻzneftgazinspeksiya” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. “Oʻzneftgazinspeksiya”:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, neft-gaz tarmogʻida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Energetika vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, “Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
neft-gaz tarmogʻini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi va neft-gaz tarmogʻida hududlarning muammoli masalalari hal etilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishi uchun javob beradi.
“Oʻzneftgazinspeksiya”ning mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalari bajarilmaganligi va zarur tarzda bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
5-bob. “Oʻzneftgazinspeksiya” rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
13. Quyidagilar “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonun hujjatlari bilan “Oʻzneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, “Oʻzneftgazinspeksiya”ning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosi tashkil etilishi va monitoring olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish, “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaxslari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzneftgazinspeksiya” tizimida lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va oʻz vaqtida kiritish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini taʼminlash, xizmat safariga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish;
tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini “Oʻzneftgazinspeksiya” majlislarida eshitish, yakunlar boʻyicha ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzneftgazinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni taʼminlash;
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, “Oʻzneftgazinspeksiya”ning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida “Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni, lavozim yoʻriqnomalarini va “Oʻzneftgazinspeksiya”ning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
“Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Energetika vazirligiga takliflar kiritish.
“Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
14. Quyidagilar “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“Oʻzneftgazinspeksiya”ning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
“Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishish soʻzsiz taʼminlanishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriq oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻiga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik qoidalar va normalar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida koʻrib chiqilishi uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Energetika vazirligiga qonun hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
“Oʻzneftgazinspeksiya”ga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va atroflicha koʻrib chiqish, ularni puxta ekspertizadan oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, “Oʻzneftgazinspeksiya” majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
oʻz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻiga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻiga takliflar kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining namunaviy Odob-axloq qoidalari asosida “Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan “Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari rioya qilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzneftgazinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻiga davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligini, sifatini va ulardan foydalanishni oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hududiy boʻlimlar rahbarlarining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Oʻzneftgazinspeksiya”ning boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yoʻriqnomalari bilan tartibga solinadi.
6-bob. “Oʻzneftgazinspeksiya” rahbarlarining javobgarligi
15. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning boshligʻi:
“Oʻzneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
16. “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻining oʻrinbosari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda “Oʻzneftgazinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha;
ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatini tashkil etish
1-§. “Oʻzneftgazinspeksiya” rahbariyati
17. “Oʻzneftgazinspeksiya”ga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
“Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi lavozimi boʻyicha ayni bir vaqtda neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosari — neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.
“Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, boshliqning oʻrinbosari — vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
“Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi Energetika vazirligi hayʼati tarkibiga kiradi.
Boshqarmalar va boʻlimlar, markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar boshliqlari, shuningdek, “Oʻzneftgazinspeksiya”ning bosh mutaxassislari katta davlat inspektorlari hisoblanadilar. “Oʻzneftgazinspeksiya” muhandislari davlat inspektorlari hisoblanadilar.
18. “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
19. “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi boʻlmagan davrda uning vakolatlarini ijro etish uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
20. “Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlari maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
21. Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
2-§. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi
22. “Oʻzneftgazinspeksiya” oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
23. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hududiy boʻlimlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
“Oʻzneftgazinspeksiya”ning hududiy boʻlinmalari “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha joylarda sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
8-bob. “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari, moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
24. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
25. “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
26. “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
“Oʻzneftgazinspeksiya” rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari;
“Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
27. “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
28. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha “Oʻzneftgazinspeksiya”ning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladilar yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortiladilar.
29. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
30. “Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
31. “Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlariga:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga — Energetika vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun belgilangan tartibda har choraklik taqdirlash puli toʻlanadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga:
shtat jadvaliga muvofiq bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar toʻlanadi;
“Oʻzneftgazinspeksiya”ning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanadi va toʻlanadi.
32. Boshqaruv xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan va boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻladigan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlari “Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondiga yoʻnaltiriladi.
