13.05.2019 yildagi 394-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda, eng avvalo, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va tadbirkorlik tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlash hisobidan aholi, ayniqsa, yoshlar farovonligini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu sohadagi vazifalarni hal etish mehnat bozorining, shu jumladan joylarda tashkil etilayotgan yirik korxonalar va klasterlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, yuqori malakali ishchi mutaxassislarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozorining yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, kasbga oʻqitishni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalashtirish, kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholashning xalqaro tizimini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasidagi vazifalarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda Kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi deb ataladi) joriy etish toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun, shuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyojni hisobga olgan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻrta boʻgʻin mutaxassislar va ishchi kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish nodavlat markazlarida (keyingi oʻrinlarda kasbga oʻqitish markazlari deb ataladi) band boʻlmagan aholi, ayniqsa, yoshlarni kasbga oʻqitishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan bilim va koʻnikmalarni baholash nodavlat markazlari (keyingi oʻrinlarda bilim va koʻnikmalarni baholash markazlari deb ataladi) faoliyatini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, band boʻlmagan aholini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasbiy koʻnikmalar markazlari va boshqa taʼlim muassasalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida kasbga oʻqitish uchun davlat buyurtmasini har yili joylashtirish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilim va koʻnikmalarni baholash markazlari tomonidan muayyan mutaxassislik (kasb) boʻyicha kasbiy bilim va koʻnikma darajasini tasdiqlaydigan hamda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatoriga muvofiq ishchilar kasblari malaka razryadlarini berish uchun asos hisoblanadigan malaka sertifikatlarini berish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta boʻgʻin mutaxassislar va ishchilarning malaka darajasini izchil oshirib borish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta boʻgʻin mutaxassislar va ishchi kasblar lavozimlarining kasb standartlarini ishlab chiqish, qoʻllash va yangilab borish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriylik, ishonchlilik, toʻlov va shaffoflik prinsiplari asosida kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash hamda berishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislar va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tayyorlash tartibi eksperiment sifatida joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni hamda ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlashni tashkil etish uchun kasb-hunar kollejlari hamda ularga biriktirilgan yirik korxonalar va klasterlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda roʻyxat deb ataladi) tuzilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislar hamda ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tayyorlashni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarga borib va roʻyxatda koʻrsatilgan yirik korxonalar va klasterlar rahbarlari bilan shaxsan uchrashuvlar oʻtkazib, yuqori malakali oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni hamda ishchi kasblar boʻyicha kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni oʻrganishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatda koʻrsatilgan yirik korxonalar va klasterlar rahbarlariga kasb-hunar kollejlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlashni tashkil etishda tomonlarning ustuvorliklari, huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarida talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari, shu jumladan yirik korxonalar va klasterlar rahbarlarining ularni roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida asoslantirilgan yozma buyurtmanomalari asosida tayyorlashni tashkil etishni yanada kengaytirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklama darajasi past boʻlgan yoki rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash yoki qayta jihozlashni talab qiladigan va binolari hamda inshootlari kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etish uchun xususiy investorlarga berilishi mumkin boʻlgan kasb-hunar kollejlarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishchi guruh (Abduhakimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlashni tashkil etish uchun ularning buyurtmanomalarini hisobga olgan holda tuzilgan kasb-hunar kollejlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolari va inshootlari kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etish uchun xususiy investorlarga berilishi mumkin boʻlgan kasb-hunar kollejlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislar hamda ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tayyorlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislar hamda ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tayyorlashni tashkil etish yuzasidan joriy qilingan eksperiment natijalarini tahlil qilish yakunlari boʻyicha asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, kasb-hunar kollejlarida ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash quyidagilar asosida tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik korxona yoki klaster, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish, unda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlarini mustahkamlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasb-hunar kollejlarida band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish uchun davlat buyurtmasini har yili joylashtirish;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tugatgandan keyin oʻqishga qabul qilinadigan shaxslarni oʻqitish uchun kasb-hunar kollejlarining professor-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, kasb-hunar kollejlari binolari va inshootlarini saqlab turish uchun kasb-hunar kolleji umumiy xarajatlarining 50 foizidan oshmaydigan xarajatlarni budjet mablagʻlari hisobidan va yetishmayotgan qismini esa yirik korxonalar va klasterlar mablagʻlari hisobidan qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalarining 11-sinfini tugatgandan keyin