27.11.2018 yildagi PQ-4035-son
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul
ijrochilar

I. Avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni hamda yo‘l qurilishida qo‘llaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish

1.

Quyidagilarni tashkil etish:

potensial hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida chet elning eng yaxshi konsalting kompaniyalari xususan, o‘z yo‘llarining sifati va yo‘l infrastrukturasini saqlash texnologiyalari samaradorligi bo‘yicha butun dunyoga mashhur davlat — Germaniyaning ixtisoslashgan ilg‘or kompaniyalari reytingini o‘rganish;

chet elning ilg‘or konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

Yo‘l qurilishi sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yetakchi chet el konsalting kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazish.

Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Ishlarni yakunlashning aniq muddatlari va ishlab chiqiladigan hujjatlar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga shartnomalar tuzish.

Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konsalting kompaniyalar ishlarini tashkil etish (bosqichlarini, muddatlarini, asosiy yo‘nalishlarni aniqlash).

2018-yil dekabr


2018-yil

30-dekabr

2019-yil yanvar




Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq

Investitsiyalar bo‘�icha davlat qo‘mitasi, “Investitsiyalar ekspert markazi” UK, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

2.

Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va saqlash sohasida xalqaro standartlarni va eng yaxshi amaliyotlarni qo‘llash.

Samarasiz va eskirgan mexanizmlar va me’yorlarni bekor qilishni ko‘zda tutgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va saqlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va saqlash sohasidagi me’yoriy va texnik hujjatlarni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil dekabr




2019-yil fevral

Qurilish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi

3.

O‘zbekiston Respublikasida yo‘l qurilishi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish.

Yo‘l qurilishi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha rejalar dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

I yarim yillik

Vazirlar Mahkamasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasiga (FIDIC) kirishi bo‘yicha taklif kiritish.

O‘zbekiston Respublikasining FIDICga kirishi takl�fi yuzasidan yozma axborotnoma kiritish.

Muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasining FIDICga kirishi shartlarini kelishish.

2019-yil

I chorak

2019-yil davomida

Qurilish vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining pudrat tashkilotlari bazasida Germaniyalik chet el hamkorlar bilan birgalikda avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha hududiy filiallariga ega korxona tuzish.

Avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha hududiy filiallariga ega korxona tuzish yuzasidan chet el kompaniyalari bilan bitim tuzish.

2019-2020-yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi

6.

Avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni qurish va ta’mirlashga ixtisoslashgan ilg‘or chet el kompaniyalariga Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi pudrat tashkilotlaridagi davlat (xo‘jalik) ulushini qisman yoki to‘liq sotish bo‘yicha taklif kiritish.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi pudrat tashkilotlaridagi davlat (xo‘jalik) ulushini qisman yoki to‘liq sotish bo‘yicha taklif tayyorlash.

2018-yil

dekabr

Vazirlar Mahkamasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Davlat raqobat qo‘mitasi

7.

Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda ishtirok etish uchun ko‘proq Germaniyadan yetakchi pudrat tashkilotlarini jalb etish.

Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda yetakchi hamkorlik tashkilotlarida ishtirok etish.

doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Qurilish vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

II. Yo‘l qurilishini moliyalashtirish samaradorligini oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari va chet el bank muassasalarining imtiyozli kredit mablag‘larini jalb etish hajmini oshirish, avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish

8.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yo‘l xo‘jaligi sohasida qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda ularni ish hajmi va sifatiga muvofiq (“hajm metodi”) qabul qilish tartibini joriy qilish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yo‘l xo‘jaligi sohasida qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda ularni ish hajmi va sifatiga muvofiq (“hajm metodi”) qabul qilish tartibi bo‘yicha Nizomni tasdiqlash yuzasidan Hukumat qarori loyihasi.

Shaharsozlik qurilish me’yorlari va qoidalarini qurilish-montaj ishlarining hajmi va sifati asosida bajarish va qabul qilish metodini yo‘l xo‘jaligi sohasiga joriy etishni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2019-yil yanvar





2019-yil fevral

Qurilish vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Qurilish vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

9.