9-bob. “Oʻzneftgazinspeksiya”ning hisobot berishi
33. “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyati toʻgʻrisida Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
Energetika vazirligi “Oʻzneftgazinspeksiya” boshligʻi va uning oʻrinbosari faoliyatining ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringini olib boradi, “Oʻzneftgazinspeksiya” faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
34. “Oʻzneftgazinspeksiya”ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining
TASHKILIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 207 nafar (shu jumladan, hududiy boʻlinmalar xodimlari — 170 nafar), shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 91 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 107 nafar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 11 nafar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Markaziy apparat xodimlarining cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 34 nafar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 3 nafar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya” deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, “Oʻzneftgazinspeksiya” rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash va uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda) yigʻindisi;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari (keyingi oʻrinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) — issiqlik energiyasini qabul qilish, tashish, oʻzgartirish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskuna yoki asbob;
elektr energetika obyektlari — yagona elektr energetika tizimining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalari, yagona elektr energetika tizimiga ulanmagan blok-stansiyalar va boshqa generatsiya qiluvchi, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi quvvatlar, shuningdek, elektr tarmogʻi xoʻjaligi (elektr energiyasini uzatishga moʻljallangan elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari) va issiqlik tarmoqlari obyektlari;
blok-stansiyalar — isteʼmolchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki isteʼmolchilar tarmogʻi orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
isteʼmolchi — ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek koʻmirdan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (aholidan — maishiy isteʼmolchilardan tashqari).
2. “Oʻzenergoinspeksiya” elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Energetika vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.
“Oʻzenergoinspeksiya” berilgan vakolatlar doirasida huquqlar va majburiyatlar boʻyicha Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining (“Oʻzdavenergonazorat”) huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. “Oʻzenergoinspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Energetika vazirligining qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “Oʻzenergoinspeksiya”ning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
5. “Oʻzenergoinspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining nomi yozilgan blankalarga egadir.
“Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boʻlinmalari yuridik shaxs maqomiga ega emas.
6. “Oʻzenergoinspeksiya”ning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi,
qisqartirilgan nomi — “Oʻzenergoinspeksiya”;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Inspeksiya po kontrolyu v elektroenergetike,
qisqartirilgan nomi — Uzenergoinspeksiya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The inspection for control in electric power industry at the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Uzenergyinspection.
7. “Oʻzenergoinspeksiya” joylashgan joy (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 6-uy.
2-bob. “Oʻzenergoinspeksiya”ning tashkiliy tuzilmasi
8. “Oʻzenergoinspeksiya” tizimiga:
markaziy apparat;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlar kiradi.
Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradilar va bevosita “Oʻzenergoinspeksiya” rahbariyatiga boʻysunadilar.
3-bob. “Oʻzenergoinspeksiya”ning vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar “Oʻzenergoinspeksiya”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, koʻmirdan foydalanish xavfsizligini taʼminlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini taʼminlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni taʼminlash doirasida ishlarni amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
10. “Oʻzenergoinspeksiya” unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr qurilmalarining texnik holati va ularni ishlatishni tashkil etish, elektr qurilmalarini texnik ishlatish va ularni ishlatishda texnika xavfsizligi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari va shunga oʻxshash talablarni nazarda tutadigan texnik qoidalar va normalar bajarilishi;
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalarining texnik holati va ularni ishlatishni tashkil etish, issiqlik qurilmalarini texnik ishlatish va ularni ishlatishda texnika xavfsizligi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari va shunga oʻxshash talablarni nazarda tutadigan texnik qoidalar va normalar bajarilishi;
yuritishida elektr-tarmoq xoʻjaligi obyektlari boʻlgan tashkilotlar tomonidan elektr-tarmoq xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari chegaralarida joylashgan yer uchastkalaridan foydalanishning alohida shartlariga rioya qilishi;
elektr energiyasi isteʼmolchilari tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati taʼminlanishi;
yuridik shaxslarning elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarida ishga tushirish va rejim-sozlash ishlarini sifatli bajarilishi;
elektr energetika obyektlari tashkilotlari va isteʼmolchilar tomonidan ishlab turgan, ishga tushiriladigan, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadigan energiya sigʻimli qurilmalar va uskunalar balans energetik sinovlaridan oʻtkazilishi;
elektr energetika obyektlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning xavfsizligi;
elektr energetika obyektlarining avariyalarni lokalizatsiya qilish va tugatishga tayyorligi;
isteʼmolchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi isteʼmol qilinishi, shuningdek, koʻmirdan foydalanishning xavfsizligi;
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, taqsimlanishi va isteʼmol qilinishi, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qiladi;
b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, koʻmirdan foydalanish xavfsizligini taʼminlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
zarurat boʻlganda yangi va rekonstruksiya qilinadigan elektr qurilmalarini nazorat sinovlaridan (oʻlchashdan) oʻtkazadi;
elektr energetikaning yangidan ishga tushiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarini foydalanishga qabul qilishda davlat qabul komissiyalari tarkibida ishtirok etadi;
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlari tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini tekshirish boʻyicha talablarni belgilaydi;