oʻqishga qabul qilinadigan shaxslarni oʻqitish uchun kasb-hunar kollejlarining maʼmuriy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, professor-oʻqituvchilari mehnatiga yirik korxonalar va klasterlar yoki taʼlim oluvchilar yoxud boshqa oʻqitish buyurtmachilari hisobidan haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi tartib asosida, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik korxona yoki klaster rahbari yoxud u tomonidan tayinlangan boshqa shaxs kasb-hunar kolleji direktori hisoblanadi hamda yirik korxonalar va klasterlar mablagʻlari hisobidan kollej xodimlariga ustamalar, qoʻshimcha haqlar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilashga haqli boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarida oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni tayyorlash muddati ikki yilgacha, ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash muddati toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatni tashkil etadi va qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadigan Kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoridan kelib chiqib belgilanadi;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarida oʻrta boʻgʻin mutaxassislar va ishchi kasblar boʻyicha kadrlar kasb-hunar kollejlaridagi nazariy mashgʻulotlarni bevosita yirik korxonalar va klasterlarning maxsus tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish xonalarida ishlab chiqarishga oʻqitish bilan integratsiyalashtirish prinsipi asosida tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik korxonalar va klasterlar oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlashni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan holda birgalikda tashkil etish uchun boshqa korxonalarni ham jalb qilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi kasb-hunar kollejlarida oʻquv jarayoniga metodik rahbarlik qiladi, ularning rahbarlari va oʻqituvchilari malakasini oshiradi, shuningdek, kasbiy standartlar va malaka talablari asosida oʻquv rejalari hamda dasturlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik korxonalar va klasterga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida oʻqishni bitirgach, davlat namunasidagi diplom yoki boshqa rasmiy hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish, kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash hamda berishning zamonaviy standartlarini joriy etish maqsadida kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etishga doir loyihalarni amalga oshirishda investorlarga quyidagi turdagi davlat yordami koʻrsatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etish uchun yuklama darajasi past boʻlgan yoki rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash yoki qayta jihozlashni talab qiladigan kasb-hunar kollejlari binolari va inshootlarini ijaraga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etish uchun foydalanilmay turgan binolar va inshootlarni investorlarga tekin foydalanish huquqi asosida berish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan oʻqitish uchun davlat buyurtmasining kafolatlangan eng kam darajasini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ushbu qarorining 6-bandiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investorlar bilan bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha tuziladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oʻqitish markazlarini va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga muvofiq investorlarga berilgan yer uchastkalari va koʻchmas mulkni Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri bilan kelishmasdan olib qoʻyish taqiqlanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika kengashi deb ataladi), shuningdek, davlat boshqaruvi organlari huzurida kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari tashkil etilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarida, jumladan, vaqti-vaqti bilan va tanlov asosida tekshiruvlar hamda oʻrganishlar tashkil etish orqali kasbga oʻqitishni, kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni baholash va berish jarayoning sifatini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajriba hisobga olingan holda, Kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash hamda berish imkonini beradigan aniq mutaxassisliklar (kasblar) boʻyicha kasbiy standartlar kasbiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari tomonidan mehnat organlari va kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida albatta ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtkaziladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy bilim va koʻnikmalar ishonchli baholanmagani hamda noqonuniy berilgan holatlar aniqlanganda, Respublika kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bilim va koʻnikmalarni baholash markazlari akkreditatsiyasini chaqirib olish va berilgan malaka sertifikatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, yirik ish beruvchi korxonalar tomonidan “WorldSkills Uzbekistan” ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “WorldSkills International” xalqaro assotsiatsiyasiga, shu jumladan rasmiy ariza yuborish va muzokaralar tashkil etish orqali qoʻshilish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri Yashnobod tumanida eksperiment tarzida tashkil etilayotgan band boʻlmagan aholiga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Ishga marhamat” monomarkazi negizida “WorldSkills” metodologiyasiga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitishga, shuningdek, Assotsiatsiyani tashkil etish va uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning kasb-hunar assotsiatsiyalari, kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlari bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish, Oʻzbekiston Respublikasida ularning vakolatxonalarini ochish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasida 2019 — 2021-yillarda ishchi kasblarni yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimining faoliyatini tashkil etish, kasbga oʻqitish markazlari va bilim hamda koʻnikmalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi, band boʻlmagan aholini Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorining loyihasini, shuningdek, kasbiy standartlarni ishlab chiqish jadvalini Vazirlar Mahkamasi kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 394-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaxassislar hamda ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tayyorlashni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Abduxakimov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