Quyidagilarni jalb qilish bo‘yicha masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida imzolash uchun tayyorlash:

nemis moliya tashkilotlari va banklari, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari kredit resurslarini imtiyozli shartlarda;

avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va saqlash, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasida texnik yordam va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish uchun Germaniyaning yetakchi kompaniyalarini;

yo‘l xo‘jaligi uchun zamonaviy qurilish materiallari va maxsus yo‘l-qurilish texnikasini ishlab chiquvchi qo‘shma korxona tashkil etish uchun yetakchi ishlab chiquvchilarni;

yo‘l xo‘jaligi tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida keng miqyosda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Germaniyaning ta’lim muassasalarini, shu bilan birga yetakchi kompaniya — hamkorlar bazasida stajirovka programmalarini.

Hamkorlik dasturlari, memorandumlar, shartnomalar, kredit bitimlari loyihalari.

Jadvalga muvofiq

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

10.

Rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash loyihalarini amalga oshirish, yo‘llardan foydalanish korxonalarini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, yo‘l qurilishi sohasida nemis kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar tuzish uchun nemis banklarining kredit resurslarini imtiyozli shartlarda jalb qilish.

Kredit bitimlarini tuzish.

2019-yil yanvar-fevral

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi, tijorat banklari

11.

Umumiy foydalaniladigan va hududiy avtomobil yo‘llarni ustuvor ravishda nemis sheriklari bilan loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik prinsiplarini joriy qilish.

Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va saqlash sohasiga davlat-xususiy sheriklik prinsiplarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil fevral-mart

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi

III. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish bo‘yicha ishlar sifatini oshirish

12.

Yo‘llardan foydalanish tashkilotlarini zamonaviy yo‘l-qurilish texnikalari va ta’mirlash uskunalari bilan ta’minlash.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tashkilotlari va hududiy obodonlashtirish boshqarmalarining yo‘l-qurilish texnikalari va ta’mirlash uskunalariga ehtiyojini aniqlash.

Yo‘l-qurilish texnikalari va ta’mirlash uskunalarining yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borish, shuningdek, nemis moliya tashkilotlari va banklarining uzoq muddatli imtiyozli maqsadli mablag‘larini jalb qilish hamda servis markazlarini tashkil etish.

Shartnomalar tuzish va zamonaviy yo‘l-qurilish texnikalari va uskunalarini yetkazish.

2018-yil

dekabr



2019-yil

yanvar-fevral





2019-2020-yillar

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13.

Xarid qilinayotgan zamonaviy yo‘l-qurilish texnikalariga va ta’mirlash uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun servis markazlarini tashkil etish.

Yo‘l-qurilish texnikalari va ta’mirlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan servis markazlarini tashkil etish bo‘yicha Bitimlar tuzish.

2019-yil mobaynida

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

14.

Avtomobil yo‘llaridan foydalanish muddatlarini uzaytirish uchun avtomobil yo‘llarini saqlash va ulardan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish.

Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil mobaynida

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

15.

Avtomobil yo‘li o‘qining maydonlarida vazn o‘lchovchi statsionar nazorat postlarini joylashtirish, ularni avtotransport vositalarining gabarit parametrlari va og‘irliklarini o‘lchash uchun uskunalar bilan ta’minlash hamda maxsus avtomobillarda ko‘chma vazn o‘lchov nazorat postini tashkil etish.

Respublika ichida katta gabaritli moslama punktlarining va joylari dislokatsiyasini aniqlash bo‘yicha ishchi guruhni tashkil etish.

Joyiga chiqqan holda avtomobil yo‘llari va vazn statsionar o‘lchov nazorat postlarini joylashtirishni aniqlash.

Vazn o‘lchov statsionar postlarining dislokatsiya joylarini aniqlagan holda, maxsus avtomobillarda ko‘chma vazn o‘lchov nazorat postini hisobga olib, moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Mobil va statsionar vazn o‘lchov postlarini moslamalar bilan jihozlash uchun yetkazib beruvchilarni aniqlash.

Vazn o‘lchovchi statsionar nazorat postlarini transport vositalarining gabarit parametrlari va og‘irliklarini o‘lchashi uchun uskunalar bilan ta’minlash hamda maxsus avtomobillarda ko‘chma vazn o‘lchov nazorat postini tashkil etish.