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlari tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini tekshirish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish. uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish sohasida elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning rahbarlari, elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi;
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr qurilmalarida yuz bergan (guruhli, oqibati ogʻir va oʻlim bilan tugagan) baxtsiz hodisalarni maxsus tekshiradi va hisobini yuritadi;
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning energiya qurilmalaridagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish natijalari boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya”ning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish natijalari boʻyicha berilgan koʻrsatmalarni elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ni tekshirish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etadi;
v) iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, ularning energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
energiya sarfini pasaytirish va elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, koʻmirdan samarali foydalanishning jahon tendensiyalarini tizimli asosda oʻrganadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energetika samaradorligini oshirish va energiya sarfini pasaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilaydi va ularni respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, koʻmirdan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish konsepsiyalari va milliy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida energiya sarfini pasaytirish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasidan, shuningdek, koʻmirdan foydalanish masalalari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejashga yoʻnaltirilgan modernizatsiyalash, texnologik uskunalar va texnologiyalarni yangilash davlat dasturlari, loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi;
g) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy aktlarni, shuningdek, normativ hujjatlarning huquqni qoʻllash amaliyotini va koʻrsatib oʻtilgan masalalarni huquqiy tartibga solishning xalqaro tajribasini oʻrganadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar loyihalarini koʻrib chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda kiritadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida tayyorlangan kelishilgan takliflarni koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga kiritadi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida elektr energetika va isteʼmolchilarning obyektlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni shakllantirish va asoslash yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlarni tayyorlanishini tashkil etadi.
d) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish xavfsizligi tizimining barqaror ishlashini taʼminlash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish sohasida:
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning tashqi va ichki elektr taʼminoti va issiqlik taʼminoti loyihalarini (keyingi oʻrinlarda energetika taʼminoti loyihalari deb ataladi) kelishadi;
yangi va rekonstruksiya qilingan elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning energiya qurilmalarini ularni ishlatishga tayyorligini aniqlash yuzasidan ulash tartibotida ishtirok etadi;
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda ularning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu korxonalar tasarrufidagi kuchlanishi 0,4 — 500 kV boʻlgan elektr xoʻjaligi obyektlarida amalga oshirilgan yangi qurilish, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini berilgan texnik topshiriqlar, qurilish meʼyorlari va qoidalari, Elektr qurilmalarni tuzilishi qoidalari hamda Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga muvofiqligi yuzasidan texnik koʻrikdan oʻtkazadi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi;
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini kelishadi;
elektr va issiqlik energiyasini isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash sohasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan elektr energetika obyektlari, shuningdek, isteʼmolchilarning tadbirlarini kelishadi;
elektr energetika obyektlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash sohasida xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va isteʼmolchilar tomonidan elektr va issiqlik energiyasini isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida tadbirlar bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish xavfsizligini taʼminlash sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini shakllantirish va kelishishda ishtirok etadi;
e) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish jarayonlarini oqilona va samarali tashkil etishni taʼminlash doirasida ishlarni amalga oshirilishiga koʻmaklashish sohasida:
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilishni taʼminlash yuzasidan majburiy tartibda energetik tekshirishdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan yillik isteʼmolining umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻili yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilgʻili yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari roʻyxatini shakllantirishda ishtirok etadi;
energiya auditorlarini yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetik tekshirishini oʻtkazish uchun huquqqa ega boʻlishini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilashda ishtirok etadi;
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilishni taʼminlash yuzasidan yillik isteʼmolining umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻili yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilgʻili yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini majburiy tartibda energetik tekshirishdan oʻtkazilishi ustidan nazorat qiladi;
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilishni taʼminlash yuzasidan majburiy energetik tekshirishlar oʻtkazish dasturlarini tasdiqlaydi, energetik tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tahlil qiladi;
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning tashkilotlari tomonidan elektr va issiqlik energiyasini oqilona va samarali ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilishni taʼminlash yuzasidan oʻtkazilgan majburiy energetik tekshirishlarning tavsiyalari bajarilishini nazorat qiladi;
elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarishda va xizmatlar koʻrsatishda energiya sarfini pasaytirishning maqsadli parametrlari bajarilishini taʼminlaydigan yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini koʻrib chiqadi va kelishadi;
“Oʻzenergoinspeksiya” unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boʻlimlari orqali belgilangan tartibda hal etadi.
