28.05.2019 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2023-yillar davri uchun Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 ― 2023-yillar davri uchun Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 ― 2023-yillar davri uchun Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Amaliy chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining koʻrsatma va tavsiyalarini hamda boshqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik faoliyat subyektlarining funksional vazifalari va masʼuliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi etalon bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa, respublika hududlarida modernizatsiya qilish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarining metrologik taʼminot darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan metrologiya boʻyicha oʻzaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiyotga va oʻlchashlar birligini taʼminlash xalqaro tizimlariga teng huquqli sherik sifatida integratsiyalashuviga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha samarali tizim shakllantirish, oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qoʻllanishini kengaytirish hamda oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimining ishlashini, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va xizmatlarni axborotlashtirish hamda avtomatlashtirish darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda “Oʻzstandart” agentligiga tasdiqlangan Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 440-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 ― 2023-yillar davri uchun oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraqqiyotning bugungi bosqichida mahsulot sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot tarmoqlarini jadal va barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarishning rentabelligi va samaradorligini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va davlat boshqaruvida qoʻllanadigan oʻlchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini taʼminlamasdan, qayd etilgan maqsadlarga erishib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida respublika korxonalari tomonidan texnologik jarayonga zamonaviy uskunalarni, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va miqdor koʻrsatkichlarini nazorat qiladigan oʻlchash priborlarini joriy etish boʻyicha ishlar bajarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada oʻlchash texnikasi miqdori va yangi turlarining koʻpayishi tendensiyasini hisobga olgan holda, metrologik faoliyat va uning infratuzilmasining takomillashishi doimiy ravishda Oʻzbekistondagi iqtisodiy oʻzgarishlarga va mahalliy ishlab chiqarish, ayniqsa, kichik biznes korxonalarini va xususiy tadbirkorlikni eng qulay rivojlantirish sharoitlariga mos boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda, zarur metrologik infratuzilma yaratilgan. Qonun hujjatlariga muvofiq yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan va oʻlchashlar birligini taʼminlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradigan milliy metrologiya organi — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarlik qiladigan davlat metrologiya xizmati faoliyat yuritmoqda.
(beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha vazifalarning samarali hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan alohida muammoli masalalar va salbiy hodisalar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarini xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish masalalari hali toʻliq hal etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchash vositalari tavsiflarini baholash taribotlarining qonuniyligini taʼminlash, shuningdek, ularni muomalaga kiritishda ham, ulardan foydalanish jarayonida ham, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohada ularning yaroqliligini tasdiqlash masalalarining huquqiy tartibga solinishini qoʻshimcha takomillashtirish zarurati mavjud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning mavjud etalonlar bazasi alohida oʻlchash turlari boʻyicha yuqori aniqlikdagi priborlarni metrologik tekshiruv bilan toʻliq qamrab olishga imkonini bermaydi, bu esa ularni xorijiy metrologik institutlarga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchashlar birligini taʼminlash davlat tizimining ishlash jarayonida vazifalarni sifatli bajarishga qodir boʻlgan malakali metrolog-mutaxassislar yetishmasligi kuzatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanayotgan oʻlchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish yagona tizimi mavjud emasligi jiddiy muammo hisoblanadi, bu esa oʻz navbatida, davlat va jamiyatning oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyojlarini tadqiq etish va prognoz qilish mexanizmi va metodologiyasini ishlab chiqish imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy jamiyatda koʻpgina faoliyat sohalarida milliy va xalqaro ehtiyojlar bir-biriga yaqinlashadi va shuning uchun metrologiya va metrologik faoliyat sohasidagi milliy siyosat hamda mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini taʼminlaydigan va savdoda toʻsiqlar yuzaga keltirishiga yoʻl qoʻymaydigan darajada rivojlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda har bir mamlakat oʻzida oʻlchashlar birligini taʼminlash boʻyicha ishlarni bajarish qoidalarini mujassam etgan, shuningdek, obyektlar, oʻz vakolatlari doirasida oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasidagi ishlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari va yuridik shaxslarni ifoda etadigan oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabati bilan hozirgi paytda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, Oʻzbekistonning oʻrnatilgan huquq tartibi va iqtisodiyotini notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish bir tomondan, oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimining keyingi yoʻnalishlarini belgilash, ikkinchi tomondan esa — mamlakatda metrologik infratuzilmani va uning ishlash prinsiplarini takomillashtirish