29.05.2019 yildagi 441-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahrining markaziy maydonlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, “Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarining namunali saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahar hokimligi huzurida “Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi hamda ushbu obyektlarga tutashgan maydonlar va hududlarning namunali saqlanishini taʼminlash, obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish ishlarini shaharsozlik, sanitariya norma va qoidalariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal va joriy taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, shuningdek, sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yoʻllar va yoʻlaklar, koʻchalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dov-daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish, hududni yanada koʻkalamzorlashtirish agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va rivojlantirish, ularning sanitariya jihatidan tozalanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahar hokimligi huzuridagi “Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda Termiz shahar hokimligi huzuridagi “Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga biriktirilgan hududlarni tozalash hamda obodonlashtirish uchun xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, yangi tashkil etilayotgan Departamentni saqlash va foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Surxondaryo viloyatining viloyat budjeti parametrlarida obodonlashtirish uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida, obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga maqsadli yoʻnaltirilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Departament xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahar hokimligi huzuridagi “Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi hududida joylashgan ignabargli va manzarali oʻsimliklar qimmatli turlarini, koʻchalarni yoritish obyektlarini, favvoralarni va boshqa obodonlashtirish obyektlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalari boʻyicha obodonlashtirish obyektlarini kelgusida foydalanish uchun Departamentga belgilangan tartibda ajratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentni malakali muhandis-texnik xodimlar va ishlab chiqarish xodimlari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Surxondaryo viloyati hokimligi doimiy ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahrini obodonlashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan amaliy monitoring olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish ishlarini shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq Termiz shahri va uning tashqi qiyofasiga qoʻyiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tashkil etsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-maydagi 441-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahar hokimligi huzuridagi “Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Direktor

Yuriskonsult

Direktor oʻrinbosari — bosh muhandis

Kadrlar boʻyicha mutaxassis

Xavfsizlik texnikasi boʻyicha mutaxassis

Buxgalteriya va iqtisod boʻyicha mutaxassis (

Yordamchi xodimlar

5

Ishlab chiqarish xodimlari *

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning cheklangan soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlari — 6 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi xodimlar — 5 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ishlab chiqarish xodimlari soni belgilangan tartibda bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-maydagi 441-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda Termiz shahar hokimligi huzuridagi “Amudaryo sohili” sport-sogʻlomlashtirish markazi maydonlarini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga biriktirilgan hududlarni tozalash hamda obodonlashtirish uchun xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Texnikaning nomi

Talab etiladigan texnika soni
(ta)

1.

Sugʻorish-yuvish mashinasi

1

2.

“Isuzu” samosvali

1

3.

“Isuzu” teleskopik minora

1

4.

WAN damasi

1

5.

Maysa oʻrish mashinasi

10

Jami

14

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 09/19/441/3210-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)