4-bob. “Oʻzenergoinspeksiya”ning huquqlari va javobgarligi
11. “Oʻzenergoinspeksiya” unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
“Oʻzenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik qoidalar va normalar loyihalarini belgilangan tartibda Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
“Oʻzenergoinspeksiya” vakolatlariga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
“Oʻzenergoinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
“Oʻzenergoinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
“Oʻzenergoinspeksiya” va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
“Oʻzenergoinspeksiya” vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Energetika vazirligiga va Energetika vazirligi bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
oʻrnatilgan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatlarining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek koʻmirdan foydalanish qismi boʻyicha tekshiruvini toʻsiqsiz amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning tashkilotlariga, aholi bundan mustasno, elektr va issiqlik energiyasini isteʼmol qilishda, shuningdek, undan oqilona foydalanishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi yuzasidan energetika sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ular tomonidan rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish uchun toʻsiqsiz kirish;
tekshirishlar dalolatnomalarini tuzish va davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek, jismoniy shaxslarga, aholi bundan mustasno, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasidagi talablarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasidagi talablar buzilgan xolda ishlayotgan, avariyalar, texnologik buzishlar, odamlarning sogʻligʻi va hayotiga tahdid solayotgan talablar buzilgan holda bajarilayotgan energiya qurilmalari ishini toʻxtatib qoʻyish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish sohasida fuqarolarning hayoti, sogʻligʻiga va ularning mol-mulkiga xavf solayotgan elektr tarmogʻi xoʻjaliklari obyektlarini muhofaza qilish qoidalarining aniqlangan xavfsizlik talablari buzilishi boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya”ning koʻrsatmalari bajarilmaganligi uchun isteʼmolchilarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsir koʻrsatish choralarini koʻrish;
elektr energetika obyektlarining elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlarini oʻqitishga va bilimlarini tekshirishga guvohnomalar berish;
tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi elektr energetika obyektlarining elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlari tomonidan energiya qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishini va ularga rioya qilishini oʻz vaqtida tekshirish ustidan nazorat qilish;
tegishli ravishda elektr qurilmalari va issiqlik qurilmalarini ishlatishda texnik ishlatish va texnika xavfsizligi talablarini bilish yuzasidan tekshirishdan oʻtmagan yoki ushbu talablarni buzuvchi shaxslarni energiya qurilmalarida ishlashga qoʻymaslik toʻgʻrisida elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
elektr energetika obyektlarida va isteʼmolchilarning obyektlarida baxtsiz hodisalar va avariyalarning sabablarini maxsus tekshirish natijalari boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya”ning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolining xavfsizligi yuzasidan isteʼmolchilarning obyektlarini elektr va issiqlik tarmoqlariga ulash boʻyicha xizmatlari faoliyati ustidan nazorat qilish;
“Oʻzenergoinspeksiya”ning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha energiya qurilmalarini ishlatadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining, shuningdek, jismoniy shaxslarning, aholidan tashqari hisobotlarini eshitish;
aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish va elektr energetika obyektlariga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, isteʼmolchilarga (aholidan tashqari) nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir koʻrsatish choralarini qabul qilish;
mustaqil ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarning ekspertlarini tekshirishlarga jalb etish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni hamda texnik qoidalar va normalarni ishlab chiqish uchun tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
“Oʻzenergoinspeksiya”ning vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro darajada belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari boʻyicha, aholi bundan mustasno, pulli asosda quyidagi xizmatlarni koʻrsatish:
elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning rahbarlari, elektr-texnik va issiqlik texnikasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, texnik qoidalar va normalarni, elektr va issiqlik xavfsizligi masalalari boʻyicha axborot va metodik adabiyotlarni, plakatlar va boshqa bosma mahsulotlarni nashr etish va tarqatish;
yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini sinovdan (oʻlchovdan) oʻtkazish;
elektr va issiqlik energiyasini oqilona va uzluksiz ishlab chiqarish va uzatish va taqsimlashni taʼminlash yuzasidan elektr energetika obyektlarini va elektr va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish yuzasidan isteʼmolchilarni energetik tekshirishdan oʻtkazish;
isteʼmolchilar tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish va bajarish;
elektr uzatish havo liniyalarini, shuningdek magistral neft va gaz quvurlarini respublikaning borish qiyin boʻlgan hududlarida ishlatish jarayonida ularni uchuvchisiz koʻzdan kechirishni belgilangan tartibda tashkil etish;
