22.05.2019 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan davrda respublikada yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi, bunda yo‘l-transport hodisalari sonini qisqartirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatning turistik tarmog‘i rivojlanayotgan bir sharoitda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tartibini, ayniqsa yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qancha muammolar kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasiga muvofiq, yo‘lovchilar xavfsizligi talablari to‘laqonli ijro etilishini ta’minlash, avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashishda yo‘l-transport hodisalariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yo‘nalishlar (keyingi o‘rinlarda — yo‘nalishlar) bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni, shuningdek, bolalar guruhlarini, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda, ichki ishlar organlari hamrohligida tashiladi. Bunda avtobuslar haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari (taxograf) bilan jihozlangan hamda yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan (avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma va litsenziya) avtobuslarda shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tungi vaqtlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga ruxsat etiladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 406-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bo‘linmalari va turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibida yoki shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda bevosita qatnov yo‘liga chiqishdan oldin texnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov yo‘llari bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya bitimlarida litsenziatning avtobuslarni haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalari bilan ta’minlash majburiyati nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smenalar o‘rtasidagi dam olish 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar guruhlari, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini soat 22.00 dan soat 05.00 gacha (noyabr — fevral oylarida soat 21.00 dan soat 06.00 gacha) qatnov yo‘llari bo‘yicha tashishda avtobuslarning ichki ishlar organlari hamrohligisiz harakatlanishi taqiqlanadi, bolalarni temir yo‘l vokzallari, aeroportlargacha va orqaga tashish, shuningdek, yo‘llarda turib qolishda eng yaqin tunash joyigacha tashish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq avtobuslarda ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashish ichki ishlar organlari hamrohligida kolonna tarkibida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtobuslarga hamrohlik qilish to‘lov to‘lanmasdan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha avtotransport vositalariga alohida guruhlar va toifalarni tashishga hamrohlik qilish bepul asosda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga avtobuslar haydovchilarini tungi vaqtlarda ishlashga o‘qitishning maxsus kurslarini tashkil etish, shuningdek, haydovchilarning mehnati va dam olish rejimiga rioya qilish ustidan nazorat qilish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsin, ushbu sohada qoida buzilishlari uchun javobgarlik choralarini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda zaruratga ko‘ra haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalarini tanlashda yo‘lovchilarni tashuvchilarga ko‘maklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda 2020 — 2035-yillar davrida xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarining tashqi yoritilishi dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda turistik yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakatining qatnov yo‘llari sxemalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning ekskursiya qiluvchi, turistik va respublika hududi bo‘ylab boshqa safarlar vaqtida bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari, aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillarini tashiydigan xizmat avtotransport vositalari, avtobuslarga hamrohlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda avtotransport vositalariga hamrohlik qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning amaldagi tartibini va ularga tariflarni qayta ko‘rib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda avtotransport vositalariga hamrohlik qilish bo‘yicha yo‘l harakati xavfsizligi hududiy bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini belgilangan tartibda joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarni qatnov yo‘llari bo‘yicha tashish uchun ko‘p o‘rinli yo‘lovchilarni tashiydigan avtobuslarni maqsadli sotib olish uchun xalqaro kredit tashkilotlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarni sotib olishda kreditlar sotib olinadigan avtobuslarning to‘liq qiymati miqdoridagi garov bilan ta’minlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida kredit berish va lizingning cheklangan stavkalarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-martdagi 111-F-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida guruhlar va shaxslar toifalarini tashishga hamrohlik qilish bepul asosda amalga oshiriladigan avtotransport vositalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hamrohlik qilish qo‘riqlash tadbirlari doirasida amalga oshiriladigan maxsus maqsadli avtotransport vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning rasmiy davlat delegatsiyalari boshliqlari va rahbarlariga, O‘zbekiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladigan davlat, siyosiy va jamoat arboblariga va boshqa shaxslarga, xalqaro konferensiyalar, festivallar, yig‘ilishlar va boshqa ommaviy tadbirlar ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatadigan transport vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga muvofiq maxsus yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda harbiy kolonnalar, avtotransport vositalari va maxsus texnika.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bolalar guruhlarini yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga va orqaga tashkiliy tashiydigan avtobuslar kolonnalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-ilovaning 19-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turistik-ekskursiya qilish yo‘nalishlarda ishlashda avtobuslarning haydovchilari turistik yo‘nalishga xizmat ko‘rsatiladigan qatnov yo‘li sxemasiga ega bo‘lishlari kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-bandda quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar, turistik yo‘nalishning qatnov yo‘li sxemalari bo‘yicha harakatlanayotgan avtobuslarga hamrohlik qilishni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bo‘linmalarini yoki xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarini xabardor qilish tashuvchi tomonidan jo‘nab ketishdan kamida 12 soat oldin amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 40-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) jo‘nab ketish sanasini, yo‘nalishni va jo‘nab ketuvchilar sonini ko‘rsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yoki o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari jo‘nab ketishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, qoidaga ko‘ra, jo‘nab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jo‘nab ketish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi yoki o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasining ruxsatnomasi olingandan keyin ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin jo‘nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yo‘lini, shuningdek, barcha yo‘lovchilar ro‘yxatini, avtobuslar to‘g‘risidagi (mansubliligi, markasi, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish raqami belgisi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan boriladigan qatnov yo‘lida ob-havo yoki yo‘l sharoitlarining nomuvofiqligi, shu jumladan, borish punktiga harakatlanishda cheklanishlar mavjudligi, shuningdek, transport vositalari va haydovchilar malakasining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga nomuvofiqligi holatlarida hamrohlik qilish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/424/3170-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son)