14.05.2019 yildagi PF-5717-son
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda investitsiya loyihalarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — 2019-yilgi Investitsiya dasturi) amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilsin, unda, jumladan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Reglament tasdiqlanishini, Axborot tizimini ishlab chiqish va keyinchalik undan foydalanish xarajatlarini to‘lash masalalarini hal etishni nazarda tutsin.
ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar bajarilishini ta’minlamaganlik uchun hayfsan e’lon qilish, lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorida jarima solish va belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish (egallab turgan lavozimidan ozod qilish) tarzida mazkur rahbarlarning intizomiy javobgarligi tizimi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son)
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

Bosqichlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

Mas’ul vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar

I. Investitsiya loyihalari ro‘yxatini budjet tizimining budjetlari hisobidan shakllantirish

1-bosqich

2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllarining namuna va maketlarini ishlab chiqish va tashabbuskorlarga jo‘natish.

2019-yil 20-maygacha

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2-bosqich

Sohani va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun asoslangan investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsion takliflarni taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

DXSh agentligi

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish bo‘yicha investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5-bosqich

Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki ro‘yxatini shakllantirish:

boshqalar tasarrufiga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallangan obyektlar bo‘yicha kreditor qarzdorligini so‘ndirish;

yangidan boshlanadigan loyihalar, loyiha hujjatlari va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ularni moliyalashtirish manbalari;

davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va tegishli hududlardagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari mavjudligi imkoniyatidan kelib chiqib — markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha investitsiya takliflarini baholash.

Birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv ta’minotini, kanalizatsiya, yo‘l va boshqa infratuzilmani) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga ko‘ra Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini saralashni amalga oshirish.

2019-yil 20-iyungacha

Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

6-bosqich

2020 — 2022-yillar uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini kelishish uchun investitsiya loyihalarining shakllantirilgan ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuborish.

2019-yil 20-iyungacha

Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

7-bosqich

Budjet mablag‘lari hisobidan ajrat�ladigan kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘rib chiqish va kelishish.

2019-yil 25-iyungacha

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

8-bosqich

O‘rnatilgan tartibda loyiha tashabbuskorlari bilan kelishilgan, taklif etilayotgan loyihalar manbalari, quvvatlari va joylashtirilishi uyg‘unlashtirilishini ta’minlashni hisobga olgan holda, budjet tizimining budjetlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati dasturi loyihasini yig‘ma holga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va savdo vazirligiga kiritish.

2019-yil 25-iyungacha

Iqtisodiyot va sanoatvazirligi

II. Investitsiya loyihalari ro‘yxatini XMI/XHMT, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish

1-bosqich

Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namunalari va maketlarini ishlab chiqish va tashabbuskorlarga yuborish.

2019-yil 20-maygacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2-bosqich

Sohalar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsion takliflarni taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

DXSh agentligi

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish bo‘yicha investitsiya takliflarini taqdim etish.

2019-yil 1-iyungacha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5-bosqich

�astur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki ro‘yxatini shakllantirish:

boshqalar tasarrufiga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallangan obyektlar bo‘yicha kreditor qarzdorligini so‘ndirish, yakunlovchi bosqichdagi obyektlari;

yangidan boshlanadigan loyihalar, loyiha hujjatlari va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari;

markazlashtirilmagan manbalar, XMI/XHMT va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bo‘yicha — loyiha hujjatlariga muvofiq, iqtisodiy samaradorligi, ustuvorligi va maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda investitsiyaviy takliflarni baholash.

Birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv ta’minotini, kanalizatsiya, yo‘l va boshqa infratuzilma) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda, ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga ko‘ra Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini saralashni amalga oshirish.

2019-yil 20-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi

III. 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Dastur loyihasini shakllantirish va tasdiqlash

1-bosqich

Taqdim etilgan takliflarni umumlashtirish va Dastur loyihasiga kiritish uchun taklif qilingan investitsiya loyihalarining dastlabki ro‘yxatini shakllantirish.

2019-yil 1-avgustgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi

2-bosqich

Dastur loyihasiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga investitsiya loyihalarining dastlabki ro‘yxatini kiritish.

2019-yil 1-avgustgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

3-bosqich

Dastur loyihasiga kiritiladigan investitsiya loyihalarining dastlabki ro‘yxatini kelishish.

2019-yil 10-avgustgacha

Vazirlar Mahkamasi

4-bosqich

Loyiha-smeta hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida ishlab chiqish va kelishishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligining ekspertiza organlariga (ijtimoiy obyektlar bo‘yicha) keyinchalik quyidagilarga kiritish uchun taqdim etish:

budjet tizimining budjetlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga;

XMI/XHMT va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga.

2019-yil 20-noyabrgacha

Vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

loyihalar tashabbuskorlari

5-bosqich

Dastur loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 25-noyabrgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

6-bosqich

Dastur loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2019-yil 5-dekabrgacha

Vazirlar Mahkamasi

7-bosqich

Dasturni tasdiqlash.

2019-yil 15-dekabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

8-bosqich

Tasdiqlangan Dasturning parametrlarini kelgusi yil uchun har yili aniqlashtirish.

