24.05.2019 yildagi 429-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4143-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda Transport vazirligi deb ataladi) g‘aznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobillarda yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan olingan tushumlarning 60 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligining hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan avtomobil tashuvchilari sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida tuzilgan bayonnomalar bo‘yicha undiriladigan jarima to‘lovlari tushumining 60 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat bojining 20 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish huquqi uchun litsenziya olishga berilgan arizalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalari berilganligi uchun yig‘imlarning 60 foizi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar, shahar atrofi va viloyat ichki shaharlararo yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish uchun tenderlarda ishtirok etish uchun to‘lovlarning 100 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish uchun undiriladigan jarimalar summasining 10 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘imning 10 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga tegishli o‘lchov nazorat shoxobchalari qayd etgan tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish uchun undiriladigan jarimalar summasining 15 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga tegishli ko‘chma o‘lchov nazorat shoxobchalarida o‘rnatilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali aniqlangan shoxobchaga kirish joyida to‘la vazni 12 tonnadan yuqori bo‘lgan N3 va O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarini yo‘naltiruvchi yo‘l belgilariga rioya qilmagan holda shoxobcha orqali harakatlanmagan yuk avtotransport vositalari uchun qo‘llanilgan jarima summasining 50 foizi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan yettinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zaeronavigatsiya” markazi” DK sof foydasining 5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarida joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi avtovokzallari va avtostansiyalarini, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli bo‘lgan umumiy foydalanishdagi fuqarolar qatnov yo‘lining oraliq to‘xtash bekatlarini (keyingi o‘rinlarda infratuzilma obyektlari deb ataladi) qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash dasturlari;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi tuzilmasidagi ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonalari uchun yangi avtotransport vositalarini sotib olish, ularni texnik jihatdan qayta jihozlash (gaz-ballon uskunasini, avtotransport vositalari faoliyatini kuzatish tizimini va boshqa shu kabi uskunalarni o‘rnatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, Transport vazirligini saqlash va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘arma mablag‘lari qonun hujjatlariga muvofiq Transport vazirligi hay’atining (keyingi o‘rinlarda hay’at deb ataladi) qaroriga muvofiq ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga ham yo‘naltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash hay’at tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hay’at majlisi uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa haqiqiy hisoblanadi. Ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qarorlar bayonnomalar shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlashda quyidagilar hay’atning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar doirasida daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘larini ushbu Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlarga yo‘naltirish (ajratish) to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorak yakunlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha ijro etuvchi organni shakllantirish (keyingi o‘rinlarda Ijro etuvchi organ deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlanganda darhol bartaraf etish, asoslanmagan xarajatlar va yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hay’at o‘z faoliyatini Ijro etuvchi organ orqali amalga oshiradi. Ijro etuvchi organ tarkibi transport vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va buxgalteriya bo‘limi va Transport vazirligi markaziy apparatining tegishli bo‘linmalarining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Ijro etuvchi organning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Transport vazirligining tegishli bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan moliyalashtirish bo‘yicha buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning tashabbuskori loyihani iqtisodiy asoslash uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi mo‘ljallanayotgan loyihalar ularning maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash uchun Ijro etuvchi organ tomonidan Transport vazirligining Ilmiy-texnik kengashiga ekspertizaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vazirligining Ilmiy-texnik kengashi taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqadi, ularni qabul qilish maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholaydi va o‘z qarorini bayonnoma shaklida rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi Ilmiy-texnik kengashining loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarori loyihani ko‘rib chiqish uchun hay’atga taqdim etishga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hay’at Ijro etuvchi organ tomonidan taqdim qilingan loyihalarni ko‘rib chiqadi va loyihani Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish yoki loyihaning maqsadga muvofiqligi va iqtisodiy samaradorligi yetarli asoslanmagan taqdirda moliyalashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyalashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda hujjatlar qayta ishlash yoki ularning maqsadga muvofiqligini qo‘shimcha baholash uchun Ijro etuvchi organga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hay’atning