2018-yil

dekabr



2019-yil

yanvar — mart






2019-yil
aprel





2019-yil
may






2019-2020-yillar

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

IIV, Davlat bojxona qo‘mitasi,

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi,


Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, IIV, Davlat bojxona qo‘mitasi






Avtomobil yo‘lla�i davlat qo‘mitasi, IIV, Davlat bojxona qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Respublikada yo‘l-transport infratuzilmasining maqsadli parametrlarini aniqlashda logistika samaradorligi indeksi metodologiyasiga muvofiq (Logistic performance Index) respublikaning transport logistika kompleksi holatini baholash tizimini tatbiq etish.

Logistika samaradorligining indeks metodologiyasiga muvofiq respublikaning transport logistika kompleksi holatini baholash tizimini joriy etish bo‘yicha chora- tadbirlar rejasi.

2019-yil

I chorak

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi

IV. Yo‘l xo‘jaligi uchun zamonaviy qurilish materiallarini va maxsus yo‘l qurilishi texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish

17.

Yo‘l xo‘jaligi uchun zamonaviy qurilish materiallari va maxsus yo‘l-qurilish texnikalarini ishlab chiqarish, ushbu texnikalarning servis markazlarini mamlakatimiz hududlarida ochish bo‘yicha yetakchi chet el kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etish.

Yo‘l xo‘jaligi uchun zamonaviy qurilish materiallari va maxsus yo‘l-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi ilg‘or chet el ishlab chiqaruvchilarini asosan Germaniyadan dastlabki tanlab olishni amalga oshirish.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borish.

2019-yil

mart




2019-yil mobaynida

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

“O‘zqurilishmateriallari” AJ

18.

Avtomobil yo‘llarini va sun’iy inshootlarni loyihalash sohasida yetakchi nemis kompaniyalari orasidan xorijiy injiniring kompaniyalar (“OBERMEYER Planen+Beraten GmbN”, “Lahmeyer International GmbN”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbN, “INROS LACKNER SE” va boshqalar) bilan hamkorlikni yo‘lga quyish.

Avtomobil yo‘llarini va sun’iy inshootlarni loyihalash sohasida hamkorlik.

2019-yil

I chorak

Avtomobil yo‘llari d�vlat qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

19.

Asfaltbeton qorishmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha GP Günter Papenburg AG Germaniya kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish.

Asfaltbeton qorishmalarini ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va qurilishni amalga oshirish.

2019-yil

avgust

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

20.

Germaniyaning ilg‘or kompaniyalari bilan qo‘shma kor�onalar tashkil etish:

“O‘zyo‘lloyiha” DUK korxonasi bazasida avtomobil yo‘llarini va sun’iy inshootlarni loyihalash bo‘yicha;

mustaqil yo‘l-tajriba laboratoriyalari va ishlab chiqarish poligonlari.

Zamonaviy nemis texnologiyalari bo‘yicha avtomobil yo‘llarini va sun’iy inshootlarni loyihalash sohasida yo‘l-tajriba laboratoriyalari va poligonlarini tashkil etish bo‘yicha chet el kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalarni tashkil etish yuzasidan bitimlar imzolash.

2019-yil mobaynida

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

V. Yo‘l xo‘jaligi sohasida malakali kadrlarni tayyorlash

21.

Yo‘l xo‘jaligi sohasi uchun kadrlarni �ayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan chet el ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va markazlari bilan hamkorlikda tubdan takomillashtirish.

Yo‘l xo‘jaligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil

I yarim yillik

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

22.

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi i�stituti qoshida Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil qilgan holda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va kompaniyalari — hamkorlar bilan birgalikda o‘qituvchilar, talabalar va mutaxassislar bilan almashish va stajirovkadan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Avtomobil yo‘llarini qurish
va ta’mirlash sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha Markaz tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

2019-yil

I yarim yillik

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

23.

Manfaatdor vazirlik va idoralarning vakolatli vakillarini yo‘l qurilishi bo‘yicha Germaniyada o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish.

Yo‘l qurilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va simpoziumlarda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarining ishtirok etishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil yanvar

Tashqi ishlar vazirligi,
Qurilish vazirligi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

24.

Chet el o‘quv muassasalarida yo‘l sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar va o‘quv kurslarini o‘tkazish grafiklari.

doimiy

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

25.

Yo‘l sohasidagi mutaxassislarning Germaniya Federativ Respublikasi yetakchi yo‘l-qurilish kompaniyalarida stajirovkadan o‘tishini tashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar va stajirovkadan o‘tish grafiklari.

doimiy

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)