zaruratini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida sanab oʻtilganlarning barchasi xorijiy mamlakatlarning oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimlarini yaratish tajribasini hisobga olgan holda, Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining koʻrsatmalari va tavsiyalariga muvofiq 2019 ― 2023-yillar davri uchun oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqardi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsepsiyaning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʻllanadigan oʻlchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirish yoʻli bilan keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini, yuqori texnologik mahsulot parametrlarining muvofiqligi baholanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik faoliyatning ilmiy, texnik, normativ va tashkiliy asoslarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, respublikada oʻtkazilgan oʻlchash va sinash natijalarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar sogʻligi va hayotini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy tovar va xizmatlarning sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida foydalaniladigan oʻlchash natijalarini olishda fuqarolar, davlat va jamiyat ehtiyojlarini toʻliq qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat metrologiya xizmatlari organlarining salohiyatini kuchaytirish, Konsepsiya vazifalarini amalga oshirish va metrologik xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun ularning oʻrni va masʼuliyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MOZM koʻrsatma va tavsiyalarini hamda boshqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik faoliyat subyektlarining funksional vazifalari va masʼuliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi etalonlar bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa respublika hududlarida modernizatsiyalash hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarining metrologik taʼminot darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilish va uni kengaytirish mexanizmlarini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiyotga va oʻlchashlar birligini taʼminlash xalqaro tizimiga teng huquqli hamkor sifatida integratsiyalashuviga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha samarali tizim shakllantirish, oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qoʻllanishini kengaytirish hamda oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimining ishlashida, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va xizmatlarni axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qonun hujjatlarini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimining normativ bazasini milliy iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor vazifalariga muvofiq takomillashtirish, ularni xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Metrologiya boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va zarur boʻlsa, metrologik faoliyatning zamonaviy rivojlanish yoʻllarini hisobga olgan holda ularni qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublikada oʻlchashlar birligini taʼminlash masalalarini tartibga soladigan xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qoʻllash huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmatlarni amalga oshirish yagona tartibini belgilash qismida metrologik ishlar va xizmatlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan barcha uchun majburiy boʻlgan talablarni, ishlab chiqilayotgan hujjatlarga, ishlarga haq toʻlanishiga, ularni bajarish muddatlariga, masʼul ijrochilarga, shuningdek, metrologik tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishiga va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimidagi terminologiyaning bir xil qoʻllanishiga qoʻyiladigan umumiy va maxsus talablarni oʻrnatish boʻyicha masalalarni huquqiy jihatdan tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va qiyosiy baholash asosida respublikada oʻramlarga qadoqlangan tovarlarni metrologik tekshiruv va nazoratdan oʻtkazish boʻyicha huquqiy asoslarni shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat metrologiya xizmatiga kirmaydigan yuridik shaxslarning texnik bazasi asosida oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruvini amalga oshirish huquqiy masalalarini tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻzbekiston Respublikasi davlat metrologiya xizmati tuzilmasini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat metrologiya xizmati tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek ularning metrologiya sohasidagi funksional vazifalarini chegaralash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalqaro standartlar asosida zamonaviy menejment va metrologik xizmatlar sifatini boshqarish tizimlarini, shuningdek, metrologiya boʻyicha xizmatlar sifatidan mamnunlikni baholash mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimida Oʻzbekiston vaqt shkalasini yuritish ishlarini amalga oshiradigan vaqt va chastota xizmatini, fizik konstantalar hamda modda va materiallarning xossalari haqida standart axborotli maʼlumotlar xizmatini, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv xizmatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, respublika sanoatining metrologik tekshiruvini taʼminlash uchun standart namunalar tayyorlash, etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini yaratish usul va vositalarini tadqiq qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-texnik loyihalar ishlab chiqilishini tashkil etish ishlarini faollashtirish yoʻli bilan Milliy metrologiya institutining faoliyatini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ustuvor vazifalarni, ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish va metrologiya boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston iqtisodiyot tarmoqlari metrologik taʼminotining qonunchilik va amaliy masalalarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha asoslangan qarorlar qabul qilish sohasida takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat va jamiyatning oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyojlarini tadqiq qilish va prognoz qilish mexanizmi va metodologiyasini ishlab chiqqan holda, qoʻllanayotgan oʻlchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqarish metrologik taʼminoti masalalari boʻyicha autsorsing xizmatlarini tashkil etish orqali shtatida metrolog lavozimi koʻzda tutilmagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga yordam koʻrsatish, texnik parkini jihozlash va zamonaviylashtirish boʻyicha maslahatlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnik bazani takomillashtirish va zamonaviylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalqaro etalonlar darajasiga kuzatiluvchanlikni taʼminlash uchun oʻlcham birliklarini uzatish maqsadida mavjud etalonlar bazasini tahlil qilish, oʻlchash turlari boʻyicha ehtiyojlarni oʻrganish va respublika sanoatini rivojlantirish istiqbollarining monitoringini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Etalonlar soni va oʻrta yoshini sanoati rivojlangan mamlakatlarning mos qiymatigacha yetkazish, eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari parkini yuqori texnologik jihatdan yangilash, shuningdek, modda va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari miqdorini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Milliy etalonlar, milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarining oʻzaro eʼtirof etilishi toʻgʻrisidagi kelishuv doirasida oʻzaro tan olinishini taʼminlaydigan CIPM MRA etalonlar tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 2019 ― 2022-yillar davri uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xarid qilish dasturining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻlchash imkoniyatlarini kengaytirish va barcha yoʻnalishlar boʻyicha respublika korxonalarining ehtiyojlarini metrologik tekshiruv bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash uchun zamonaviy oʻlchash uskunalari parkini shakllantirish, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida oʻlchash laboratoriyalarining keng tarqalgan tarmogʻini yaratish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasiga investitsiyalar, eng avvalo, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini taʼminlash, shuningdek, metrologiyani rivojlantirish bilan bogʻliq investitsion loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muhim iqtisodiyot yoʻnalishlarining (energetika, transport, mashinasozlik, ekologiya, tibbiyot va boshq.) oʻlchashlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini taʼminlagan holda, ularga metrologik xizmatlar koʻrsatish darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻlchash vositalarini kalibrlash tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Metrologik kuzatiluvchanlik va xalqaro darajada tan olinish masalalarini tartibga solishga yordam beradigan, Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchash vositalarini kalibrlash milliy tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kalibrlash oʻtkazish boʻyicha xalqaro standartlar, qoʻllanmalar va tavsiyalarni, ularni bevosita qoʻllash yoʻli bilan joriy etish, shuningdek, oʻlchash texnikasi sohasidagi eng ilgʻor yutuqlar asosida kalibrlash usuliyatlarini (usullarini), vaqt va mablagʻlar sarfini kamaytirish maqsadida oʻlchashlarni avtomatlashtirish va axborotlashtirish usullarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mahsulotni yanada yuqoriroq aniqlik bilan ishlab chiqarishga yordam beradigan, yanada aniq va sifatli oʻlchashlarni taʼminlash uchun alohida olingan yoʻnalishlarda qiyoslash ishlarini bajarishdan kalibrlash oʻtkazishga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining bazasida taqdim etilgan oʻlchash va kalibrlash imkoniyatlari sonini koʻpaytirish uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xalqaro qiyoslashda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xalqaro qiyoslash doirasida yoki boshqa mamlakatlarning metrologiya tashkilotlarida bajariladigan, kattalik birliklari etalonlarini solishtirish, kalibrlash natijalarini tan olish mexanizmini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mahsulotni sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimida mahsulot sifati va raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti sifatida oʻlchash vositalarini kalibrlashni rivojlantirishni ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oddiy foydalanuvchilar va laboratoriyalarning kalibrlash xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va kalibrlashni tashkil etish va oʻtkazishga zamonaviy yondashuvni joriy etish zaruratini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kalibrlash oʻtkazilishi tavsiya etilgan oʻlchash vositalarining roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kalibrlashni, kattalik birliklari etalonlarini kalibrlash, kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish, kalibrlash natijalaridan oʻlchash vositalarini qiyoslashda foydalanish mumkin boʻlgan qismida, rivojlantirishga yordam beradigan meʼyorlarni kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bajarilayotgan oʻlchashlarning davlat etalonlarigacha kuzatiluvchanligini taʼminlagan holda, oʻlchash vositalarini kalibrlash huquqi uchun akkreditatsiyalangan metrologiya xizmatlari tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik shartida bosqichma-bosqich kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qoʻmitalaridagi faoliyatni faollashtirish yoʻli bilan milliy oʻlchash etalonlarini va oʻlchash natijalarini tan olish maqsadida shu tashkilotlar ishida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishini jadallashtirish, shuningdek, yetakchi metrologiya tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mahalliy sanoat sohasiga innovatsion texnologiyalar va gʻoyalarni oʻtkazish uchun metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish, sanoati rivojlangan mamlakatlarning yetakchi metrologiya