07.05.2019 yildagi 381-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi” DUKning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash, qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish boʻyicha vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyulga qadar arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalarni ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvarga qadar qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Toʻxtayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom obyektlarni qurish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi va qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqiga guvohnomalar (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish faoliyati bilan ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilangan tartibda guvohnoma olgan yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan ekspert xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi Ekspert xulosalarining yagona “reyestri”ga majburiy ravishda kiritib boriladi, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatlari markazlari va akkreditatsiyalovchi organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar akkreditatsiya qilish talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muassislar va (yoki) ekspertiza organlari benefitsiarlari tarkibida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari va (yoki) ularning affillangan shaxslarining boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mulkiy huquq yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ekspertiza organi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli binolar va inshootlar, texnik-texnologik va apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) talabgorning shtatida qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha loyihalashtirish ishlarida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan 6 nafardan kam boʻlmagan sertifikatlangan, soha boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar, shu jumladan, arxitektura va qurilish yechimlari boʻyicha (arxitektor, konstruktor) 2 nafar mutaxassis, 1 nafar smeta (baholash) boʻyicha mutaxassis, 1 nafar yongʻin xavfsizligi boʻyicha mutaxassis, 1 nafar muhandislik tarmoqlari boʻyicha mutaxassis, 1 nafar energiya samaradorligi boʻyicha mutaxassisning ayni shu tashkilotda asosiy ish joyi boʻyicha mavjud boʻlishi;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga majburiy kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ekspert tayinlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza oʻtkazmaslik;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida boʻlmaslik;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) litsenziyalangan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini aynan ushbu tashkilot tomonidan ekspertizadan oʻtkazmaslik;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan xavf-xatar toifalari boʻyicha koʻrib chiqish;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Akkreditatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor guvohnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa talabgor mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqi bilan ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar diplomlari nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Akkreditatsiyalovchi organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlaridagi mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olishi, obyektlarni joyiga chiqib oʻrganishi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari tarkibidan yoki oʻz hisobidan boshqa shaxslarni jalb qilgan holda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, talabgorning akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilgandan va soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng talabgor uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERIsi bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Guvohnoma olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;

11,25 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

Talabgor berilgan soʻrovnomadan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor unga guvohnoma berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida guvohnomani olish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, guvohnoma olish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni akkreditatsiyalovchi organga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda akkreditatsiyalovchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akkreditatsiyalovchi organ soʻrovnoma tushganidan soʻng yetti ish kuni mobaynida soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi va talabgorga guvohnoma berish uchun hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorda yigʻim qiymatini koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki guvohnoma talabgoriga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda uni yuborishni rad etadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi hisobvaraq-faktura tushganidan boshlab bir soat mobaynida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali talabgorni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgor hisobvaraq-faktura tushganidan soʻng bir oy mobaynida hisobvaraq-fakturada qayd etilgan yigʻimni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish uchun yigʻim toʻliq toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda tegishli yigʻim toʻlanmasligi guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu holatlarda talabgor umumiy tartibda davlat xizmati olish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
(17-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan shakl boʻyicha elektron shaklda rasmiylashtiriladi va Akkreditatsiyalovchi organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiyalovchi organ guvohnoma uchun yigʻim toʻliq tushganidan soʻng bir ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani elektron shaklda rasmiylashtiradi va tegishli Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlari markazi guvohnoma tushganidan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi talabgorning soʻroviga koʻra unga guvohnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, guvohnoma berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan guvohnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Guvohnoma subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, guvohnoma subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin bir oy muddatda Akkreditatsiyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida soʻrovnoma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Guvohnomalarni qayta rasmiylashtirishda talabgorning guvohnoma berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yigʻim miqdori ushbu Nizomning 12-bandi talablari asosida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda Akkreditatsiyalovchi organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya subyekti akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga guvohnoma subyekti tomonidan rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning qaroriga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha akkreditatsiya subyektidan zarur maʼlumotlarni talab qilish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv natijalari asosida akkreditatsiya subyekti yoʻl qoʻygan akkreditatsiya qilish talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya subyektiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiyalovchi organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Akkreditatsiya qilish talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish vaqtida Akkreditatsiyalovchi organning masʼul xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya subyektiga beriladi, ikkinchi nusxasi Akkreditatsiyalovchi organda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va guvohnomani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va guvohnomani bekor qilish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akkreditatsiyalovchi organning guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Bunday qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, akkreditatsiyalovchi organ guvohnoma subyekti oldida akkreditatsiya subyekti koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Guvohnoma reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekspertiza organlari toʻgʻrisidagi axborot kiritiladigan Reyestrni, shuningdek, akkreditatsiya guvohnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash hamda akkreditatsiya guvohnomalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Akkreditatsiyalovchi organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berilgan kun, oy, yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya subyektining davlat tilidagi toʻliq, qisqartirilgan (agar boʻlsa) firma nomi. Agar taʼsis hujjatlarida nomi xorijiy tilda koʻrsatilgan boʻlsa, Reyestrga koʻrsatilgan tildagi nomi ham kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya subyektining tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya subyektining ish telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi, veb-sayti, veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt manzillari (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi — akkreditatsiya subyektining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya subyekti joylashgan manzil (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya subyekti faoliyat yuritish joyining manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish va qayta tiklash hamda amal qilishini toʻxtatishning asosi va sanasi (kun, oy, yil).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi rasmiy veb-saytida akkreditatsiya obyektlari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar joylashtirilishi mumkin.
(28-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat xizmatlari markazlari va Akkreditatsiyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan akkreditatsiya subyekti haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________

(sana)

________________

(raqam)

Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni

akkreditatsiya qilish davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. toʻliq nomi:

2. STIR:

4. IFUT:

7. yuridik manzili:

8. telefon raqami:

9. elektron pochta manzili:

yangi guvohnomani rasmiylashtirish

guvohnomani qayta rasmiylashtirish

guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish

guvohnomani bekor qilish

II. Yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi maʼlumotlar:

F.I.O

Lavozimi

Mutaxassisligi boʻyicha ish staji

Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi (diplom boʻyicha)

Ekspertiza qilishda ishtirok etgan asosiy obyektlar roʻyxati (mavjud boʻlsa)

1.

2.

3.

4.

5.

6....

III. Soʻrovnomaga ilova:

1.Mulk huquqi bilan ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari

2. Mutaxassislar diplomlarini nusxalari

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2019-y., 09/19/381/3101-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son, 28.09.2020-y., 09/20/588/1331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)