Madjidov I.U.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

Zaxidov B.E.

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

Ashrafxanov B.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

Usmonov B.Sh.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

Xoljigitov G.A.

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

Xaydarov A.Ya.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

Xolmuxamedov M.M

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 394-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2019 — 2021-yillarda ishchi kasblarni yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddatlar

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. “WorldSkills International” xalqaro assotsiatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar

1.

“WorldskillsInternational” xalqaro assotsiatsiyasiga Oʻzbekistonning qoʻshilishi bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlar oʻtkazish.

1. “WorldSkills International” xalqaro assotsiatsiyasiga qoʻshilish uchun rasmiy ariza yuborish.

2. “WorldSkills International” xalqaro assotsiatsiyasi bilan muzokaralar tashkil etish.

3. “WorldSkills International” xalqaro assotsiatsiyasi rasmiy vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.

2019-yil

may

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.),

Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), TIV (Neʼmatov I.)

2.

“WorldSkills Uzbekistan” (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) assotsiatsiyasining samarali faoliyatini tashkil etish.

1. Oʻzbekistonda ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish, shu jumladan Assotsiatsiyani qoʻllab-quvvatlash strategiyasini ishlab chiqish.

2019-yil may

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.), Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov R.),

Adliya vazirligi (Davletov R.), Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov K.), Qurilish vazirligi (Tuxtayev A.),

“Uyjoykommunxizmat” vazirligi (Saliyev M.), “Oʻzbekneftgaz” AJ (Sidikov B.), “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ (Xasilov X.), SSP (Ikramov A.)

2. Assotsiatsiya ustavini ishlab chiqish, taʼsischilar yigʻilishini oʻtkazish va Assotsiatsiya ustavini tasdiqlash, shuningdek Assotsiatsiyani davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

“WorldSkills International” xalqaro assotsiatsiyasi bilan muzokaralar yakunlangandan keyin

3.

Xorijiy davlatlarning “WorldSkills” milliy harakatlari, shu jumladan “WorldSkills Russia” ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Xorijiy davlatlarning “WorldSkills” milliy harakatlari, shu jumladan “WorldSkills Russia” ittifoqi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum tuzish.

2. Malakani baholash markazlarini jihozlash, ishchi kasblari boʻyicha milliy chempionatlar oʻtkazish, ekspertlar va ishlab chiqarishga oʻqitish ustalari malakasini oshirish sohasida chet davlatlarning “WorldSkills” milliy harakatlari, shu jumladan “WorldSkills Russia” ittifoqi bilan hamkorlik qilish.

2019-yil davomida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.)

II. Worldskills standartlarini Oʻzbekiston Respublikasida kasb-hunarga oʻqitish va malakani baholash tizimiga joriy etish

4.

WorldSkills standartlariga muvofiq kasbga tayyorlash taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.

1. WorldSkills standartlariga muvofiq kasbga tayyorlash dastlabki taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.

2019-yil may

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.), Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov R.), vazirlik va idoralar

2. Dastlabki taʼlim dasturlarini ishlab chiqish (tanlangan malakalar boʻyicha).

2019-yil aprel-avgust

3. Mehnat vazirligining kasbga oʻqitish markazlarida dastlabki dasturlarni joriy etish.

2019-yil avgust-dekabr

4. Dastlabki dasturlarni joriy etishni tashkil etish uchun (ustaxonalar, laboratoriyalar, oʻquv sinflari) Mehnat vazirligining kasbga oʻqitish markazlarini renovatsiyalash (rekonstruksiya qilish va taʼmirlash).

2019-2020-yillar

5. Dastlabki dasturlar tajribasini kasb-hunar taʼlimining boshqa muassasalariga tatbiq etish.

2020-yil

5.

WorldSkills metodologiya va talablariga muvofiq kasbiy malakani baholash tizimini joriy etish.

1. Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi band boʻlmagan aholiga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Ishga marhamat” monomarkazi negizida “WorldSkills” standartlari boʻyicha Malaka oshirish markazi (MOM) tashkil etish.