loyihani Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarori asosida Transport vazirligining buxgalteriya bo‘limi Jamg‘armaning dastlabki smetasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligining buxgalteriya bo‘limi Jamg‘armaning dastlabki smetasini tuzishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yilda Jamg‘armaga pul mablag‘lari tushumining umumiy hajmini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognozlashtirilayotgan yil boshida Jamg‘arma mablag‘lari qoldig‘ini va yil davomida prognozlashtirilayotgan tushumlar va xarajatlar hajmini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligining buxgalteriya bo‘limi tomonidan tuzilgan Jamg‘armaning dastlabki smetasi hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda Ijro etuvchi organ tomonidan quyidagi talablarga javob beruvchi loyihalar tanlab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xizmatlari xavfsizligini ta’minlashning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sifatli transport xizmatlari, nazariy-metodik hujjatlar va avtomobil transporti standartlarining iqtisodiy-matematik modellashtirilishi (optimizatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosan yangi texnika, texnologiya va materiallarning muayyan turlarini yaratishga yo‘naltirilgan loyihalar yoki kompleks nazariy yoki eksperemental tadqiqotlar jarayonida amaliy natijalarga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning yillik hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va topshiriqlari bilan tasdiqlangan parametrlar asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-iyuldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun pudratchi tashkilotlarni aniqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun pudratchi tashkilotlarni moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan mablag‘lar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha hujjatlari, ajratilgan moliyalashtirish mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, bajarilgan ishlarning hajmi va sifati Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli ro‘yxatlariga yil davomida qo‘shimcha obyektlarni kiritishga avariya holatlarida va moliyalashtirish mablag‘lari mavjud bo‘lganda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Avtotransport vositalarini sotib olish uchun mablag‘lar ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan avtotransport vositalarini yangilash (sotib olish) parametrlari doirasida avtomobil transporti tashuvchilariga avtotransport vositalari sotib olish uchun shartnoma asosida qaytarish sharti bilan mablag‘ ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamg‘arma mablag‘larini olish uchun avtomobil transporti tashuvchisi Transport vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘larini olish uchun buyurtmanoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari ko‘rsatilgan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi yuridik shaxsdan kafillik shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari tomonidan tasdiqlangan so‘nggi hisobot davridagi moliya hisoboti shakllari, yangi tuzilgan xo‘jalik subyektlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mablag‘larni olish uchun Transport vazirligi va oluvchi o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ikki tomonlama shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Transport sohasini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish uchun mablag‘ ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Transport sohasini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish uchun mablag‘lar Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Transport sohasini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish uchun mablag‘ ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transporti boshqaruv tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Transport vazirligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni moliyalashtirish, moddiy-texnika bazani rivojlantirish va boshqa xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Transport vazirligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga xarajatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transport vazirligini saqlash xarajatlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika bazani rivojlantirish xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda Transport vazirligi tomonidan tashkil etiladigan biznes-forumlar, seminarlar, ko‘rgazmalarni o‘tkazish xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish huquqiga litsenziya olish uchun berilgan arizalarni ko‘rib chiqish, e’lonlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda ruxsatnomalar blankalari va tender hujjatlari to‘plamlarini tayyorlashning haqiqiy tannarxi bo‘yicha ularni tayyorlash xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro avtomobilda tashish masalalari bo‘yicha qo‘shma/aralash komissiyalar majlislarini va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari, ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirish doirasida vakillik xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari va ekspertlarni maslahatchilar sifatida jalb qilish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha xarajatlar Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya tashkilotlari, madaniyat va sog‘liqni saqlash muassasalari, mehnat organlari, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari uchun homiylik va xayriya yordami shaklidagi subsidiyalar, to‘lovlar, mablag‘lar faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son qarorining 3-bandiga asosan ixtisoslashtirilgan kompaniyalar tomonidan jalb qilingan kreditlarni qaytarishga va xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladigan, ular bo‘yicha foizlar va vositachilik haqi to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jamg‘armaning joriy yilda sarflanmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tkaziladi va qaytarib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Transport vazirligining hay’ati va bosh buxgalteri Jamg‘arma mablag‘larining qonuniyligi va maqsadli