elektr qurilmalari (issiqlik qurilmalari) ulanishga buyurtmanomalar tayyorlash yuzasidan elektr qurilmalarini (issiqlik qurilmalarini) elektr (issiqlik) tarmoqlariga texnologik ulash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, energiya taʼminoti (issiqlik taʼminoti) tashkilotlari tomonidan berilgan texnik shartlarni ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish, shuningdek, asoslangan rad etishlarni tayyorlash va hakamlik sudlarida ishtirok etish;
elektr taʼminoti shartnomalarini tuzishda xizmatlar koʻrsatish (uni rasmiylashtirishning toʻgʻriligini tekshirish, zarur shartlar va texnik tavsiflarning qonunchilikka muvofiqligini toʻliq hajmda aks ettirish), shuningdek, nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda energiya taʼminotining amaldagi shartnomalarini tahlil qilish;
elektr taʼminotining joriy holatini tahlil qilish (yuklama yoʻnalishining tahlili, nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishining iqtisodiy samaradorligining hisob-kitobi hamda elektr energiyasi va reaktiv quvvat kompensatsiyasi tizimlari hisobini yuritish).
“Oʻzenergoinspeksiya” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. “Oʻzenergoinspeksiya”:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
“Oʻzenergoinspeksiya”ning faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz taʼminlanish;
Energetika vazirligiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha nazorat tadbirlari sifatli va toʻliq amalga oshirilishi;
elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida xavfsizlik tizimini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishi uchun javob beradi.
5-bob. “Oʻzenergoinspeksiya” rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
13. Quyidagilar “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonun hujjatlari bilan “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;
“Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, “Oʻzenergoinspeksiya”ning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosi tashkil etilishi va monitoring olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish, “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar va hududiy organlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
“Oʻzenergoinspeksiya” va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzenergoinspeksiya” tizimida lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va oʻz vaqtida kiritish;
“Oʻzenergoinspeksiya” rahbarlari va xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini taʼminlash, xizmat safariga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish;
tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini “Oʻzenergoinspeksiya” majlislarida eshitish, yakunlar boʻyicha ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
“Oʻzenergoinspeksiya” xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
“Oʻzenergoinspeksiya” xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzenergoinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“Oʻzenergoinspeksiya” va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni taʼminlash;
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, “Oʻzenergoinspeksiya”ning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlimlar toʻgʻrisidagi nizomlarni, lavozim yoʻriqnomalarini va “Oʻzenergoinspeksiya”ning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
“Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
“Oʻzenergoinspeksiya” markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Energetika vazirligiga takliflar kiritish.
“Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
14. Quyidagilar “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
“Oʻzenergoinspeksiya”ning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
“Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishish soʻzsiz taʼminlanishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va koʻrsatib oʻtilgan koʻrsatkichlarga erishilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriq oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
“Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻiga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, texnik qoidalar va normalar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida koʻrib chiqilishi uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Energetika vazirligiga qonun hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash. “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
“Oʻzenergoinspeksiya”ga taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va atroflicha koʻrib chiqish, ularni puxta ekspertizadan oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, “Oʻzenergoinspeksiya” majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
oʻz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻiga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻiga takliflar kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida boʻlishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining namunaviy Odob-axloq qoidalari asosida “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari rioya qilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzenergoinspeksiya” tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻiga davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligini, sifatini va ulardan foydalanishni oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning oʻziga chiqib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hududiy boʻlimlar rahbarlarining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Oʻzenergoinspeksiya”ning boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yoʻriqnomalari bilan tartibga solinadi.