2019-yil oktabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.), yirik korxonalar — ish beruvchilar

2. MOMni “WorldSkills” standartlari boʻyicha nazorat-oʻlchov vositalari, qurilmalar, uskunalar, sarflash materiallari bilan jihozlash.

2019-yil noyabr-dekabr

3. Ishlab chiqarish tarmoqlari va boshqa muassasalar negizida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida MOMni tashkil etish uchun etalon modelini tirajlash.

2020-yil

Korxonalar va homiylar mablagʻlari

6.

“WorldSkills Russia” akademiyasida va “WorldSkills International”ga aʼzo mamlakatlarning oʻquv markazlarida WorldSkills standartlari boʻyicha kasbga tayyorlash tizimi uchun kadrlar tayyorlash.

1. Ekspertlarni bilim va koʻnikmalarga oʻqitish.

2. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini oʻqitish.

3.Kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbar va kadrlar zaxirasini oʻqitish.

2019-2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, vazirliklar va idoralar, tashkilotlar — muassasalar, kasbga oʻqitish muassasalari mablagʻlari

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.), Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar — ish beruvchilar

7.

Jamoatchilik, yoshlar, taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, ekspertlar hamjamiyati oʻrtasida WorldSkills harakatini keng ommalashtirish.

1. OAVda axborot kampaniyasi oʻtkazish mediarejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

2. Kasb-hunarga oʻqitish muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida, maktablarda axborot tadbirlari (uchrashuvlar, master-klasslar, ochiq darslar) oʻtkazish.

2019-2020-yillar

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.), MTRK (Xadjayev A.), Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), vaziriklar, idoralar, yirik korxonalar — ish beruvchilar

III. WorldSkills standartlari boʻyicha ishchi kasblar milliy va mintaqaviy chempionatlarini oʻtkazish

8.

Qozon shahrida (Rossiya) ishchi kasblar boʻyicha 45-chempionatda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Qozon shahrida (Rossiya) 7-milliy chempionat (2019-yil may) va 45-jahon chempionatida (2019-yil avgust) ishtirok etish uchun taʼlim muassasalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari orasidan Oʻzbekiston delegatsiyasini shakllantirish.

2019-yil may, avgust

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.), Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar — ish beruvchilar

2. Ishtirok yakunlari boʻyicha ishchi kasblari boʻyicha milliy chempionat oʻtkazishda xalqaro tajribadan foydalanishga doir aniq takliflar bilan birga axborot kiritish.

ishtirokdan keyin bir hafta davomida

9.

Ishchi kasblari boʻyicha dastlabki milliy chempionat oʻtkazish.

1. Chempionat oʻtkazish uchun hududni aniqlash.

2. Chempionat oʻtkazish boʻyicha ekspert guruh va tashkiliy qoʻmita tuzish.

3. Chempionat oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

4. Chempionat oʻtkaziladigan zona qurilishini tashkil etish va jihozlash.

5. Chempionat oʻtkazishning tanlov va kongress-ish dasturini shakllantirish.

6. OAVda, shu jumladan xorijiy OAVda reklama kampaniyasini tashkil etish.

2019-yil noyabr-dekabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.),
Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, yirik korxonalar — ish beruvchilar

10.

2021-yilda Shanxay shahrida (XXR) ishchi kasblar boʻyicha 46-jahon chempionatida milliy terma jamoa ishtirokini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish.

1. Milliy terma ishtiroki uchun 45-jahon chempionatida ishtirok yakunlari boʻyicha muvaffaqiyatli yoʻnalishlar va kasblarni tanlab olish.

2019-yil noyabr-dekabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Mehnat vazirligi (Kudbiyev Sh.), Oliy taʼlim vazirligi (Xolmuxamedov M.), vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, yirik korxonalar — ish beruvchilar

2. 2020-2021-yillarda milliy chempionatlar oʻtkazish jadvalini tasdiqlash.

2019-yil dekabr

3. 2020-2021-yillarda milliy chempionatlar oʻtkazish.

2020-2021-yillar

4. 2019-2020-yillarda milliy chempionatlar oʻtkazish yakunlari boʻyicha salohiyatli milliy terma jamoani shakllantirish.

2020-yil

5. Shanxay shahrida (XXR) oʻtadigan 46-jahon chempionatida milliy terma jamoa ishtirokiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

2021-yil

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/394/3125-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)