laboratoriyalari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. MOZMda Oʻzbekiston Respublikasining faolligini oshirish, Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (KOOMET) loyihalarida ustuvor sohalar boʻyicha faoliyatni faollashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengashi Ilmiy-texnik komissiyasining (NTKMetr) asos boʻluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish, modda va materiallar tarkibi va xossalarining davlatlararo standart namunalarini yaratish va ularni qoʻllash boʻyicha dasturini, shuningdek, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash boʻyicha boshqa dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzbekiston Respublikasining, CIPM MRA Kelishuvi doirasida eʼtirof etilgan mintaqaviy metrologiya tashkiloti hisoblangan Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturiga (APMP) qoʻshilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Metrolog-mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish boʻyicha samarali tizim shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimining yaqin va uzoq kelajakda metrolog-mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlarini monitoring qilish va aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yaqin kelajakda yosh kadrlarning muntazam ravishda malaka oshirishini, ularning layoqatliligini oshirishni ragʻbatlantirishni taʼminlaydigan kompleks tizim ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Faoliyati oʻlchashlarni bajarish yoki oʻlchash axborotidan foydalanishni koʻzda tutadigan mutaxassislar uchun ularni metrologiya asoslari sohasidagi zamonaviy bilimlar bilan taʼminlash maqsadida asosiy kasb-hunar taʼlimi va qoʻshimcha kasb-hunar dasturlarining vaqti-vaqti bilan aktuallashtirilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi metrologiya institutlarida kadrlarni oʻqitish va malakalarini oshirish yoʻli bilan metrologiya, shuningdek etalonlarni saqlash, oʻrganish va imkoniyatlarini rivojlantirish sohasida kadrlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Metrologiya sohasida davlat etalonlarini saqlovchi ilmiy xodim, etalonlar saqlovchisi, kalibrlash boʻyicha mutaxassis va qiyoslovchilar kabi mutaxassislar gradatsiyasini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat metrologiya xizmati organlarining respublika ilmiy muassasalari bilan uzluksiz oʻzaro hamkorligini taʼminlash yoʻli bilan metrologiya sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar kontingentini shakllantirish va tayyorlash, shuningdek, ilmiy ishlar oʻtkazish uchun texnik va uslubiy asoslar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimining ishlashini axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Axborot tarkibi, uni olish muddatlariga qoʻyiladigan talablarni baholagan holda, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha muassasalarining metrologik faoliyat sohasiga oid axborotga boʻlgan haqiqiy ehtiyojlarini tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, idoralararo maʼlumot uzatish va almashish tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini, davlat axborot resurslarining integratsiyasini, shu jumladan elektron davlat xizmatlari taqdim etilishini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Oʻlchashlar birligini taʼminlash axborot fondining unda mavjud boʻlgan axborotga ishlov berish va uni taqdim etish boʻyicha axborot va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Manfaatdor shaxslarni keyinchalik xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchash vositalarining miqdori va holatini hisobga olish uchun moʻljallangan, davlat metrologiya xizmatining oʻzaro bogʻlangan axborot resurslari kompleksini ifodalaydigan oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasidagi yagona axborot tizimi va maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ish jarayonini optimallashtirish, shuningdek, oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasida xizmatlar koʻrsatish vaqti va mablagʻlarini kamaytirish maqsadida axborotlashtirish va masofadan erkin foydalanish mexanizmini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari metrologiya xizmatlari ishining koʻrsatkichlarini monitoring qilish asosiy mexanizmi sifatida foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Konsepsiyaning amalga oshishidan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Konsepsiyaning amalga oshirilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Butun jahon savdo tashkiloti (JST)ga qoʻshilishi boʻyicha bajarilayotgan ishlarni hisobga olgan holda, xalqaro bozorda Oʻzbekiston mahsuloti va xizmatlarining raqobatbardoshligi oshishiga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni himoya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchash natijalarining OʻV birliklariga kuzatiluvchanligini taʼminlashga, mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda oʻlchash va sinash natijalarining tan olinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan yuqori aniqlikdagi priborlarning metrologik tekshiruv bilan toʻliq qamrab olinishiga va mahalliy korxonalarning xorijiy metrologiya institutlariga tobeligini kamaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoda texnik toʻsiqlarni bartaraf etishga, shuningdek har yili davlatlararo, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning milliy etalonlari bilan solishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari, ijtimoiy sohalari, fan va mudofaasining, birinchi navbatda, qonun bilan tartibga solinadigan sohalarida oʻlchashlar birligini taʼminlash boʻyicha davlat funksiyalarini bajarish boʻyicha ehtiyojlarini qoplashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Natijalarga erishish darajasi va ularning samaradorligi maqsadli koʻrsatkichlari ilovada taqdim etilgan Konsepsiyada koʻzda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining doimiy monitoringi asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlchashlar birliligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli koʻrsatkich

Oʻlch. bir.

Haqiqiy qiymat

Maqsadli qiymatlar

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1.

Davlat etalonlarining soni

bir.

12

21

23

28

33

33

2.

Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining bazasida qaydlangan Oʻzbekiston Respublikasi kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi yozuvlar soni

bir.

-

-

3

7

13

18

3.

Davlatlararo darajada oʻtkaziladigan solishtirishlar soni

bir.

6

8

11

15

19

22

4.

Boshlangʻich namunaviy oʻlchash vositalari (ishchi etalonlar) miqdori

bir.

151

164

188

206

225

234

5.

Milliy darajada oʻtkaziladigan solishtirishlar — laboratoriyalararo solishtirishlar soni

bir.

17

19

22

24

27

32

6.

Davlat metrologiya xizmati organlarida qoʻllanadigan oʻlchash texnikasi umumiy miqdoridagi zamonaviy oʻlchash texnikasi ulushi

%

9,7

11,8

14,1

16,1

18,1

18,8

7.

Respublika sanoatida foydalaniladigan oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruv bilan qamrab olinganligi

%

87,6

89,1

92,3

94,5

95,2

96,1

8.

Kalibrlash ishlari hajmining qiyoslash ishlariga nisbati

%

0,01

3

8

15

23

30

9.

Oʻlchashlar birliligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish maqsadida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining soni

bir.

1

2

3

5

6

7

10.

Oʻlchashlar birliligini taʼminlash sohasida davlat standartlarini ishlab chiqish

bir.

164

178

183

191

202

207

11.

Ishlab chiqilgan (yangi oʻzlashtirilgan) kalibrlash usullarining soni

bir.

40

69

102

137

174

211

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 440-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 ― 2023-yillar davri uchun oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻlchashlar birliligini taʼminlash milliy tizimining huquqiy bazasini xalqaro normalar bilan takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada metrologiya xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining Qarori

2019-y.
may

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

2.

Oʻlchashlarni bajarish usullarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2019-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi

3.

Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va qiyosiy baholash asosida respublikada oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning metrologik tekshiruvi
va nazoratini amalga oshirish boʻyicha uslubiy koʻrsatma tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-y.
sentyabr

“Oʻzstandart” agentligi

II. Oʻzbekiston Respublikasi davlat metrologiya xizmati tuzilmasini takomillashtirish

4.

Davlat-xususiy sheriklik shartlarida oʻlchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradigan, akkreditatsiyalangan yangi oʻlchash laboratoriyalarini tashkil etish.

Takliflar tayyorlash

2019-y.
sentyabr

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

5.

Metrologiya boʻyicha ilmiy-texnik komissiya tashkil etish.

