12.10.1995 yildagi 398-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XOLDINGLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor qayta o‘zgartirish jarayonlarini yanada rivojlantirish hamda korxonalar va tashkilotlarni shunga monand boshqarishni va ularning faoliyat ko‘rsatishini, respublika iqtisodiyotining turli sektorlarida iqtisodiy integratsiyani, shuningdek investitsiya faoliyatini rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy tuzilmalarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoldinglar to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoldinglarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoldinglar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xoldinglar tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi o‘zida korxona sarmoyasida qatnashishning istalgan shaklini ifodalaydi. Ushbu shakl xolding qatnashchilari umumiy yig‘ilishida va uning boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi yoki rad etilishining so‘zsiz huquqini ta’minlaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarining nazorat paketlari xolding aktivlariga kiruvchi korxona shu’ba korxona hisoblanadi. Shu’ba korxonalar mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xolding boshqa xoldingning shu’ba korxonasi bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xolding aktivlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qimmatli qog‘ozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek xolding mablag‘lari hisobiga sotib olingan yoki hosil qilingan mulklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pul mablag‘lari va boshqalar hisobidan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki to‘liq uning asosida, shu jumladan xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding aktivlari tarkibiga, shu’ba korxonalar aksiyalari nazorat paketlari bilan bir qatorda, aksiyalarning paritet paketlari (qatnashchi ikkita bo‘lgan taqdirda 50 foiz) va boshqa xo‘jalik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari (aksiyalarning nazorat paketlari emas) kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding amaldagi qonunchilikka muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga haqli bo‘ladi.
(3-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu’ba korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi, bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalarning nazorat paketi qiymati ham shu jumlaga kiradi. Bosh xolding ta’sis shartnomasida qayd etilgan shartlarda shu’ba korxonaning qarzlari bo‘yicha javob berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shu’ba korxona o‘zining xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalari paketi miqdoridan qat’i nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga egalik qilishi mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham shu jumlaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu’ba korxonalar aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida xoldingning vakillari mazkur shu’ba korxona aksiyalarining nazorat paketiga muvofiq ovozga ega bo‘ladilar. Ro‘yxati ustavda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan shu’ba korxonalarni rivojlantirishning strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali ko‘pchilik haqidagi norma belgilab qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoldinglar yuridik shaxs hisoblanadi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding muassislari va qatnashchilari bo‘lishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning qatnashish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoldingning nomiga “xolding” so‘zi qo‘shilgan bo‘lishi hamda uning turi (“AJ” aksiyadorlik jamiyati) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xolding tashkil etishdagi cheklashlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xolding tashkil etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga ko‘maklashish hamda ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati amalga oshirilishi uchun tashkil etiladi. Xoldingga yoki uning shu’ba korxonalaridan biriga xolding kompaniyaning shu’ba korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) uchinchi shaxslar tomonidan sotilishi huquqi berilishiga, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan biror-bir shaklda belgilab qo‘yilishi huquqi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, moddiy-texnika ta’minoti, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, kommunal xo‘jalik, transport (temir yo‘l, aviatsiya, truboprovod transporti va mutlaq ravishda xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashqari), xalq badiiy hunarmandchiligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan yoki davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishda, sotib olish va ijaraga berishda cheklashlarga ega bo‘lgan davlat korxonalari va mol-mulki asosida xoldinglar tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar yo‘l qo‘yilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkil etilayotgan xoldinglar barcha turdagi xo‘jalik uyushmalari (ittifoqlar, konsernlar, konsorsiumlar, korporatsiyalar va boshqalar)ning yoki korxonalarning boshqa birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining huquqiy vorislari bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona bo‘linmasining) shu’ba korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona mehnat jamoasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunday rozilik umumiy yig‘ilishda barcha xodimlarning yarmidan ko‘pining ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moliyaviy xoldinglar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sarmoyasining 50 foizdan ortig‘ini boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari va o‘zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va o‘zga moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol-mulk kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlari tarkibi ta’sis etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan talabga muvofiq kelmaydigan moliyaviy xolding davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida uni bajarish uchun zarur bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning aksiyalari emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazgan organning taqdimnomasi asosida iqtisodiy sud tomonidan moliyaviy xoldingni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliyaviy xoldinglar mutlaq darajada investitsiya faoliyati yuritishga haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar) moliyaviy xoldinglar ustav fondiga korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo‘shishga haqli