1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar | |||||
|
1. |
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun tegishli koʻrgazmali materiallar ilova qilingan holda belgilangan tartibda tegishli buyurtmanoma bilan Osiyo Olimpiya Kengashiga murojaat qilish. |
1. Oʻzbekistonda Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun tegishli koʻrgazmali materiallarni tayyorlash. 2. Osiyo Olimpiya Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomidan tegishli buyurtmanomani tayyorlash va imzolash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 3. Imzolangan murojaat xatini Osiyo Olimpiya Kengashiga yuborish. |
2019-yil 20-iyun 2019-yil 25-iyun 2019-yil 30-iyunga qadar |
— |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. |
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish. |
1. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha muzokaralar olib borish. 2. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha kutib olish dasturini tayyorlash. 3. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash. |
2019-yil iyun Kelishuvga muvofiq |
Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) mablagʻlari, xorijiy investorlarning mablagʻlari |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) |
|
3. |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Oʻzbekistonda xalqaro nufuzli musobaqalarni, shu jumladan, yozgi Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha jamgʻarma tashkil etish. |
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish va Oʻzbekistonda turli darajadagi xalqaro nufuzli musobaqalarni oʻtkazishni oʻz ichiga olgan jamgʻarmani tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2019-yil iyul |
— |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
II. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish | |||||
|
4. |
2017-2018-yillarda oʻtkazilgan yozgi Osiyo oʻyinlari tajribasini oʻrganish, shu jumladan: 2017-yil 12 — 28-sentabr kunlari Ashxobod shahrida (Turkmaniston) yopiq sport inshootlarida boʻlib oʻtgan jang sanʼatlari va V Osiyo oʻyinlari; 2018-yil 14-avgust — 3-sentabr kunlari Jakarta va Palembang shaharlarida (Indoneziya) boʻlib oʻtgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari. |
1. Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish tajribasini oʻrganish boʻyicha vazirlik va idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tarkibini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. 2. Oʻrganilgan tajriba natijalarini tahlil qilish va Oʻzbekiston Respublikasida Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishda samarali foydalanish. |
2019-yil iyul-avgust oylari |
— |
Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar), tegishli vazirliklar |
|
III. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, | |||||
|
5. |
Yozgi Osiyo oʻyinlarini ommaviy axborot vositalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish. |
Ishchi guruh tomonidan yozgi Osiyo oʻyinlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ommaviy axborot vositalari orqali yoritish masalalarini oʻrganish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2019-yil iyul |
— |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
6. |
Toshkent va Samarqand shaharlari markaziy koʻchalari va Toshkent — Samarqand yoʻnalishi avtomagistral yoʻllarini taʼmirlash. |
Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2019-yil avgust |
— |
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
7. |
Respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport, mehmonxona infratuzilmalari quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini oʻrgangan holda yirik nufuzli xalqaro kompleks musobaqalarni oʻtkazish uchun talab etiladigan tegishli qoʻshimcha infratuzilmalar va obyektlar roʻyxatini shakllantirish, ularning qurilishi hajmlari va qiymatlarini aniqlash hamda ehtiyojlardan kelib chiqqan holda obyektlarni taʼmirlash va qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash. |
Ishchi guruh tomonidan mavjud infratuzilmalar quvvatini oʻrganish tahlili asosida qoʻshimcha infratuzilmalar va ularni yaratishga xarajatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2019-yil sentabr |
— |
Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
8. |
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchilarini (30 000 nafar) qabul qilish, maishiy shart-sharoitlarni oʻz ichiga olgan Olimpiya shaharchalarini Toshkent va Samarqand shaharlarida qurish. |
Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlarga aniqlik kiritish va ularning sarf-xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2019-yil sentabr |
— |
Samarqand viloyati hokimligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
9. |
Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni tahlil qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda yirik nufuzli xalqaro kompleks musobaqalarni oʻtkazish uchun sport infratuzilmani yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni kompleks tahlillar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil aprel |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar |
2-ILOVA
|
A.A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, respublika ishchi guruhi raisi | |
|
2. |
D.X. Nabiyev |
— |
jismoniy tarbiya va sport vaziri, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
U.M. Axmatdjanov |
— |
Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari |
|
4. |
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari |
|
5. |
E.O. Turdimov |
— |
Samarqand viloyati hokimi, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari |
|
6. |
A.X. Tuxtayev |
— |
qurilish vaziri |
|
7. |
R.A. Gulyamov |
— |
iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
S.X. Bekenov |
— |
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
9. |
I.T. Neʼmatov |
— |
tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
10. |
B.A. Begalov |
— |
Davlat stastistika qoʻmitasi raisi |
|
11. |
A.Y. Xaydarov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
|
12. |
Sh.B. Nazarov |
— |
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
13. |
A.A. Akkulov |
— |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. |
|
14. |
K.F. Bayazitov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, respublika ishchi guruhi kotibi |