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining buyrugʻi

2019-y.
iyun

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoral�r

6.

Metrologiya xizmatlarining sifatini boshqarish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, metrologiya boʻyicha xizmatlar sifatidan mamnunlikni baholash mexanizmlarini yaratish.

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining buyrugʻi

2019-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Respublika davlat metrologiya xizmati xodimlarining salohiyatini kuchaytirish.

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining buyrugʻi

2019-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi

8.

“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tizimida Fizik konstantalar hamda modda va materiallar haqida standart axborot maʼlumotlar xizmatini, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv xizmatini tashkil etish.

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining buyrugʻi

2020-y.
iyun

“Oʻzstandart” agentligi

9.

“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tizimida Vaqt shkalasini yuritish ishlarini amalga oshiradigan vaqt va chastota xizmatini tashkil etish.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining buyrugʻi

2022-y.
iyun

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Texnik bazani takomillashtirish va modernizatsiyalash

10.

Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot nuqtai nazaridan “Oʻzstandart” agentligi boʻlinmalarining oʻlchash vositalari parkini rejali yangilash.

Modernizatsiyalash va qayta jihozlash dasturi

Har yili

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Moliya vazirligi

11.

Oʻzbekiston Respublikasida ionli nurlanish ikkilamchi etalonlari dozimetrik laboratoriyasini tashkil etish.

Grant mablagʻlarini oʻzlashtirish rejasi

2020-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi,
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

12.

Davlat metrologiya xizmatlarining akkreditatsiya doirasini bosqichma-bosqich kengaytirish va texnik parkining yangilanishini hisobga olgan holda yangi oʻlchash usullarini oʻzlashtirish.

Tadbirlar rejasi

Har yili

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

13.

Zamonaviy oʻlchash laboratoriyalarini tashkil etish uchun grantlar jalb qilish.

Takliflar tayyorlash

2019 — 2023-yy.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

VI. Oʻlchash vositalarini kalibrlash tizimini takomillashtirish

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchashlar birligini taʼminlash milliy tizimini oʻlchash vositalarini kalibrlash ishlarini rivojlantirish va kengaytirish boʻyicha takomillashtirish.

“Oʻzstandart” agentligi qarori

2019-y.
iyun

“Oʻzstandart” agentligi

15.

Xalqaro standartlar talablari bilan uygʻunlashtirish maqsadida Oʻz DSt 8.029:2017 “Oʻlchashlar birligini taʼminlash davlat tizimi. Oʻlchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar” davlat standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

“Oʻzstandart” agentligi qarori

2019-y.
sentyabr

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

16.

Keyinchalik zarur etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari bilan jihozlash maqsadida oʻlchash vositalarini kalibrlash xizmatlaridagi ehtiyojlarni tahlil qilish.

Jamlama axborot

2019-y.
iyun

“Oʻzstandart” agentligi

17.

Xalqaro standartlar va tavsiyalar bilan uygʻunlashtirilgan, oʻlchash vositalarini kalibrlash usullarini tartibga soluvchi davlat standartlarini ishlab chiqish.

Reja-jadval

2019-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi

18.

Namunaviy oʻlchash vositalari parkining yangilanishini hisobga olgan holda, xalqaro talablar asosida qiyoslash va kalibrlash usullarini ishlab chiqish.

Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar

2020-y.
mart

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

COOMET tomonidan ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq massa oʻlchovlari, bosim va harorat kattaliklari laboratoriyalariga Sifat menejmenti tizimini eʼtirof etish guvohnomasini olish.

Eʼtirof etish guvohnomasi

2020-y.
iyun

“Oʻzstandart” agentligi

20.

Institutning kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlarini asosiy solishtirishlar maʼlumotlar bazasida chop etish maqsadida CIPM maslahat qoʻmitalari yoki mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qoʻmitalari tomonidan tashkil etiladigan asosiy va qoʻshimcha solishtirishlarda ishtirok etish.

Reja-jadval

Har yili

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

21.

Solishtirishlar “piloti” tomonidan solishtirish natijalariga ishlov berish va solishtirish hisobotlarini tayyorlash.

Hisobot

2021-yil
davomida

“Oʻzstandart” agentligi

22.