yo‘naltirilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda Transport vazirligi deb ataladi) xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish (keyingi o‘rinlarda moddiy rag‘batlantirish deb ataladi) samaradorlik, bajarilayotgan ish sifati oshirilishidan ularning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish, ularga yuklangan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatilishini rag‘batlantirish, mehnat va ijro intizomini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom Transport vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi xodimlariga joriy qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Moddiy rag‘batlantirishni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qaror Transport vazirligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi va uning ishi reglamenti O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan tasdiqlanadi (keyingi o‘rinlarda transport vaziri deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vazirligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vaziri o‘rinbosarlari tomonidan — Transport vazirligi faoliyatini baholash mezonlari asosida mutasaddilik qilinadigan tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan — Transport vazirligi faoliyatini baholash mezonlari asosida transport vazirining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlari bilan kelishgan holda bo‘linmalar tegishli xodimlari yuzasidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moddiy rag‘batlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning haqiqatda ishlagan vaqtidan kelib chiqib amalga oshiriladi (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va/yoki mehnat ta’tili kunlarini hisobga olmagan holda) va ish haqining o‘rtacha miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari uchun moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha to‘lovlar — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har oylik yo‘lkira uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha to‘lovlar — Transport vazirligining xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlaridan tashqari barcha xodimlari uchun bazaviy hisoblash miqdorida;
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oylik va choraklik mukofot pullari — bir lavozim maoshigacha bo‘lgan miqdorda (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash fondidan 200 foizgacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bayram kunlari munosabati bilan beriladigan mukofotlar — bir lavozim maoshgacha bo‘lgan miqdorda (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda), haqiqatda ishlangan vaqtdan qat’i nazar xarajatlar smetasida ushbu maqsadlar uchun tasdiqlangan summa doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonun hujjatlarida belgilangan xodimlarning alohida toifalariga ustamalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq to‘lashning oylik fondi miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga ustamalar (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oylik ustamalar miqdori Komissiya tomonidan har oyda Transport vazirligi xodimining shaxsiy hissasini baholash hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyaning qarori bilan bir martalik rag‘batlantirish, ijtimoiy, kompensatsiya to‘lovlari va taqdirlashlarning quyidagi turlari amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xodimning 50, 60 yoshga to‘lishi — ikki lavozim maoshigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xodimning mehnat pensiyasiga chiqishi — ikki lavozim maoshigacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodimning, shuningdek, uning bolalarining turmush qurishi — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha;
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) moddiy yordam — yiliga bir lavozim maoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodimning yaqin qarindoshlari yoki o‘zining vafot etishi — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha.
(8-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim vafot etgan taqdirda moddiy zarar (agar u xodim vafot etgan yili bevosita xodimning o‘ziga berilmagan bo‘lsa) turmush o‘rtog‘iga to‘lanadi, u yo‘q bo‘lsa xodim bilan yashagan voyaga yetgan bolalari yoki qonuniy vakillariga (vasiylar, homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (yoshidan qat’i nazar bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, xodimlarning qaramog‘idagi shaxslarga, yoki agar xodim turmush qurmagan bo‘lsa va bolalari bo‘lmasa teng qismda ota-onasiga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kuz-qish mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha;
(8-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davolash muassasalariga, dam olish, sanatoriylar, pansionatlar, turizm bazalari va bolalar sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymatining qisman kompensatsiyasi — ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirining qarori bilan xodimlarga boshqa turdagi shaxsiy ijtimoiy rag‘batlantirish amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu bo‘limda nazarda tutilgan to‘lovlarning barcha turlari Jamg‘armaning tasdiqlangan xarajatlar smetasi mablag‘lari hisobiga, ularning haqiqatda mavjudligidan va Transport vazirligining moliyaviy-iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya a’zolari, Transport vazirligi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tarkibiy bo‘linmalar tegishli xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritishda xolis yondashuvni ta’minlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qarorining 6-bandi uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 17-son, 300-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“undiriladigan jarimalar summasining 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji mablag‘lari Transport vazirligining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagi tarzda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga;”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 09/19/429/3185-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)