Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 22.05.2019 yildagi 425-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan yoʻl qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilgʻor xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PQ-4035-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4143-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan yoʻl qurilishini rivojlantirish strategiyasini (keyingi oʻrinlarda Rivojlantirish strategiyasi deb ataladi) ishlab chiqishda Germaniya Federativ Respublikasining ilgʻor tajribasini qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar va agentliklarning amaliy tajribasini oʻrganish asosida xorijiy konsultantni jalb qilish masalasi ishlab chiqilib, Rivojlantirish strategiyasini moliyalashtirish manbalari belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar yakunlari asosida Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolanib, uning asosida Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha konsalting kompaniyasining xizmatlari qiymati 2,6 mln yevroni tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining texnik topshiriqlar taqdim etilgan kundan boshlab, ishlab chiqilishi 120 kundan koʻp boʻlmagan muddatni tashkil qiladigan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha konsalting xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi bilan shartnoma tuzish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishilgan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Rivojlantirish strategiyasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun masʼul ijro etuvchi agentlik hamda organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” davlat unitar korxonasi Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi bilan konsalting xizmatlar koʻrsatish shartnomasini belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazsin va tegishli xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilgan shartnomaga muvofiq Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi xizmatlariga haqiqatdan bajarilgan ishlar boʻyicha haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2019-yilga mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining buyurtmanomalariga binoan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/425/3169-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)