6-bob. “Oʻzenergoinspeksiya” rahbarlarining javobgarligi
15. “Oʻzenergoinspeksiya”ning boshligʻi:
“Oʻzenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
16. “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻining oʻrinbosari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha;
ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatini tashkil etish
1-§. “Oʻzenergoinspeksiya” rahbariyati
17. “Oʻzenergoinspeksiya”ga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
“Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi lavozimi boʻyicha ayni bir vaqtda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosari — elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.
“Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, boshliqning oʻrinbosari — vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
“Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi Energetika vazirligi hayʼati tarkibiga kiradi.
“Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boʻlimlari boshliqlari elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar.
18. “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
19. “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi boʻlmagan davrda uning vakolatlarini uning oʻrinbosari ijro etadi.
20. “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
21. Tarkibiy boʻlimlar rahbarlari “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Hududiy boʻlimlar toʻgʻrisidagi nizomlar “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
2-§. “Oʻzenergoinspeksiya”ning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi
22. “Oʻzenergoinspeksiya” oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
23. “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hududiy boʻlimlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
“Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boʻlimlari “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha joylarda sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
8-bob. “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari, moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
24. “Oʻzenergoinspeksiya”ning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
25. “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
26. “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
“Oʻzenergoinspeksiya” rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari;
“Oʻzenergoinspeksiya” faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
27. “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
28. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya”ning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladilar yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha javobgarlikka tortiladilar.
29. “Oʻzenergoinspeksiya”, uning hududiy organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan isteʼmolchilar tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati taʼminlanmaganligi tufayli yagona elektr-energetika tizimida elektr energiyasi yoʻqotilishi hosil boʻlishi holatlari boʻyicha hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlariga tushgan mablagʻlarning 50 foizi, shuningdek, boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻlgan mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
30. “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
31. “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlariga:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga — Energetika vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun belgilangan tartibda har choraklik taqdirlash puli toʻlanadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan:
shtat jadvaliga muvofiq bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar toʻlanadi;
“Oʻzenergoinspeksiya”ning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanadi va toʻlanadi.
32. Boshqaruv xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan va boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻladigan mehnatga haq toʻlash fondi mablagʻlari “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondiga yoʻnaltiriladi.
9-bob. “Oʻzenergoinspeksiya”ning hisobot berishi
33. “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyati toʻgʻrisida Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
Energetika vazirligi “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi va uning oʻrinbosari faoliyatining ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringini olib boradi, “Oʻzenergoinspeksiya” faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
34. “Oʻzenergoinspeksiya”ni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining
TASHKILIY TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 201 nafar (shu jumladan, hududiy boʻlinmalar — 164 nafar), shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 91 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 90 nafar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 23 nafar.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Markaziy apparat xodimlarining cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 33 nafar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 4 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim aktlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 9-son, 105-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 13-iyuldagi 328-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 28-son, 322-modda).
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim aktlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalarida 1-bandning oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat nazorati organlari — elektr, issiqlik energiyasi isteʼmoli va koʻmirdan foydalanish ustidan nazorat qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarida:
3-bandning birinchi xatboshidagi “Elektr energetikasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavenergonazorat” DI deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzenergoinspeksiya” deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi ““Oʻzdavenergonazorat” DIda” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”da” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-banddagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
25-bandning birinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
25-bandning uchinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DIga”, 28-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi ““Oʻzdavenergonazorat” DIning” soʻzlari tegishli ravishda ““Oʻzenergoinspeksiya”ga”, ““Oʻzenergoinspeksiya”ning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning birinchi xatboshidagi va 30-banddagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
31-banddagi:
birinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DIdan” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiyadan”” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
39-bandning toʻrtinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
71-bandning birinchi xatboshidagi va 72-bandning ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzdavenergonazorat” DI” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi)” soʻzlari “Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (“Oʻzenergoinspeksiya”)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi ““Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi ““Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari ““Oʻzenergoinspeksiya”” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomdagi oʻzgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Neft mahsulotlarini sotish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillar davrida respublikada biogaz qurilmalarini joriy etish va ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi 338-son qarorining 10-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 23-son, 465-modda) oʻzgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 880-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 248-modda) bilan tasdiqlangan Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning 55-bandidagi oʻzgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 931-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 268-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilgʻisiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻiga va mazutga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning 25-bandidagi oʻzgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024 yil 1 sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)