1-aprelgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, loyihalar tashabbuskorlari

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash, undashu jumladan quyidagilarni nazarda tutish.

investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, kelishish, kiritish va tasdiqlash masalalari;

investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalar tashabbuskorlarining vakolatlari, muddatlari, mas’uliyatlari;

investitsiya dasturlariga kiritish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari;

investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va kelishish mexanizmlari;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — XMI/XHMT) bilan kelishilgan o‘zaro hamkorligi;

avval investitsiya dasturlariga kiritilgan va yangidan amalga oshiril�yotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish;

tasdiqlangan investitsiya dasturlariga o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritishning soddalashtirilgan tartibi;

investitsiya dasturlarini ko‘rib chiqishda ortiqcha ma’muriy bosqichlarni chiqarib tashlash hamda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-iyunga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (D. Sultonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

o‘tkazish muddatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan, o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan xarid qilish tartib-taomillari jarayonlarini jadallashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan qayta e’lon qilingan savdolarni kuzatib borish, asoslanmagan retenderlar o‘tkazishga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarga ma’muriy choralar qo‘llash;

xarid va baholash komissiyalari umumiy tarkibida ijro etuvchi agentlik vakillarining soni oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha xarid tartib-taomillarini o‘tkazish jarayonida raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin b�lgan holatlar yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish;

savdolar ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishda asoslanmagan rad javoblarini berishga yo‘l qo‘ymaslik va uni aniqlash, shuningdek, tanlov saralovi natijalari bo‘yicha e’lon qilingan g‘oliblarga shartnomalarni taqdim etish;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishning aniq tartibini o‘rnatish, ularning faoliyatiga talablarni belgilash;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari malakasini oshirishning malaka talablari va tartibini joriy etish, malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risida sertifikatlar berish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2019-yil 10-iyunga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (D. Sultonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Davlat qabul komissiyaga yozma bildirish xati yo‘llash orqali loyiha tashabbuskoriga qurilishi tugallangan obyektlardan belgilangan maqsadlarda foydalanishni amalga oshiruvchi huquqni taqdim etishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qonun hujjatlariga kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2019-yil 1-iyulga qadar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Davyergeodezkadastr (A. Abdullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Qonun hujjatlariga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolayotgan, ayniqsa tuman va shaharlarda, yer uchastkalarini ajratish mexanizmlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritish

2019-yil 1-iyulga qadar

Davyergeodezkadastr (A. Abdullayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari balansida mavjud bo‘lgan, mulk asosida munitsipal obligatsiyalarni chiqa�ish va aylanmaga kiritish huquqini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berishni nazarda tutuvchi munitsipal obligatsiyalarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibini reglamentatsiya qilish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2019-yil 1-avgustga qadar

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov), Moliya vazirligi (D. Sultonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolayotgan tuman va shaharlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investorlarni yanada rag‘batlantirishni nazarda tutadigan takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

2019-yil 1-iyulga qadar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev), Moliya vazirligi
(D. Sultonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Iqtisodiyot, investitsiyalarni jalb qilish, eksport, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining funksional vazifalarini aniqlash, ularning vakolatlarini aniq chegaralashga alohida e’tibor qaratgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 123-son qarorini yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil 1-iyulga qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov,
J. Qo‘chqorov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Quyidagilar orqali Investitsiya portalini takomillashtirish:

xorijiy tajribani hisobga olgan holda Investitsiya portali interfeysini yangilash;

investorlarni onlayn-konsultatsiya qilish tizimini joriy etish;

Investitsiya portali foydalanuvchilari uchun sharoitlar yaratish maqsadida interaktiv funksiyalarni joriy etish va faollashtirish;

Investitsiya portalini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

Investitsiya portalini, ayniqsa xorijdagi ommaviy axborot vositalarida ommalashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyunga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlig (Sh. Sodiqov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

9.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan taqdim etilgan salohiyatli xorijiy investorlar uchun va xalqaro ishbilarmon doiralarida hududlarning tasdiqlangan loyiha takliflari hamda investitsiya pasportlarining doimiy asosda taqdimot qilib borilishini ta’minlash.

Taqdimotlar va uchrashuvlar o‘tkazish jadvali

Tasdiqlash — 2019-yil 25-mayga qadar

Amalga oshirish — jadvalga muvofiq

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev)

10.

Loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari va investitsiya bo‘linmalari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha loyiha sikli, XMI/XHMT ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni boshqarish va monitoring qilish, asosiy tamoyillar va tayanch hujjatlari, xorijiy konsultantlar bilan ishlash, tenderlar tashkil qilish, xaridlar, xorijiy standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini tuzish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.

O‘quv kurslarini o‘tkazish jadvali

Tasdiqlash — 2019-yil 1-iyulga qadar

Amalga oshirish — jadvalga muvofiq

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Moliya vazirligi (D. Sultonov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizm�tlari portalid� 2020 — 2022-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taklif etilayotgan Toshkent shahri bo‘yicha investitsiya takliflarini jamoatchilik bilan eksperiment tartibida keng muhokama qilishni o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyunga qadar

Toshkent shahar hokimligi
(J. Ortiqxo‘jayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

a) 2-bandidagi “1-oktabrya 2018 goda” va “1 maya 2019 goda, s uchetom zakritiya zaymov” so‘zlari tegishlicha “1-iyunya 2019 goda” va “1-noyabrya 2020 goda, bez ucheta garantiynogo perioda (srok garantiynogo perioda — odin god posle sdachi obyekta v ekspluatatsiyu) i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandidagi “Ministerstvu finansov” so‘zlari “Ministerstvu investitsiy i vneshney torgovli” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
b) 1-ilova quyidagi mazmundagi blok bilan to‘ldirilsin:
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: