O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2709-3]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (ro‘yxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
5/18-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 4-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 432-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“432. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining qimmatli qog‘ozlari hamda bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idagi mablag‘lar mustasno) summasini ushbu Nizomning 3-ilovasidagi ro‘yxatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari — talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.”.
3. 52-bandda:
birinchi xatboshidan birinchi jumla chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“LQMK 100 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
barcha valyutalarda;
milliy valyutada;
xorijiy valyutalarda (barcha xorijiy valyutalarning yig‘indisi) ta’minlanishi shart.”.
4. 53-bandda:
birinchi xatboshidan birinchi jumla chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SBMMK 100 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
barcha valyutalarda;
milliy valyutada;
xorijiy valyutalarda (barcha xorijiy valyutalarning yig‘indisi) ta’minlanishi shart.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/2709-3/2980-son)