04.05.2019 yildagi PQ-4308-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish uchun 2019-yil 24 — 27-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi respublikamizning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum davomida ilgari surilgan tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi va ular milliy iqtisodiyot uchun ustuvor dasturlar va loyihalarni olg‘a surishda O‘zbekistonga keng istiqbollarni ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumdagi ishtirokchi mamlakatlarning hamkorlik aloqalarida uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ulkan xalqaro platforma bo‘lmish “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi alohida qoidalar bilan hamohangdir va sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zbek-xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohalardagi qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yangi transport yo‘laklarini ochish, mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish va respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlariga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarlari va boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama samarali uchrashuvlar tomonlarning juda ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga intilishi ortib borayotganini tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va takliflarni o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi doirasidagi ikki tomonlama uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz ijro etilishi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlash mexanizmi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlari shtatlari sonini 20 nafarga ko‘paytirish hisobiga Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari va Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar, shu jumladan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining ishtirokchi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalda ro‘yobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning so‘zsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni ta’minlash maqsadida Pekin shahrida xodimlarning cheklangan soni 11 kishidan iborat O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda — Vakolatxona) tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-112-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona tuzilmasi, xarajatlar smetasi, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish manbalari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash darajasi (faoliyatning aniq natijalari uchun mukofotlashni hisobga olgan holda) hamda moddiy-texnik ta’minlashni ko‘rsatib bergan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani malakali mutaxassislar bilan butlash hamda uning faoliyat boshlashi bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–4135-son qarorining 2-bandiga 4-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik istiqbollarini va uni rivojlantirish muammolarini chuqur o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalangan holda, tarmoq jadvallarini hamda amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 3-sanasiga qadar taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 7-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ning ijrosi bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 10-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga mazkur qaror hamda tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) ijrosining tanqidiy tahlilini taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini uning shtatlari soni oshganligini hisobga olgan holda joylashtirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4308-son