emaslar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliyaviy xolding shu’ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashishga haqli emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat shu’ba korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va shu’ba korxonalari boshqaruvining boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliyaviy xolding o‘ziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli qog‘ozlarning tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga haqli emas. Fond birjasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalar bilan amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar ta’sis etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda xoldinglar tashkil etilishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar tashkil etish to‘g‘risidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklifda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding tashkil etish zarurligi asoslanishi, uning faoliyati maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan xoldingga kiritilishi taklif etilayotgan korxonalar (bo‘linmalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning umumiy hajmida ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar (bo‘linmalar) tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding boshqaruv organlarining vakolatlarini, xoldingning shu’ba korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilovchi xoldingning ta’sis hujjatlari loyihalari mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilovada shu’ba korxonalar sifatida xolding tarkibiga kiritish taklif etilayotgan korxonalar (bo‘linmalar) mehnat jamoalarining qarori bo‘lishi lozim. Ushbu qaror mazkur Nizomning II bo‘limi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qayta o‘zgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar asosida tashkil etilayotgan xoldingning muassislari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar, shuningdek paylar, ulushlar, aksiyalar ko‘rinishidagi o‘z mablag‘larini qo‘yish xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish tartibida uning tarkibidan yuridik mustaqil (shu’ba) korxonalarni ajratgan holda xolding tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butun korxonaning yoki ajratib chiqarilayotgan bo‘linmalarning ustav sarmoyasini ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini baholaydilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik mustaqil korxonalarning aksiyalari paketlarini birlashtirish tartibida xolding kompaniya tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan xolding kompaniyaga kiritilayotgan, yoxud xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘layotgan va umumiy asoslarda davlat tasarrufidan chiqarilishi kerak bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini aniqlaydilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar mehnat jamoalarining qarorlarini va (yoki) ularning korxonalarni xoldingning shu’ba korxonalariga aylantirishga roziligini hisobga oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishning ehtimol tutilgan usullarini ko‘rib chiqadilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxona (ajralib chiqadigan bo‘linma) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zga investorlarning ishtirokisiz tashkil etilayotgan xoldingning ustav fondiga qo‘shiladigan mulk qiymati qonunchilikka muvofiq baholanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zga investorlar ishtirokida xolding tashkil etishda kompaniya qatnashchilari tomonidan qo‘shiladigan ulushlar miqdori mol-mulkning bozor bahosidan kelib chiqib, tomonlarning roziligiga ko‘ra baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shu’ba korxonalarga (bo‘linmalarga) aylantiriladigan korxonalar xodimlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organning roziligi bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga va yopiq obuna natijalariga muvofiq ular tomonidan berishga va sotishga mo‘ljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qo‘shishlari mumkin. Eslatib o‘tilgan aksiyalarning o‘rniga shu’ba korxonalarning xodimlariga xolding aksiyalari beriladi (nominal qiymati bo‘yicha sotiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xolding tashkil etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan qabul qilingan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu’ba korxonalarning aksiyalari paketlari va mazkur Nizomning 1 bo‘limi 3-bandida nazarda tutilgan boshqa aktivlar davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan xolding ustav sarmoyasini to‘lash tartibida qo‘shiladi. Bunda xolding ustav sarmoyasi aksiyalarning ushbu paketlari va unga muassislar tomonidan beriladigan boshqa aktivlarning jami nominal qiymatiga teng bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu’ba korxonalarning qolgan aksiyalari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding aksiyalari uning qatnashchilari o‘rtasida ularning ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat mulkida bo‘lgan xolding aksiyalari sotilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir muddatga davlat mulkiga biriktirib qo‘yishga, agar bunga aksiyalari xolding kompaniya aktivlari tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar uchun amaldagi qonunchilik bilan yo‘l qo‘yilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sarmoyasida davlat ulushi bo‘lmagan xoldinglar tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat yuridik shaxslar aksiyalarining nazorat paketlarini ixtiyoriy birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat xo‘jalik jamiyati tomonidan boshqa xo‘jalik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(VI-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hisobot va xoldinglarni tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoldinglar yilning har choragida o‘z balanslarini, foyda va zararlar schyotlarini, shuningdek boshqa korxonalarning o‘zlariga tegishli aksiyalari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni e’lon qilishga majburdirlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xolding tomonidan istalgan korxonaning (shu jumladan o‘zining shu’ba korxonasining) aksiyalarining 5 foizidan ortig‘ining oldi-sotdisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitishuv sodir etilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda albatta e’lon qilinishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bitishuv qatnashchilarining tijorat siriga tegishli deb topilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan talab buzilgan holda sodir etilgan bitishuvlar, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoldinglar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)