COOMET, VIPM va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari tomonidan solishtirishlar Yakuniy hisobotini ekspertizadan oʻtkazish.

Mintaqaviy metrologiya tashkilotlari dasturi

2022-y. iyun

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

23.

Oʻlchash imkoniyatlarini mintaqaviy metrologiya tashkilotining asosiy solishtirishlar axborot maʼlumotlar bazasida chop etish.

Solishtirish natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

2021 — 2023-yy.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

24.

Milliy miqyosda metrologiya xizmatlarining layoqatliligini tekshirishni (laboratoriyalararo solishtirish) tashkil etish va oʻtkazish.

Reja-jadval

Har yili

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro darajada eʼtirof etilishiga erishish

25.

Xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qoʻmitalaridagi ishlarni kuchaytirish yoʻli bilan milliy oʻlchash etalonlarini va oʻlchash natijalarini eʼtirof etish maqsadida shu tashkilotlar ishida mutaxassislarning muntazam faol ishtirok etishini taʼminlash.

Yigʻilish bayonlari va seminarlar (treninglar)

Yigʻilish jadvallariga muvofiq

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

26.

Metrologiya ishlarining natijalarini oʻzaro eʼtirof etish boʻyicha ikki tomonlama kelishuv imzolash boʻyicha hukumatlararo komissiyaga takliflar kiritish.

Kelishuv loyihasi

2019 — 2023-yy.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

TIV

27.

Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturiga (APMP) qoʻshilish masalasini ishlab chiqish.

Qoʻshilishga ariza tayyorlash

2019-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
TIV

VI. Metrolog-xodimlarning malakasini oshirish, oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasida fanni rivojlantirish

28.

Metrologiya xizmatining oʻziga xosligini hisobga olgan holda, amaldagi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgarishlar kiritish.

Lavozimlar klassifikatoriga oʻzgarishlar kiritish

2019-y.
sentyabr

“Oʻzstandart” agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

29.

Lavozimini koʻtarish, xorijda yetakchi metrologiya institutlarida malakalarini oshirish orqali respublika etalonlar bazasi kengayishiga qarab etalon-saqlovchilar sonini koʻpaytirish.

Idora hujjati

Har yili

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

30.

Xalqaro ekspert-metrologlarni jalb qilgan holda, mutaxassislar oʻqish va amaliyotlarini tashkil etish

Seminarlar va treninglar

Har yili

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari

31.

ISO/IEC 17025:2017 standartiga muvofiq masʼul mutaxassislarning amaliyotlarini tashkil etish.

Oʻqish jadvali

2019-yil
davomida

“Oʻzstandart” agentligi

32.

Yosh xodimlarning layoqatlilik darajasini oshirish, ularning malakasini oshirish, seminarlarda ishtirok etishini muntazam ravishda taʼminlaydigan kompleks tizim ishlab chiqish.

Oʻqish dasturi

2019-y.
iyun

“Oʻzstandart” agentligi

33.

Metrolog-mutaxassislarning malakalarini oshirish, shuningdek, oʻlchashlar birligini taʼminlash sohasida ekspertlar tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

Taʼlim dasturlari

2020-y.
mart

“Oʻzstandart” agentligi

VII. Oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimining ishlashini axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish

34.

Metrologik tekshiruv natijalarini kuzatib borish mexanizmini joriy etish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2019-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

35.

Vaqt va mablagʻlar sarfini kamaytirish maqsadida oʻlchash texnikasi, oʻlchashlarni avtomatlashtirish va axborotlashtirish usullari doirasidagi eng ilgʻor yutuqlar asosida oʻlchash, kalibrlash, qiyoslash usuliyatlarini (usullarini) takomillashtirish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2020-y.
dekabr

“Oʻzstandart” agentligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

36.

Oʻlchash vositalari miqdori va holatini hisobga olish asosida integratsiyalashgan axborotli tizimlar va maʼlumotlar bazasi kompleksini yaratish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2021-y.
sentyabr

“Oʻzstandart” agentligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur Amaliy choralar rejasida koʻzda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida, ishlab chiqilayotgan hujjat shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan koʻp hujjatlar birlashtirilgan taqdirda, tegishli bandlarning bajarilishi uchun belgilangan eng soʻnggi muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 09/19/440/3205-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)